«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   63

balki kishilarning jamoalarga birlashib mehnat qilishlari (ov qilish, oziq-
ovqat topish, mehnat qurollari yasash kabi faoliyatlari) natijasida, ularning 
doimiy ijtimoiy muloqotlari jarayonida shakllanganligidan dalolat beradi. 
Ibtidoiy jamiyatda diniy qarashlar qudratli xudolarga sig‘inish 
shaklida vujudga kelmagan. Odamlar ruhlarga, tabiat hodisalari (suv, olov, 
oy, quyosh singari)ga va mavjudotlar (ot, bug‘u, mushuk kabilar)ga 
sig‘inganlar. Shu bois ibtidoiy din shakllari  umumiy nom bilan diniy 
kompleks (lotincha complexus – aloqa, birikma degan ma’nolarni 
anglatadi) deb ataladi. Diniy kompleks – predmetlar va mavjudotlarda 
g‘ayritabiiy kuchlarining mavjud ekanligiga ishonuvchi kishilarning 
qarashlari va maxsus harakatlari tizimi.  
Ibtidoiy din shakllari xilma-xil ko‘rinishga ega. Eng qadimgi diniy 
e’tiqod turlaridan biri totemizmdir (Shimoliy Amerika hindulari tilida 
ototem  – uning urug‘i degan ma’noni anglatadi). Totemizm – odamlar 
jamoasi (urug‘, qabila)ning hayvon, o‘simlik yoki predmetlar bilan qon-
qardoshlik aloqasi mavjud ekanligiga ishonishlari. Totemizmning asosiy 
xususiyati shundaki, totem sifatida qabul qilingan hayvon, o‘simlik yoki 
predmetlar urug‘ yoki qabilaning ajdodi deb tan olinadi va uni tan olgan 
jamoa a’zolari qarindosh hisoblanadilar. Totem hayvon, o‘simlik yoki 
boshqa predmetlar juda ko‘p talablarga javob berishi kerak bo‘lgan. 
Masalan, totem hayvon birinchi navbatda xo‘jalik uchun zarurligi va 
foydaliligiga qarab aniqlangan.  
Totemizm odamlarning birlikni anglashlaridan paydo bo‘lgan. Bu 
birlikning tashqi belgisi sifatida tabiat voqeliklari qabul qilingan. Chunki 
odam ibtidoiy jamiyatning ilk bosqichlarida o‘zini tabiatdan ajratmagan, 
undagi mavjudotlar bilan o‘zini qiyoslagan. Shu asosda, odamlarda 
totemistik qon-qardoshlik tuyg‘usi ularning fiziologik qon-
qardoshliklaridan oldin paydo bo‘lgan.  
Totemizm quyidagi muhim vazifalarni amalga oshirgan: 
– 
odamlar jamoalarining birligini totemi yordamida yanada 
mustahkamlagan. Ularni «o‘ziniki» va «begona»larga ajratish orqali 
insonlarning o‘zligini tushunishlariga yordam bergan; 
– insonni tabiatga hurmat ruhida tarbiyalagan va u bilan uyg‘un 
yashashga o‘rgatgan.  
Totemizm milliy-davlat va jahon dinlari ta’limotlarining shakllanishi 
va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan va hozir ham uning ayrim ko‘rinishlari 
saqlanib qolgan. Totemizmning ta’sirini davlat ramzlarida, harbiy 
qisimlarning atamalarida, harbiy kiyimlarda, ayrim hayvonlarning 
go‘shtini iste’mol qilishning taqiqlanishi kabilarda ko‘rish mumkin. 
 
30


Totemizm marosimlari bilan odamlarning mayl va ehtiyojlarini 
cheklaydigan qoidalar tizimini ifodalovchi tabu (polineziya etnosi tilidan 
so‘zma-so‘z tarjimasi qat’iy taqiqlash degan ma’noni anglatadi) 
tushunchasi bevosita aloqador.  
Tabu deb muayyan harakatlarni bajarish yoki harakatsizlikka yo‘l 
qo‘yishning qat’iyan man etilishiga aytiladi. Uning boshqa cheklash va 
taqiqlashlardan asosiy farqi shundaki, joriy qilingan qoidalarning sabablari 
ko‘rsatilmaydi va asoslanmaydi. 
Tabu inson uchun yashirin xavf-xatarlarning mavjudligini bilish va 
ularning oldini olishga intilish sababli vujudga kelgan. Mazkur xavf-
xatarlar odamlar yoki guruhlar tabu qoidalariga amal qilsalar, o‘zligini 
namoyon qilmaydi. Agar qoida buzilsa, nafaqat qoidabuzarlikka yo‘l 
qo‘ygan kishi, balki butun jamoa xavf-xatarga duchor bo‘lishi mumkin. 
Demak, tabu odamlarga xavf tug‘diruvchi mavjud, lekin ko‘zga ko‘rinmas 
xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida joriy qilingan.  
Ibtidoiy jamiyatning diniy e’tiqod turlaridan yana biri sehrgarlikdir. 
Sehrgarlik deb odam, hayvon, predmet va ruhlarga g‘ayritabiiy ta’sir etish 
maqsadida amalga oshiriladigan duolar, harakatlar va marosimlar tizimiga 
aytiladi. 
U dushmanga ziyon-zahmat yetkazish, harbiy, davolash, mehnat va 
sevgi sehrgarliklari kabi turlarga bo‘linadi. Sehrgarlikning maqsadi 
hayotiy muammolarni bevosita hal qilishdan iborat. Bunda sehrgar faqat 
o‘z iqtidori va kuchiga tayanadi. Sehrgarlik juda keng qamrovli voqelik va 
undan ijtimoiy hayotning barcha sohalarida foydalanish mumkin.  
Sehrgarlik amaliyotida duolar yoxud harakatlarning ta’siri va 
samaradorligi turli shart-sharoitlarga, jumladan tashqi ta’sirlarga ham 
bog‘liq bo‘ladi. Undagi tashqi ta’sirlarga e’tibor belgilarga ishonishni 
vujudga keltirdi. Bunday ishonch dastlab odamlarning muayyan 
harakatlariga ta’sir etuvchi shart-sharoitdan keyinchalik ularning taqdirini 
belgilaydigan e’tiqodga aylangan. 
Sehrgarlikning muhim xususiyatlaridan biri – fan bilan ayrim 
jihatlariga ko‘ra yaqinligi. Fan tabiat va jamiyatda yuz berayotgan voqea 
va hodisalarning umumiy prinsiplari va qonuniyatlarini topishga xizmat 
qiladi. Unda tasodiflarning oldini olishga harakat qilinadi. Sehrgarlik ham 
voqea va hodisalarning makon va zamonda qat’iy belgilangan tartibini 
ishlab chiqishga intiladi. Bir xil sabab bir xil oqibatni keltirib chiqaradi. 
Sehrgar belgilangan marosim va duolarni aniq bajarsa, belgilangan 
maqsadiga erishadi. Tasodif bo‘lishi mumkin emas. Hodisalarning ketma-
ketligini faqat undan kuchliroq sehrgar buzishi mumkin.  
 
31


Fan kabi sehrgarlik ham voqea va hodisalarning umumiy tartibini 
axtarib topishga va har qanday tasodiflarning oldini olishga intiladi. 
Sehrgarlikning hozirgacha ijtimoiy hayotda saqlanib qolishining muhim 
omillaridan biri uning zamonaviy fan yutuqlaridan keng foydalanishi yoki 
kishilarda shunday yolg‘on tasavvurlar hosil qilishidir.  
Sehrgarlikning ta’siri rivojlangan diniy tizimlarda ham saqlanib qolgan. 
Islomda payg‘ambar, eshon va mullalarning g‘ayritabiiy mo‘jizalari 
to‘g‘risidagi hikoyalardan keng foydalaniladi. Duolar orqali g‘ayritabiiy 
kuchlarga ta’sir etish mumkinligi tan olinadi. Masalan, islomda «kalimai 
shahodat»ning odamni turli yovuz kuchlardan himoya qilishi to‘g‘risidagi 
aqida mavjud. 
Biz kundalik turmushimizda sehrgarlikning oq (davolaydigan) va qora 
(ziyon-zahmat yetkazadigan) sehrgarlik, munajjimlar bashorati, folbinlik 
kabi turlaridan foydalanishimiz mumkin.  
Ibtidoiy odamlar predmetlarni ham g‘ayritabiiy kuchga ega deb 
hisoblaganlar. Ibtidoiy jamiyatda paydo bo‘lgan bunday e’tiqod turi 
fetishizm  (portugal tilida fetiko – sehrli, mo‘jizakor degan ma’nolarni 
anglatadi) deb ataladi. 
Fetishizm deb g‘ayritabiiy kuchga ega mavjudotlarga va predmetlarga 
sig‘inishga aytiladi. Fetishizm ruhlarning jonzodlar va predmetlarga 
«ko‘chib o‘tishi», narsalarda jon borligi va ularning g‘ayritabiiy kuchga 
ega ekanligiga ishonishdan vujudga kelgan. Ibtidoiy odam xayolini o‘ziga 
jalb qilgan istalgan predmetni fetish sifatida qabul qilishi mumkin edi. 
Uning obyekti hisoblangan predmetlar orasida eng ko‘p tarqalganlari odam 
yoki hayvonlarning suyak qoldiqlari, qabr toshlari bo‘lgan. Suyak 
qoldiqlari fetish egasini tabiiy ofatlardan, kasalliklardan, yovuz ruhlardan 
saqlaydi deb hisoblangan. Qabr toshlari vafot etgan kishining tinchligini 
qo‘riqlaydigan ruhlar joylashgan predmet vazifasini o‘tagan. Qabr joy-
lashgan hududga sig‘inish natijasida keyinchalik muqaddas qadamjolar 
vujudga kelgan. Bunday qadamjolarda maqbaralar, qo‘rg‘onlar qurilgan.  
Qadimda jonsiz fetishlar bilan birga jonli fetishlardan ham 
foydalanilgan. Jonli fetishlarga sig‘inish barcha xalqlarda mavjud bo‘lgan. 
Eng ko‘p tarqalgan jonli fetishlarga ilon, qarg‘a, bo‘ri, ayiq, ho‘kiz singari 
hayvonlarni misol keltirish mumkin. Jonsiz fetishlar elatga xos 
xususiyatlarni ifodalamaganligi uchun, qabilada jonli fetishlar ko‘p 
bo‘lgan. 
Fetishlar asosan kuchli ruhni o‘zida mujassamlashtirgan va ijtimoiy 
hayotning ayrim sohalaridagi muammolarni hal etishga yordam bergan. 
 
32


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə