S t a t I s t I k a


I-bob. STATISTIKANING PREDMETI



Yüklə 8,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/224
tarix19.12.2023
ölçüsü8,69 Mb.
#152907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   224
Shadiyev Xamid Azimovich- Statistika- Darslik

I-bob. STATISTIKANING PREDMETI,
METODIVATASHKIL ETILISHI
1.1. Statistikaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi
Statistika so‘zini biz juda ko’p eshitamiz va ishlatamiz. Lekin, 
ko‘pchilik bu so‘z nimani anglatadi va qachon, qayerda paydo bo‘lgan 
degan savollarga javob berolmaydi, hatto, bu so‘zni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri, 
o‘rinli va o‘rinsiz ishlatayotganini o‘zi ham bilmaydi. Yuqorida qo‘yilgan 
savollarga javob berish uchun, statistika tarixiga qisqacha sayohat qilay- 
lik.
Insonlarda oddiy hisoblarni amalga oshirish zaruriyati tug‘Uganda, bu 
ishni ular qo‘lidagi barmoqlari yordamida bajarganlar. Jamiyatda ishlab 
chiqarish kuchlarining rivojlanishi natijasida insonlar hisob-kitoblarni 
qo'l barmoqlari bilan emas, balki ayrim predmetlar orqali bajarishga 
kirishdilar. Masalan, grek tarixchisi Gerodotning (eramizdan oldingi 
484-420 yillardayashagan) ta’kidlashicha, qadimiy fors podshohi Dariya 
o ‘z qo‘shinlarining soni to 'g ’risida ma’lumotga ega boyish uchun har 
bir askarga bir donadan toshni olib kelib bir yerga to‘plashni buyuradi. 
Xuddi shunday ishni skiflar podshosi Ariant ham bajaradi. Ariant toshni 
emas, kamonning mis uchini to‘plashni buyuradi. Keyinchalik, insoniyat 
hisob-kitoblar olib borish texnikasining yangi pog‘onasiga o‘tadi, ya’ni 
boshlang‘ich schyotlar paydo ЬоЧа boshlaydi. Ulaming tarixi bir necha 
ming yillarga borib taqaladi. Ular, aw alo, Xitoyda svau-pau (suan-pan) 
nomlari bilan paydo bo'lgan, keyinchalik Yaponiyada saroban nomi bi­
lan. Bundan ikki ming yillar aw al bunday schyotlar Gretsiya va Rim 
maktablarida ham qo‘llanilgan.
Shunday qilib, yaratilgan maktablarda asta-sekin hisob-kitoblarni 
yuritish qoidalari bo'yicha asarlar paydo bo‘la boshladi. Shunday asar- 
lardan biri “Manu qonunlari”dir. Bu asarda (eramizdan oldingi X asr) 
Hindistonning sotsial - iqtisodiy sharoitlari o‘rganilgan.
Qadimiy hind schyotlarining boshqalarga o‘xshamasligi, ulaming 
katta sonlarga moyilligidir. Qadimgi hind traktati “Artxashastra” (taxmi- 
nan eramizgacha IV-III asrlar) o‘z vaqtining iqtisodiy-texnik va siyosiy 
bilimlarining butun bir tizimini aniqlab bergan, ya’ni unda davlat xazi- 
nasi schyotlarini yuritish, davlat budjetining daromadlari va xarajatlari 
sxemasini tuzish, savdoni muvofiqlashtirish uchun davlat organlari to­
monidan bahoning barqaror darajasini o‘matish va boshqa masalalar


keng yoritilgan. Ariabxata (V asr), Braxmagupta (V-VI asr), Maravira 
(IX asr), Bxaskara (XII asr) va boshqa hind olimlari hisob-matematika 
adabiyoti fondida ajoyib namunalar qoldirdilar.
Hisob-statistika ishlarining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan olimlar 
xitoyliklardir. Ularga Kunfutsiya (Kun Futszu, eramizgacha 551-479-yil- 
lar), Men Tszi (372-289-yiMar eramizgacha) va boshqalami kiritish 
mumkin.
Eramizgacha to‘rt minginchi yillarda yirik quldorlik davlati bo‘lgan 
Misrda juda ko‘p statistik ishlar amalga oshirilgan. Ma’lumki, eramizga­
cha bo‘lgan uch minginchi yillarda Misr yozuvi paydo bo'ladi. Matema- 
tika juda rivojlanadi. Ayrim ma’lumotlariga ko‘ra, eramizdan 3500-yil 
ilgari Misrda aholi ro‘yxati o‘tkazilgan. Olsha davrlarda Misrda kasrlar 
va arifmetik amallar ma’lum bo‘lgan. Masalan, bir, o‘n, yuz, ming va h. k. 
maxsus belgilar bilan bay on qilingan. Masalan, million raqami juda katta 
songa hayron bo‘lib qo‘lini ko‘tarib turgan inson figurasi orqali belgilan- 
gan. Qadimgi Misrda geometriya va astronomiya paydo bo‘ladi. Birinchi 
bo ‘ lib kalendar va kadastr tuziladi.
Yangi eraning boshlarida hisob-matematika ishlari bilan juda ko‘pchilik 
shug‘ullana boshlaydi. Bu ishning hududsi Hind yarim orolidan Afrikaning 
shimoliy dengiz qirg‘oqlari va Ispaniya janubigacha kengayadi. Bu hudud- 
da bosqinchilik urushlaridan so‘ng (VII asr) islom dini ustun bo‘lgan ras- 
miy (arab) til zonasi paydo bo‘ladi. Mintaqaning ajoyib iqlimi, geografik, 
xo‘jalik va siyosiy sharoitlari umuman fanning, shu jumladan, statistika fa- 
nining rivojlanishiga katta yordam va turtki bo‘ldi. Butun hududdan ilmiy 
asarlar to‘planib, ular arab tiliga o‘girildi. Arab hisob-matematika asarlari 
o‘ziga qisman antik grek mualliflarini hamda Hindiston, Xitoy, Yaqin va 
0 ‘rta Sharq mamlakatlari olimlari asarlarini birlashtira boshladi.
Demak, xulosa qilish mumkinki, statistikaning kurtaklari ijtimoiy faoli- 
yatning turi sifatida davlatlarning paydo boiishi bilan rivojlana boshlan- 
gan. Bu holat, statistikaning paydo bo‘lishi mexanizmini to‘la tushunish 
uchun juda muhimdir. Shuni yaxshi anglash kerakki, qadimiy jamiyatlarda 
schyotlaming yoki uchetning ayrim elementlari mavjud bo‘lgan, xolos. 
Davlatlarning paydo bo‘la boshlashi, ijtimoiy faoliyat sifatida statistikani 
funksiyalari ommaviy ma’lumotlami to‘plash va ulami tahlil qilishning qa- 
ndaydir oddiy apparatini yaratishni talab qila boshladi. Bundan shunday 
xulosa chiqarish mumkinki, statistika paydo bo‘lishi boshlanayotgan vaqt- 
ning o‘zida hukmron sinf vakillariga xizmat qilishga chorlangan edi.
6


Endi davlat yig'imlarini to‘plash uchun, yer egalarida qancha yen bor- 
ligini, undan qancha daromad olishini, urush olib borish uchun qancha 
aholi va shundan qanchasi katta yoshdagi erkaklar va boshqalami bilish 
zaruriyati tug‘iladi. Bu ishlar qadimgi statistik ishlardan farq qiladi, ya’ni 
u faqat ro‘yxatga olish emas, balki statistik hisob-kitoblarni amalga oshi- 
rishni talab etadi va ulaming boshlanganligidan dalolat beradi.
Statistika fan sifatida XVII asrda Angliyada paydo bo‘lgan. Siyo- 
siy arifmetika maktabining namoyondalari Jon Graunt (1620-1674) va 
Uilyam Petti (1623-1687) statistika asoschilari hisoblanadilar. Chunki 
birinchi bo‘lib ijtimoiy-iqtisodiy tekshirishlarda statistikani qo‘llash fikri 
U. Pettida tug‘ ilgan edi.
U. Petti o‘z asarlarida (“Soliqlar va yig‘imlar”, 1662-yil.; “Dono- 
larga so‘z”, 1664-yil; “Siyosiy arifmetika”, 1676-yil) o‘z tengdoshla- 
rini qiziqtirgan sotsial va iqtisodiy savollarga miqdoriy hisob-kitoblarga 
suyangan holda javob berishga harakat qiladi.
U. Pettining yaqin do‘sti, fabrikant, Lord, London shahrining hokimi 
J.Graunt birinchi bo‘lib oiish to‘g‘risidagi ma’lumotlar jadvalini tuzdi. 
U tug‘ilish masalalarini o‘rgandi, birinchi bo‘lib o‘g‘il bolalar va qizlar 
tug*ilishi o'rtasidagi doimiy nisbatni ochdi (14/12), Angliya aholisining 
sonini (6,5 mln. kishi), London aholisining soni 460 ming kishi, shulardan 
qurol olib yuradigani (harbiy xizmatga yaroqlilari) 81 ming kishi ekanlig- 
ini aniqladi, aholi migratsiyasini o‘rgandi. Bulardan tashqari, u ommaviy 
miqdoriy hodisalarga taalluqli ayrim statistik qonuniyatlami aniqladi.
U. Petti va J. Graunt bajargan ishlar ilmiy statistikaning paydo boii- 
shiga poydevor bo‘lib xizmat qildi. Ular boshlagan ish bir qancha olimlar 
tomonidan davom qildirildi. Ular orasida G. King (1648-1712) vaE. Gal­
ley (1656-1742) bajargan ishlar diqqatga sazovordir. G. King 1696-yilda 
Angliya aholisini barcha sotsial gumhlari bo‘yicha daromadlar va xara- 
jatlar balansini tuzdi, astronom E. Galley esa, 1693-yilda o‘lish jadvalini 
tuzdi. U tuzgan jadval J. Grauntnikiga nisbatan ancha takomillashgan 
bo‘lib, u jadval ma’lumotlari sug‘urta amaliyotida ishlatila boshlandi.
Shunday qilib, siyosiy arifmetika maktabi yaratildi. Bu maktab (o‘sha 
davr uchun misli ko‘rilmagan muvaffaqiyat) vakillarining asosiy xato- 
si (biz ulami tanqid qilmoqchi emasmiz) shundan iboratki, ular kichik 
to’plamlarni o'rganib, ma’lum bir xulosaga kelganlar. Xuddi shu sabab 
bilan ular bir xil xulosalarga xos qonuniyatlami o‘rganib, qarama-qarshi 
xulosalar chiqarganlar.
7


Siyosiy arifmetika maktabi bilan deyarli bir paytda Germaniyada tas- 
viriy maktab (fan) ham paydo bo‘ladi. Bu maktab asoschilari G. Konring 
(1606-1681) va G. Axenvaldir.
1660-yilda G. Konring yangi soha (fan) bo‘yicha m a’ruza kursini tash- 
kil qiladi (“Davlatshunosiik” - “Staatskunde”). Bu fan - G. Konringning 
fikricha, har bir davlatda diqqatga sazovor bo‘Igan faktlar (ro‘y bergan 
hodisa va voqealar) haqida so ‘zlab beruvchi fandir. Yangi fan o ‘z oldiga 
davlat holatini ta ’riflash, tasvirlash yoki ro‘yxatga olishni vazifa qilib 
qo‘ydi. Asosiy maqsad, boshqaruvchi sin f vakillarini alohida davlatlar- 
da boshqaruv metodlari va ulam ing boyligi bilan tanishtirishdan iborat 
edi. Bu tamoyil, G. Konringni Germaniyada ju d a mashhur va dongdor 
m a’ruzachiga aylantirdi.
1749-yilda Gettigenda xalqaro huquq va statistika professori G. Axen- 
val (“Davlatshunosiik” fanini nazariyachilari orasida eng ko'zga ko‘ringan 
olimlardan biri) “davlatshunosiik” fanining “Statistika” (lotincha “Status” 
so‘zidan olingan bo‘lib, hodisalaming holatini, ahvolini bildiradi. “Status” 
so‘zi negizida italyancha “Stato” - davlat, amaliy siyosat va “Statista”-
davlat arbobi, davlatni biluvchi so‘zlari yotadi) deb atagan.
XIX asming 40-yillariga kelib statistikadagi tasviriy oqim bilan shu- 
g'ullanish deyarli to'xtatiladi va keyinchalik butunlay tugatiladi. Bunga 
sabab, statistika davlatni boshqarish quroliga aylantirilgani bo'Isa kerak.
Statistikaning rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan belgiyalik olim 
Lamber A dolf Jak Ketle (1796-1874) va uning maktabidir. A. Ketle 
statistika bo‘yicha 65 ta asar yozgan. P.S. Laplasning shogirdi A. Ketle 
o ‘z zamonasining olimlari singari matematika faniga katta ahamiyat 
bergan. U o‘zining asosiy fikrini “Inson va uning qobiliyatlarining rivoj­
lanishi yoki sotsial fizika tajribasi” asarida bayon etgan. Yirik iqtisodchi 
olimlar ta ’biri bilan aytganda, A. Ketlening xizmati shundaki, u ommaviy 
hodisalaming qonuniyatlarini ochib berdi. Lekin, o ‘zi ulam ing tabiatini 
tushunmagan. A. Ketlening keng tarqalgan nazariyalaridan biri “0 ‘rtacha 
kishi” nazariyasidir. Uning fikricha, o‘rtacha miqdorlar hamm a vaqt doi- 
miy miqdorlar ta ’sirida paydo bo‘ladi, to ‘plam birliklarining o ‘rtachadan 
farqi tasodifiy sabablarga bog‘liq emish. Har qancha harakatga qaramas- 
dan “0 ‘rtacha kishi” aniqlanmadi va aniqlanishi mumkin Ьащ emas.
Ilmiy statistikaning rivojlanishi bilan bir qatorda statistika amaliyoti 
ham paydo bo‘la boshlaydi. Hayot tobora qiyinlashib borganligi sababli, 
davlatlar statistik organlami tuzishga majbur bo‘ladilar. Birinchi davlat
8


statistika organi 1756-yilda Shvetsiyada tashkil qilingan. Fransiyada 
1772-yildan butun mamlakat bo'yicha aholining harakatlari to ‘g ‘risida 
hisobotlar tuzish boshlanadi va 1801 yilda Fransiya ichki ishlar vazirligi- 
da statistik byuro tashkil qilinadi. Angliyada 1801 yilda aholi ro ‘yxati 
o ‘tkazilib, 30-yillarda sanoat vazirligi qoshida statistika departamenti 
barpo etiladi.
Insoniyatning rivojlanishi va statistik m a’lumotlarga b o ig a n extiyoj- 
lam ing oshib borishi statistikani markazlashtirish zaruriyatini keltirib 
chiqardi. Bu masalaning zarurligi birinchi xalqaro statistiklar kongressi- 
da (1853-yil, Bryussel) ham ta ’kidlab o‘tildi va har bir davlatda markaziy 
statistika komissiyalarini tuzish taklif etildi. Hammasi bo‘lib o ‘nta kon- 
gress o ‘tkazilgan. 1880-yillarga kelib davlat statistika organlarini rasmiy 
birlashtirish mumkin emasligini tushunib yetgan mutaxassislar statistiklar 
“ochiq" assotsiyatsiyasini tuzish taklifi bilan chiqdilar va shunday tashki- 
lot - Xalqaro statistika instituti - 1887 yil Rimda tuzildi. Bu birlashma- 
ning (bugungi kurlda ham faoliyat k o ‘rsatmoqda) asosiy maqsadi - dav- 
latlaming statistik m a'lumotlari o‘zaro taqqoslama bo‘lishini ta ’minlash 
va xalqaro statistik to ‘plamlami nashr etishdir. Hech qanday shubha 
y o ‘qki, bu maqsadga erishildi va erishilmoqda.
XIX asm ing ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida statistikadagi 
matematik oqim ingliz olimlari tomonidan rivojlantirildi. Ularga Angliya- 
lik biolog F. Gabon (1822-1911), K. Pirson (1857-1936), V. Gosset va R. 
Fishemi kiritish mumkin. Bu olimlar tomonidan statistikada matematik 
metodlami juda k o ‘p qo‘llanishi, y a’ni uni matematikalashtirilishi statis­
tika fanining asosiy maqsadlaridan. biri bo‘lgan hodisalaming mazmuni- 
ni va ulaming asosiy qonuniyatlarini chetga surishga boshladi. Bu xato 
ekanligini ko‘pchilik tezda tushunib yetdi.
Statistikaning rivojlanishida rus olimlari ham o‘zlarining munosib 
hissalarini qo‘shganlar: V.N. Tatishev (1686-1750) - Rossiyada birinchi 
aholi ro ‘yxatini o‘tkazgan va aholini joriy hisobini tatbiq qilish lozim- 
ligini kun tartibiga qo‘ygan; K.I. Krilov (1689-1737)-statistikada ilk 
bor davlatni tavsiflovchi iqtisodiy-statistik m a’lumotlami statistik jadval 
yordamida izohlagan; D.P. JuravsMiy - birinchilardan bo‘lib statistikaga 
ta ’rif bergan; Semenov Tyan-Shanskiy (1827-1914) - Rossiyada uning 
boshchiligida ilk bor butun Rossiya aholi ro'yxati o‘tkazilgan, k o ‘p yil- 
lar markaziy statistika qo‘mitasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan; Yu.E. Yanson 
(1835-1893) - statistika umumiy nazariyasidan ilk bor darslik yozgan
9


(bu darslik bugungi kunda ham, bizning fikrimizcha, eng yaxshi dars- 
liklardan biridir); A.I.CHuprov (1842-1908), V.I. U lyanov (1870-1924); 
A.A. Chuprov (1874-1926), A.A. Kaufman (1864-1919) va boshqalar.
0 ‘zbekiston Respublikasida statistikaning rivojlanishida va uni o ‘zbek 
xalqiga o'rgatishda diqqatga sazovor ishlar qilingan. Birinchi “Statistika” 
kafedrasi 1932-yilda Toshkent, keyinchalik Sam arqand va boshqa sha- 
harlarda tashkil etilgan. Hozirgi paytda deyarli hamma iqtisodiy institut 
va fakultetlarda statistika kafedralari mavjud. U larda o ‘zbek statistikasini 
yaratgan va yaratayotgan ajoyib olim lar faoliyat ko'rsatm oqda.
0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng o ‘zbek ti- 
lida “Statistika” b o ‘yicha o ‘quv adabiyotlari chop etila boshlandi. 0 ‘zbek 
tilida o ‘quv qo‘llanma va darsliklar yaratishda Toshkent M oiiya instituti 
statistika kafedrasi professor-o‘qituvchilari nam una bo‘lmoqdalar. Pro­
fessor Yo A bdullaev ilk bor statistika umumiy nazariyasidan darslik 
(1993-yil) chop etdilar, 1996-yilda shu fandan o ‘quv q o ‘llanm a nashr 
etildi, 1998-yilda esa, o ‘quvchilarga “M akroiqtisodiy statistika: 100 
savol v a jav o b ” taqdim etildi. Kafedraning boshqa a ’zolari ham bu so- 
hada faol ishlamoqdalar. M asalan, iqtisod fanlari doktori, professor X.A. 
Shadiev “Statistika nim ani o ‘rgatadi.” (D arslik -Т .: 0 ‘zbekiston, 1985); 
X.A. Shodiev, M.Ya. Ham roev “M oiiya statistikasi” .T.: A bu Ali Ibn Sino, 
2002; X.A. Shadiev “M oiiya statistikasi bo‘yicha am aliyotnom a”- Т.: 
TMI, 2002; Statistika (darslik)-T.: Ibn Sino, 2004 (prof. X.A. Shadiev 
taxriri ostida); X.A. Shadiev M oiiya statistikasi (Darslik.T.: Iqtisod-moli- 
ya, 2010).

Yüklə 8,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə