Reja: Chizma geometriya faninig qisqacha tarixi



Yüklə 1,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/13
tarix26.01.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#99410
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Maruza №1

 
Nuqtaning koordinatalari 
Analitik geometriyada nuqta koordinatalari bilan beriladi. Nuqtaning 
koordinatalarini o‘rganish uchun 17-rasmni ko‘rib chiqamiz. Rasmdagi H, V, W 
tekisliklarni koordinata tekisliklari OX, OY, OZ chiziqlarning koordinata o‘qlari, O 
nuqtani esa koordinatalar boshi deb qabul qilish mumkin. Shunday bo‘lganda, 
berilgan A nuqtadan W tekislikkacha bo‘lgan A a" masofani ko‘rsatuvchi son 
nuqtaning absissasi
deyiladi va 
x
bilan belgilanadi. A nuqtadan V tekislikkacha 
bo‘lgan A a' masofani ko‘rsatuvchi son 
nuqtaning ordinatasi
deb ataladi va 
y
bilan 
belgilanadi. A nuqtadan H tekislikkacha bo‘lgan A a masofani kursatuvchi son 
nuqtaning applikatasi 
deyiladi va 
z
bilan belgilanadi. Nuqtadan koordinata 
tekisliklarigacha bo‘lgan masofalarni ko‘rsatuvchi x, y, z sonlar 
nuqtaning 
koordinatalari
deb ataladi. 


Ba’zi xollarda nuqtaning absissasi uning kengligi, ordinatasi— chuqurligi va 
applikatasi uning balandligi deb yuritiladi. 
Chizma geometriyada nuqtaning koordinatalari ma’lum masshtabda chizilgan 
to‘g‘ri chiziq kesmalari bilan tasvirlanadi. 17-rasmdagi koordinatalar 
parallelepipediga binoan quyidagilarni yozish mumkin: 
x = Aa’’ = a’a
z
= a
z
O = aa
y

y = Aa’ = aa
z
 = a
y
O = a'a
z

z= Aa = a'a
x
 = a
z
O = a"a
y

Demak, nuqtaning ortogonal proeksiyalaridan har biri uning ikki 
koordinatasinii o‘z ichiga oladi. Gorizontal proeksiyasi x va y koordinatalarni, 
frontal proeksiyasi x va z koordinatalarni, profil proeksiyasi esa y va z 
koordinatalarni o‘z ichiga oladi. 
Shunday qilib, nuqtaning koordinatalari berilgan bo‘lsa, uning proeksiyalarini 
yasash mumkin va, aksincha, nuqtaning proeksiyalari hamda masshtab ma’lum 
bo‘lsa, uning koordinatalarini aniqlash mumkin. 
Yasashlarni to‘g‘ridan- to‘g‘ri epyurda bajarsa ham bo‘ladi. Masalan, 
nuqtaning gorizontal proeksiyasi (a) ni yasash uchun berilgan masshtabda 
koordinatalar boshidan OX o‘qi bo‘ylab, absissa (x) quyiladi (18-rasm). Topilgan ax 
nuqtadan perpendikulyar o‘tkazib, unga ordinata (y) qo‘yiladi. Nuqtaning frontal 
proeksiyasi (a') ni yasash uchun 
ax
nuqtadan o‘tkazilgan perpendikulyar bo‘ylab 
applikata z quyiladi. Nuqtaning profil proeksiyasi (a") ni yasash uchun esa y va z 
koordinatalar qo‘yiladi. 
Nuqta harf bilan belgilanganda uning koordinatalari, odatda, bunday yoziladi: 
A (30, 20, 40). 
Qavs ichidagi birinchi son nuqtaning absissasini, ikkinchi son ordinatasini, 
uchinchi son esa applikatasini ko‘rsatadi. Demak, yuqoridagi A nuqta uchun x = 30, 
y = 20, z = 40 dir. 
Ma’lumki, H, V, W tekisliklar fazoni 8 oktantga bo‘ladi (15 -rasm). Nuqta 8 
ta oktantning istalganida bo‘lishi mumkin. Nuqta fazoning qaysi oktantida 
ekanligini shu nuqta koordinatalarining alomatlariga qarab bilsa bo‘ladi. 
Agar nuqta W tekislikning chap-tomonida (1, 2, 3, 4-oktantlarda) bo‘lsa, 
uning absissasi (x) musbat, nuqta boshqa oktantlarda bo‘lsa, uning absissasi manfiy 
deb hisoblanadi. Agar nuqta V tekislikning old tomonida (1, 4, 5, 8-oktantlarda) 
bo‘lsa, uning ordinatasi (y) musbat nuqta boshqa oktantlarda bo‘lsa, uning ordinatasi 
manfiy deb hisoblanadi. Agar nuqta H tekislikning yuqori tomonida (1, 2, 5, 6 - 
oktantlarda) turgan bo‘lsa, uning applikatasi (z) musbat, nuqta H tekislikning ostki 
tomonida turgan bo‘lsa, uning applikatasi manfiy deb hisoblanadi. Shunday qilib, 
nuqta birinchi oktantda bo‘lsa, uning hamma koordinatalari (x, y, z) musbat bo‘ladi, 


yettinchi oktantda hamma koordinatalari manfiy, boshqa oktantlarda esa musbat va 
manfiy bo‘ladi (1-jadval). 
Nuqtaning koordinatalari berilgan bo‘lsa, nuqtaning o‘zi qaysi oktantda 
ekanligini bu jadvaldan foydalanib ancha ,tez aniqlash mumkin. Masalan, A (—10, 
15, 10) bo‘lsa, nuqta beshinchi oktantda bo‘ladi. 
Oktantlar 
Koordinalar 



































Agar nuqtaning koordinatalaridan biri nolga teng bo‘lsa, bu nuqta 
proeksiyalar tekisligida yotgan buladi; x = 0 bo‘lsa, nuqta W da, u = 0 bo‘lsa V da, 
z = 0 bo‘lsa H da yotadi. Bunday nuqtaning bitta proeksiyasi o‘zi yotgan joyda, 
qolgan ikki proeksiyasi proeksiya o‘qlarida buladi. 20-rasmda birinchi va ikkinchi 
oktantlar chegarasida, V tekisligida yotgan A (20, 0, 30) nuqtaning epyuri 
keltirilgan. 
20-rasm. 
21-rasm. 
Agar nuqtaning koordinatalaridan ikkitasi nolga teng bo‘lsa, bunday nuqta 
proeksiya o‘qlaridan birida yotgan bo’ladi. Bu nuqtaning ikki proeksiyasi o’zi 
yotgan joyda, bir proeksiyasi esa doimo koordinatalar boshida bo’ladi. 21-rasmda 


OX o‘qida, 1, 2, 3 4-oktantlar chegarasida yotgan A (20, 0, 0) nuqtaning epyuri 
keltirilgan. 
Epyurda nuqtaning proeksiyalarini yasashda shu nuqta koordinatalarini OX, 
OY, OZ o‘qlarining biror tomoniga qo’yish uchun 16-rasmdagi chizmaga rioya 
qilish lozim. Gorizontal va frontal proeksiyalarni yasashda +x koordinatalar 
boshidan chap tomonga, -x o’ng tomonga, +y past tomonga, -y yuqori tomonga, +z 
yuqori tomonga, -z esa past tomonga qo’yiladi. Nuqtaning profil proeksiyasini 
yasashda esa +y koordinatalar boshidan o’ng tomonga, -y chap tomonga, +z yuqori 
tomonga, -z esa past tomonga qo’yiladi. 22 – rasmda 7-oktantda joylashgan A (-20, 
-10, -20) va 6-oktantda joylashgan V (-10, -20, 40) nuqtalarning epyuri keltirilgan. 
22-rasm. 

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə