Reja: “Fizika” faniga kirish. Fizika


Jismning mexanik harakati deb



Yüklə 320,57 Kb.
səhifə3/9
tarix20.01.2023
ölçüsü320,57 Kb.
#98900
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1. “Fizika” faniga kirish. Fizika fanining prеdmеti va uslublari

Jismning mexanik harakati deb, jismlarning, yoki jism qismlarining bir- biriga nisbatan fazodagi vaziyatining vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishiga aytiladi.
Fizikaning, mexanik harakat qonunlari hamda bu harakatni vujudga keltiruvchi va o’zgartiruvchi sabablarini o’rganuvchi bolimi mexanika deyiladi.
Mexanika – o’rganilayotgan jismlarning o’lchamlari va tezliklariga qarab
klassik, relyativistik va kvant mexanikalariga ajraladi.
Klassik mexanika – tezliklari yorug’likning bo’shliqdagi tezligidan juda kichik bo’lgan makrojismlarning harakat qonunlarini o’rganadi (Galiley, N’yuton). Relyarivistik mexanika - yorug’likning bo’shliqdagi tezligiga yaqin bo’lgan tezliklar bilan harakatlanuvchi jismlarning harakat qonunlarini o’rganadi
(Eynshteyin).
2
Kvant mexanikasi mikrojismlarning (atomlar va elementar zarralarning) harakat qonunlari o‘rganiladi.
Mexanika uchta: kinematika, dinamika, va statika bo’limlaridan iborat.

    1. Kinematika – jismlarning harakat qonunlarini, bu harakatni vujudga keltiruvchi sabablarni e’tiborga olmay o’rganadi.

    2. Dinamika - jismlarning harakat qonunlarini, bu harakatni vujudga keltiruvchi va o’zgartiruvchi sabablar bilan birgalikda o’rganadi.

    3. Statika – jismlar sistemasining muvozanat qonunlarini o’rganadi va fizikada dinamika qonunlari bilan birgalikda ko’riladi.

KINEMATIKA
Harakatning nisbiyligi: Barcha jismlarning harakati nisbiy bo‘lib, ularning tinch turishi ham nisbiydir.
Sanoq jism: Jismning harakati yoki tinch holati qaysi jismga nisbatan kuzatilayotgan bo‘lsa, o‘sha jism sanoq jism deb ataladi.
Sanoq sistemasi: Sanoq jism, unga bog‘liq koordinatalar sistemasi va shu harakatning vaqt sanog‘i birgalikda sanoq sistemasini tashkil etadi.

Yüklə 320,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə