Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


Boshlang’ich sinf o’quvchilariga rus tilini o’rgatish borasida innovatsion yondashuvlar



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə150/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   182
to\'plam tayyor

Boshlang’ich sinf o’quvchilariga rus tilini o’rgatish borasida innovatsion yondashuvlar
Nurmatova Sadbarkhan Erkinovna
FarDU sirtqi bo’limi ijtimoiy- gumanitar fanlari kafedrasi o’qituvchisi
Zamonaviy boshlang’ich ta’limdagi eng asosiy va ijobiy o’zgarishlarga sabab bo’lgan qarorlardan biri bu O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-1875-sonli Qaroridir. Ushbu qaror asosida chet tillarini, asosan, rus tilini o’rganish umumiy o’rta ta’lim maktablarining 1-sinflaridan o’yin tarzidagi darslar va og’zaki nutq darslari shaklida, 2-sinfdan boshlab esa, alifbo, o’qish va grammatikani o’qitish bosqichma-bosqich boshlanadi. Qarorga ko’ra, Chet tillarni o’rganishni yanada rivojlantirish bo’yicha doimiy ishlaydigan Muvofiqlashtiruvchi kengash boshchiligida ta’li­m sohasining barcha yo’nalishlarida beqiyos ko’lamli ishlarni amalga oshirishga kirishildi. Masalan, 2013-2014 o’quv yilidan e’tiboran umumta’lim maktablarining birinchi sinflarida xorijiy tillarni o’yin tarzidagi mashg’ulotlar va og’zaki nutq darslari shaklida uzluksiz o’rgatish yo’lga qo’yildi. Shuningdek, ushbu sinflarga mo’ljallangan darslik hamda o’quv-metodik majmualar yaratildi. Diqqatga molik jihati, birinchi sinflar uchun yaratilgan majmualardagi o’yin-mashg’ulotlarning kichkintoylar yoshiga mutanosibligi ta’minlanadi. Bolalar xorijiy til bilan ilk tanishishni salomlashish madaniyati, ranglar va kundalik so’zlarni dialog shaklida o’rganishdan boshladilar.
Shubhasiz, mamlakatimiz ta’lim dargohlarida xorijiy tillar xonalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va o’qitishning ilg’or texnik vositalari bilan jihozlash, teleradiokanallarda bolalar va o’smirlarni xorijiy tillarga o’rgatuvchi ko’rsatuv va eshittirishlarni berib borish, boshqa mamlakatlar tarixi va madaniyati, jahon ilm-fani va texnik yangiliklariga bag’ishlangan ilmiy-ommabop xorijiy badiiy va multiplikatsion filmlarni o’zbekcha subtitr yordamida muntazam namoyish etish yoshlarimizga dunyo xalq­larining o’tmishi, madaniyati, ilm-fani bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.
Boshlang'ich sinflarda, ayniqsa, birinchi sinfda o'quvchilarga chet tillarni o'rgatishda o'quvchining yoshi, fiziologik, psixologik xususiyatlarini hisobga olish kerak. Qarorda ta'kidlanganidek, birinchi sinflarda o'yin tarzidagi darslar va og'zaki nutq darslari shaklida chet tillarini o'rgatishni amalga oshirish, haqiqatan, kichik yoshdagi o'quvchilarga mosligidir. Ta'limda o'yin texnologiyalaridan foydalanish, eng samarali vositalardan biridir. O'yin davomida ularning tafakkuri, dunyoqarashi, fikrlashi kengayib boradi. Olimlar ta'limga o'yin orqali yondashuv ta'lim jarayonida osonlashtiradi, deb hisoblagan. Nafaqat osonlashtiradi, balki bu fanga qiziqishini kuchaytirib,bolani chuqur bilim olishiga undaydi. O'yin tarzidagi darslar bolalarning og'zaki nutqini rivojlanishiga yordam beradi. Birinchi sinf o'quvchilari rasmli yoki videoli turli ko'rishlarni juda yaxshi ko'rishadi. Turli xil rangli rasmlar orqali, ularning nutqlarini o'stirishda o'yinlardan muntazam foydalanib turish lozim. Masalan, Bu nima?, Bu kim?, Kim ko'p so'z biladi?” kabi o'yinlardan foydalanish mumkin. O'yin jarayonida bolalarning so'zlarni eslab qolishi, to'g'ri talaffuz etishiga qarab rag'batlantirib borish zarur. Bolalarning so'z boyliklarini ortib borishiga qarab boshqa turdagi o'yinlar, turli xil musobaqalarni tashkil etish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarga dastlab “Meva nomlari”, “Kasblar”, “Uy jihozlari” kabi mavzulardagi mashqlarni o’yinlar yordamida bajartirish mumkin. So’ngra ular kompyuterdagi rang-barang tasvirlarga uyg’un holatda ko’rsatilsa, o’quvchilarning nutqi rivojlanib, atrof-muhitga munosabat doirasi kengayadi. Yangi mavzuni namoyish etish bosqichida ekranda so’zlar va uni aks ettiruvchi rasmlar paydo bo’ladi. O’quvchilar so’zlarni tinglab, ularni talaffuz etish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Mavzuni kompyuter yordamida taqdim etishda ta’limni individuallashtirish printsipiga e’tibor berish lozim. Ayrim o’quvchilar so’zning grafik, ayrimlari esa tovushli obrazni qabul qilishda qiyinchilikka uchraydilar. Kompyuter u yoki bu qiyinchilikni mashqlar vositasida bartaraf etib, o’quvchining rus tili dan o’zlashtirishga qiynalayotgan jihatlarini topishga va ularni bartaraf etishga yordam beradi.
Ikkinchi sinfdan boshlab grammatikani o'zlashtirishga qaratilgan boshqa ta'limiy o'yinlarni ham tashkil etish mumkin. Masalan, “Kim savodxon?”, Kim zukko?, “Men kimman?“, “Zanjir“, “Rolli o'yin“, “So'z o'rnini top kabi qiziqarli o'yinlar shular jumlasidandir. “Kim zukko? “ o'yini imlo savodxonlikni oshirishda yaxshi natija beradi. Bunda karton qog'ozga 5-6 ta so'z yozilgan bo'lib, so'zlar to'g'ri va noto'g'ri yozilgan bo'ladi. O'quvchilardan noto'g'ri yozilgan so'zni topib, to'g'ri yozib berish talab qilinadi. Qaysi o'quvchi noto'g'ri yozilgan so'zlarni to'g'ri va birinchi bo'lib yozib berishga qarab o'yin g'olibi aniqlanadi.
Biz bilamizki, hozirgi ta’lim jaroyonida o’quvchi sub’ekt bo’lishi lozim. Bunda ko’proq interfaol metodlarga e’tiborni qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi. Rus tili darslariga qo’yilgan eng muhim talablardan biri mustaqil fikrlashga o’rgatishdir. Bugungi kunda rus tili o’qituvchilari Amerika Qo’shma Shtatlari, Angliya pedagoglari tajribasiga tayangan holda, quyidagi innovatsion metodlardan foydalanib kelmoqda:
“Quvnoq topishmoqlar” o’quvchilarga topishmoqlar o’rgatish. Rus tilini o’rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o’zlariga notanish bo’lgan so’zlarni o’rganadilar va o’ylab topishmoq javobini topadilar.“Tezkor javob” o’tilgan dars samaradorligini oshirishda yordam beradi.“Chigil yozdi” o’quvchilarni darsga qiziqtirish uchun sinfda har xil o’yinlardan foydalanish. “Pantomima” bu usul juda qiyin mavzular tushuntirilishi kerak bo’lgan darsda yoki yozma mashqlar bajarilib, o’quvchilar charchagan paytda foydalanilsa bo’ladi. “Hikoya zanjiri” usuli o’quvchilarning og’zaki nutqini oshirishda va xotirani mustahkamlashda yordam beradi. “Rolli o’yinlar” bu usul darsning barcha tiplarida qo’llanilishi mumkin “Rasmlar so’zlaganda” usuli ancha qulay bo’lib, rus tilini o’rgatishda, o’quvchilarning o’g’zaki nutqini rivojlantirishda yordam beradi, buning uchun mavzuga oid rasmlardan foydalanish lozim. “Kviz kartochkalari” o’quvchilarning soniga qarab kartochkalar tarqatiladi va hamma o’quvchilar bir vaqtda darsda ishtirok etish imkonini beradi bu esa vaqtni tejaydi.
“So'z o'rnini top“ o'yinida so'zlarning o'rni almashtirib qo'yiladi hamda so'zlarni o'z o'rniga to'g'ri qo'yish orqali gap hosil qilinadi. “To'plam“o'yini ma'lum bir mavzu asosida o'quvchilarning olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida o'tkaziladi. O'yin qatorlar musobaqasi yoki kichik guruhlarda ishlash shaklida tashkil etiladi. Masalan, belgini bildirgan so'zlarni toping deb, guruhlarga topshiriq beriladi. Berilgan vaqt iсhida qaysi guruh ko‘p topa olsa g‘olib bo‘ladi. Multfilmlar. Bolalar chet tilini o’rganish mobaynida multfilmdagi gaplarni tushunmasa-da, multfilmdagi qahramonlarning harakatlari orqali ular ishlatayotgan so’zlarni tushunishga harakat qiladi. Bu esa bolalar uchun til o’rganishda qiziq va samarali yo’l hisoblanadi. Bolalar uchun rus tili qo’shiqlaridan tortib she’r va hikoyalar, videoroliklar orqali o’rgatib kelinmoqda.
Xulosa o‘rnida ta‘kidlash joizki, rus tilini o‘qitishda o‘quvchilarni yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda, ulardagi chet tilini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, ehtiyojni to‘la qondirishga yordam beruvchi pedagogik texnologiyalarga asoslangan zamonaviy didaktik ishlanmalarni tayyorlash va ularni amalga oshirishning mustahkam mexanizmini ishlab chiqish muaommoning amaliy yechimini ta‘minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

  1. Vosiljonov, A. (2022). Basic theoretical principles of corpus linguistics. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(2), 1-3.

  2. Vosiljonov, A. (2022). LINGVISTIK TАDQIQОTLАRDА KОRPUS О ‘RGАNISH ОBYЕKTI SIFАTIDА. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(11), 176-182.

  3. Vosiljonov, A. (2022). PRAGMALINGVISTIKA VA UNING TAHLILIY SHAKLLANISH TARIXI. Science and innovation, 1(B8), 99-105.

  4. Vosiljonov, A. (2022). PRAGMALINGUISTICS AND THE HISTORY OF ITS ANALYTICAL DEVELOPMENT. Science and Innovation, 1(8), 99-105.

  5. Vosiljonov, A., & Isaqova, X. (2023). EFFECTIVENESS OF MOTHER TONGUE EDUCATION IN THE PRIMARY GRADES. International journal of advanced research in education, technology and management, 2(2).VATING LEXICAL SYNONYMS IN THE SPEECH OF PRIMARY


  6. Yüklə 4,07 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə