«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63

Fetishizmning ko‘rinishlaridan biri butparastlikdir. But odam yoki 
hayvonning qiyofasi tasvirlangan predmet bo‘lib, unda g‘ayritabiiy kuch 
mujassamlashgan deb hisoblanadi. 
Diniy tizimlar vujudga kelganidan keyin ham fetishizmning qoldiqlari 
saqlanib qolgan. Uning ta’sirini muqaddas qadamjolar, tumorlar, xoch 
taqish, din yo‘lida iztirob chekib avliyo deb tan olingan kishilarga sig‘inish 
kabi holatlarda ko‘rish mumkin.  
Din bilan bog‘liq bo‘lmagan fetishizm qoldiqlarini ham ijtimoiy 
turmushda ko‘plab uchratish mumkin. Davlat arboblarining shaxsini 
ulug‘lab haykallar qo‘yish yoki suratlarini asrash, sumalak toshini saqlash, 
hayvonlarning a’zolarini olib yurish va shu kabi holatlarni qayd etishimiz 
mumkin.  
Fetishizm ruhning ko‘chishi to‘g‘risidagi qarashlardan vujudga 
kelgan. Moddiy olamda ruhlar mavjud ekanligiga ishonishdan  animizm 
shakllandi.  Animizm  deb (lotincha anima – jon, ruh degan ma’nolarni 
anglatadi) tabiat voqeliklarida, hodisalarda ruhlarning mavjudligi, ularning 
inson va jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga ishonishga aytiladi.  
Insoniyat tafakkuri taraqqiyotining ilk bosqichlarida paydo bo‘lgan 
animizm ibtidoiy e’tiqodning universal shakliga aylangan, chunki u 
kishidan nafaqat e’tiqod qilish, balki muayyan udum va marosimlarni 
bajarishni talab qilgan. Bu esa keyinchalik diniy urf-odat va marosimlarni 
vujudga keltirgan.  
Animistik tasavvurlarga binoan jonzodlarda ruh mavjud. Mav-
judotning tanasi ruh uchun qobiq vazifasini bajaradi, lekin u tanadan 
mustaqildir. Ruh tanani istagan vaqtda tark etishi mumkin. U tanani tark 
etsa, kishi faolligini vaqtincha yo‘qotadi (hushidan ketadi, tush ko‘radi) 
yoki vafot etadi. Ruh o‘zining «qobig‘ini» tark etganidan keyin ham 
individualligini saqlab qoladi.  
Ruhlar dunyosi predmetlarda, jonzodlarda joylashgan va tanadan 
mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi ruhlarga bo‘linadi. Tana yoki predmet bilan 
bog‘lanmagan «oliy» ruhlar ilohiy va moddiy dunyodagi voqea-
hodisalarni boshqarib turadi, odamlarning hayot yo‘lini va vafot etganidan 
keyingi taqdirini belgilaydi. Odamlar ruhlarning noroziligini vujudga 
keltiruvchi ishlarga emas, balki ularning ko‘nglini olishga harakat 
qilishlari kerak. Shu bois ruhlar sharafiga diniy marosimlar uyushtiriladi, 
bayramlar o‘tkazib, qurbonlik qilinadi.  
Ruh nafas, bug‘ yoki soya ko‘rinishiga ega. Uning ko‘rinishidan qaysi 
shaxsga tegishli ekanligini aniqlash mumkin. Ruh odam vafot etishi 
sababli «qobig‘ini» tark etganidan keyin insonlarga turlicha munosabatda 
 
33


bo‘ladi. Dastlabki odamlarga zarar yetkazishi mumkin, chunki unda 
o‘zidan omadliroq bo‘lgan boshqa kishilarga nisbatan g‘arazgo‘ylik hissi 
uyg‘onadi. Lekin, vaqt o‘tishi bilan uning odamlarga munosabati 
o‘zgaradi. O‘lganiga ko‘p vaqt bo‘lgan odamlarning ruhlari o‘z qonunlari 
bilan yashaydigan jamoani tashkil etadilar. Bunday ruhlar odatda 
insonlarga yordam beradilar, faqat odamlarning aybi bilangina ularga 
yomonlik qilishlari mumkin. 
Narigi dunyoda ruh faoliyatining davom ettirilishi to‘g‘risidagi g‘oya 
ta’sirida vafot etgan kishini hayotligida to‘plagan boyliklarining bir qismi 
bilan qo‘shib ko‘mish marosimi vujudga kelgan. Keyinchalik marhumga 
nafaqat boyliklarining bir qismi, balki xizmatkorlari, yaqin kishilari ham 
qo‘shib ko‘milgan. Odatda marhumga qo‘shib ko‘miladigan xizmatkorlar 
begona kishilar bo‘lgan. Bunday tartib qabila boshliqlari va hatto oddiy 
kishilarning ham narigi dunyoga xizmatkori bilan ketishlariga imkoniyat 
deb hisoblangan. 
Katta miqdordagi boyliklarning marhum bilan qo‘shib ko‘mib 
yuborilishi va odamlarni qurbonlik qilish qabila ichidagi o‘zaro 
munosabatlarga salbiy ta’sir etgan, qo‘shni qabilalar bilan aloqalarni izdan 
chiqargan. Shu bois ruhning narigi dunyodagi sarguzashtlari to‘g‘risidagi 
g‘oya takomillashtirilgan va fazilatli yashash tiriklar uchun muhimroq 
ekanligi haqida g‘oya ishlab chiqilgan. Keyinchalik ruhning narigi 
dunyodagi taqdiri kishining tirikligidagi xizmatlari bilan belgilanadigan 
bo‘lgan. Ushbu aqidaga binoan narigi dunyoda rohat-farog‘at hammaga 
nasib ham  qilavermaydi, balki unga hayotini faqat o‘zining elatiga xizmat 
qilishga bag‘ishlagan, dushmanlarga qarshi kurashgan, barcha urf-odatlar 
va din talablarini muqaddas bilib, ularni sidqidildan bajargan kishilar 
erishishlari mumkin va xalqiga xiyonat qilgan sotqinlar, faqat o‘zini o‘ylab 
yashagan befarq va zaif odamlarning ruhlari abadiy qiynoqqa duchor 
qilinadi yoki zulmatga g‘arq bo‘lib ketadi, deb hisoblangan. 
Ibtidoiy din shakllari kabi afsona ham katta ahamiyatga ega. O‘sha 
davrda insonlar tabiat hodisalarini jonli sherik sifatida qabul qilganlar va 
ularda individual tafakkur, iroda singari sifatlar mavjud deb hisoblaganlar. 
Odamlar bu jarayonlarni his etganlar, fikrlaganlar va tushuntirib berishga 
harakat qilganlar. Afsona shu asnoda vujudga kelgan. 
Afsona deb tabiiy yoki ijtimoiy hodisalarni sodda xayoliy obrazlar 
yordamida o‘rganish va tushuntirish vositasiga aytiladi. Afsonada 
obrazlilikni fikrdan ajratib bo‘lmaydi. U fikr va voqelikni idrok etish 
shakli va dunyoni bilish usuli hisoblanadi. Shu asosda odam borliqning 
mohiyatini tushunishga intiladi. Afsona voqelikni tushuntirishga intilishi 
 
34


bilan ertakdan, aniq tarixiy voqeaga asoslanganligi bilan esa dostondan 
farqlanadi. 
Insoniyat uzoq o‘tmishdan afsonaning mohiyatini tushuntirishga 
harakat qilib kelgan bo‘lsa-da, hanuzgacha uning umum qabul qilingan 
nazariyasi ishlab chiqilgani yo‘q. Bunday holat uni o‘rganishda tadqi-
qotchilarning diqqatga sazovor qarashlariga to‘xtalib o‘tishni taqozo etadi. 
Italiyalik tadqiqotchi J. Viko birinchilardan bo‘lib afsonaning falsafiy 
nazariyasini ishlab chiqqan. U afsonani odamlarning ustidan hukmronlik 
qiladigan oliy kuchlarni his etishlari va ulardan qo‘rqishlari sababli 
vujudga kelgan xayollar o‘yini deb hisoblagan.  
Qadimgi davrda tabiiy va ijtimoiy kuchlar oldida insonning ojizligi 
kundalik faoliyatida doimo o‘zini namoyon qilib tursa-da, borliqni hissiy-
mantiqiy idrok etgan.  
Ingliz etnografi E. Teylorning fikriga ko‘ra, afsonalar va diniy 
e’tiqodlarning asosini animizm tashkil etadi. Qadimda odamlar predmetlar 
va hodisalarning mohiyatini tushuntirishda har bir narsada ruhlar 
mavjudligiga ishonishdan kelib chiqib, tevarak-atrofdagi jarayonlarni 
ruhlar faoliyatining natijasi sifatida talqin qilganlar. Afsona odamlarning 
voqelik to‘g‘risidagi sodda fikrlari bo‘lib, tush ko‘rish va ajdodlar ruhlari 
bilan muloqoti natijasida paydo bo‘lgan deb hisoblanadi.  
Afsonani o‘rganishda tadqiqotchi B. Malinovskiyning  qarashlari 
alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Tadqiqotchi afsonani nazariy ta’limot deb 
hisoblamaydi. Uning fikriga ko‘ra, afsona voqelikni tushuntirmaydi, balki 
e’tiqodni voqelik sifatida idrok etadi. Haqiqatan, qadimgi davrlar haqida 
hikoya qiluvchi afsonalar odamlarning e’tiqodini ifodalaydi va 
umumlashtiradi, jamiyatda qaror topgan axloq normalarini asoslaydi, 
marosim va udumlarning maqsadga muvofiqligini qayd etadi, xulq-atvor 
qoidalarini o‘zida mujassamlashtiradi. Shu bois afsona borliq haqidagi 
sodda qarashlar va tasavvurlar emas, balki faol ijtimoiy kuch, diniy e’tiqod 
va axloqni ifodalovchi hayot qonunidir. 
Hozirgi vaqtda afsona nafaqat xalq og‘zaki ijodiyoti turi va diniy 
e’tiqodning tarkibiy qismi sifatida mavjud, balki ijtimoiy hayotning 
siyosat, iqtisod, fan-texnika kabi boshqa sohalarida ham saqlanib qolgan. 
Masalan, keng tarqalgan hozirgi zamon afsonalari sifatida noma’lum 
uchuvchi obyekt haqidagi yoxud elektron hisoblash mashinalarida jon 
borligi to‘g‘risidagi afsonalarni qayd etishimiz mumkin. 
Xulosa qilib aytganda, dinning ilk shakllari nafaqat ibtidoiy 
jamiyatning rivojlanishida katta ahamiyatga ega voqelik bo‘lgan, balki 
 
35


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə