Tarmoq xavfsizligi tushunchasi va uning mohiyati



Yüklə 363,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix27.05.2023
ölçüsü363,13 Kb.
#113559
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
p2KhwgBAuNUqlkqFasPdpNprkOsYcfnTN2kXGoZU

 
1.1.1.
 
Terminal - host kompyuter arxitekturasi 
 
Terminal - host kompyuter arxitekturasi(terminal – host computer 
architecture) - bu barcha ma’lumotlarni qayta ishlashni bir yoki bir qator asosiy 
kompyuterlar tomonidan amalga oshiriladigan axborot tarmog’i tushunchasi. 
Ko’rib chiqilayotgan arxitektura ikki turdagi qurilmani nazarda tutadi: 
-
Host kompyuter (asosiy kompyuter) – unda tarmoqni boshqarish
ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash amalga oshiriladi; 
-
Terminallar – host kompyuterga vazifalarni bajarishga, seans tashkil 
qilishga va natijalar olishga buyruqlarni uzatish uchun mo’ljallangan. 
Ma’lumotlarni uzatish multipleksorlari (MUM) orqali asosiy kompyuter, 1.4- 
rasmda ko’rsatilgandek, terminallar bilan o’zaro ta’sir qiladi. 


Главный компьютер
МПД
Терминал
Терминал
МПД
Терминал
Терминал
1.4-rasm. Terminal-host kompyuter arxitekturasi. 
Host kompyuterlari bilan tarmoq arxitekturasining klassik na’munasi bu tizim 
- tarmog’ining arxitekturasi(System Network Architecture - SNA). 
1.1.2.
 
Bir pog’onali arxitektura 
 
Bir pog’onali arxitektura (peer-to-peer architecture) – bu arxitekturada 
axborot tarmog’ining resurslari butun tizim bo’yicha tarqalgan holda bo’ladi. 
Ushbu arxitektura boshqa arxitekturalardan farqi barcha tizimlarning tengligi 
hisoblanadi. 
Bir pog’onali tarmoqlar - bu har qanday ish stantsiyasi bir vaqtning o’zida 
fayl serveri va ish stantsiyasi vazifasini bajarishi mumkin bo’lgan kichik tarmoqlar. 
Bir pog’onali LAN-larida diskdagi bo’sh joy va istalgan kompyuterdagi fayllar 
birgalikda foydalanilishi mumkin. Resursning umumiy bo’lishi uchun uni
masofaviy 
kirish 
xizmatlaridan 
foydalangan 
holda 
bo’lishish 
kerak. 
Ma’lumotlarning qanday himoyalanganiga qarab, boshqa foydalanuvchilar 
fayllarni yaratilgandan so’ng darhol foydalanishlari mumkin. Bir pog’onali LANlar 
kichik ishchi guruhlar uchun yetarlicha darajada maqbul hisoblanadi (1.5-rasm). 



Yüklə 363,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə