S t a t I s t I k a


Statistika nim ani o‘rgatadi?



Yüklə 8,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/224
tarix19.12.2023
ölçüsü8,69 Mb.
#152907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   224
Shadiyev Xamid Azimovich- Statistika- Darslik

1.2. Statistika nim ani o‘rgatadi?
Statistika deganda nim ani tushunamiz? Statistika nim ani bildiradi 
yoki o ‘rgatadi? Statistika fanmi yoki metodmi? Bunday savollarni biz 
juda k o ‘p o ‘chratamiz. Javoblar bundan ham k o ‘p. Ularning ayrimlari: 
Korreyl “Statistika bu koreta, u seni buyurgan tom onga olib boradi”; 
T er-“Statistika sen bilmagan narsa to ‘g ‘risida aniq m a’lumot berish 
san’atidir” ; Shletsar-“Statistika bu turib qolgan tarix, tarix bu kunlik 
statistikadir”; D jin i-“Statistika-bu faqat to ‘liq induksiya’ni emas hamda 
to ‘liqsiz induksiya'ning xudosidir”; N apolen-“Statistika buyumlar budjeti, 
aniqrog‘i buyumlar katalogi, unga ham m a yangidan paydo bo‘lgaa narsa- 
lar kiritilishi, yo‘qoladiganlari va yo‘qolganlari o ‘chirilishi kerak”. Statis­
tika deganda uzluksiz quruq raqam lar qatori, amaliy faoliyat, ijtimoiy fan,
10


metod v a h. k. tushuniladi. Ayrim hisob-kitoblarga qaraganda statistikaga 
berilgan tariflar soni 1700 dan ortiq. Son-sanoqsiz tariflar bilan bir qa- 
torda hozirgi zamonda statistika so‘zi qo‘llanilmaydigan tarmoq yoki soha 
y o ‘q. Bundan tashqari, iqtisodchilar bilan bir qatorda ushbu so‘zni vrach- 
lar, jum alistlar, teleradio boshlovchilar va boshqalar o ‘z faoliyatida juda 
ko‘p ishlatishadi. B ir tomondan, biz statistiklar uchun statistika so'zining 
hamm a yerda ishlatilishi yoqimli va biz undan hursand bo‘lamiz, ikkin- 
chi tom ondan bu so‘zning noo‘rin ishlatilishi biz m utaxassislami ranjitadi. 
Shu o ‘rinda ko‘pchilikning statistika bilan informatsiya'ning farqiga bor- 
m asligiga to ‘xtalmoqchimiz. M asalan, jum alistlar tushunib-tushunmas- 
dan qayerda ikkita raqamni k o ‘rsa, uni statistika deb tushunishadi. Futbol 
o ‘yinini olaylik, masalan, Ispaniya'ning “R eal M adrid” va “Barselona” 
futbol jam oalari o ‘yini 4 -5 hisobida tugadi. Jum alistlar bu ikki jam oani 
yoki Ispaniya'ning boshqa futbol jam oalarining (masalan, 14 turdagi) 
o ‘zaro o‘yinlari natijalarini statistika deb atashadi.
Bizning fikrimizcha, aniq o ‘yin yoki futbol turi haqida m a’lum ot bu 
inform atsiya hisoblanadi. Agarda jurnalist bizni aniq o ‘yin yoki tur statis­
tikasi bilan tanishtirmoqchi b o ‘lsa (jum alistning bu ishning qilishi qiyin 
bo‘lsa kerak), u birinchidan aniq o ‘yin bilan futbol turini farqiga bori- 
shi kerak, ikkinchidan aniq o ‘yin yoki tur bo‘yicha u eng bo‘lm aganda 
quyidagi m a’lum otlam i o'quvchiga yetkazishi kerak. Birinchidan, dar- 
vozalarga kiritilgan 9 ta to ‘pni kim lar va qaysi daqiqada kiritdi. Goi 
kiritganlam ing ismi sharifi yoki laqabi yoziladi. M a’lumki, jah o n futbol 
qiroli b o ‘lm ish Pelening ismi sharifi boshqa. Gol urilgan daqiqaning 
k o ‘rsatilishi m uhim aham iyatga ega. K o ‘p yillik futbol statistikasidan 
m a ’lumki, tezkor gol (ayniqsa, gollar) (birinchi 20 daqiqada) asosan 
o ‘yin taqdirini hal qilgan. Demak, jam oalarning tezkor gol urushga jon- 
jahdlari bilan harakat qilishi bekorga emas. Darvozalarga kiritilgan 9 ta 
goldan qanchasi birinchi va ikkinchi taym larda kiritilgan. O datda ik- 
kinchi taym da gollar k o ‘proq kiritiladi. Taym yoki o ‘yinga qo‘shim cha 
belgilangan vaqtda kiritilgan gollam i bilish ham muhim. Bundan so ‘ng, 
kiritilgan gollardan (9 ta) har biri qaysi holatda kiritildi, degan savolga ja ­
vob berish kerak. Bizni misolim izda 3 (33%) ta gol standart vaziyatlardan 
(jarima, burchak to ‘pi, o ‘n bir metrdan), 67% esa, o ‘yinda kiritilgan, 5 
(56% ) golni xujumchilar, 2 (22% )-yarim himoyachilar, 1 (ll% )-h im o y a - 
chilar, 1 ( l l % ) - o ‘z jam oasi darvozasiga (avtogol) kiritilgan. K iritilgan 
gollardan qanchasi o ‘yinchilam ing (ayniqsa him oyachilam ing) aybi bilan,
11


qanchasi darvozabonning aybi bilan o‘tkazib yuborildi. Bizni misolimizda 
89% gol o‘yinchilami, 11% gol esa, darvozabonlaming aybi bilan o‘tkazib 
yuborildi. Endi gollami o'tkazib yuborish sabablari statistikasini keltiramiz. 
Birinchi sabab, bu to‘pni o‘zida ushlab turish bo'lishi mumkin. O'yinda bu 
ko‘rsatkich 40%ga 60% nisbatda bo‘lgan. Demak, ikki jamoaning o‘yinida 
sarflangan vaqtni o‘ndan oltisida (10/6) Barselona jamoasi futbolchilari 
to‘pni o‘zida ushlab tura olgan. Bu ko'rsatkich futbolda juda muhim rol 
o'ynamasada, futbolchilardan ter to‘kib mehnat qilish va yuqori futbol 
texnikasigaegabo'lishni talab qiladi. Futbol statistikasi tarixidan ma’lumki 
80%-20% nisbatda o‘ynab, lekin yutqazib qo'ygan jamoa ham mavjud. Bu 
o‘ta omadsizlik, ming afsuski, uchrab turadi. Ikkinchidan, o‘yinchilaming 
ter to‘kib ishlashlarini bilish uchun (futbol tilida bu qancha foizga ishlash 
deyiladi) ulami o‘yin davomida qancha masofaga yugurganlarini keltirish 
zarur. Hozirgi texnika zamonida bu ko‘rsatkich qiyinchiliksiz aniqlaniladi. 
0 ‘yinda qatnashgan har bir futbolchining bosib o‘tgan masofasini (Masa­
lan, L.Messi-9800 metr, Kaka-9670 metr va h. k.) aniqlaganimizdan so‘ng 
jamoa bo'yicha bosib o‘tilgan masofa va u asosida o‘rtacha ko'rsatkich an­
iqlaniladi. Masalan, “Barselona” jamoasining barcha futbolchilari (o'yinda 
qatnashganlari) o‘yin davomida (bizning misolimizda 97 daqiqa) 86127 
metr, “Real” jamoasi -72811 metr masofaga yugurgan. Har bir fUtbolchin- 
ing o‘rtacha bosib o‘tgan masofasini aniqlash uchun yuqorida keltirilgan 
raqamlar 10 ga bo‘linadi. Demak, Barselonada har bir futbolchi o‘rtacha 
8612,7, Realda-7281,1 metrgayugurgan. 0 ‘quvchidanega 10 gabo‘lindi, 
degan savol paydo bo'lishi mumkin? Ma’lumki, darvozabonning vazifasi 
yugurish emas, to‘pni o‘tkazib yubormaslik. Shu munosabat bilan 10 ga 
bo'lindi. Agar siz 11 ga bo‘lsangiz ham xato qilmaysiz. Demak, Barselona 
jamoasi futbolchilar o‘z raqiblariga nisbatan o‘rtacha 1332 metrga ko‘p 
yugurganlar. Uchinchidan, o'yinchilaming bir-birlariga to'pni oshirishlari 
statistikasi keltiriladi. Biz tahlil qilayotgan o'yinda Barselona jamoasi fut­
bolchilari bir-birlariga 1012 martato'p oshirganlari ma’lum. Shundan: bosh 
bilan 384, oyoq bilan-628 marta, tegishli ravishda 38 va 62%.Oshirilgan 
to'plardan 711 (70,2%) tasi o'z maydonida amalga oshirilgan, 587 (58%) 
martasi o'zidan orqada turgan o'yinchiga yetkazib berilgan, 217 - raqibdan 
olib qo'yilgan, 98 - jarima maydonchasiga yetkazib berilgan, 76- maydon 
tashqarisidan (aut) tashlab berilgan, 80 (7.9%) - jamoadoshlar tomoni­
dan egallab olinmagan, 19-darvozabonga yetkazib berilgan, 17-maydon 
tashqarisiga chiqib ketgan va hokazo.
12


0 ‘yinning futbol maydonining qayerida o'tishi va darvozaga beril­
gan zarbalami o‘rganish juda muhim. Futbol statistiklari tomonidan 
o‘yinning qayerda ko‘p o'tganligini o‘rganish uchun futbol maydoni ham 
garizontaliga, ham vertikaliga 3 turga bo‘linadi. Masalan, Barselona ja­
moasi may donning chap tomonida yoki o‘ng tomonida o'ynasa (bu holat 
darvozabonning turishiga qarab aniqlanadi), futbol maydonining uch- 
dan bir qismi Barselona jamoasi “maydoni”, о‘rta maydon va qolgani 
Real jamoasi “maydoni”ga bo‘linadi. Bizning misolimizda Barselona 
jamoasi o‘yinning 20 daqiqasini o‘z maydonida, 30-o‘rtada, 40-raqib 
maydonchasida o‘tkazganligi aniqlandi. Bu futbol maydoni gorizontaliga 
bo‘lish, vertikaliga ham xuddi shu tarzda bo‘linadi va qancha vaqt o‘yin 
qayerda davom etganligi aniqlaniladi. Bizning o‘yinda tegishli ravishda 
30%, 28%; 37%. Demak, xujumlar asosan o‘ng tomondan uyushtirilgan 
ekan. Endi darvozaga berilgan zarbalar haqida. Olyin davomida berilgan 
zarbalar soni 57 ta, shundan: birinchi taymda -21; ikkinchi-36; Barselo­
na -30; Real-27. Ellik yettita zarbadan 29 (51%)tasi darvozaga aniq 
yo‘naltirilmagan, 3 (5.3%)-darvoza to‘sini va ustunlariga tegib qayt- 
gan, 9 (15.8%-bosh bilan berilgan, 14 (24,6%)-darvozabon qaytargan; 9 
(15.8%)- darvozato‘rigaborib tushgan. Demak, o‘yindagi har 6 zarbadan 
bittasi golga aylangan. Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar har bir jamoa 
uchun alohida hisoblanadi va olingan natijalar o‘zaro taqqoslanadi.
Futbol o‘yinidagi ya’ni bir holat - o‘yin qoidasini buzish va o‘yindan 
tashqari holat (ofsayd). Futbolda о‘yin qoidasi buzilganda turli choralar 
ko‘riladi: A-jarima to‘pi belgilanadi; B-jarima to‘pi (oldin o‘yinchiga 
sariq kartochka ko‘rsatiladi); V-jarima to‘pi (oldin o‘yinchiga qizil kar- 
tochka ko'rsatiladi); Real-Barselona o‘yinida 48 ta jarima to‘plari bel- 
gilangan, shundan 28-20 ta tegishli ravishda oddiy jarima to‘plari 22 
(shundan 10 va 12 tegishli ravishda), sariq kartochkalar-14 (8 va 6); qizil 
kartochka 2 (1 va 1) ta. Odatda sariq va qizil kartochka berilgan vaqt va 
ulami olgan futbolchining ismi sharifi yoziladi.
Futbolda o'yindan tashqari holat (ofsayd) alohida o‘rganiladi. Tahlil 
qilinayotgan o‘yinda ulaming soni 12 ta. Shundan: Barselona - 5 (42%), 
Real-7 (58%). Bu ko‘rsatkich taymlar bo‘yicha ham alohida hisoblanadi.
Hozirga zamonda futbol statistiklari tomonidan aniq o‘yin, tur, mav- 
sum va yil uchun minglab ko‘rsatkichlar hisoblaniladi va matbuotda 
e’lon qilinadi.
13


Bizning maqsadimiz esa, barcha ko‘rsatkichlami hisoblash emas, aniq 
o ‘yin bo‘yicha futbol statistikasining ayrim k o ‘rsatkichlari yordamida 
statistika bilan informatsiya’ni farqini ko‘rsatish edi xolos.
Yuqorida keltirilgan misol asosida statistika nima degan savolga ja ­
vob berishimiz mumkin. Birinchidan, statistika bu sonlar va o ‘lchovlar 
yordamida ко‘psonli va turli-tuman hodisalam i hisobga olish, tasvirlash. 
Ikkinchidan, statistika to ‘plangan m a’lumotlarni raqamlar qatori jadval- 
lar, grafiklar, turli hisob-kitoblar orqali ifodalash, uchinchidan, statistika 
to ‘plangan m a’lumotlami tadqiqot usullari yordamida shunday tartibda 
o ‘matadiki, turli-tumanlik ichida birlikni, son-sanoqsiz alohida “tasodif- 
lar” orasida qandaydir umumiylikni, qandaydir bog‘liqlikni aniqlash, 
y a ’ni xulosalar qilishdir.
Statistika nimaga kerak? Bu savolga javob berish uchun uning moxi- 
yatini to ‘liq tushinib yetish talab etiladi. Vaqt o ‘tish bilan statistikaning 
moxiyati va zaruriyati o ‘zgarib boradi. Agarda, statistika paydo bo‘lish 
paytlarida davlat extiyojlari qondirgan bo‘lsa, sobiq ittifoq davrida aso- 
san davlatning yillik va besh yillik rejalarini bajarilishini nazorat qilish 
bilan shug‘ullangan. Hozirgi kunda, y a ’ni bozor iqtisodiyoti sharoitida, 
mehnat taqsimoti rivojlangan va qiyinlashib ketgan, eng asosiysi yuqori 
raqobat shaklida ish olib borish sharoitida nafaqat davlatga, balki har bir 
kompaniyaga, firma yoki korxonaga, hatto har bir tadbirkorga dunyoning 
bir chekkasida qanday o ‘zgarishlar bo‘layotganligi yoki hodisa va vo- 
qealarning o ‘zgarishi prognozi haqida m a’lumot zarur. Bu yerda statisti- 
kadan yaxshi yordamchi topilmasa kerak, y a’ni faqatgina u ro ‘y berayot- 
gan yoki beradigan hodisalaming hajmi, o‘zgarish darajasi va istiqbolini 
xarakterlovchi raqamlami yetkazib bera olishi mumkin. Bu statistikaning 
amaliy mohiyatidir.
Yuqoridagi qisqa tahlildan ko‘rinib turibdiki, statistikaga berilgan 
ta ’riflar turli-tuman, bir-biriga o'xshamaydi. Ulami bizni fikrimizcha
quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
statistika deganda, mamlakatning iqtisodiy va sotsial rivojlanishi 
haqida m a’lumotlami to‘plovchi, umumlashtiruvchi va chop qiluvchi or­
gan, y a’ni statistika organlari tushuniladi;
statistika deganda, biror-bir hodisa haqidagi raqamlar yig ‘ indisi tushu­
niladi.
statistika deganda, ijtimoiy fan tushuniladi (bu, ayniqsa, sobiq ittifoq 
olimlari o ‘rtasida eng ko‘p tarqalgan ta’rif);
14


statistika deganda, statistik metodlar yig‘indisi tushuniladi; 
statistika deganda, raqamli m a’lumotlami to'plash va interpretatsiya 
(izohlash, talqin qilish) metodlarini o‘rgatuvchi fan tushuniladi va h. k.;
Bozor iqtisodiyoti sharoitiga o‘tilishiga, xalqaro statistik va iqtisodiy 
tashkilotlar bilan hamkorlik va boshqa ro‘y bergan ijobiy o‘zgarishlarga 
qaramasdan, keyingi yillarda sobiq ittifoq chegarasida chop etilgan o‘quv 
qo'llanm a. darsliklar mualliflari statistikaga 1954-yilda berilgan ta’rif 
atrofida aylanishadi. Bu holni, hatto, 2000-2011-yillarda nashr etilgan 
darsliklarda ham uchratish mumkin.
Shunday qilib, kim haq kim nohaqligini tahlil qilib o‘tirmasdan statis­
tika nimani o ‘rgatadi degan savolga, bizning fikrimizcha, quyidagicha ja ­
vob berish mumkin. Statistikaning o ‘rganish obyekti insoniyat hayotida 
ro ‘y beradigan barcha ommaviy voqea va hodisalardir, predmeti esa, shu 
ommaviy voqea va hodisalaming miqdoriy tomonlarini o ‘rganuvchi, aniq 
sharoit va vaqtda hodisalaming rivojlanish qonuniyatlarini o‘rgatuvchi 
metodlar yig ‘indisidir.
Yuqorida berilgan ta ’rifda statistika predmetining quyidagi xusu- 
siyatlari ko'rsatilgan:

Yüklə 8,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə