Reja: Chizma geometriya faninig qisqacha tarixi


Nuqtalar va rasmlar simmetriyasi



Yüklə 1,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/13
tarix26.01.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#99410
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Maruza №1

 
Nuqtalar va rasmlar simmetriyasi 
Geometrik masalalarni yechishda nuqtalar va rasmlar simmetriyasining uch 
turidan: tekislikka nisbatan simmetriya, o‘qqa nisbatan simmetriya va markaziy 
simmetriyadan foydalaniladi. 
Agar ikki rasmdan biridagi har qaysi nuqta uchun ikkinchi rasmda biror 
tekislikka, to‘g‘ri chiziqqa (o‘qqa) yoki markazga nisbatan simmetrik nuqta bo‘lsa, 
bunday rasmlar simmetrik bo’ladi. 
1. Tekislikning ikki tomonida olingan ikki nuqtani tutashtiruvchi kesma 
tekislikka perpendikulyar bo‘lsa va bu tekislik bilan kesishgan nuqtada teng ikkiga 
bo’linsa, bunday nuqtalar shu tekislikka nisbatan simmetrik bo’ladi. Misol 
tariqasida, 23-rasmda H tekislikka nisbatan simmetrik va fazoning birinchi hamda 
to’rtinchi choraklarida turgan A, A
1
nuqtalarning yaqqol tasviri va epyuri keltirilgan. 


23-rasm. 
24-rasm. 
2. Proeksiyalar o‘qiga (yoki biror to‘g‘ri chiziqqa) nisbatan simmetrik bo’lgan 
nuqtalar shu o’q yoki chiziqqa o’tkazilgan perpendikulyarda teng oraliqlarda va 
perpendikulyarning boshqa-boshqa tomonlarida joylashadi. Masalan, OX o‘qiga 
nisbatan olganda, birinchi chorakda turgan A (20, 10, 30) nuqtaga simmetrik bo’lgan 
A
1
(20, -10, -30) nuqta uchinchi chorakda bo’ladi (24-rasm). 
3. Markazga (koordinatalar boshiga yoki istalgan biror nuqtaga) nisbatan 
simmetrik bo’lgan nuqtalar simmetriya markazi bilan bir to‘g‘ri chiziqda, teng 
masofalarda va bu chiziqning boshqa-boshqa tomonlarida joylashadi. 

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə