Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”


Manbalarni ichki belgilariga qarab tahlil etish



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə92/144
tarix17.04.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#85561
növüReferat
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   144
Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”

Manbalarni ichki belgilariga qarab tahlil etish

Manbalarni ichki belgilariga qarab tahlil etish deganda qo’lyozma asarning tarkibi va mazmunini tahlil qilish, tushuntirish, g’oyaviy-siyosiy saviyasi va ilmiy qiymatini aniqlash masalalari anglashiladi.

Qo’lyozma asarning ilmiy qiymatini unda nimalar bayon etilganligi, voqea -hodisalarga muallifning xolis munosabati, keltirilgan dalil va ma’lumotlarning to’g’riligi va oldinga surilgan fikr va g’oyalar bilan belgilanadi.

Tarixiy asarning asl nusxa, original bo’lishi yoki kompilyativ – ya’ni boshqalar ma’lumotlarni terib yoki aynan keltirishi, to’la va noqisligi, qisqaligi, voqealarning qay tarzda bayon etilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Ilmiy tadqiqotlarda original va mo’‘tabar qo’lyozmalarga tayanib ish olib borish har bir dalil va ma’lumot, raqamlar eng ishonchli, nodir, birlamchi manbalardan olinishi kerak. Boshqalar kitobida keltirilgan ma’lumotlardan saqdanish lozim.

O’tmish jamiyat sharoitida yozilgan asarlarning mualliflari ko’pincha o’zlari keltirayotgan dalillardan to’g’ri xulosa chiqarmaydilar, ularning fikrlarida noaniqlik, chalkashlik va qarama-qarshilik ham uchraydi. Bu tabiiy hol, albatta chunki ular yashab ijod etgan muhitning o’zi ziddiyatlar bilan ajralib turar edi.

O’zma manbalarda qarama-qarshi fikrlar bilan bir qatorda xolisona mulohazalar ham uchraydi. Bunday paytlarda muallif ko’pincha o’z fikr va mulohazalarini pardozli iboralar va istiorali so’zlar orasiga yashiradi, goroskop – odam tug’ilganda uning taqdirini yoki biron ulug’ shaxs ishtirokida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan muhim voqeaning natijasini sayyoralarning o’sha paytdagi holati va o’rniga qarab maxsus jadvallar vositasida oldindan belgilash, shuningdek, ko’p asr avval bo’lib o’tgan va aynan muallif bayon qilmoqchi bo’lgan voqeaga o’xshash faktlarni misol tariqasida keltirish yo’li bilan bayon etganlar.

“Abdullanoma” asarining muallifi Hofiz Tanish Buxoriy (XU1 asr) mashhur Juyboriy xojalardan biri xoja Muhammad Islom (taxm.1493-1563) va uning “Yetti iqlimning chaqqon hisobchilari” bir bo’lganda ham yuzdan birini ham hisoblay ola olmaydigan behisob boyliklariga bo’lgan o’zining salbiy munosabatini Tafsir va Hadis kitoblariga tayanib, mana shunday so’zlar bilan ifodalagan: “Tafsirat ul-mubtadin”1ning uchinchi misbohida (bobida) aytilganki, jahon a’yonlari bo’lganliklari uchungina emas, (balki) unga tegishli bo’lishlari va mol-dunyoga hirs qo’yishlan o’zini tiymaganliklari uchun yomondir. Shu bois hazrat risolat panoh (Muhammad payg’ambar)... bu ma’nidan xabar berdi (va dediki) “Mol-dunyoni do’st tutish har qanday gunohning boshidir.2

Ashtarxoniylardan3 Ubaydullaxonning (1702-1711) kotibi muarrix Mir Muhammad Amini Buxoriy mazkur xonning o’ldirilishi sabablarini uning faoliyatidagi nuqsonlardan, aniqrog’i atrofiga tuban va sotqin kishilarni to’plab olib, saltanat va xalq ahvolidan beparvo bo’lganligida ko’radi. U yozadi: “Ravzat us-safo”da4 aytilganki, (jahon ustidan hukm yurgizishning) birinchi sharti (shulki) hukmdor sir saqlay oladigan, muhim davlat ishlarida mustaqil fikrga ega bo’lgan maslahatchilarni tarbiyalab yetkazmog’i zarur. Jahon ustidan hukm yurgizishning ikkinchi sharti shulki, (hukmdor) o’ziga yetuk, oqil, vijdonli, kamtarin va iste’dodli kishilarni yaqinlashtirmog’i lozim... Shunga o’xshash, “Ciroj ul-muluk” kitobida5 hikoya qilinganki, Nushirvon6 kunlardan bir kuni bosh kohindan so’radi: “Davlatning inqiroziga sabab nima?” Bosh kohin javob qildi: “Buning sababi uchta. Birinchisi, davlatning umumiy ahvoli oliy hukmdordan yashirin tutilsa; ikkinchisi, xalq podshohga nafrat ruhida tarbiyalansa; uchinchisi, soliq to’plovchilarning jabr-zulmi oshib ketsa.7

Mir Muhammad Amin Buxoriy zikr etilgan lavhadan xulosa chiqarib bunday deydi: “Afsuski, har uchchala zarur shart Sayyid Ubaydullaxon hukmronligiga taalluqlidir... Podshoh hukmronligining ikkinchi yarmida ilgari o’tgan podshohlar tariqidan, ota-bobolarning tutimidan chetga chiqdi. Tamom kuch-quvvatini tuban va zaif, sust va manfur kishilarni tarbiyalashga sarfladi, ularni o’ziga yaqinlashtirdi; muttahamlar, haram xodimlari va xotinlar bilan yaqin munosabatda bo’ldi. Mana shularning hammasi uning davlatini inqirozga uchratdi.”8

Manbaning tarkibi va mazmunini ilmiy tahlil qilishdan kuzatilgan maqsad, uning muhim va qimmatli tomonlarini aniqlash, unda keltirilgan dalillarning ishonchliligi va to’g’risini boshqalaridan ajrata olish hamda eng muhimi asarda bayon etilgan voqeani xolis tarixchi nuqtai-nazaridan turib baholay olishdan iboratdir.

Manbashunoslik talablaridan biri shuki, yozma manbani faqat uning bir o’zida keltirilgan dalil va ma’lumotlarga qarab baholab bo’lmaydi. Ba’zi hollarda keltirilgan dalil soxta, bayon etilgan voqea esa soxtalashtirilgan bo’lishi ham mumkin. Shuning uchun ham biron asar haqida qat’iy bir fikr aytishdan avval uni o’ziga o’xshash boshqa asar bilan solishtirib ko’rish, keltirilgan dalillarni bir-biri bilan solishtirish va tekshirish zarur.

Amaliy manbashunoslik qadimgi davrlardan boshlab to shu kungacha ma’lum darajada tajriba to’pladi. Ko’plab yozma yodgorliklarning eng asosiylari asl nusxada-faksimilesi, tanqidiy matni, tarjima va izohli tarjimasi amalga oshirilib, chop etishga erishildi. Turli qo’lyozma fondlari, kutubxona va muzey, shaxsiy majmualardagi yozma yodgorliklar tavsifi fihrist-kataloglarda e’lon qilinib, ularda amalga oshirilgan manbashunoslik sohasidagi tadqiqotlar natijalari umumlashtirildi.

Xullas, manbalarni o’rganish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar, tajribalar umumlashtirilib, kelshusida amalga oshirilajak tadqiqotlar uchun eng qulay va istiqbolli tadqiq metod va usullarini aniqlab, belgilab va ishlab chiqib, ularning eng zamonaviylari va samaradorlarini amaliyotga qo’llashni tavsiya etish zarur.

So’nggi paytda zamonaviy kompyuterlarning yozma manbalarni tadqiq etish imkoniyatidan foydalanish vaqti keldi. Bu o’rinda zamonaviy talaba va pedagog inturnet xizmatidan bemalol foydalana olishi talab etiladi.

Umuman, nazariy va amaliy manbashunoslik biri-birini to’ldiradi, biri ikkinchisi uchun asosiy tadqiqot yo’nalishi va uslublarini belgilasa, ikkinchisi birinchisi uchun faktik material jamlab, asos bo’lib xizmat qiluvchi dalillarni yig’adi.

Amaliy manbashunoslik nazariy bilim va tajriba asosida manbashunoslikning konkret, muayyan sohasi, bo’limi, davri masalasi yoki biror manba yuzasidan amaliy, praktik tadqiqot olib boradi, arxiv, muzey, kutubxona va shaxsiy majmualarda mavjud yozma manbalarni o’rganib, eng qimmatlilarini ilmiy muomalaga olib kirib, keng jamoatchilik ma’naviy mulkiga aylantiradi.



Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə