«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   63

ibtidoiy din shakllarining ta’siri kuchli bo‘lsa-da, xudolar odam qiyofasida 
tasvirlangan, insonlardek yashagan va o‘zaro muloqotda bo‘lgan. Odamlar 
g‘ayritabiiy mavjudotlar va hatto xudolar bilan raqobat qilganlar. 
Diniy tizim ijtimoiy hayotni to‘liq nazorat qilishni da’vo qilmagan. 
Diniy tartiblar ko‘proq tavsiya mazmuniga ega bo‘lgan. Har bir kishining 
ularga amal qilishi yoki o‘z xohishiga ko‘ra yashashi mumkin bo‘lgan. 
Lekin insonlar xulq-atvorlari va xatti-harakatlari uchun shaxsan javobgar 
bo‘lganlar. 
Qadimgi Gretsiya diniy tizimi ta’limoti va marosimlari keyinchalik 
xristianlik ta’limoti va marosimlarining shakllanishida muhim manba 
vazifasini bajargan. 
Qadimgi Hindiston dini 
Qadimgi Hindiston diniy tizimining paydo bo‘lishida turli elatlar 
ishtirok etgan. Diniy tizim mahalliy va ko‘chib kelgan xalqlar dinlarining 
sintezi natijasida yuzaga kelgan.  
Miloddan avvalgi II ming yillikning o‘rtalarida Hindistonning 
shimoliy va markaziy qismlarini taxminan Pomir tog‘lari vohalarida 
yashagan ko‘chmanchi Oriy (asilzoda) qabilalari bosib olganlar. Ularning 
bu yerlarga kelishi sinflar va davlatning paydo bo‘lishi davriga to‘g‘ri 
kelgan. Ko‘chmanchi qabilalar odatdagidek mahalliy aholiga singib 
ketmagan. Oriylar o‘z urf-odatlari, an’analari va udumlarini saqlab qolishi 
bilan birga mahalliy xalq madaniyatining rivojlanishiga katta hissa 
qo‘shgan. Oriylarning mahalliy madaniyatga ta’siri diniy e’tiqodda 
ayniqsa salmoqli bo‘lgan. Ularning diniy aqidalari xudolarga qurbonlik 
qilish (xudoga eng katta qurbonlik odam hisoblangan, undan keyin qayd 
etish tartibiga ko‘ra ot, ho‘kiz, qo‘y va echki turgan) hamda boshqa 
marosimlari muqaddas bitiklarda tasvirlangan. Miloddan avvalgi II ming 
yillik oxirlari – I ming yillikning boshlarida mazkur bitiklar asosida mu-
qaddas matnlar to‘plami – vedalar (sanskrit tilida – bilim degan ma’noni 
anglatadi) yaratilgan. Vedalar matni qadimgi xudolar to‘g‘risidagi 
hikoyalar, xudolarga qurbonliklar qilish tartibi va bu marosimlarni 
bajarishda aytiladigan qo‘shiqlar, xudolar sharafiga aytiladigan madhiyalar 
va afsunlardan tuzilgan. 
Vedalar 4 ta to‘plamga bo‘linadi va quyidagilardan iborat: 
1) Rigveda – xudolarga bag‘ishlangan madhiyalar. Xudolarning sar-
guzashtlari, o‘zaro aloqalari va asosiy vazifalari she’riy uslubida 
tasvirlangan;  
 
51


2) Samveda – asosan Rigveda mavzularini takrorlovchi she’riy 
to‘plam; 
3) Yadjuraveda – qurbonliklar qilish qoidalaridan iborat; 
4) Atxarvaveda – yovuz ruhlarga qarshi qo‘llaniladigan jodu va 
afsunlardan tuzilgan. 
Miloddan avvalgi II ming yillik oxirlari – I ming yillikning boshlarida 
Qadimgi Hindistonda vujudga kelgan din muqaddas bitik – vedalar 
sharafiga shu nom bilan atalgan. Veda dini asrlar davomida takomillashib 
borgan. U ko‘pxudolikka asoslangan. Daus osmon xudosi hisoblangan va 
yer ilohi Pitxivi borliqni yaratgan, xudolar va odamlarning ajdodi bo‘lgan. 
Ulardan Indra (issiqlik, yorug‘lik, yomg‘ir va to‘fon xudosi, olamning 
hukmdori), Agni (olov xudosi, oila homiysi, baxt va sog‘lom farzand ato 
etuvchi, xudolar va odamlar o‘rtasidagi vositachi xudo) tug‘ilgan. 
Oriylarda keng tarqalgan xudolar qatorida yana Suriya (quyosh xudosi), 
Mitra (yorug‘lik xudosi), Varuna (tun xudosi, abadiy tartibni ta’minlovchi, 
aybdorlarga jazo, aybiga iqror bo‘lib tavba qilganlarni kechiruvchi xudo)ni 
qayd etish mumkin. Ular orasida odamlarning kundalik yumushini hal 
qilinishida bevosita ishtirok etuvchilari alohida ulug‘langan. 
Hindistonda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, mehnat 
taqsimoti, tabaqa (varna)lar va qadimgi davlatlarning vujudga kelishi 
sababli diniy e’tiqodda o‘zgarishlar bo‘lgan. Veda dini braxmanizm bilan 
almashtirilgan. 
Braxmanizm jamiyatning tabaqalarga bo‘linishini, braxmanlarning 
imtiyozlari va davlatni muqaddaslashtirgan. Yangi dinning diqqatga 
sazovor jihatlaridan biri shuki, unda diniy aqidalar braxmanlar matnlari 
muqaddas bitigida bayon qilingan. Braxman matnlari yaratilganidan keyin 
ham vedalar saqlanib qolgan va ular vedalarni sharhlovchi muqaddas bitik 
vazifasini bajargan.  
Braxman matnlarida braxmanlarning eng yuqori tabaqa ekanligi 
bayon qilingan, kasta tuzumi muqaddaslashtirilgan va ularning alohida 
yashash qoidalari belgilangan. Har bir dindor muayyan kasta a’zosi 
bo‘lganligi uchun uning qoidalari asosida yashagan.  
Braxmanizm ta’limotiga ko‘ra moddiy borliq undan tashqarida 
mavjud bo‘lgan yagona boqiy ruhning emanatsiyasi (lotincha emanatio – 
oqib chiqish, o‘tish degan ma’nolarni anglatadi, iloh ijodiy energiyasining 
oqib chiqishi) natijasida vujudga kelgan. Tirik jonzodlardagi ruh uning bir 
zarrasidir. Ruh boqiy. Uning qayta tug‘ilishi to‘xtatilmasa, tanadan-tanaga 
cheksiz ravishda ko‘chaveradi. Ruhning ko‘chishini sansara (sanskrit tilida 
– shakllanish, ko‘chish, vujudga kelish degan ma’nolarni anglatadi) 
 
52


aqidasi tartibga soladi. Sansara barcha tirik mavjudotlarning o‘tkinchiligi, 
o‘zgaruvchanligi, ruhning tanadan-tanaga ko‘chishining yagona zanjiri 
to‘g‘risidagi ta’limotdir. 
Ruhning ko‘chish tartibi, ya’ni ruhning qaysi mavjudotning tanasiga 
ko‘chishi uning hayot yo‘li yoki karmasiga (sanskrit tilida – harakat, 
burch, faoliyat degan ma’nolarni anglatadi) bog‘liq. Karma – ilohiy kuch 
bo‘lib, odamning sodir etgan xatti-harakati, xulq-atvori, intilishlari va 
maqsadlarini umumlashtiradi va ruhning qaysi jonzodga ko‘chishini 
belgilaydi. Braxmanizmda karmaning asosini kasta qoidalari tashkil etadi. 
Kastada belgilangan qoidalarni buzish og‘ir gunoh sanaladi va bu ruhning 
ko‘chishi masalasini hal etishi mumkin. 
Karma aqidalari dxarma (sanskrit tilida – qonun, burch, qoida, fazilat 
kabi ma’nolarni anglatadi) ta’limotida bayon qilingan. Dxarma – 
fuqaroviy, axloqiy va madaniy qoidalar tizimi bo‘lib, uning xudo 
tomonidan yaratilganligi qayd etiladi. Dxarma qoidalari hind xalqi 
turmush tarziga aylangan. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, braxmanizm hind jamiyatida ijtimoiy 
taraqqiyotning mulkiy tengsizlik, xususiy mulk va davlat vujudga kelishi 
bosqichida hukmron tabaqaning manfaatlariga xizmat qiluvchi diniy 
ta’limot tarzida paydo bo‘lgan va rivojlangan. Braxmanizm aqidalari 
oldingi tarixiy davrlarda mavjud bo‘lgan diniy qarashlarning mantiqiy 
davomi sifatida keyingi bosqichlarda ham o‘z ahamiyatini saqlab qolgan. 
Qadimgi Xitoy dini 
Miloddan avvalgi II ming yillikning boshlarida Qadimgi Xitoy dini 
vujudga kelgan. Qabila ittifoqi davlatga o‘sib o‘tishi natijasida hukmron In 
qabilasining homiysi Shandi bosh xudo sifatida qabul qilingan. Qudratli 
xudolarga sig‘inish urug‘-qabila dinlari negizida shakllanganligi sababli 
unda totemiz va animizmning ta’siri kuchli bo‘lgan. Xitoyliklar Shandini 
ulug‘ ajdod sifatida qadrlaganlar. U elat farovonligining himoyachisi, 
ajdodlar an’analariga amal qilinishining nazoratchisi sifatida mazkur tar-
tibni buzganlarni jazolagan. Odamlar unga o‘z kundalik muammolarini hal 
etishda ko‘mak so‘rab sig‘inganlar. Shandining ulug‘ ajdod sifatidagi 
vazifasi keyinchalik ajdodlar ruhiga sig‘inishning mamlakatda keng 
yoyilishiga shart-sharoit yaratgan. 
Miloddan avvalgi XI asrda Xitoyda Chjou sulolasining hukmronligi 
davrida Shandiga e’tiqod Osmon xudosi va ajdodlar ruhiga sig‘inish bilan 
almashgan. Shu bilan birga, hukmdorning Osmon xudosi bilan nasliy 
 
53


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə