Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


O‘ZBEKISTONDA BOSHLANG‘ICH SINF YOSHIDAGI BOLALAR LUG‘ATCHILIGINI TARAQQIY ETTIRISH MUAMMOLARI



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə152/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   182
to\'plam tayyor

O‘ZBEKISTONDA BOSHLANG‘ICH SINF YOSHIDAGI BOLALAR LUG‘ATCHILIGINI TARAQQIY ETTIRISH MUAMMOLARI
Axmedova Diyoraxon Obidjon qizi –Far.DU o‘qituvchi[
ahmedovadiyora72@gmail.com
+998998164498
KIRISH
Bugungi kunda mamlakatimizda bolalar lug'atchiligining ahvoli qay
darajada? Soha taraqqiyotiga to'siq bo'luvchi qanday muammolar bor? Ularni
qanday bartaraf etish mumkin? Ushbu maqolada shu kabi masalalarga
oydinlik kiritiladi.
Istiqlol yillarida o'quv lug'atchiligi taraqqiyoti bilan bog'liq ravishda uzluksiz ta’limning eng quyi bo‘g‘inida ta’lim oluvchilar uchun ham bir qancha lug‘atlar, hatto ularning elektron shakllari yaratildi. Tahlillarimizda ular ichida nisbatan tadqiqot ob’ekti talabiga mos bo‘lgan V.V.Aristova va boshqalar muallifligidagi “Mening eng birinchi entsiklopediyam” hamda N.N.Malofeevaning “Boshlang‘ich sinf yoshdagi bolalar entsiklopediyasi”, shuningdek, Miraziz A’zamning 2016-yilda nashr etilgan “Ming bir so‘zni bilaman” lug'atlariga murojaat qildik.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
“So‘nggi yillarda jahon tilshunosligi, qolaversa, o‘zbek tilshunosligida bajarilgan tadqiqotlar tilshunoslik tarixida yaratilgan ilk lug‘atlarning sof amaliy ehtiyojlar – o‘quv maqsadida yaratilganini isbotladi”36
Jumladan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun yaratililishing negizida ham o‘quvchilar nutqini boyitish, ularni yangi so‘zlar bilan qurollantirish maqsadi turadi. Bu esa maktablarda amaliy ehtiyoj sifatida necha yillardan beri shakllanib kelgani barchamizga ma’lum. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun lug‘at yaratishda quyidagi muammolarni ko‘rishimiz mumkin:
Birinchidan, bolalar uchun mo‘ljallangan kitoblarga qo‘yiladigan yuqori talabchanlik va chop etishdagi moddiy harajatlarning ko‘pligi muammosi. Avvalambor, nashriyot-matbaachilik rivoj topgani, bolalar uchun mo‘ljallangan maxsus nashrlar paydo bo‘lganligiga qaramasdan, dunyoning anchagina mamlakatlarida kichik maktab o‘quvchilarini turli mazmundagi kitoblar bilan ta’minlanishi doim ham qoniqarli ahvolga ega emas. Bu shu janrga mansub bo‘lgan kitoblarni yozishdagi yuqori talabchanlikka va chop etishdagi moddiy harajatlar bilan chambarchas bog‘liq. Xususan, I.A.Antipova bolalar uchun mo‘ljallangan kitoblarning sifatiga qo‘yilgan talab, mana shu toifada yaratilgan kitoblarning analogida o‘z tavsifiy belgilarini yo‘qotishiga sabab bo‘lgani, bu esa, o‘z navbatida, ma’lum bir foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan lug‘atlarning boshqa kategoriyadagilar uchun mos kitobga aylanib qolishiga sabab bo‘lganini ta’kidlaydi. Ko‘pgina bolalar uchun chop etilgan adabiyotlar,shuningdek Ya.A.Komenskiyning 1658-yilda bolalar uchun yozilgan mashhur “Tushunchalar olami rasmlarda” nomli darslik-ensiklopediyasi ham moddiy mablag‘ yetishmasligi hamda iqtisodiy harajatlarning ko‘pligi sababidan 1768-yilda Moskva universiteti nashriyotida illyustratsiyalarsiz chop etiladi hamda o‘zining illyustrativ entsiklopediya vazifasini yo‘qotib, xorijiy tillarni o‘rgatishda foydalaniluvchi oddiy lug‘atlar toifasiga mansub bo‘lib qoladi.

Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə