S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/74
tarix26.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#86078
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74
MA’ruza matni

(yag'ma, chigil, sug'dak - sug'diylar) 

va ularning geografiyasi, 

bir  necha  o'nlab  qadimiy  turkiy  ismlar  (Bektur,  Arslontegin,  Turumtoy),  ko'plab 

geografik atamalar 



(art, dovon, yoz-yozi dasht, baliq, shahar), 

shuningdek o'simlik va 

hayvonlarning  qadimiy  turkiy  nomlari 

(avya-

behi,  so'kso'k  –  «saksovul», 



qazin  – 

qayin, 


yag'an  –

  fil, 


qoz–

g'oz, 


chabaq  – 

mayda  baliq  keltirilgan.  «Devonu  lugot-it 

turk»  ning  uchta  jildida  keltirilgan  boy  toponimik  materiallar  joy  nomlarining 

etimologiyasini  tadqiq  qilishda,  toponimlarning  qadimiy  fonetik  shakllarini 

aniqlashda o'ta qimmatli manbalar bo'lib xizmat qiladi.  

Zahiriddin  Muhammad  Boburning  «Boburnoma»  asarida  tarix,  etnografiya, 

geografiyaga  oid  qimmatli  ma'lumotlardan  tashqari,  toponimika  sohasida  ham  boy 

materiallar  keltirilgan.  «Boburnoma»  ning  bu  boradagi  ahamiyati  shundaki,  undan 

toponimlarning  qadimiy  shakllarini  bilib  olish  mumkin:  Dizak  –  Jizzax,  Ko'hak  – 

Zarafshon, Sayxun, Xo'jand suyi  — Sirdaryo, Chir- Chirchiq va hokazo. 

Bobur  tilga  olgan  ko'plab  geografik  atamalar  toponimlarning  kelib  chiqishini 

aniqlashda va o'zbekcha ilmiy terminologiyani ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega, 

masalan: 

band  –

  to'g'on  yoki  «bekat», 



jazoir  – 

orol, 


jangal  – 

o'rmon, 


qo'l  – 

daryo 


tarmog'i, 

tangi – 

tor dara 



quruq qo'l 

yoki 


suvsiz qo'l – 

soylik, 


parcha tog'– 

qoldiq tog, 



tagob  – 

o'zan, 


tuz – 

tekislik, 



to'qay  – 

daryo  muyulishi, 



ushoq tog'lar  –   

past  tog'lar, 



yayloq  –

  yaylov, 



obgir  – 

botqoqlik, 



ko'tal  –

    dovon, 



qasaba  –

  shaharcha, 



pushta  – 

tepalik, 



qo'ruq –

 qo'riqxona, 



uchma – 

tik yonbag'ir, 



yoz – 

bahor, 


yozi – 

dala, 


obshor – 

sharshara va boshqalar.  

Keyingi  ikki  asr  davomidagi  tarixiy,  lingvistik,  geografik  asarlardan 

O'zbekiston  toponimikasiga  oid  ko'plab  materiallar  topish  mumkin.  O'rta  Osiyo, 

jumladan  O'zbekiston  toponimikasiga  oid  dastlabki  asarlardan  biri  vengriyalik  olim 

Arminiy Vamberiyning (1832-1913) O'rta Osiyoga maxfiy sayohati mahsuli bo'lmish 

«Markaziy  Osiyoning  geografik  nomlari»  (nemis  tilida)  deb  atalgan  asaridir. 

Asarning  lug'at  qismida  600  ga  yaqin  geografik  nom  va  atama  alifbo  tartibida 

berilgan. Bu esa o'sha davr uchun katta yutuq edi.  

Rus  sharqshunoslaridan  N.V.Xanikov,  V.L.Vyatkin  asarlarida  bir  qancha 

ma'lumotlar  O'zbekiston  toponimikasiga  bag'ishlangan.  Masalan,  N.V.Xanikovning 

«Buxoro xonligi tasviri» (Xanikov N. Opisanie Buxarskogo xanstva.  – SPB, 1843.) 

asarida  o'sha  davrda  iste'molda  bo'lgan 

otaliq,  qo'rchi,  tunqotar,  shig'ovul 

kabi 


ko'plab  ijtimoiy-siyosiy  atamalar  tilga  olinganki,  ular  hozirgi  vaqtda  bir  qancha 

toponimlarning ma'nosini tushunib olish uchun kalit bo'lib xizmat qiladi. Kitobda 92 

o'zbek qavmlarining dastlabki ro'yxati keltirilgan. 



O'zbekistonning  tarixiy  geografiyasini,  jumladan  toponimiyasini  o'rganishda 

inqilobdan oldin va sovet davrida ijod qilgan tarixchilar orasida V.L.Vyatkin alohida 

o'rin  tutadi.  Olimning  Samarqand  va  Toshkent  viloyatlariga  bag'ishlangan  va  vaqf 

hujjatlari asosida yozilgan tarixiy-geografik asarlarida ko'pgina toponimlarning kelib 

chiqishi haqida so'z boradi. 

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida ijod qilgan rus sharqshunoslari orasida O'rta 

Osiyoning,  jumladan  O'zbekistonning  tarixiy  geografiyasini  va  toponimikasini 

o'rganishda  akademik  V.V.Bartold  ijodi  alohida  o'rin  tutadi.  Bartold  asarlarida 

O'zbekistondagi  yuzlab  tarixiy  geografik  nomlar  tilga  olingan,  bir  qancha 

toponimlarning etimologiyasi keltirilgan, olim, masalan, Bagdod shahri (Iroq) nomini 

«Xudo in'omi» deb izohlagan. Chunki qadimgi eroniy tillarda, jumladan sug'd tilida 

bog 

(fag-bag) «xudo», «yaratuvchi» degan ma'noni ham bildirgan. Birgina shu misol 

vaqt  o'tishi  bilan  atamalarning  ma'nosi  o'zgarib  turishini  ko'rsatadi.  Yana  bir  misol. 

Ilk  o'rta  asrlarda 



dehqon 

(dehigon)  deganda  «zamindor»,  «katta  yer-mulkka  ega 

bo'lgan boy» tushunilgan. 

V.V.Bartold  9  jildli  asarlarining  har  birida  (Moskva,  1963-1977) 



vaqf,  qarshi, 

rabod,  robot,  to'rtko'l,  chorsu,  shohriston,  hisor,  o'rchin 

kabi  yuzlab  qadimiy 

geografik,  tarixiy,  ijtimoiy-iqtisodiy  atamalar  tilga  olingan  va  imkon  qadar 

izohlangan. 

O'zbekiston  toponimiyasini  tadqiq  qilish  bilan  shug'ullanadigan  har  bir 

mutaxassis 

M.S.Andreev, 

S.P.Tolstov, 

Ya.G'.G'ulomov, 

B.A.Ahmedov, 

A.R.Muxammadjonov,  M.Masson,  O.D.Chexovich,  A.A.Semenov,  O.A.Suxareva 

kabi  olimlarning  tarixiy-geografik  asarlaridan  O'zbekiston  toponimlarining  ma'nosi, 

kelib chiqishi haqida talay materiallar topadi. 

O'zbekistonda 

toponimika 

fanining 

va 

geografik 



atamashunoslikning 

rivojlanishida  professor  H.H.Hasanovning  xizmatlari  katta.  Olimning  «Geografik 

nomlari  imlosi»  (1962)  «O'rta  Osiyo  joy  nomlari  tarixidan»  (1965),  ―Geografik 

nomlar siri‖ (1985), «Yer tili» (1977), «Geografiya atamalari lug'ati» (1966), «O'rta 

Osiyolik  geograf  va  sayyohlar»  (1964),    «Sayyoh  olimlar»    (1981)  kabi  asarlarida, 

ko'plab  risolalari  va  maqolalarida  O'rta  Osiyoda,  jumladan  O'zbekistonda  joy 

nomlarini  o'rganishga  qadimdan  ahamiyat  berib  kelinganni  qayd  qilingan.  Ayrim 

toponimlarning etimologiyasi aniqlangan. Olim tarixiy, geografik nomlarni izohladi, 

dunyodagi  ko'plab  nomlarning  hozirgi  o'zbek  tilida  yozilishi  (transkripsiyasi) 

qonuniyatlarini  ishlab  chiqdi,  eski  o'zbek  geografik  terminologiyasini  zamonaviy, 

ilmiy  terminologiya  asosida  qayta  ishladi:  Masalan, 

uqiyonus  – 

okean, 


ota  –   

orol, 


yonartog' –

 vulkan, 



ko'rfaz – 

qo'ltiq, 



jug'rofiya –

 geografiya kabi. 

Tilshunos  toponimistlardan  professorlar  T.Nafasov,  Z.Do'simov,  dotsent 

N.Oxunov O'zbekistonda toponimikaning rivojlanishiga, toponimlarning nominatsion 

(nomlanish)  qonunlarini  ochib  berishga  salmoqli  hissa  qo'shdi  va  ko'plab  joy 

nomlarining etimologiyasini aniqlab berdilar. 

O'zbekistonda  toponimika  fanining  rivojlanishiga  salmoqli  hissa  qo'shgan 

olimlardan  biri  T.Nafasov  O'zbekistonda  birinchi  bo'lib  toponimikadan  nomzodlik 

dissertatsiyasinl  yoqladi.  Keyinchalik  sohaga  oid  bir  qancha  risola,  maqolalar  chop 

etdi.  Uning  «O'zbekiston  toponimlarining  izohli  lug'ati»  da  (1988)  asosan  Janubiy 

O'zbekistondagi  mikrotoponimlar  etimologiyasi  yoritilgan.  Shu  bilan  birga 



mintaqadagi Boysun, Kesh, Chag'onyon, Qarsihi kabi ba'zi tarixini toponimlarga ham 

etimologik izoh berilgan. 

Z.Do'simov  Xorazm  toponimiyasini  o'rganib  joy  nomlarining  tarixi  va 

etimologiyasi,  ularning  lingvistik  xususiyatlari,  modellari  va  tiplarini  aniqlash 

sohasida  ishladi.  «Xorazm  toponimlari»  monografiyasida  (1985)  Xorazm 

toponimlarining shakllanishi va ularning taraqqiyot bosqichlarini tadqiq qildi. 




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə