Reja: “Fizika” faniga kirish. Fizika



Yüklə 320,57 Kb.
səhifə4/9
tarix20.01.2023
ölçüsü320,57 Kb.
#98900
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1. “Fizika” faniga kirish. Fizika fanining prеdmеti va uslublari

FAZO VA VAQT


Fazoni uch o„lchamli koordinatalarda tasvirlash:
Fazoning asosiy xossalari: haqiqatan ham, mavjudligi, matеriya bilan ajralmasligi (olamda fazo bilan bog‘lanmagan bitta ham obyekt yo‘q), chеksizligi, uch o‘lchamliligi (barcha fizik obyеktlarning bo‘yi, eni va balandligi mavjud).

Vaqtni bir o„lchamli koordinatalarda tasvirlash:


Vaqt hodisalarning kеtma-kеt o‘zgarish tartibini va jarayonlarning davomiyligini ifodalaydigan fizik kattalikdir. Vaqt xalqaro birliklar sistemasi (XBS)da sekundlarda o‘lchanadi.
Organilayotgan jism harakati, undan soddaroq bo’lgan fizik model sifatida tanlab olingan jism harakati bilan solishtirish yordamida o’rganiladi.
Muayyan sharoitda o‘lchami va shakli hisobga olinmasa ham bo‘ladigan jism moddiy nuqta deb ataladi.
Trayektoriya: Moddiy nuqtaning o‘z harakati davomida bosib o‘tgan nuqtalarini
3
birlashtiruvchi chiziq harakat trayektoriyasi deb ataladi.
Yo„l va ko„chish: Jismning harakat trayektoriyasi bo‘ylab bosib o‘tgan masofasi, trayektoriya uzunligi yo‘l deb ataladi va s harfi bilan belgilanadi.
Jism harakatidagi boshlang‘ich va oxirgi vaziyatini tutashtiruvchi yo‘nalishli kesma ko‘chish deb ataladi.
Absalyut qattiq jism – har qanday kuch ta’sirida ham istalgan ikki nuqtasi orasidagi masofa o’zgarmay qoladigan jismga aytiladi.
Soddalashtirish maqsadida jismlar harakati uch turga bo‘lib o‘rganiladi:

ilgarilanma, aylanma va tebranma.


Ilgarilanma harakat: Harakat davomida jismning hamma nuqtalari bir xil ko‘chsa, bunday harakatga ilgarilanma harakat deyiladi.
Jismlar harakatini uch turga: ilgarilanma, aylanma va tebranma harakatlarga
bo‘lish shartli bo‘lib, bu murakkab harakatlarni tahlil qilishni osonlashtiradi
va matematik ko‘rinishda ifodalash imkonini beradi.

Yüklə 320,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə