Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/106
tarix28.11.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#133219
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

O‘lchash jarayoni
– bu solishtirish eksperimentini o‘tkazish jarayonidir 
(solishtirish qanday usulda bo‘lmasin). 

O‘lchash usuli
– bu fizik eksperimentning aniq, ma’lum struktura, o‘lchash 
vositalari va eksperiment o‘tkazishning aniq yo‘li, algoritmi yordamida bajarilish
amalga oshirilish usulidir. 
O‘lchash odatda o‘lchashdan ko‘zlangan maqsadni (izlanayotgan kattalikni) 
aniqlashdan boshlanadi, keyin esa shu kattalikning tavsifini tahlil qilish asosida 
bevosita o‘lchash ob’yekti (o‘lchanadigan kattalik) aniqlanadi. O‘lchash jarayoni 
yordamida esa shu o‘lchash ob’yekti to‘g‘risida informatsiya hosil qilinadi va 
nihoyat ba’zi matematik qayta ishlash yo‘li bilan o‘lchash maqsadi haqida yoki 
izlanayotgan kattalik haqida informatsiya (o‘lchash natijasi) olinadi. 
O‘lchash natijasi
– o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini o‘lchash 
birligiga ko‘paytmasi tariqasida ifodalanadi: 
Х = n[х], 
bu yerda: X – o‘lchanadigan kattalik;


11 
n – o‘lchanayotgan kattalikning qabul qilingan o‘lchov birligidagi son 
qiymati; 
[х] – o‘lchash birligi. 
O‘lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga qarab, u aniq nomi 
bilan yuritiladi: elektrik, mexanik, issiqlik, akustik va h.k. 
О‘lchashning ikki xil turi mavjud:
1. Laboratoriyaviy о‘lchash. 
2. Texnik о‘lchash. 
Laboratoriyaviy о‘lchash 
- aniq bо‘ladi va о‘lchashning xatoligi aniqlanadi 
hamda hisobga olinadi. Bu о‘lchash ilmiy-tadqiqot ishlarida qо‘llaniladi. 
Texnik о‘lchash - 
bu о‘lchashda asbob xatosini aniqlamaydi, ammo asboblar 
tasdiqlangan xatolik chegarasida ishlatiladi. Ishlab chiqarish sharoitida xom ashyo 
va tayyor mahsulotlarning kо‘rsatkichlari texnik о‘lchash yordamida aniqlanadi. 
O‘lchashlar soniga bog‘liq ravishda quyidagi turlarga ajratiladi: 
Bir karrali о‘lchash 
- bir marotaba bajarilgan о‘lchash. Masalan: vaqt, 
savdoda mahsulot massasi yoki hajmini о‘lchash. 
Kо‘p karrali о‘lchash 
- bir karrali о‘lchashning «n» barobar takrorlanishi. 
Masalan: iplarning mustahkamligini aniqlash. 
O‘lchanayotgan kattalikning o‘zgaruvchanligiga bog‘liq ravishda esa 
statik
va 
dinamik
o‘lchashlarga bo‘linadi.
Statik о‘lchash 
- о‘lchash vaqti davomida kattalik о‘zgarmaydi deb qabul 
qilingan kattalikni о‘lchash. Masalan: me’yoriy haroratda uzunlik, yer maydoni 
yuzasini va hokazolarni о‘lchash. 
Dinamik о‘lchash 
- о‘lchamlari о‘zgaruvchan kattalikni о‘lchash, ya’ni 
о‘lchanayotgan kattalik vaqt davomida о‘zgarib turadi. Masalan: о‘zgaruvchan 
bosimni о‘lchash, haqiqatdan olganda barcha kattaliklar vaqt ichida ozgina bо‘lsa 
ham о‘zgarishlar ta’sirida bо‘ladi. Agar juda ham sezgir asboblar bilan kattalik 
о‘lchansa, farqni aniqlash mumkin. Shuning uchun o‘lchashlar shartli ravishda 
statik va dinamik о‘lchashlarga ajratiladi. 
О‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini topishning bir qancha yo‘llari, 
ya’ni turlari mavjud (2-rasmga qarang).


12 
4 – rasm. O‘lchash turlari. 
O‘lchashlarni amalga oshirish uchun o‘lchash vositalaridan foydalanish 
bilan birga mos ravishda belgilangan qonun-qoidalar, tartiblarga rioya etishimiz 
talab etiladi. Bu esa o‘lchash usullarini hosil qiladi. O‘lchash usulining ta’rifi va 
turlari haqidagi ma’lumotlar 3 – rasmdagi sxemada berilgan. 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə