«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   63

tarixiy taraqqiyotning keyingi bosqichlarida va hozir ham ijtimoiy hayotda 
o‘z ta’sirini saqlab qolgan.  
 
Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 
1.
 
Din qachon vujudga kelgan? 
2.
 
Dinning yuzaga kelishi sabablarini o‘rganishning asosiy yonda-
shuvlari nimalardan iborat? 
3.
 
Dinning ijtimoiy ildizlari deganda nimani tushunasiz?  
4.
 
Dinning qanday funksiyalari mavjud va ularga xos xususiyatlarni 
aniqlang. 
5.
 
Diniy kompleks nima? 
6.
 
Diniy kompleksning diniy tizimdan farqi va xususiyatlari 
nimalardan iborat? 
7.
 
Totemizmning integratsiyalovchi va regulyativlik funksiyalari 
deganda nimani tushunasiz? 
8.
 
Nima sababdan animizm ibtidoiy dinning universal shakli deb 
ataladi? 
9.
 
Sehrgarlikka xos qanday xususiyatlar mavjud? 
10.
 
Fetishizmning asosiy shakllari nimalardan iborat?  
 
 
36


3-mavzu 
MILLIY DINLAR 
Mesopotamiya diniy tizimining vujudga  
kelishi va rivojlanishi 
Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, mehnat taqsimoti, xususiy 
mulkchilik, sinflar va davlatning vujudga kelishi natijasida diniy 
komplekslar (ibtidoiy din shakllari) diniy tizimlar (milliy va davlat dinlari) 
bilan almashdi. Diniy tizimlarning asosiy xususiyatlari qudratli xudolarga 
sig‘inish va ko‘p xudolikdir. Ilk din shakllariga xos bo‘lgan tabiat 
voqeliklari, ya’ni daraxt, tosh, hayvon kabilarni ilohiylashtirish yangi 
tarixiy sharoit talablariga mos kelmay qoldi. Tabiat voqeliklarini 
ifodalovchi aniq shaklga ega bo‘lmagan g‘ayritabiiy mavjudotlar aniq 
qiyofali qudratli xudolar bilan almashtirildi. Qudratli xudolar dastlab 
ibtidoiy din turlari ta’sirida yarim odam, yarim hayvon qiyofasida 
tasvirlangan. 
Ko‘pxudolilik diniy tizimga xosdir. Uning dastlab ko‘pxudolilik 
shaklida paydo bo‘lishi obyektiv va subyektiv shart-sharoitlar bilan 
bog‘liq. Obyektiv shart-sharoitlarga, birinchi navbatda, ishlab chiqarish 
munosabatlarining ta’sirini kiritish lozim. Mehnat taqsimoti jamiyatda 
kishilarni kasb sohasi bilan o‘zaro farqlanuvchi guruhlarga ajratdi. Mazkur 
guruhlar o‘ziga xos faoliyat turi, mehnat munosabati va madaniyatini 
ishlab chiqdilar. Ular o‘z sohasiga homiylik qiluvchi g‘ayritabiiy 
kuchlarga, ya’ni xudolarga sig‘inganlar. 
Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi ta’sirida qabilalar ittifoqi 
vujudga keldi. Bu ittifoq hukmron qabila atrofida o‘nlab qabilalarning 
birlashuvi tarzida amalga oshirildi. Hukmron qabila atrofga boshqa 
qabilalarni birlashtirish bilan birga, o‘z qadriyatlarining ittifoqda ustun 
bo‘lishini ta’minlashga harakat qilgan. Shu asnoda, unga homiylik qiluvchi 
xudo qabilalar ittifoqining bosh xudosi deb tan olingan. Qabilalar hukmron 
qabila xudosining ustunligini tan olishlari bilan birga o‘zlarining mahalliy 
xudolariga sig‘inishni davom ettirganlar. Ayni paytda, boshqa qabilalar va 
yurtlarning xudolari ham qabul qilingan. Oqibatda odamlar yuzlab, hatto 
minglab xudolarga va g‘ayritabiiy mavjudotlarga sig‘inganlar. Masalan, 
Qadimgi Misr fir’avni Ramzes II bilan Xett davlati hukmdori Xettusili III 
o‘rtasida tuzilgan tinchlik shartnomasiga mingta Misr va shuncha Xett 
xudosi kafil bo‘lgan.  
Ko‘pxudolilik kundalik hayot talabidan kelib chiqqan. Zero, o‘sha 
davrda jamiyatdagi nisbiy barqarorlik va farovonlik shu qadar zaif 
 
37


bo‘lganki, inson erishilgan darajani saqlab qolish va yanada rivojlantirish 
uchun har qanday tasodiflarni yoki g‘ayritabiiy ta’sirlarni hisobga olishi va 
ulardan o‘zini himoya qilishi kerak edi. 
Yuqorida qayd etilganidek, qabila xudolari xo‘jalikning alohida 
sohalariga ham homiylik qilgan. Qabilada kundalik hayot tashvishlarini 
hal etilishiga bevosita yordam beradigan xudolarning mavqei baland 
bo‘lgan. Chunki odamlar xudolarga sig‘inar ekan ulardan o‘z hayotiy 
muammolarining hal etilishida yordam berishlarini so‘raganlar. 
Diniy tizim deb g‘ayritabiiy kuchga ega, tabiat va jamiyatdagi 
hodisalar rivojlanishini belgilaydigan, ishlab chiqarish sohalariga homiylik 
qiladigan va ijtimoiy hayotdagi mavqei bilan o‘zaro farq qiladigan qudratli 
xudolarning mavjudligiga ishonishga aytiladi. 
Qudratli xudolarga sig‘inish diniy tizimning asosini tashkil etsa-da, u 
bir qadar kengroq tarkibiy tizimga ega. Bu borada, birinchi navbatda, 
ibtidoiy din shakllarining unga ta’sirini hisobga olish talab qilinadi, chunki 
yangilik o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi, balki ijtimoiy taraqqiyotni aks 
ettiruvchi zanjirning bir halqasi hisoblanadi. Bunda ijtimoiy ong darajasini 
ham hisobga olish zarur. Oddiy xalq vujudga kelayotgan yangi diniy 
tizimga o‘zining kundalik tasavvurlari, hayot normalari, urf-odatlari va 
an’analarini ham olib kiradi. Bu munosabatlar diniy tizimda o‘tmish 
qoldiqlarining saqlanishini ta’minlash bilan birga, jamiyatda mustahkamla-
nib qolishiga ko‘maklashadi.  
Diniy tizimdagi o‘tmish qoldiqlariga turli xil xurofiy qarashlar, 
sehrgarlik usullaridan foydalanish, belgilarga ishonish va shu kabilarni 
misol qilib keltirishimiz mumkin. Lekin ularga o‘tmish qoldiqlari deb 
e’tiborsizlik bilan munosabatda bo‘lish noto‘g‘ri. O‘tmishdan saqlanib 
qolgan ta’sirlar mazmunan keskin o‘zgarib, yangilikning muhim qismiga 
aylanishi mumkin. Masalan, ibtidoiy jamiyatdagi ruhlarga sig‘inish diniy 
tizimlarda ruhning ko‘chishi (buddaviylikda) va abadiyligi (xristianlik va 
islom dinlarida) to‘g‘risidagi aqidalarga asos bo‘ldi. Demak, o‘tmishning 
ta’siri nafaqat xurofiy qarashlar misolida yangilikda saqlanib qoladi, balki 
uning muhim tarkibiy qismiga aylanishi mumkin. 
Diniy tizimning shakllanishida diniy kompleks katta ahamiyatga ega 
bo‘lsa ham, eski diniy qarashlardan sifat jihatdan farq qiladi. Uning muhim 
farqlaridan biri shundaki, diniy kompleks asosiy va asosiy bo‘lmagan 
qismlarga bo‘linmaydi. Ibtidoiy jamiyat qabilasida diniy kompleksning bir 
turi boshqalariga nisbatan ko‘proq qo‘llanilsa ham, uning boshqa turlari bu 
yerda ahamiyatini yo‘qotgan, degan xulosaga kelish xatodir. Chunki diniy 
kompleksning alohida bir turining qabiladagi ustuvorligi nisbiy bo‘lib, u o‘z 
 
38


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə