Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARINING ONGIGA TA’SIR ETISHDA TARBIYA FANINING AHAMIYATI



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə156/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   182
to\'plam tayyor

BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARINING ONGIGA TA’SIR ETISHDA TARBIYA FANINING AHAMIYATI
Nabijonova Feruza,
Farg`ona davlat universiteti, o`qituvchi.
Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi. Tarbiyada mayor degan tushuncha mavjud bo`lib, u orqali boshqa bir harakter-xususiyatlar taqqoslanib, yaxshi yoki yomon xulq keltirilib chiqariladi. Mana shu mayor qadim zamondan ajdodlarimizdan meros bo`lib shakllanib kelgan. Bola dunyoga kelgan shu tarbiyani ota-onasidan og`zaki yoki ko`z orqali amaliy o`rganib oladi. Bu tarbiya jarayoni inson tug`ilib, to vafot etgunga qadar davom etib boradi. Tarbiya ko`proq jamiyatda shakllanadi. Inson o`z-o`zidan ham tarbiya olishi mumkin. Masalan, inson tafakkur qiladi, o`ylaydi, yaxshi va yomon xislatlarini toroziga sola biladi. Shu orqali o`zidagi yomon xulqlarni tarbiyalashga urunadi va komil shaxs bo`lib yetisha boradi.
Pedagogik adabiyotlarda "Tarbiya" atamasi keng va tor maʼnolarda ishlatiladi. Keng maʼnoda Tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy hayotida faol ishtirokini taʼminlashga qaratilgan barcha taʼsirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig'indisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g'oyalari, adabiyot, sanʼat, kino, radio, televideniye va boshqalarni ham oʻz ichiga oladi. Shuningdek, keng maʼnodagi tarbiya tushunchasi ichiga taʼlim va maʼlumot olish ham kiradi.
Tor maʼnoda Tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, maʼnaviy-axloqiy qiyofasi, estetik didining oʻstirilishiga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila, tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Taʼlim va maʼlumot olish tor maʼnodagi tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har qanday tarbiya taʼlim bilan chambarchas bogʻliq holdagina mavjud boʻladi. Chunki taʼlim va maʼlumot olish jarayonida shaxsning bilimi koʻpayibgina qolmay, balki axloqiy maʼnaviy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi.
Bugungi globallashuv jarayonlari, fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion jamiyatga bo‘lgan ehtiyoj yoshlar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratmoqda. Ular oldiga tezkor qarorlar qabul qilish, innovatsion tafakkurni shakllantirish, intellektual salohiyatni oshirish bilan birga milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq bo‘lishdek hayotiy talablarni qo‘ymoqda.
Shu bois, O‘zbekiston Respublikasida “Tarbiya” fani konsepsiyasi mazkur fanni davlatning ta’lim-tarbiya sohasidagi siyosatini amalga oshirishda mavjud bo‘lgan dolzarb muammolarni hal etishga yo‘naltiriladi. Konsepsiya yosh avlod tarbiyasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ustuvor vazifalar, asosiy maqsad va yo‘nalishlarni belgilab beradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 2020-yilda o’zbek “Pedagogika” fani tarixida ilk bor “Tarbiya” yangi fani ishlab chiqildi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 iyuldagi 422-sonli “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori qabul qilindi va mazkur Qaror bilan “Umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’quvchilari uchun “Tarbiya” fani Kontsepsiyasi” tasdiqlandi. Qarorga binoan “Tarbiya” fani amaldagi quyidagi fanlarni qo’shish hisobiga tashkil etildi: 1. Boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan “Odobnoma” va “Vatan tuyg’usi” o’quv fanlari; 2. Yuqori sinflarda o’qitiladigan “Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslar” hamda “Dunyo dinlari tarixi” o’quv fanlari.
Aynan mazkur asoslar o’quv fanining negizini tashkil etadi. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari bu asoslarni talab darajasida o’zlashtirishi kerak. Aks holda, ularning mazkur fan metodikasi bo’yicha kasbiy tayyorgarligi talab darajasida bo’lmaydi. Shuningdek, qaror bilan 2021-2022 o’quv yilidan boshlab “Tarbiya” fani bo’yicha pedagog kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi.
“Tarbiya” fanining asosiy tamoyillarini quyidagilar tashkil etadi:
a) milliy va umuminsoniy b) ongli vatanparvarlik ruhini rivojlantirish;
v) fanga oid zamonaviy ilmiy-tadqiqotlarga asoslanish; qadriyatlarning ustuvorligi;
g) ochiqlik va shaffoflik;
tarbiya sohasiga oid tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish;
e) tarbiya sohasiga doir siyosatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va hususiy sektor faoliyatining muvofiqligi hamda mutanosibligi.
Har bir o`qituvchi “Tarbiya” fanini o`rgatish mobaynida darslikni ichida berilgan materiallar, matnlar va rasmlar bilan kengroq ishlashi lozim. Darslikka ko`ra har mavzuga chambarchas tarzda matn, savollar, rasm va topshiriqlar berilgan bo`lib, bu o`quvchiga mavzuni singdirishda kata yordam beradi.
Tarbiya fanida vatanga, oilaga muhabbat, do`stlikka sadoqat va ilm olishga ishtiyoqni shakllantirishga oid mavzular berilgan.
Xulosa qilib aytganda, Tarbiya fani bugungi yosh avlodning bilim saviyasi, xulqi, tarbiyasi, estetik didi va vatanparlik tuyg`usini oshirishda muhim fan va tarmoq bo`lib xizmat qilyapti. Tarbiyasi yetuk bo`lgan fuqorolari mavjud xalq hech qachon tanazzulga yuz tutmaydi.



Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə