Tarbiyaviy ishlar


Sinf rahbari tarbiyaviy faolivatining samaradorligini



Yüklə 16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/110
tarix22.03.2024
ölçüsü16 Kb.
#184034
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   110
Tarbiyaviy ishlar metodikasi

2.3. Sinf rahbari tarbiyaviy faolivatining samaradorligini
oshirish shart-sharoitlari
Sinf rahbari maktab o'qituvchilar jamoasi va pedagogika 
kengashining a’zosidir. Sinf rahbarining burchi juda keng va ko'p 
tomonlamadir.
Sinf rahbari ishining asosiy qismi o'quvchilam i o'rganish, 
о 'quvchilar bilim sifatini oshirish hamda ularning tartib-intizomini 
mustahkamlashdan lborat. Darsdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy 
ishlarni tashkil etish va ularni o'tkazish, o'quvchilarning ota- 
onalari bilan olib boriladigan ishlar ham sinf rahbarining asosiy 
vazifalariga kiradi.
О 'quvchilar 
jamoasi 
-
sinf 
rahbarining 
tayanchi. 
O'quvchilarni tarbiyalashda sinf jamoasidagi barcha o'quvchi- 
laming bir-birlariga ta’sirlari katta ahamiyatga ega. Ulaming bir- 
binga 
ko'rsatadigan 
o'rnaklari 
intizomni 
yaxshilash 
va 
mustahkamlashga xizmat qiladi, ularda xulq madaniyatini, odatini, 
ko'nikmasini hosil qiladi.
Sinf rahbari bolalarni odobli qilib tarbiyalashni, ularga andisha 
bilan gapinshni, maqbul harakat qilishni o‘rgatishi lozim.
Alisher Navoiy “Mahbub-ul-qulub” asarida ta ’lim-tarbiya 
jaravonlarini, vositalarini, axloq-odob talablarini ko'rsatadi. 0 ‘z 
davridagi musulmon maktablarining yutuq va kamchiliklarini tahlil 
etadi. 
O'qituvchi odobi va muallimlik kasbi, mudarrislar, 
maktabdorlar ta’lim berayotgan fanini va tarbiya jarayonini sevishi 
kerak deydi. O'ziga xos о 'quvchi jamiyatda o b ro ii va hunnatga 
loyiq insondir, deb hisoblaydi. Shogirdlar muallimni hurmat 
qilishlari, e ’zozlashlari zarurligini uqtiradi.


Navoiyning fikricha, b a’zan bir kishi bitta bolaga tarbiya 
berishga ojizlik qiladi, muallim esa bir nechta bola - sinf jamoasini 
tashkil etadi va ilm-u adab o ‘rgatadi. Bu jarayonda sinf rahbari 
ko‘p mashaqqatlarga duch keladi. Shuning uchun shogirdlar ustoz 
oldida umrbod qarzdor ekanliklarini his etishlari lozim. Shogird 
podsholik martabasiga erishsa ham muallimga qulluq qilsa arziydi.
Haq yo ‘lida senga bir harf o ‘qitmish ranj ila,
Aylamak bo ‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Sinf rahbari o ‘quvchilarni m a’naviy-axloqiy tarbiyalar ekan, u 
o ‘z faoliyatida quyidagi talablarga rioya qilishi kerak:
- sinf rahbari o ‘quvchi ota-onasining mansabi, boyligiga 
qarab bolaga muomala qilmasligi lozim;
- sinf rahbari bolalarga axloqiy m e‘yorlami o ‘rgatishi kerak;
- gerdayish, manmanlik, ta’magirlik, nodonlik kabi illatlar 
o‘qituvchi axloqiga yot sifatlardir;
- xalq nazarida olim hisoblanadigan o ‘qituvchilar yomon 
ishlardan, fisq-u fasoddan o'zlarini tiya bilishlari zarur.
Sinf rahbarining ota-onalar bilan to ‘g ‘ri muomila qila olishi 
murakkab, nozik ish. Chunki hozirgi ota-onalaming ko‘pchiligi 
o‘rta yoki oliy m a’lumotli kishilar, ular vaqtli matbuot, televidinie, 
radio orqali ko‘pgina pedagogik axborotlami bilib oladilar. 
Shunday vaziyatlar ham bo‘ladiki, o ‘g ‘il yoki qiz bola maktabda 
o‘zboshimchalik qiladi, lekin oilada hushyor va gapga quloq soladi, 
yoki aksincha. Oilada muomalasi qo‘pol, o ‘zboshimcha, maktabda 
esa o ‘zini xushmuamala, intizomli tutadi. Buning sababi nimada? 
Bunday holatlaming hammasi uchun bir xil sabab va to ‘g ‘ri 
javobni topish amri mahol. Chunki har bir holatda uning sabablari 
turlicha boMishi mumkin. Demak, sinf rahbari va ota-onalarning 
maqsadlari bir xil bo ‘Isa ham, ularning hamkorligi, bir-birini 
tushunishi, 
muomala 
munosabatlari 
qarama-qarshiliklarsiz 
b o ‘lmaydi.
Sinf rahbarining faoliyati kamol topayotgan kishi shaxsini 
tarkib 
toptirishga 
qaratilgandir. 
Bu 
faoliyatning 
natijalari
98


tarbiyalanuvchining qiyofasida, uning shaxsidagi xususiyatlarida, 
xarakter va xulq-atvorida o 'z aksini topadi. Tarbiyachi pedagog 
nimaga intilayotgani ravshan va aniq tushunilmagan joyda 
tarbiyalanuvchilar shaxsini takomillashtirishga astoydil intilish 
boim aydi, balki tarbiyada o‘tkaziladigan ish tasodifiy tusga ega 
b o iib , buning uchun ajratilgan vaqtni to ld irish uchungina olib 
boriladi. Tarbiya faoliyatining maqsadlarini aniq bilmagan va bu 
maqsadlarni hisobga olmagan ho Ida to la qimmatli tarbiya yo‘q va 
b o iish i ham mumkin emas. M a’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi 
jamiyat talablariga b o g liq b o iib , bu talablar o ‘z navbatida ishlab 
chiqaruvchi kuchlaming rivojlanish darajasi va jamiyatda yoshlami 
o'qitish va tarbiyalash ishlarining hammasi yosh avlodda m a’naviy 
axloq va e ’tiqodni shakllantirishga, ularni Vatanga cheksiz sadoqat 
ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi lozim.
Yoshlami m a’naviy-axloqiy tarbiyalash tuzimini takomillash- 
tirishda boshlangich maktab muhim o 4rin egallaydi.
M a’naviy axloqiy tarbiya - m a’naviy ongni bir maqsadni 
ko‘zlab tarkib toptirish, axloqiy tuyg‘ularni rivojlantirish hamda 
xulq-atvor ko ‘nikmalari va odatlarini hosil qilishdan iborat. Sinf 
rahbari o ‘quvchilami m a’naviy-axloqiy tarbiyalashning quyidagi 
vazifalarini hal etishi kerak:
1) T ug llib o'sgan joyiga, 0 ‘zbekiston Respublikasiga yuksak 
muhabbat tuyg'ularini, uning tabiati va kishilar haqida, Vatanning 
himoyachilari va mehnat qahramonlari to ‘g"risida, ota-bobolarimiz, 
ularni dunyo sivilizatsiyasiga qo'shgan hissalari to‘g ‘risida ko ‘proq 
bilishga intilishni tarbiyalash.
2) О ‘ quvchilarda Vatanimizning boy tarixi, shuningdek 
boshqa mamlakatlar to cg ‘risida, tinchlik uchun kurash haqida, chet 
ellardagi bolalar tashkilotlari haqida dastlabki tasavvurlami hosil 
qilish.
3) Bolalarda o lto q lik tuyg‘usini, boshqalarga yordam 
ko‘rsatish ishtiyoqini, umumiy foyda y o lid a birgalikda faoliyat 
ko'rsatishga intilishni tarkib toptirish. Bolalar o krtasida, o ‘g11 va 
qiz bolalar o'rtasiaa do‘stona munosabatlami rag‘batlantirish, soxta 
o ‘rtoqlik ko'rinishlariga qarshi kurash olib borish lozim.
99


4) 0 ‘z so'zi va v a’dasi uchun, o'qituvchi va jam oa 
topshiriqlarining 
bajarilishi 
uchun 
m as’uliyat 
tuyg'usini 
tarbiyalash.
5) Bolalarda kishilarga to'g^ri 
munosabatni, keksalar, 
bemorlar, nogironlarga nisbatan e ’tibor va g'am ho'rlikni, xushfe’l 
va batartib, kamtar va haqgo'y bo'lishni tarbiyalash.
O'quvchilarni barcha kishilarning yaxshi va yomon xatti- 
harakatlarini 
farqlay 
olishga, 
o 'z 
xatti-harakatlariga 
va 
o'rtoqlarining xatti-harakatiga adolatli baho berishga o'rgatishi 
hamda o 'z kuch-g‘ayratini o ‘quvchilarda nopoklik, adolatsizlik, 
kishilarga rahm-shafqatsiz bo'lishga nisbatan salbiy munosabatni 
tarkib topshtirishga qaratishi kerak.
0 ‘quvchilami tarbiyalash o'qitishga qaraganda ancha qiyin 
degan fikrni o'qituvchilar orasida tez-tez eshitish mumkin. 
M a’naviy-axloqiy tarbiya, ta ’lim berish bilan mustahkam aloqada 
bo'lgani holda, o'zining xususiyatlariga ega. M a’naviy-axloqiy 
tarbiya 
o ‘sib 
kelayotgan 
avlodni 
tarbiyalashning 
barcha 
jarayonlarini bilim berish va o'rgatish bilan birga qamrab oladi. 
Bunday ikkita o'zaro bog'langan tomon: hayotni bilish va unga 
bo'lgan munosabatni tarkib toptirish protsesslari ajralib turadi. 
Hayotni bilish m a’lumot olishning asosiy funksiyasi, unga bo'lgan 
munosabatni tarkib toptirish tarbiyaning asosiy vazifasini tashkil 
etadi.
Sinf rahbari faqat ta ’lim-tarbiyaning birligini emas, balki 
ulaming xususiyatlarini ham ko'ra bilishi muhimdir. Maktabdagi 
tarbiya inson shaxsini tarkib toptirish yuzasidan olib boriladigan 
ulkan ishining bir qismi xolos, u bolaning ilgarigi tajribalarini 
hisobga olgan holda tashkil etiladi, undagi barcha yaxshi sifatlami 
o'stirib, noto'g'ri tasavvurlar, odatlami tuzatib borishi va bo'lajak 
sifatga zamin tayyorlashi kerak. M a’naviy-axloqiy tarbiya o'quvchi 
maktabni tamomlagandan keyin ham tugallanmaydi, u butun umr 
bo'yi davoin etadi.
M a’naviy-axloqiy tarbiya, ta’lim berish bilan bog'liq bo'lgani 
holda, o 'z xususiyatlariga, o'ziga xos vazifalari, uni tashkil
100


etishning fonna va metodlariga ega b o iib , maxsus ravishda 
oTganilishi lozim.
0 ‘quvchilami m a’naviy-axloqiy tarbiyalashning muhim sharti 
ularning o'quv va o ‘qishdan tashqi xilma-xil faoliyatlarining birligi 
to ‘g ‘risidagi tushunchalar bilan bogiiqdir.
CTquv va m a’naviy-axloqiy tarbiya faoliyati bir-birlarini 
toidirishi lozim. Sinf rahbari tomonidan tarbiyaviy bosqichga 
rahbari ik 
qilingan 
taqdirdagina 
tarbiyada 
biror 
maqsadga 
qaratilganlik bo‘lishi mumkin. 
M a’naviy-axloqiy tarbiyalash 
avvalo tarbiyalanuvchi shaxsining tarkib topish protsessiga 
rahbari ik qilishni taqozo etadi.
Biror maqsadga qaratilgan tarbiya protsessida tarbiyalanuv- 
chilarning jismoniy hamda m a’naviy-axloqiy yetukligi o ‘sib 
borishiga qarab ularning mustaqilligi va ijodiy aktivligi ortib 
boradi. O'quvchilar jamoasining ongliligi ortib borishi bilan 
tarbiyachining vazifalari o'zgaradi. Tarbiya davomida tarbiya- 
lanuvchining qarashlari, hayotiy nuqtai nazari asta-sekin tarkib 
topadi.

Yüklə 16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə