«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   63

kechmaganlar. Natijada xudolarning vazifalari o‘zgargan va yangi xudolar 
yuzaga kelgan. Shu vaqtdan e’tiboran hosildorlik va uzumchilik xudosi – 
Dionis, dengiz xudosi – Poseydon, savdo-sotiq xudosi – Germes, urush 
xudosi – Aresga sig‘inish boshlangan. Ularning xudolar orasidagi mavqei 
mustahkamlangan va keyinchalik ular Olimpiya xudolari qatoriga 
kiritilganlar. 
Qadimgi Gretsiya diniy tizimi rivojlanishining ikkinchi davri 
miloddan avvalgi XI asr oxirlaridan boshlangan. Bu Gomer («Iliada» va 
«Odisseya» dostonlarining muallifi) davri deb ataladi. Gomer davrining 
boshlanishi Qadimgi Gretsiyada asilzodalar (aristokratiya) hokimiyatining 
vujudga kelishi va mustahkamlanishi davriga to‘g‘ri keladi. Asilzodalar 
hokimiyatining mustahkamlanishi davrida diniy tizimda umumxalq 
xudolari guruhi ajralib chiqqan. Greklar ularni «Olimpiya xudolari» deb 
ataganlar. Olimpiya xudolari guruhining shakllanish davri uzoq vaqt 
davom etgan va miloddan avvalgi VI–V asrlarga kelib bu jarayon uzil-
kesil yakunlangan. Olimpiya xudolari o‘n ikkita xudodan iborat bo‘lib, 
ularga Zevs boshchilik qilgan. U asilzoda xudolar Aid (o‘liklar podsholigi 
xudosi), Poseydon (dengiz xudosi) va boshqalarga tayanib dunyoni 
boshqargan. Zevs boshchiligidagi bosh xudolar guruhi umumxalq xudolari 
sifatida tan olinsa-da, aholi orasida juda ko‘p mahalliy xudolarga sig‘inish 
an’anasi saqlanib qolgan. 
Xudolar shu vaqtdan boshlab odam qiyofasida tasvirlana boshlagan. 
Ular kishilarga nafaqat tashqi qiyofasi bilan o‘xshagan, balki oziq-ovqat, 
kiyim-kechak, mehnat va urush qurollari kabilardan foydalangan, 
hashamatli qasrlarda yashagan, odamlardek tug‘ilgan va insonlardagi 
illatlarga ham ega bo‘lgan. Xudolar odamlardan faqat ilohiy qudrati va 
boqiyligi bilan farq qilgan. Insonlar xudolarning qahrini keltirmaslikka va 
ularning e’tiborini qozonishga harakat qilib, hashamatli ibodatxonalar 
qurganlar, juda ko‘p qurbonliklar keltirganlar va xudolar sharafiga boshqa 
ko‘plab diniy marosimlar o‘tkazganlar. 
Miloddan avvalgi VI–V asrlarda quldorlik shahar-davlatlarining 
yanada rivojlanishi diniy ta’limotning mohiyatini o‘zgartirgan. Diniy tizim 
shahar-davlat fuqarolarining qullar ustidan hukmronligini 
mustahkamlagan, uning grek jamiyatidagi ahamiyatini himoya qilgan. Shu 
davrdan boshlab, jamiyatda hunarmandchilik va savdo-sotiqqa homiylik 
qiluvchi xudolarning ijtimoiy nufuzi ortgan. Ularning vazifalari o‘zgargan. 
Shahar-davlatga homiylik qiluvchi xudo ayni paytda hunarmandchilikka 
va savdo-sotiqqa ham homiylik qiladigan bo‘lgan. Jamiyatning o‘rta va 
quyi tabaqalari orasida Olimpiya xudolarini asilzodalarning homiysi va 
 
48


ular hokimiyatining himoyachisi ekanligiga doir qarashlar 
mustahkamlangan. Ular Olimpiya o‘zlarining mahalliy xudolariga 
sig‘inishni davom ettirganlar. 
Qadimgi Gretsiyada kohinlar ijtimoiy mavqeining o‘ziga xosligi bilan 
ajralib turganlar. Ular ijtimoiy hayotda alohida tabaqani tashkil etmaganlar 
va asosan ibodatxonadagi ishlarni boshqarish bilan shug‘ullanganlar. Diniy 
marosimlarga odatda davlat xizmatchilari yoki faylasuflar rahbarlik 
qilganlar. Greklar kohinlarni xudolarning o‘zlari tanlashlari kerak deb 
hisoblaganlar. Shu bois kohinlar da’vogarlar orasidan qur’a tashlab 
aniqlangan va ibodatxonalarda yashaganlar. Ibodatxonada bir yoki bir 
necha kohin bo‘lgan. Ibodatxona qaysi xudoga bag‘ishlab qurilganligiga 
qarab, erkak yoki ayol kohinlar xizmat qilganlar. Kohinlarning turmushini 
tartibga soluvchi umumiy qoida ham ishlab chiqilmagan. Ayrim 
ibodatxonalarda ayol yoki erkak kohinlarning turmushga chiqishi yoki 
uylanishi taqiqlangan bo‘lsa, ayrimlarida ularning albatta oilali bo‘lishlari 
talab qilingan. Kohinlarga davlat ish haqi to‘lamaganligi sababli, ular 
asosan ehsonlar hisobidan yashaganlar. Ularga ibodatxonalarda xudolarga 
qurbonlik qilingan chorva mollarining go‘shtini iste’mol qilish, terisi, 
shoxi va tuyoqlarini bozorda sotishga ruxsat berilgan. Ibodatxona davlat 
xazinasini va xususiy qimmatbaho narsalarni saqlaganligi  uchun haq 
olgan. Odatda kohinlarni moddiy turmushi jihatidan o‘rta tabaqa 
vakillariga kiritish mumkin. 
Diniy tizimda qahramonlarga sig‘inish, ular sharafiga qurbonliklar 
qilish marosimi mavjud bo‘lgan. Greklar Vatan uchun jonini qurbon qilgan 
kishilarni qahramonlar deb atashgan. Afsonalarda odatda xudo bilan 
odamning nikohidan tug‘ilgan qahramonlar to‘g‘risida hikoya qilinadi. 
Ular o‘z Vatanining shon-sharafi uchun jangda jasorat ko‘rsatganlar, 
yurtdoshlarini turli xavf-xatarlardan himoya qilganlar. Bunday kishilar 
vafot etganlaridan keyin ularning el-yurt uchun qilgan xizmatlari 
taqdirlanib, xudolar qatoriga qabul qilinganlar. Qahramonlar xudo 
bo‘lganidan keyin ham o‘z yurtiga homiylik qilishni davom ettiradi, deb 
hisoblangan. 
Greklar Vatan uchun qurbon bo‘lgan kishilarni e’zozlash bilan 
fuqarolarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishga, yurtning tinchligi, 
ravnaqi va porloq kelajagi uchun qayg‘uradigan komil insonlarni 
tarbiyalashga harakat qilganlar. 
Qadimgi Gretsiyada taqdiri azalga, odamlar va hatto xudolarning ham 
taqdiri oldindan belgilanganligiga ishonish mavjud edi. Diniy rivoyatlarga 
ko‘ra, hatto qudratli xudolar ham o‘z qismatini o‘zgartira olmaganlar. 
 
49


Taqdiri azal barchaning ustidan hukmronlik qilgan. Odamlar va 
xudolarning taqdirini moyralar (grekcha moira – qismat, taqdir degan 
ma’nolarni anglatadi) to‘qigan. 
Taqdiri azalga ishonish bashoratchilikning keng yoyilishiga sabab 
bo‘lgan. Greklar biron muhim ishni boshlashdan oldin bashoratchining 
fikrini bilishga harakat qilganlar. Bashoratchilar turli usullardan foydalanib 
voqea-hodisalarni oldindan aytib berishga harakat qilganlar. Bu ish bilan 
asosan kohinlar shug‘ullanganlar. Ular ko‘proq qurbonlik qilingan 
hayvonning ichki a’zolari joylashuvi va holatiga qarab bashorat qilish 
usulidan keng foydalanganlar. Bunday usul xaruspitsiya (etrusk tilida 
harus – ichki organlar, lotincha specio – kuzataman degan ma’nolarni 
bildiradi) deb atalgan. Qadimgi davrda Delfa orolidagi Pifiya ibodatxonasi 
bashoratchilari butun Elladada (greklar o‘z yurtini shu nom bilan atagan-
lar) mashhur bo‘lganlar. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, makedoniyalik 
Iskandar ham Eronga yurish qilishidan oldin Delfa oroliga kelib, 
bashoratchilarning fikrini bilgan. 
Qadimgi Gretsiyadagi siyosiy tarqoqlik diniy tizimga ham ta’sir 
qilgan. Bu yerda umumxalq ahamiyatga ega diniy tashkilot bo‘lmagan. 
Shuningdek, grek quldorlik demokratiyasi diniy ta’limotda ham turli 
qarashlarning o‘zaro kurashini keltirib chiqargan. Oqibatda Qadimgi 
Gretsiyada birinchi yashirin diniy jamiyatlar va marosimlar vujudga 
kelgan. Ular orasida Demetra (hosildorlik, dehqonchilik, nikoh va oilaviy 
hayot ma’budasi) va Dionis (uzumchilik va vinochilik ma’budi)ga 
bag‘ishlangan sirli marosimlar eng mashhur bo‘lgan. Demetra sirli 
marosimi (Elevsin marosimlari) yilda bir marta o‘tkazilgan. Marosim 
narigi dunyoning sirlarini bilishga bag‘ishlangan. Unda ishtirok etuvchilar 
shu asosda narigi dunyoga ketishga tayyorgarlik ko‘rayotganligini 
namoyish qilganlar. Marosimda ishtirok etuvchilarga gunohlaridan xalos 
bo‘lish, ruhlarining narigi dunyoda rohat farog‘atda yashashi va’da 
qilingan. 
Dionis sirli marosimlarining ishtirokchilari ramziy ravishda o‘lib-
tirilib, narigi dunyo tilsimotlarini tushunishga intilganlar. Marosim 
davomida qurbonlik qilingan hayvonning xom go‘shti va qoni iste’mol 
qilingan. 
Diniy tizimda yashirin diniy jamiyatlarning vujudga kelishiga 
demokratik siyosiy tuzum va diniy aqidalar talqinidagi tafovutlar bilan 
birga ijtimoiy tabaqalarning turmushidan norozi ekanligi ham ta’sir etgan. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, Qadimgi Gretsiya diniy tizimi 
ta’limotida ayrim insonlar xudo darajasiga ko‘tarilgan. Diniy qarashlarda 
 
50


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə