S t a t I s t I k a



Yüklə 8,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/224
tarix19.12.2023
ölçüsü8,69 Mb.
#152907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   224
Shadiyev Xamid Azimovich- Statistika- Darslik

Birinchi xususivat.
Ommaviy hodisalarni o‘rganadi. Masalan, professor 
oilasida 3 nafar qiz bola tug‘ildi, fermer oilasida 3 nafar o ‘g ‘il bola. Bu 
yerdan, demak professorlar oilasida faqat qiz bola tug'ilar ekan, fermerlar 
oilasida o ‘g ‘il bola tug‘ilar ekan degan xulosa chiqarish mumkin emas. 
Chunki, bu voqealar ommaviy emas. Bunday xulosa chiqarish uchun 
aholi punkti, shahar, viloyat, mamlakat yoki dunyo aholisining oilalarida 
bolalar tug‘ilishini o‘rganish kerak. Shunday o‘rganishlardan bizga 
m a’lumki, har 100 ta qiz bolaga 105 ta o ‘g‘il bola tug‘iladi, lekin doimo 
ayollar soni erkaklar sonidan k o‘p.
Ikkinchi xususivat.
Miqdoriy tomonlarini o‘rganadi. Bizga m a’lumki, 
har bir hodisa sifat va miqdor tomonlariga ega. Hodisa va voqealarni sifat 
tomonlarini aniq fanlar o‘rganishi hammaga m a’lum, lekin bu degani 
statistika hodisalaming miqdorini o‘rganishda, ulam ing sifat tomoniga 
umuman e ’tibor bermaydi degani emas. Aksincha, sifat va miqdor 
ko‘rsatkichlari uzviy bog‘liqlikda o‘rganiladi. Masalan, Respublikada 
faoliyat ko‘rsatayotgan qo'shm a korxonalami olaylik. Ulaming 5 yillik 
iqtisodiy-moliyaviy faoliyatini tahlil qilib, olingan natijalar asosida qo'sh­
m a korxonalami uch guruhga ajratish mumkin: yaxshi ishlagan, o ‘rtacha 
ishlagan, yomon ishlagan. K o‘rinib turibdiki, biz miqdor k o ‘rsatkichlami
15


tahlil qilib, q o ‘shm a korxonalam i sifat k o ‘rsatkichi orqali ularni uch 
guruhga ajratdik.
Uchinchi xususivat.
A niq sharoit va vaqt. Voqea va hodisalam ing 
miqdoriy tavsiflanishini statistika raqam larda ifodalaydi. Ular makonda 
farqlanadi v a vaqt b o ‘yicha o ‘zgaradi. M asalan, Farg‘ona va Buxoro sha- 
harlari aholisining soni va tarkibi bir xil emas, ular vaqt b o ‘yicha ham o ‘z- 
garib turadi. Shuning uchun ham statistik m a ’lum otlar o ‘zining vaqt b o ‘- 
yicha chegaralanganligi, jo y bo 'y ich a va to ‘plam dagi faktlar hajm ining 
aniqligi xususiyati bilan ajralib turadi.
To ‘rtinchi xususivat.
H odisalam ing rivojlanish qonuniyatlari. K o ‘pchi- 
likning fikricha, qonuniyat deganda o ‘rganilayotgan hodisalardagi takror- 
lanish, aniq tartib v a to ‘g ‘rilik, birin-ketinlik tushuniladi. Bu holatlar 
bir-biridan farq qiluvchi belgilarning um um iy to ‘plam da o ‘zaro yoyi- 
shib ketishi natijasida paydo b o ‘ladi. Shuning uchun ham, om m aviy 
m a’lum otlam i um um lashtirish y o ‘li bilan aniqlangan qonuniyatlar sta­
tistik qonuniyatlar deb yuritiladi. Statistik qonuniyatlarning o ’ziga xos 
xususiyati shundan iboratki, ular to ‘plam dagi ayrim hodisalarga, ele- 
mentlarga, birliklarga tegishli bo'lm asdan, balki um um iy to ‘plam ga te- 
gishlidir.
Statistik qonuniyatlar asosida ichki va tashqi sabablam ing murakkab 
qo ‘shilmasi va o ‘zaro ta ’siri yotadi. Shu sababli statistik qonuniyatlar alo­
hida olingan birlikda emas, balki barcha birliklam i o ‘zida qamrab olgan 
to ‘plam larda nam oyon b o ‘ladi. Bu yerda ulkan sonlar qonuni am al qiladi. 
B u qonunning mohiyati shundaki, hodisalar to ‘plami qanchalik k o ‘proq 
unsurlardan tashkil topgan b o ‘lsa, unda alohida, tasodifiy sabablar bilan 
bo g 'liq bo‘lgan о 4zgam vchanliklar shunchalik to ‘laroq o ‘zaro yoyishadi 
va oqibat natijada hodisalam ing zaruriy b o g ‘lanishi va izchilligining 
um um iy qonuniyatlari aniqroq nam oyon b o ‘ladi.
Statistika o ‘z predm etini quyidagi kategoriyalar yordam ida o ‘rganadi:

Yüklə 8,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə