Ta’lim tugrisida


“Avesto” dagi pedagogik qarashlar



Yüklə 250,14 Kb.
səhifə12/59
tarix06.08.2023
ölçüsü250,14 Kb.
#120383
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59
Ta’lim tugrisida-fayllar.org

12.“Avesto” dagi pedagogik qarashlar.
“Avesto” asari eramizdan avvalgi VI asming oxiri va IV asrning boshlarida yaratilgan bo‘lib, u uzoq davrlar mahsuli sanaladi, davrlar o'tishi bilan qayta-qayta ishlanadi. Asarning to‘liq kitob
holida shakllanishi eramizdan avvalgi birinchi asrga to‘g‘ri kelishi barcha manbalarda alohida qayd etiladi. Zardusht eramizdan awalgi VI asrda yashagan. Xorazmda yashagan chorvadorlar oilasi Spitama urag‘idan bo‘lgan. Otasi Paurushasp, onasi Dugdova ot va tuya boqish bilan shug‘ullanganlar. Zardusht ko‘p xudolikka sig‘inish hamda ko‘plab qurbonliklar qilinishi natijasida mollar qirilib ketayotganligi, shuningdek, turli qabilalar o‘rtasida nizolar kelib chiqayotganligini ко‘rib, uning oldini olish choralarini izlaydi va ana shu maqsadda o‘z ta’limotini targ‘ib qila boshlaydi.“Avesto”ning mazmuni borasida uning bizgacha yetib kelgan parchalarda ilgari surilgan qarashlar mohiyatiga asoslanib quyidagi xulosaga kelish mumkin:
“Vendidat’ning dastlabki uch bobida xalq hayotida yeming qay darajada ahamiyatga ega ekanligi kuylanadi. Chunonchi, birinchi bobda yovuzlik va ado vat hukmron bo‘lgan o‘lkalar tasniflanar
ekan, Axura Mazda Tinchlik va Adolat o‘lkasining asoschisi, Anhra Manyu esa jaholat urag‘ini sochuvchi sifatida talqin etiladi.Asarda ana shunday о ‘ lkalardan 16 tasi qayd etib o‘tiladi. Xulosa qilib aytganda, “Avesto” asarida insonning barkamol bo‘lib yetishishida uning so‘zi, fikri hamda ishi ezgu bo‘lishi vaezgulikning tantanasi uchun xizmat qilishiga katta e’tibor
beriladi. Ushbu axloqiy uchlik g‘oyasi eng qadimgi davrlardanboshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining keyingi bosqichlaridayaratilgan barcha ma’rifiy asarlar mazmunining shakllanishiga asosbo‘lgan.Zero, imda insonning inson sifatida ma’naviy va moddiy
jihatdan kamol topishi uchun zarur bo'lgan muayyan talablar o‘zifodasini topib, hayot kodeksi sifatida nafaqat sharq balki g‘arbxalqlarining ham muhim ma’naviy merosi bo‘lib qoldi.


13. Hadislarning tarbiyaviy axamiyati.
Islom olamida Qur’ondan keying o‘rinda turuvchi hadislar ishonchli axloqiy manba hisoblanadi.
Haqiqiyligi puxta o‘rganib chiqilgan ishonchli hadislar sahihdeyiladi. Sahih so‘zining ma’nosi sog'lom, to‘g‘ri, xatosiz degani. Hadislami to‘plash ishlari VIII asrdan boshlangan. Payg'ambar alayhissalomni ko‘rgan va bilganlardan yozib olingan ma’lumotlarga qaraganda, dastlabki hadis to‘plovchilar ibn Shahob
az-Zuhriy, Yahyo ibn Sa’d al-Ansoriy, Ibn Jurayj kabilar bo‘!gan. Dunyoga mashhur muhaddislar Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Imom Muslim ibn Hajjoj, imom Nisoiy, imom
ibn Majj’ Kazviniy, Abu Iso Muhammad as- Samarqandiy, imom at- Termiziylardir.
Hadislarda insonning kamolotga erishishi uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar ifoda etilgan bo‘lib, ushbu fazilatlar sirasigao‘zgalarga mehr-oqibat ko‘rsatish, saxiylik, ochiq ko‘ngilIik, otaona, kattalar va qarindoshlarga nisbatan muruwatli bo‘lish, uiarga g‘amxo‘rlik qilish, vatanga muhabbat, mehnat va kasb-hunami ulug‘lash, halollik, poklik, do‘stiik, oliyjanoblik, rahm-shafqatlilik, kamtarlik, rostgo‘ylik va vijdonlilik kabi xislatlar kiritiladi. Bundan tashqari, insonning o‘zini yomon illatlardan tiyishi, yaxshilik sari intilishi kerakligi borasidagi pand-nasihatlar ham o‘z aksini topganki, bulaming barchasi Qur’oni karimda qayd etilgan ko‘rsatmalarga asoslanilgan va komil insonni shakllantirishda asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi.
Hadislarda iymonning mukammal va mustahkam bo‘lishi quyidagi uch shartga qat’iy amal qilinishiga bog‘liqligi ko‘rsatilgan:
- to‘g‘ri e’tiqodli boimoq;
- kishilar bilan yaxshi munosabatda bo‘lmoq;
- kishi o‘z ustida ishlamog‘i va o‘zini ibodat va itoatga chaqirmog‘i’ (Keyingi misollar ham ushbu kitobdan olindi).
Iymon daraxtga tenglashtiriladi va uning 60 dan ortiq shoxlari bor deya iymonning belgilari sanab o‘tiladi. Sanab o‘tilgan belgilaming har biri inson ma’naviy qiyofasini shakllantiruvchi va
mukammallashtiruvchi xislatlardir. Bular quyidagilardan iborat: “qo‘li bilan va tili bilan o‘zgalarga ozor bermagan kishi musulmondir”, “o‘zingiz yaxshi ko‘rgan narsani birodaringizga ravo ko‘rmaguningizcha hech biringiz chinakam mo‘min bo‘la olmaysiz” (3-4-boblar); “Uchta xislatni o‘zida mujassam qilgan kishining iymoni mukammal bo‘lgaydir:
- insofli va adolatli bo‘lmoq;
- barchaga salom bermoq;
- kambag‘alligida ham sadaqa berib turmoq” (20-bob).
Bundan tashqari, kishilar uchun xos bo‘lmagan munofiqlik xislati xususida ham so‘z yuritiladi, chunonchi, ≪Rasulullohu sallalohu alayhi vasallam aytganlar: “quyidagi to`rtta xislat kimdabo‘Isa, aniq rranofiq bo‘lg‘aydir, kimdaki, ulardan bittasi bo`sa uni tark etmaguncha munofiqlikdan bir xislati bor ekan, deyiladir:
- omonatga xiyonat qilgaydir;
- so‘ zlasayolg‘on so‘zlaydir;
- shartnoma tuzsa, shartida turmagaydir;
- urishib qolsa, kek saqlagaydir va nohaqlik qilaydir (25-bob).


Yüklə 250,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə