Tarmoq xavfsizligi tushunchasi va uning mohiyati


Simli va simsiz tarmoqlar



Yüklə 363,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix27.05.2023
ölçüsü363,13 Kb.
#113559
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
p2KhwgBAuNUqlkqFasPdpNprkOsYcfnTN2kXGoZU

Simli va simsiz tarmoqlar 
Simli tarmoqda qurilmalar bir-biriga kabellar yordamida ulanadi. Odatda 
simli tarmoqlar Ethernet protokoliga asoslanadi, bu yerda qurilmalar himoya 
qobig’i bilan qoplangan juft (UTP-
 
Unshielded Twisted Pair
) kabellar yordamida 
turli xil komutatorlarga ulanadi. Ushbu komutatorlar qo’shimcha ravishda 
Internetga kirish uchun tarmoq marshrutizatoriga ulangan bo’ladi. 
Simsiz tarmoqda qurilma radio signallar yordamida kirish nuqtasiga ulanadi. 
Kirish 
nuqtalari 
qo’shimcha 
ravishda 
tashqi 
tarmoqqa 
kirish 
uchun 
kommutatorga/marshrutizatorga kabellar orqali ulanadi. 
1.1-rasm. Aralash yoki gibrid kompyuter tarmog’i 


Simsiz tarmoqlar mobilligi tufayli keng qo’llanilishiga erishdi. Mobil 
qurilmalar kabelga bog’lanmagan va simsiz signallar diapazonlarida erkin 
harakatlanishi mumkin. Bu esa qulay aloqani ta’minlaydi va ish samaradorligini 
oshiradi. 
Tarmoq - bu ma’lumotlarni uzatish va qayta ishlash qurilmalari tomonidan 
hosil qilingan ob’ektlar to’plami. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti kompyuter 
tarmog’ini bir-biriga ulangan mustaqil qurilmalar o’rtasida bit-yo’naltirilgan 
ketma-ket ma’lumotlarni uzatish deb ta’riflagan. 
Tarmoqlar odatda foydalanuvchilar tomonidan xususiy ravishda boshqariladi 
va ba’zi hududlarni egallaydi va hududiy jihatdan quyidagilarga bo’linadi: 
• LAN (Local Area Network) - bir yoki bir nechta yaqin joylashgan binolarda 
joylashgan lokal (mahalliy) tarmoqlar yoki LANlar odatda tashkilot (korporatsiya, 
muassasa) ichida joylashgan, shuning uchun ular korporativ deb ham nomlanadi. 
• WAN (Wide Area Network) - hududiy, aralash, global, binolarda
shaharlarda va mamlakatlarda joylashgan yoki taqsimlangan kompyuter 
tarmoqlari. Shunga qarab global tarmoqlar to’rt asosiy turga bo’linadi: shahar, 
mintaqaviy, milliy va transmilliy. Juda katta miqyosda tarqatilgan tarmoqlarga 
quyidagilar kiradi: Internet, EUNET (
European UNIX Network
), Relcom, FIDO 
(
Fast IDentity Online
). 
Tarmoq odatda quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi: 
• tarmoq kompyuterlari (tarmoq adapteri bilan jihozlangan); 
• aloqa kanallari (kabel, sun’iy yo’ldosh, telefon, raqamli, optik tolali, 
radiokanallar va boshqalar); 
• har xil turdagi signal o’zgartirgichlari; 
• tarmoq qurilmalari. 
Tarmoqning ikkita tushunchasi mavjud: aloqa tarmog’i va axborot tarmog’i 
(1.2-rasm). 
Aloqa tarmog’i ma’lumotlarni uzatish uchun mo’ljallangan bo’lib, u 
shuningdek ma’lumotlarni o’zgartirish bilan bog’liq vazifalarni bajaradi. Aloqa 
tarmoqlari ishlatiladigan fizik ulanish vositalariga ko’ra farqlanadi. 



Yüklə 363,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə