Qisqartirilgan so‘zlar ruyhati


Murakkab reaksiya tezkorligini tarbiyalash



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/23
tarix21.06.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#89837
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Qisqartirilgan so‘zlar ruyhati

Murakkab reaksiya tezkorligini tarbiyalash



40 
Harakatdagi ob'ektga bo‘ladigan reaksiya yakkama-yakka olishish mashqlari 
va sport o‘yinlarida ko‘proq uchraydi. Masalan, darvozaga to‘p tepilgan vaqtda 
darbozabonning harakatlarini qarab chiqaylik. Darbozabon quydagilarni bajarishi 
kerak: 
1) to‘pni ko‘rishi; 
2) to‘pni yo‘nalishini va uning uchishi tezligini baxolashi; 
3) nima qilish rejasini tanlashi; 
4) bu rejani amalga oshira boshlashi. Harakatdagi ob'ektga reaksiya
ko‘rsatishda katta tezlik bilan harakat qilayotgan buyumni ko‘ra bilish
asosiy ahamiyatga ega. 
Trenirovka talablari harakatdagi buyumni tezligini oshirish, ob'ektning 
to‘satdan paydo bo‘lishi, sportchi bilan buyum o‘rtasidagi masofani qisqartirish 
xisobiga oshiriladi. Tanlash reaksiyaning raqib xatti —harakatlarining yoki tevarak 
—atrofdagi sharoitning o‘zgarishiga muvofiq ravishda mumkin bo‘lgan 
harakatlantiruvchi javoblardan keragini tanlab olish bilan bogliq. Tanlash 
reaksiyasining murakkabligi sharoitning o‘zgarish imkoniyatlarni rang —
barangligiga, chunonchi, yakkama —yakka olishishda raqibining xilma —
xil harakat qilishiga bog‘liq. 
Malakali sportchilarda murakkab reaksiyaning tezkorligi juda katta — 
deyarli oddiy reaksiyadagidek bo‘ladi. Xar bir harakat ikki 
fazadai iborat: 
1) gavda xolatining bir oz o‘zgarishi va muskul tonusining qayta 
taqsimlashida ifodalanadigan faza 
2) harakatning o‘z fazasi. 
Tajribali sportchilar birinchi fazadayoq reaksiya ko‘rsata biladilar. Maksimal 
tezlikda bajarish mumkin bo‘lgan mashqlardan tezkorlikni tarbiyalash vositasi 
sifatida
foydalaniladi. Ular kam deganda uch talabni qanoatlantirishi kerak: 
1) texnika mashqni juda tez bajarishga imkon beradigan darajada 
bO‘lishi kerak; 


41 
2) mashqlar harakat vaqtida bajarish tezligiga qaratilishi uchun mumkin 
darajada yaxshi o‘zlashtirilgan bo‘lishi kerak. 
3) mashqlarning oxirida tezlik kamayib ketmaydigan bO‘lishi kerak. 
Tezkorlikni tarbiyalash uslublari ichida takroriy mashq uslubi keng
qo‘llaniladi. Mashg‘ulotda o‘z maksimal tezligini oshirib borishga 
intilishdir. 
Tez bajariladigan mashqlarning takrorlanishida charchash nisbatan tez 
boshlanadi, tashqi tomondai bu tezlikni iasayganligida ifodalanadi. Tezkorlik 
yuksak to‘rtta nisbiy quvvat zonalari bor: 
1) maksimal quvvat zonasi; 
2) submaksimal quvvat zonasi; 
3) katta quvvat zonasi; 
4) O‘rtacha quvvat zonasi. 
O‘rtacha quvvat zonasini bahzan kichik zonalarga bo‘linadi. Umumiy 
chidamlilik — barcha muskul gruppalarini ishga soladigan, o‘rtacha intensivlikda 
uzoq davom etadigan ishlardat chidamlilikdir. Shuning uchun umumiy 
chidamlilikning fiziologik asosi kishining aerob imkoniyatlaridir. 
Siklik mashqlarni bajarishdagi yuklama quydagi beigga komponent bilan 
nisbatan to‘la xarakterlanadi: 
1) mashqning absolyut intensivligi; 
2) mashqning davomiyligi
3) dam olish intervallarining davomiyligi; 
4) dam olish xarakteri; 
5) mashqning takrorlanish soni. 
Mashqning absolyut intensivligi faoliyatini epergetik jixatdan ta'minlash 
xarakteriga to‘g‘ridan — to‘g‘ri ta'sir etadi. Sekin harakat qilayotganda kam 
energiya sarflanib va kislorodga bo‘lgan talab miqdori sportchining aerob 
imkoniyatlaridan kam bo‘lib, istemol qilinayotgan kislorod extiyojni to‘la qoplaydi 
ish xaqiqiy barkaror xolat sharoitda bajariladi. Bunday tezliklar subkritik degan 
nom olgan. Agar sportchi tezrok harakat qilsa, u kritik tezlikka erishadi, bu vaqtda 


42 
kislorodga bo‘lgan extiyoj uning aerob imkoniyatlariga teng bo‘ladi. Kritik 
tezlikdan ham yuqori tezliklar o‘ta kiritik tezlik degan nom olgan. 
Mashqning davomiyligi o‘tiladigan bo‘laknish uzunligi va masofa bo‘ylab 
siljish tezligi bilan aniqlanadi. 
Dam olish intervallarining davomiyligi organizmning yuklamaga beriladigan 
javob reaksiyalarining miqdori hamda xususiyatini aniqlashda juda katta rol 
o‘ynaydi. 
Dam olish xarakteri, jumladan nauzalar faoliyatining boshqa, qo‘shimcha 
turlari bilan to‘ldirish asosiy ish turiga va qo‘shimcha ishning intensivligiga qarab 
organizmga xilma —xil ta'sir etadi. 
Takrorlashlar soni yuklamaning organizmga tahsir etish miqdorini
belgilaydi. Aerob sharoitlarda ishlayotganda takrorlashlar sonining ortishi 
yurak —tomir va nafas olish sistemalari faoliyatini uzoq vaqt yuksak darajada 
saqlab turishiga majbur etadi. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə