Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


Ikkinchidan, bolalar lug‘atini tayyorlash ishi jarayonida bir qator mutaxassislar hamkorligi kerakligi



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə153/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   182
to\'plam tayyor

Ikkinchidan, bolalar lug‘atini tayyorlash ishi jarayonida bir qator mutaxassislar hamkorligi kerakligi. Ma’lumki, bolalar uchun mo‘ljallangan ensiklopediyalarni yaratishda lingvistlar, pedagog-psixolog, bezakchi va shu kabi qator mutaxassislarning hamkorlikdagi faoliyatlari zarur. Masalan, “birgina uncha katta hajmli bo‘lmagan rus tilida yaratilgan va 2010-yilda o‘zbek tiliga tarjima qilingan holda nashr etilgan “Mening eng birinchi entsiklopediyam” nomli lug‘atni nashrga tayyorlash jarayonida 5ta muallif (V.V.Aristova, L.Ya.Galpershteyn, M.O.Lukyanov, A.A.Nikishin, K.A.Porsevskiy), 5ta dizayner (D.N.Verzun, N.V.Danilchenko, T.A.Jejerya, Y.A.Nikishixina, Y.A.Surikova), 24ta rassom (A.I.Bezmenov, D.N.Verzun, M.V.Voronsova, A.G.Danilova, N.V.Danilchenko, M.O.Dmitriev, S.V.Durnev, V.A.Digalo, V.S.Yemishev, S.A.Yershov, T.A.Jejerya, O.V.Jidkov, N.S.Krasnova, V.B.Kupriyanov, I.V.Maksimova, A.G.Proskuryakov, A.L.Savelev, I.N.Sitnikov, T.E.Sitnikova, T.A.Stasyuk, Ye.A.Surikova, Suchkova, V.G.CHelak, V.V.CHernobaeva), umuman, ellikka yaqin turli soha vakili bo‘lgan mutaxassislar ishtirok etgan”37
Bu raqamlarni esa yuqoridagi fikrimizning yaqqol dalili sifatida keltirdik desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Uchinchidan, bolalar uchun yoziladigan kitoblarni tekshiradigan maxsus ekspertizalarning yozi minimumlarning ishlab chiqilmaganligi. Bolalar uchun yozilgan har qanday kitob o‘z o‘quvchisini bejirimligi, bezaklari, sarguzashtlarga boyligi, qiziqarliligi bilan osongina jalb qilishi mumkin. Ammo bular uni o‘tkir tanqidchilar nigohidan qutqaradi degani emas. “I.A.Antipova bolalar uchun yozilgan kitoblarni o‘rganar ekan, “bolalar uchun yozilgan kitoblarning tarixiy retrospektivasi (o‘tmishi, kelib chiqishi) – bu, avvalambor, bilishga yo‘naltirilgan kitob ekanini ko‘rsatmoqda”, - degan xulosaga keladi”38
Shunday ekan, bunday lug‘at so‘zligi qatoridan har qanday leksik-semantik birlik joy olavermaydi degan xulosaga kelishimiz mumkin. Jahonning taraqqiy etgan mamlakatlari, xususan, AQSH, Buyuk Britaniyada bolalar uchun har qanday asar yozayotgan muallif, avvalo, ushbu asarning aynan necha yoshli bolalarga mo‘ljallanganini aniq ko‘rsatadi. Bu muammoga leksik minimumlar (“word list”), turli ro‘yxatlar orqali yechim topiladi. Shundan keyingina asarni nashrdan chiqarishga ruxsatnomani qo‘lga kirita oladi O‘zbek tilida bunday ro‘yxatlarni tuzib, ekspertizadan o‘tkazish yo‘lga qo‘yilmagan.

Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə