Tarmoq xavfsizligi tushunchasi va uning mohiyati



Yüklə 363,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix27.05.2023
ölçüsü363,13 Kb.
#113559
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
p2KhwgBAuNUqlkqFasPdpNprkOsYcfnTN2kXGoZU

Коммуникационная сеть
Информацинная
система A
Информацинная
система B
Информацинная
система D
Информацинная
система E
Информацинная
система C
1.5-rasm. Bir pog’onali arxitektura. 
Bir pog’onali LAN-lar - bu eng oson va arzon tarmoq turi. Ular uchun tarmoq 
kartasi va tarmoq tashuvchisi, Windows operatsion tizimi yoki boshqalarga 
qo’shimcha ravishda Windows for Workgroups bo’lishi zarur. Kompyuterlarni 
ulash orqali foydalanuvchilar resurslar va ma’lumotlarni almashishlari mumkin. 
Bir pog’onali tarmoqlar quyidagi afzalliklarga ega: 
-
ular o’rnatilishida va sozlanishida oson; 
-
shaxsiy kompyuterlar serverlardan mustaqil; 
-
foydalanuvchilar o’z resurslarini boshqara oladi; 
-
arzon va amalga oshirilishi oson; 
-
qurilmalar va dasturiy ta’minotlar kam; 
-
administrator shart emas; 
-
o’ndan kam bo’lgan foydalanuvchilari bor tarmoqlar uchun juda qo’l 
keladi. 
Bir pog’onali arxitekturadagi muammo, bu kompyuterlarning oflayn rejimida 
bo’lishidir. Bunday hollarda, ular taqdim etgan xizmat turlari tarmoqdan yo’qoladi. 
Tarmoq xavfsizligi bir vaqtning o’zida faqat bitta manbaga tatbiq etilishi mumkin 
va foydalanuvchi tarmoq resurslari qancha bo’lsa, shuncha parolni eslab qolishi 
kerak. Umumiy manbaga kirishda kompyuterning ish faoliyatini pasayishi seziladi. 
“Peer-to-peer” tarmoqlarining muhim kamchiliklari - markazlashtirilgan 
boshqaruvning etishmasligi. 


Peer-to-peer (bir pog’onali) arxitekturasidan foydalanish bir xil tarmoqdagi 
terminal-host arxitekturasi yoki mijoz-server arxitekturasidan foydalanishni istisno 
qilmaydi. 
1.1.3.
 
Mijoz-server arxitekturasi 
Mijoz-server arxitekturasi (client-server architecture) – bu arxitekturada 
resurslar asosan mijozlarga xizmat ko’rsatuvchi serverlarda bo’ladi (1.6-rasm).
Рабочая станция
(Клиент)
Рабочая станция
(Клиент)
Сервер
Коммуникационная сеть
1.6-rasm. Mijoz-server arxitekturasi. 
Server - bu boshqa tarmoq ob’ektlariga ularning talabiga binoan xizmat 
ko’rsatadigan ob’ekt. Servis - bu mijozlarga xizmat ko’rsatish jarayoni. 
Server mijozlarning buyurtmalari asosida ishlaydi va ularning vazifalarini 
bajarilishini boshqaradi. Har bir ishni tugatgandan so’ng, server natijalarni ishni 
yuborgan mijozga yuboradi. 
Mijoz-server arxitekturasidagi xizmat funktsiyasi amaliy dasturlarning 
kompleksi bilan tavsiflanadi, unga muvofiq turli xil amaliy jarayonlar bajariladi. 
Muayyan operatsiyalar yordamida xizmat funktsiyasini bajaradigan jarayon 
mijoz deb nomlanadi. Bu dastur yoki foydalanuvchi bo’lishi mumkin. 1.7-rasmda
mijoz-server arxitekturasidagi xizmatlarning ro’yxati keltirilgan. 


Сервер
Клиенты
Прикладной
сервис
Сервис
печати
Сервис
файлов
Сетевой
сервис
Сервис
дисков
Сервис
безопасности
1.7-rasm. Mijoz-server modeli. 
Mijozlar - bu server resurslaridan foydalanadigan va foydalanuvchilar uchun 
qulay interfeyslarni ta’minlaydigan ish stantsiyalari. Foydalanuvchi interfeyslari - 
bu foydalanuvchining tizim yoki tarmoq bilan o’zaro aloqasi uchun protseduralar. 
Mijoz elektron pochta yoki boshqa server xizmatlarini boshlaydi va 
foydalanadi. Ushbu jarayonda mijoz xizmatni so’raydi, sessiya o’rnatadi, kerakli 
natijalarni oladi va ish tugaganligi haqida xabar beradi. 
Maxsus fayl serveri bo’lgan tarmoqlarda server tarmog’i operatsion tizimi 
ajratilgan yakka kompyuterda o’rnatiladi. Ushbu kompyuter serverga aylanadi. Ish 
stantsiyasiga o’rnatilgan dasturiy ta’minot (DT) unga server bilan ma’lumot 
almashish imkoniyatini beradi. Eng keng tarqalgan tarmoq operatsion tizimlari: 
• NetWare; 
• Microsoft tomonidan Windows NT; 
• AT&T tomonidan UNIX; 
• Linux. 
Tarmoqning afzalliklaridan foydalanish uchun tarmoq operatsion tizimidan 
tashqari tarmoq dasturlari ham zarur. 


Serverga asoslangan tarmoqlar yaxshi ishlaydi va ishonchli hisoblanadi. 
Serverga boshqa ish stantsiyalari murojaat qiluvchi asosiy tarmoq resurslari egasi 
hisoblanadi. 
Zamonaviy mijoz-server arxitekturasida to’rtta ob’ektlar guruhi mavjud: 
-
mijozlar; 
-
serverlar; 
-
ma’lumotlar; 
-
tarmoq xizmatlari.
Mijozlar foydalanuvchi ish stantsiyalaridagi tizimlarda joylashgan. 
Ma’lumotlar asosan serverlarda saqlanadi. Tarmoq xizmatlari umumiy serverlar va 
ma’lumotlardir. Bundan tashqari, xizmatlar ma’lumotlarni qayta ishlash tartiblarini 
boshqaradi. 
Mijoz-server tarmoqlari quyidagi afzalliklarga ega: 
-
ko’p sonli ish stantsiyalari bilan tarmoqlarni tashkil etishga ruxsat berish; 
-
tarmoq boshqaruvini soddalashtiradigan foydalanuvchi akkauntlari, 
xavfsizligi va kirishini markazlashtirilgan boshqaruvini ta’minlash; 
-
tarmoq resurslaridan samarali foydalanish; 
-
foydalanuvchiga tarmoqqa kirish va foydalanuvchi huquqlariga 
bo’ysunadigan barcha manbalarga kirish uchun bitta parol kerak. 
Mijoz-server arxitekturasining afzalliklari bilan bir qatorda ular bir qator 
kamchiliklarga ham ega: 
-
serverning ishlamay qolishi tarmoqni ishlamay qolishi, hech bo’lmaganda 
tarmoq resurslarini yo’qotishi mumkin; 
-
ma’muriyat uchun malakali kadrlarni talab qilish; 
-
tarmoqlar va tarmoq uskunalarining narxi yuqori bo’lishi kerak. 
Kompyuter tarmoqlarini avtonom kompyuterlardan ajratib turadigan asosiy 
xususiyat bu ma’lumotlar uzatish liniyalari bilan bog’langan tarmoq tugunlari 
o’rtasida ma’lumot almashishdir. 
Kompyuterlarni kompyuter tarmoqlariga birlashtirish umumiy kompyuter 
tizimidan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin.


Samaradorlikning oshishiga tarmoq kompyuterlari o’rtasida ma’lumot 
almashish imkoniyati, shuningdek, har bir kompyuterda umumiy tarmoq 
resurslaridan (axborot, tashqi xotira, dasturiy ta’minot dasturlari, tashqi qurilmalar) 
foydalanish imkoniyati tufayli erishiladi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, so’nggi yillarda simsiz kompyuter tarmoqlari, 
xususan simsiz lokal tarmoqlar WLAN (Wireless Local Area Network)jadal 
rivojlanmoqda. 

Yüklə 363,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə