S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/74
tarix26.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#86078
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74
MA’ruza matni

Orooykonimlar, 

ya'ni  rel'ef  shakllari  nomlarini  bildiradigan  oykonimlar 

tarkibida 

adir, bel, dara, dahana, do'ng, jar –

 

yor, kamar, ko'tal, tall, tepa, teva, tosh, 



tog'  –  tov,  chosh, oy,  qapchig'ay, qo'ton, qiya, qir, qum 

kabi  atamalar  (indikatorlar) 

qayd  qilinadi.  Jar  terimini  60  martadan  ko'proq,  tosh  atamasi  esa  qariyb  100  marta 

takrorlanadi.  Bu  borada  tepa  atamasi  «rekord»  qo'ygan;  buning  asosiy  sababi 

shundaki, urug' – aymoq ma'nosida 

to'p – to'pa –

 

to'ba 

atamasi jonli tilda 

tepa 

bo'lib 


ketgan (masalan, Do'rmonto'pa – Naymanto'pa, Do'rmontepa – Naymantepa shaklini 

olgan). 


Rel'ef shakllaridan nom olgan orooykonimlar: adir  – 

Bo 'lakadir, Adirmoq; bel 

–  Beltov,  Beltepa,  Belariq;  dara  –  Omondara,  Palandara;  dahana  –  Oqdahana, 

Qoradahana;  do'ng  –  Do'ng,  Do'ngariq,  Do'ngovul;  jar  (yor)  –  Ko'kjar,  Omborjar, 

Jomonjar,  Ko'yganyor,  Oqyor,  kamar  –

 

Zarkamar,  Kamar



Kamarqishloq, 

Qorakamar;  ko'tal  –  O'zbekko'tal,  Tojikko'tal;  tal  –  Tallak,  Tallashqon;  tepa  – 

Bo'ritepa,  Oqtepa,  Zartepa;  tosh  –  Dovtosh,  Qoratosh;  tog'  (tov)  –  Bobotog', 

Yetimtog',  Qiziltov,  Saritov;  Choshtepa  «sun'iy  tepalik»  –

 

Oqqapchig'ay, 



Qapchug'ay; 

qo'ton  («shamol  kam  tegadigan  chuqurroq  soylik»)  – 



Jarqo'ton, 

Qoraqo'ton; qiya – Ayriqiya, Qoraqiya; qir – Jetimqir, Qoraqir 

va hokazo. 

v)  fitooykonimlar,  ya'ni  o'simlik  nomlari  bilan  atalgan  opkonimlar  tarkibida 

yovvoyi o'simliklardan 



ajriq, archa, bodom, bodomcha, burgan, do'lana, lola, pista, 

so'kso'k  (saksovul),  turang'i,  shilvi,  shuvoq,  evalak,  erman,  yulg'un,  jing'il,  yantoq, 

qamish, g'umay; 

madaniy o'simliklardan 



anjir, anor, arpa, beda, bodom, jiyda, lola, 

olvoli,  olma,  paxta,  pista,  tarvuz,  tariq,  terak,  tol,  tut,  uzum,  shaftoli,  qovoq,  qovun 

kabilar nomlari uchraydi. Fitooykonimlar u qadar ko'p emas. Respublikadagi barcha 

aholi puntlari nomlarining 1 foizidan sal oshadi va bu tushunarli holdir. Chunki bog'-

rog', paxta, g'alla va ekinlar bilan band vohalarda paxtazorlar ham, mevazorlar ham, 

polizlar  ham  kishining  e'tiborini  alohida  tortadigan  va  toponim  hosil  qiladigan 

darajada  ferqi  bilan  ajralib  turmaydi.  Shunga  qaramasdan,  sobiq  Ittifoq  davrida 

Respublikada  50  dan  ortiq  aholi  punkti 

Paxta,  Paxtakor,  Paxtakon,  Paxtakesh, 

Paxtakurash,  Paxtachi,  Paxtaqaynar,  Paxtaqishloq 

kabi  nomlar  bilan  ataladigan 

bo'ldi. 

Madaniy o'simliklar nomlari negizida yasalgan oykonimlarni tilga olib o'tamiz: 



Anjirdi,  Anorzor,  Arpa,  Arpako'l,  Arpaliko'l,  Arpapoya,  Bedazor,  Bedapoya, 

Beshterak,  Beshtol,  Beshqovoq,  Bodomzor,  Galatut,  Gujumli,  Gujumdi,  Jigdazor, 

Jiyda,  Jiydabuloq,  Jiydamahalla,  Jiydamozor,  Jiydaqishloq,  Jiydali,  Lola,  Lolazor, 

Mingo'rik,  Mingchinor,  Mirzaterak,  Nayzaqayrag'och,  Olvolizor,  Olmazor,  Olmali, 

Olchali,  Oqterak,  Paxtazor,  Paxtakesh,  Paxtakor,  Paxtakurash,  Paxtako'l, 

Paxtafront,  Paxtachi,  Paxtaqaynar,  Paxtaqishloq,  Pistali,Sertut,  Tariq,  Terak, 



Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə