S t a t I s t I k a



Yüklə 8,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/224
tarix19.12.2023
ölçüsü8,69 Mb.
#152907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   224
Shadiyev Xamid Azimovich- Statistika- Darslik

1. 
Statistik to‘plam 
- bu um um iy b o g iiq lik d a, qandaydir bir sifat 
belgisi bilan birlashgan va bir-biridan farq qiluvchi obyekt yoki hodi­
salam ing yig'indisidir. Masalan, korxonalar soni, aksiyadorlik jam i- 
yatlari soni, oilalar soni va h. k. To‘plam lar bir jinsli (o ‘xshash, bir xil 
b o ‘lgan) v a turli jin sli b o iis h i manikin.
O ‘rganilayotgan obyektning feelgilari to ‘plam ning ham m a birliklari 
uchun umumiy bo ‘lsa, to ‘plam bir jinsli deyiladi. M asalan, xususiy fir- 
malarni o ‘rganishda, eng a w a lo , ulardan ishlab chiqarish bilan shug‘ulla-
16


nuvchi va shug‘ullanmaydigan korxonalami ajratish kerak. Bu yerda ik- 
kita yangi to'plam paydo bo‘ladi. Bu to‘plamlarga kirgan har bir korxona 
to'plam birligi hisoblanadi.
To‘plam birliklari bir holatda bir jinsli, shu birliklar boshqa holatda 
bir jinsli bo‘lmaSligi mumkin. Masalan, ish haqi nuqtayi nazaridan davlat 
(yoki nodavlat) korxonalarida band bo‘lgan ayol ishchilar to‘plami bir 
jinslidir. Aholini takror ishlab chiqarish nuqtayi nazaridan, aniqrog‘i, 
tug‘ilish masalasidan qarasak, bu to'plam bir hil emas, chunki ayollaming 
ayrim yoshdagilari endi bola tug‘a olmaydi.
2. Belgi - bu to ‘ plam birligining sifatiy xususiyatidir. 0 ‘ rganilayotgan 
to‘plam birligini ifodalash xarakteriga qarab belgilar miqdoriy, atributiv 
ya altemativ belgilarga bo‘linadi.
Miqdoriy ifodaga egabo‘lgan belgilar miqdoriy belgilar deyiladi. Ma­
salan, ish staji, mehnat haqi, kishi yoshi va h. k.
Miqdoriy ifodaga ega bo‘lmagan belgilar atributiv belgilar deyiladi. 
Masalan, professor, biznesmen, barmen, bankir va h. k.
Agarda belgida, mohiyati bo‘yicha teskari variant mavjud bo‘lsa, bun­
day belgilar altemativ belgilar deyiladi. Masalan, har bir kishi turmush 
qurgan va qurmagan bolishi mumkin, do'kondagi tovar iste’molga ya- 
roqli va yaroqsiz bo'lishi mumkin. Bunday belgilar bo‘yicha ma’lumot 
to‘planayotganda, odatda, savolga ha yoki yo‘q deb javob beriladi.
Statistik o‘rganishning farqli xususiyati, unda faqat o'zgaruvchan 
(tebranuvchi, farqlanuvchi) belgilar o'rganiladi, ya’ni belgilar bir-biridan 
farqlanadi. Bu farqlanish statistikada variatsiya deb ataladi. Masalan, me- 
nejer ishini olaylik. Uning ishi natijasiga ftrmadagi umumiy sharoitlar 
va uning faqat o'ziga bog‘liq omillar (uning ma’lumoti, ishchanligi, 
ishni tashkil qila bilishi va h. k.) ta’sir qiladi. Birinchi omil firmadagi 
hamma menejerlar uchun bir xil, ikkinchi omil esa, har bir menejer uchun 
alohida tasnifga ega. Bu omillar bir-biri bilan qo‘shilib, pirovard natijada 
ishchining ish natijasi har xil bo‘lishiga olib keladi. Bunday belgilar 
variatsion belgilar deb ham ataladi.
Agarda о‘rganilayotgan belgining o‘zgarishi turli davrlarga to'g'ri 
kelsa, (oy, yil) bunday o'zgarish statistikada variatsiya emas, dinamika 
deyiladi.
3. Statistik ko‘rsatkich - bu kategoriya bo‘lib, hodisa va voqealami 
aniq sharoit va vaqtdagi miqdoriy tasvirlanishidir. Statistik ko‘rsatkichlar 
hajmiy va hisoblangan ko‘rsatkichlarga bo‘lii
17


haqiqiy, bashoratlangan ko‘rsatkichlar shaklida bo‘lishi mumkin. Statis­
tik ko‘rsatkichlami statistik m a’lumotlar bilan chalkashtinnaslik kerak. 
Statistik m a’lumotlar bu statistik ko‘rsatkichlami aniq raqamdagi ifodasidir.

Yüklə 8,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə