«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   63

mustahkamlanadi. Natija ijodiy jarayonda ishtirok etayotgan individ uchun 
obyektiv voqelikka aylanadi. Din ijtimoiy voqelik  bo‘lib, unda boshqa 
ijtimoiy institutlarni o‘rganishdagi uslublar va baholash mezonlaridan ham 
foydalanish mumkin.  
Din muayyan ijtimoiy ehtiyojlarni ta’minlash maqsadida yuzaga 
kelgan ijtimoiy institutdir. Uning manbai odamlarning ijtimoiy hayotidan 
kelib chiqadi. Din orqali jamiyat o‘zini ilohiylashtiradi. Uning mavjudligi 
va mohiyati ijtimoiy his-tuyg‘ularni muqaddaslashtirishga, jamiyatning 
shaxsga ta’sirini mustahkamlashga xizmat qilishdan iborat bo‘ladi.  
Dinni sotsiologik o‘rganish uni ijtimoiy voqelik sifatida yondashuvga 
asoslanadi. Lekin din nafaqat sotsiologik, balki ruhiy voqelik ham 
hisoblanadi. Din psixologiyasi vakillari uni o‘rganishda ushbu jihatlariga 
alohida e’tibor beradilar. Ular dinning vujudga kelishi sabablarini odamni 
o‘rab turgan tashqi dunyodan emas, balki insonning o‘zida, ichki borlig‘i 
va hissiy-irodaviy kechinmalarida deb hisoblaydilar.  
Din psixologiyasini o‘rganishda Z. Freydning (1856-1939) xizmatlari 
katta bo‘lgan. Z. Freyd dinni inson faoliyatining mahsuli deb hisoblagan. 
U dinning kishi tabiatga qaramligi sababli vujudga kelganligini qayd etgan 
holda bilishning irratsional (lotinchada – mantiqsizlik, tafakkurga zid 
qarashlar degan ma’nolarni anglatadi) mexanizmlarini hal qiluvchi 
ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlagan. 
Z. Freydning ta’limotiga ko‘ra, inson psixikasi uch darajaning o‘zaro 
hamkorligidan hosil bo‘ladi: ongsizlik, ong oldi va onglilik darajalari. 
Bularning ichida ongsizlik darajasi psixikada katta ahamiyatga ega. Inson 
psixikasining bu darajasida tabiiy instinktlar va «birlamchi mayllar» 
ustuvorlik qiladi. Z. Freyd asosiy mayllar qatorida jinsiy mayllarni ustun 
qo‘ygan. Individning ongsizlik bilan bog‘liq mayllari jamiyat uchun katta 
xavf-xatar tug‘diradi. Jamiyat o‘zini kishi mayllaridan himoya qilishi 
uchun ijtimoiy normalar va boshqa madaniyat elementlaridan iborat 
ustqurma mexanizmlarni vujudga keltirgan. O‘ta kuchli tabiiy ehtiyojlarni 
ijtimoiy normalar bilan tiyib turish din yordamida mustahkamlanadi. 
Z. Freydning fikriga ko‘ra, tabiiy mayllarning tiyilishi individ psixikasida 
nevroz holatini vujudga keltiradi. Din ham jamoa nevrozining bir turidir. 
Lekin din jamoa nevrozi sifatida kishini individual iztiroblardan saqlaydi, 
individual nevrozning rivojlanishini to‘xtatadi va fojiali oqibatlarga olib 
kelishiga yo‘l qo‘ymaydi. 
Yuqorida qayd etilgan fikrlardan kelib chiqib, dinni vujudga kelishi 
sabablarini uning alohida xususiyatlarini o‘rganish bilan to‘liq tushuntirib 
bo‘lmasligiga amin bo‘lamiz. Masalaga bunday yondashuv dinni kompleks 
 
27


o‘rganishni taqozo etadi. Zero, kompleks o‘rganish uning jamiyatda takror 
ishlab chiqarishga sabab bo‘ladigan ildizlarini aniqlashga yordam beradi.  
Dinning vujudga kelishi, avloddan-avlodga o‘tib borishi va ri-
vojlanishi uchun shart-sharoitlarni shakllantiruvchi omillar uning ildizlari 
deb ataladi. Dinning ildizlari uch qisimga bo‘linadi. Ularning har biri dinni 
o‘rganishda juda muhim. Bu qisimlar birgalikda dinning vujudga kelishi 
uchun shart-sharoit yaratadi. Ular quyidagilardan iborat: 
1) dinning ijtimoiy ildizi kundalik hayotda kishilarning turmushini 
belgilovchi moddiy va ma’naviy munosabatlar tizimidan iborat. Dinning 
ijtimoiy ildizida moddiy sharoitlar ustuvor. Siyosiy ustqurma institutlari 
dinga ikkilamchi ta’sir etadi.  
Dinning ijtimoiy ildizini tashkil etuvchi jabhalardan biri ijtimoiy 
hayotni stixiyali qonuniyatlar asosida rivojlanishidir. Undagi boshqarib 
bo‘lmaydigan jarayonlar jamiyatda iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy 
inqirozlarni, urushlarni, kasalliklarni keltirib chiqaradi. Tabiiyki, individ 
ularning vayron qiluvchi ta’sirlaridan o‘zini himoya qilishga intiladi va 
oqibatda g‘ayritabiiy kuchlardan najot so‘rab murojaat qilishga majbur 
bo‘ladi.  
2) dinning gnoseologik (grekcha gnosis – bilish, logos – ta’limot 
degan ma’nolarni anglatadi) ildizi kishining bilish faoliyati jarayonida 
diniy e’tiqodi vujudga kelishiga imkoniyat yaratadigan sharoitlardir. 
Tabiat va jamiyatni bilish dialektik jarayon. Tajribasizlik, subyektivlik, 
narsa va hodisalarni absolutlashtirish voqelikning noto‘g‘ri idrok etilishiga 
olib keladi. Bundan tashqari, diniy g‘oyalarning paydo bo‘lishi borliqni 
hissiy idrok etishdan boshlanadi va u ratsional bilish bosqichida 
ahamiyatini saqlab qoladi.  
Dinning gnoseologik ildiziga aloqador va barcha tarixiy davrlarda 
takrorlanib turadigan xususiyatlar quyidagilardan iborat: 
a) 
bilishning subyektiv jihatlarini absolutlashtirish (lotinchada – 
voqelik bilan bog‘lanmagan narsa, nisbatsizlik, so‘zsiz degan ma’nolarni 
anglatadi), ya’ni bo‘rttirib ko‘rsatish; 
b) abstrakt (lotincha abstratio – diqqatni chetga tortish degan ma’noni 
anglatadi), ya’ni tafakkur
v) tafakkurning umumlashtirish qobiliyati. 
3) dinning ruhiy ildizi. Dinning vujudga kelishida kishining bilish 
faoliyatiga bog‘liq jarayonlar bilan birga uning hissiyoti, kayfiyati va 
kechinmalari ham ishtirok etadi. Diniy tasavvurlar dastlab kishilarning his-
tuyg‘ulari orqali vujudga keladi.  
 
28


Dinning ruhiy ildizi individual va ijtimoiy ruhiyatlarga bo‘linadi. 
Individual ruhiyatga shaxsiy iztirob, g‘am-tashvish, o‘limdan qo‘rqish, 
yolg‘izlik, muhabbat, mehr-shafqat, minnatdorlik singari ijobiy va salbiy 
kechinmalarni misol keltirish mumkin. 
Ijtimoiy ruhiyatga guruhlar va jamiyatlarga xos voqeliklar – ijtimoiy 
fikr, ommaviy qo‘rqish hissi, taqlid, an’ana va urf-odat kabilarni misol 
keltirish mumkin. 
Dinning ruhiy ildizlari deganda diniy g‘oyalarni qayta ishlab 
chiqarilishi va o‘zlashtirilishiga qulay shart-sharoitlar yaratadigan 
jamiyatlar, guruhlar va individlarning ruhiy holati, jarayonlari va 
mexanizmlari tushuniladi.  
Ruhiy kechinmalar insonga xos xususiyatdir. Ularsiz inson yashay 
olmaydi. Odam o‘zining ijobiy va salbiy his-tuyg‘ularini boshqarishga 
harakat qiladi, lekin ruhiyat turli obyektiv va subyektiv shart-sharoitlarga 
bog‘liqligi, murakkabligi sababli ularni barqarorlashtiradigan kuchga ehtiyoj 
sezadi. Din ana shunday kuch vazifasini bajarishi mumkin.  
Xulosa sifatida qayd etish lozimki, dinning vujudga kelishi sabablarini 
o‘rganish uning odamlar ongiga ta’siri, jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini 
yaxshiroq tushunishga, uning yaratuvchilik jihatlaridan insoniyat manfaatlari 
uchun yanada kengroq foydalanishga imkon beradi, vayronkor kuchlarni 
jamiyatdagi barqarorlik, fuqaroviy totuvlik, o‘zaro yordam va hamjihatlikni 
barbod qilishga qaratilgan faoliyatiga samarali kurashadi.  
Dinning ilk shakllari va ularning xususiyatlari 
Kishi ongida diniy dunyoqarash paydo bo‘lishi uchun tafakkur bilan 
bog‘liq sharoitlar talab etiladi. Masalan, abstrakt tafakkur, kuchli his-
hayajon, tasavvur, to‘g‘ri va noto‘g‘ri mantiqiy bog‘liqliklarni farqlash 
qobiliyati kabilar shular jumlasidandir. Hozirgi zamon fani xomo 
xabilislarning shunday imkoniyatga ega bo‘lganligi to‘g‘risida aniq 
ma’lumotlarga ega emas, lekin xomo sapiyensning dastlabki vakili – 
kromanyon odam voqelikni tahlil qilish, fikrlash, kundalik faoliyatida 
orttirgan tajribalarini yodda saqlash va avloddan-avlodga o‘tkazish singari 
imkoniyatlarga ega edi. Shunga qaramay, kromanyonlarning ajdodlariga 
nisbatan imkoniyatlari qanchalik keng bo‘lmasin, bilim va imkoniyatlari 
cheklanganligi bois ular tabiat kuchlari oldida ojiz bo‘lganlar. 
Kromanyonlarda ko‘p yillik tajribalar asosida to‘plangan bilimlar bilan birga 
xayoliy fantastik qarashlar ham shakllangan. 
Kromanyon tafakkurining rivojlanishi diniy qarashlarning abstrakt 
fikrlaydigan «yarim-yovvoyi» mavjudotning ongida paydo bo‘lmaganligi, 
 
29


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə