Reja: “Fizika” faniga kirish. Fizika


SKALYAR VA VEKTOR KATTALIKLAR



Yüklə 320,57 Kb.
səhifə5/9
tarix20.01.2023
ölçüsü320,57 Kb.
#98900
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1. “Fizika” faniga kirish. Fizika fanining prеdmеti va uslublari

SKALYAR VA VEKTOR KATTALIKLAR


Fizik kattaliklarni ikkita guruh – skalyar va vektor kattaliklarga bo‘lish mumkin.
Yo‘nalishining ahamiyati bo‘lmagan, faqat son qiymati bilan aniqlanadigan kattaliklar skalyar kattaliklar deb ataladi.
M: Hajm, vaqt, yo‘l, massa, energiya kabi fizik kattaliklar skalyar kattaliklardir.
Son qiymatlari va yo‘nalishlari bilan aniqlanadigan kattaliklar vektor kattaliklar deb ataladi.
M: Odatda, vektor kattaliklar ustiga yo‘nalish – strelka qo‘yiladi. M: kuch – 𝐹, tezlik – 𝑣⃗, ko‘chish
– 𝑠⃗ ko‘rinishda ifodalanadi.

Vektor kattaliklarni qo„shish va ayirish


Ikkita vektorni qo‘shish uchun birinchi vektorning oxiriga ikkinchi vektorning boshi
qo‘yiladi va birinchi vektorning boshidan ikkinchi vektorning oxiriga yo‘nalgan vektor o‘tkaziladi. 𝑎⃗ + 𝑏 = 𝑐⃗ Shu vektor ikki
vektorning yig‘indisi bo‘ladi.
Bir vektordan ikkinchi vektorni ayirish uchun ikkala vektorning boshlari bir nuqtaga qo‘yiladi va ikkinchi vektor uchidan
4
birinchi vektor uchiga yo‘nalgan vektor o‘tkaziladi. 𝑐⃗ − 𝑎⃗ = 𝑏
Shu vektor ikki vektorning ayirmasi bo‘ladi.
Yo‘nalishi va son qiymati bir-xil bo‘lgan vektorlar teng vektorlar deyiladi

Vektor kattaliklarni songa ko„paytirish va bo„lish


Vektor kattalik musbat songa ko‘paytirilsa, uning kattaligi shu son marta ortadi, yo‘nalishi esa o‘zgarmaydi.
Vektor kattalik musbat songa bo‘linsa, uning kattaligi shu son marta kamayadi, yo‘nalishi esa o‘zgarmaydi.

Vektor kattaliklarning proyeksiyasi


Aravachaning harakat yo‘nalishi bo‘ylab Ox o‘qini o‘tkazamiz. Bunda O nuqtani 𝐹 vektorning boshiga to‘g‘ri keltirishimiz kerak. 𝐹 vektor oxiri A nuqtaga Ox o‘qdan perpendikulyar o‘tkazamiz. Hosil bo‘lgan 𝑂𝐵 vektor 𝐹 vektorning Ox o‘qidagi tashkil etuvchisi, ya’ni proyeksiyasini ifodalaydi. Harakat yo‘nalishida aravachaga ta’sir etayotgan kuch shu 𝑂𝐵 proyeksiyaning uzunligiga teng bo‘ladi.


MEXANIK HARAKAT TURLARI


Agar jism ixtiyoriy teng vaqtlar oralig‘ida bir xil yo‘lni bosib o‘tsa, uning bunday harakati tekis harakat deb ataladi.

  1. Jismning harakat trayektoriyasi to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘lsa, uning bunday harakati to‘g‘ri chiziqli harakat deyiladi.

  2. Agar to‘g‘ri chiziqli harakatlanayotgan jism ixtiyoriy teng vaqtlar oralig‘ida bir xil masofalarni bosib o‘tsa, uning

bunday harakati to‘g‘ri chiziqli tekis harakat
deyiladi.
Jismning tekis harakatidagi tezligi jism bosib o‘tgan yo‘lning shu yo‘lni bosib o‘tish
5
uchun ketgan vaqtga nisbati bilan aniqlanadi: 𝖯 = 𝑠
𝑡
Jismni vaqt birligida bosib o‘tilgan yo‘liga son jihatdan teng bo‘lgan kattalikka tezlik deb ataladi.
Tezlik birligi: Xalqaro birliklar sistemasida uzunlik (yo‘l) birligi – metr (m), vaqt birligi – sekund (s) qabul qilinganligidan XBSda tezlikning birligi sifatida m/s qabul qilingan

  1. Harakat davomida jism tezligining son qiymati o‘zgaruvchan bo‘lsa, bunday harakatga notekis harakat deyiladi.

Notekis harakatda o‘rtacha tezlik jism bosib o‘tgan yo‘lning shu yo‘lni

𝑜′𝑟𝑡
bosib o‘tishga ketgan vaqtga nisbati bilan aniqlanadi: 𝖯 = 𝑠1+𝑠2+⋯.+𝑠𝑛 ,
𝑡1+𝑡2+⋯.+𝑡𝑛
Notekis harakatda bosib o’tilgan yo’l: 𝑆 = 𝖯𝑜′𝑟𝑡 · 𝑡
Oniy tezlik: Jismning muayyan bir paytdagi yoki trayektoriyaning ma’lum bir nuqtasidagi tezligi oniy tezlik deb ataladi. Oniy tezlik jismning kuzatilayotgan ondagi tezligini bildiradi.

Yüklə 320,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə