Ta‘lim qonuniyatlari va qoidalari


Ta‘limda ko’rsatmalilik qoidasi



Yüklə 70,5 Kb.
səhifə4/7
tarix04.06.2022
ölçüsü70,5 Kb.
#88812
1   2   3   4   5   6   7
Sunnatov Otabek

Ta‘limda ko’rsatmalilik qoidasi.
Bu qoida didaktik qoidalardan biri bo’lib, u o’qitish jarayonining sifatini orttiradi, o’quvchilarning bilim olishlarini osonlashtiradi. Ko’rsatmalilik printsipi idrok etishni osonlashtirishi va nazariy bilimlarni hayot, amaliyot bilan bog’lash imkonini beradi. Bu qoida o’qitish jarayonida ko’rish, eshitish, hid bilish, ta‘m-maza bilish, teri, muskul-harakat kabi sezgi organlarining bir yo’la ob‘ekt ustida safarbar qilishini talab etadi, shuningdek o’rganilayotgan hodisalarga qiziqishni oshiradi, bilimlarni puxtaroq egallashga yordam beradi.
Ta‘limda bilimlarni puxta va mustahkam o’zlashtirish qoidasi.
Ta‘limning puxta o’zlashtirish qoidasi o’quvchi-talabalar tomonidan tizimli va ongli o’zlashtirilgan ilmiy bilimlarni mustahkam, esda saqlab qolish hamda olgan bilimlarni o’z turmush faoliyatlarida qullay olish malakalari bilan qurollantirishni nazarda tutadi. Shunday ekan, puxta o’zlashtirishning xarakterli belgisi ta‘limni mustahkam esda saqlab qolishdir. Avvalo, bu qoida o’quvchilarning xotira faoliyatini, ya‘ni o’quv materiallarini esda qoldirish, esda saqlash va qayta esga tushirish kabi xotira jarayoni faoliyatiga bog’liqdir. O’quv materiallarini mustahkam esda saqlab qolish, ayni dars jarayonida bayon qilinayotgan mavzu mazmunini tizimli va ongli o’zlashtirilishiga bog’liq.Shunday qilib, bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishda puxta va mustakamligiga hamma o’qitish qoidalari: tushunarlilik, tizimlilik, va izchillik, nazariya bilan amaliyotning bog’liqligi, ko’rsatmalilik kabi qoidalarni amalga oshirish bilan erishiladi. Puxta o’zlashtirishning muvaffaqiyati ko’p jihatdan takrorlash va mashq qildirishga bog’liqdir.
3. Ta‘limda nazariyaning amaliyot bilan bog’liq bo’lish qoidasi.
Didaktikada ta‘limni turmush bilan, ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog’lab olib borish eng asosiy va yetakchi qoidadir. Har bir fanni nazariy tushuntirish bilan birga uni amaliy tomonini, amaliyotga tadbiq etish yo’llarini ham o’rganish lozim. Binobarin, barkamol inson tarbiyasining maqsad va vazifalari ham, ta‘limning mazmuni ham, o’qitish usullari ham, ta‘limning tashkil etish shakllari ham nazariya bilan amaliyotning birligiga asoslanadi.Ta‘lim jarayonida nazariya bilan amaliyotning birligi qoidasining izchillik bilan amalga oshirilishi natijasida o’quvchilar o’quv materialining tub mohiyatini, tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini ilmiy asosda atroflicha to’g’ri, chuqur tushunib oladilar va kelajak amaliy faoliyatlari uchun zarur bo’lgan mahorat, ko’nikma va malakalar hosil qiladilar. Bu qoida ta‘limning ilmiy qoidasi bilan mustahkam bog’langandir. O’quvchilar bilimlarini oshirar, mukammal egallar ekan, ilmni nazariy jihatdan o’rganar ekan, ilmning amaliy ehtiyoj tufayli paydo bo’lganini, ishlab chiqarish kuchlarini qanday taraqqiy etayotgani, texnika va iqtisod sohasidagi yangiliklarilmni tobora rivojlantira borishini, ilm esa, o’z navbatida ishlab chiqarishni takomillashtirishga va hayotni yaxshilashga yordam berishini bilib boradilar.Ta‘lim maskanlarida ta‘lim tizimida nazariya bilan amaliyotning birligi qoidasi dastavval o’quv fanining mazmuni va o’ziga xos xususiyatiga bog’liq holda o’qish jarayonida amalga oshiriladi. O’quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash nazariy bilimlarni egallash jarayonida boshlanadi. Keyinchalik u laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarda davom ettiriladi. Bu mashg’ulotlarda o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida tajriba sharoitida olgan bilimlarning ishonarli ekanligini tekshiradilar, mustahkamlaydilar va chuqurlashtiriladi. Bilimlarni amalda qo’llanish malakalarini hosil qiladilar. Nazariya bilan amaliyotning birlikda olib borilishi natijasida o’quvchi-talaba bilimlarni puxta egallaydi, mustaqil tafakkuri yaxshi shakllanadi, shuningdek kasb-korida, ishlab chiqarish va umuman ijtimoiy hayotda o’z o’rnini topadi.Ishlab chiqarish ta‘limi o’quvchilar amaliy faoliyatining muhim bosqichidir. Ular egallab olgan nazariy bilimlar asosida tanlagan kasblariga doir mehnat ko’nikmalari hosil qiladilar. Shu bilan birga nazariy bilimlarga ham aniqlik kiritib boriladi. O’quvchi-talabalar korxona, tashkilotlarda o’tkazadigan ishlab chiqarish amaliyot mashg’ulotlari o’qishni unumli mehnat bilan bog’lab olib borishning yakunlovchi bosqichidir. Amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilarning bajarayotgan barcha ishlari orqali ularda fan asoslarini o’rganish va mehnatga bo’lgan qiziqish, intilishi tobora rivojlanadi, mehnatga bo’lgan munosabati, mehnat ahliga hurmat, ehtirom kamol topadi.

Yüklə 70,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə