«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63

bo‘lib, ular alohida tabaqani tashkil etgan. Shuning uchun kohinlik otadan 
farzandga meros bo‘lib o‘tgan. Kohin o‘z farzandini yoshligidan bo‘lg‘usi 
kasbga tayyorlab borsa-da, nomzod uzoq vaqt o‘qitilgan va bir necha 
bosqichdagi sinovlar hamda poklanish marosimlaridan o‘tkazilgan. Faqat 
ko‘p bosqichli sinovlardan muvaffaqiyat bilan o‘tgan kasbga 
da’vogarlargina kohinlik martabasiga muyassar bo‘lgan. 
Diniy marosimlar ibodatxonalar, ochiq maydonlar va dindorlarning 
uylarida o‘tkazilgan. Zardushtiylik vujudga kelgan dastlabki davrlarda 
ommaviy diniy marosimlar ochiq maydonlarda va dindorlarning uylarida 
o‘tkazilgan. Dastlab ibodatxonalarning qurilishi Ahmoniylar imperiyasi 
davridan boshlangan. Ibodatxonalar «olov uylari» deb atalgan. Ularning 
rejasi bir xil bo‘lib, tosh yoki paxsadan qurilgan. Binoning ichki va tashqi 
qismidagi devorlari suvoqlangan. Binolarda qimmatbaho bezaklarning 
yo‘qligi sababli ko‘rinishi boshqa jamoat binolaridan deyarli 
farqlanmagan. Ibodatxonaning markazida doimo olov yonib turadigan 
hujra bo‘lgan.  
Ahmoniylar davrigacha zardushtiylikda xudolarning tasviri aks 
ettirilmagan. Aynan shu vaqtdan boshlab xudo Ahura Mazdaning qiyofasi 
Ossuriya davlatining bosh xudosi ko‘rinishida tasvirlangan. Ibodatxonalarda 
Ahura Mazdadan tashqari boshqa xudolar va hukmdorlarning haykallari 
qo‘yilgan. Ahmoniylar podshosi Artakserks II (miloddan avvalgi 404–359) 
hukmronligi davrida suv va hosildorlik ma’budasi Anaxitaga bag‘ishlangan 
ibodatxonalar qurilgan va ularga ma’buda haykallari joylashtirilgan.  
Zardushtiylik Markaziy Osiyoda boshqa dinlar bilan uzoq davom 
etgan raqobatlarga bardosh bergan. Bu borada muvaffaqiyatga erishgan 
bo‘lsa-da, boshqa diniy e’tiqodlarni mintaqadan to‘liq siqib chiqarib, o‘z 
hukmronligini o‘rnatishga intilmagan. Ishlab chiqarish kuchlari rivojlanish 
darajasining pastligi, viloyatlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jihatdan 
biqiqligi bunga imkon bermagan. Odamlar yangi dinni qabul qilish bilan 
birga o‘zlarining an’anaviy e’tiqodini ham saqlab qolganlar. Muayyan 
mintaqada zardushtiylik keng tarqalgan bo‘lsa-da, boshqa diniy e’tiqodlar 
ham saqlanib qolgan.  
Diniy e’tiqoddagi xilma-xillik hukmdorlarning muayyan dinni 
tanlashdagi erkinliklarida ham kuzatilgan. Makedoniyalik Iskandar va 
uning vorislari mintaqamizda Olimpiya xudolariga sig‘inishni qo‘llagan 
bo‘lsalar, Kushon davlati hukmdorlari buddaviylikni qabul qilib, uni 
mamlakat hududida keng yoyishga harakat qilganlar. Sosoniylar davlati 
hukmdorlari zardushtiylikni har taraflama qo‘llab quvvatlaganlar. Butun 
mamlakat hududida ko‘plab olov uylari qurilgan. Milodiy VIII asrning 
 
72


boshlarida Markaziy Osiyoning bir qismini bosib olgan Arab xalifaligi 
davlati islomlashtirish siyosatini olib borgan. Islomdan tashqari barcha 
diniy e’tiqodlar taqiqlangan. Zardushtiylar ibodatxonalari buzib tashlangan 
yoki masjidlarga aylantirilgan. Zardushtiylik e’tiqodini saqlab qolganlar 
«kofirlar» deb e’lon qilingan. Ularning fuqaroviy huquq va erkinliklari 
cheklangan, maxsus soliq olingan va majburiyatlari talab qilingan.  
Zardushtiylik islom siquvida katta talafot ko‘rsa-da, yo‘qolib 
ketmagan. Zardushtiylikka sodiq dindorlar jamoalari yashash uchun 
noqulay joylar (dasht va cho‘llar)ga, boshqa mamlakatlarga ko‘chirilgan. 
Eronda hozir ham unga sig‘inadigan urug‘lar mavjud. Minglab 
zardushtiylar Hindistonga ko‘chib o‘tganlar. Hindistonlik zardushtiylar 
forslar deb atalgan. Vaqt o‘tishi bilan ular mahalliy aholi bilan qo‘shilib 
ketganlar. Faqat kohinlar diniy e’tiqodlariga sodiqlikni saqlab qolganlar. 
Xulosa sifatida aytish mumkinki, zardushtiylik nafaqat jamiyatda 
sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga, balki Sharq davlatlarida axloqiy 
qadriyatlarni keng yoyishga xizmat qilgan. Odamlarning ma’naviy 
qadriyatlarga amal qilib yashashlari, jannat va do‘zax, qiyomat, odamning 
qayta tirilishi va ilohiy davlatning yaratilishi singari g‘oyalari keyinchalik 
xristianlik va islom dini ta’limotlarining ishlab chiqilishida muhim manba 
vazifasini o‘tagan.  
 
Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 
1.
 
Zardushtiylikning vujudga kelishi sabablari nimalardan iborat? 
2.
 
Avesto matni necha qismdan iborat va ularning mazmunini tu-
shuntiring? 
3.
 
Avestoning ilmiy ahamiyatini tushuntirib bering. 
4.
 
Nima sababdan zardushtiylik yakkaxudolik dini hisoblanadi? 
5.
 
Yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurashda inson qanday o‘rinni 
egallaydi? 
6.
 
Nima sababdan zardushtiylar ba’zi manbalarda otashparastlar deb 
ataladi? 
7.
 
Zardushtiylikning islomga ta’sirini qanday isbotlash mumkin?  
8.
 
Zardushtiylar qanday diniy marosimlarni bajarganlar? 
 
73


5-mavzu 
BUDDAVIYLIK VA HINDUIZM: DUNYOQARASH, IJTIMOIY 
ASOSLARI VA XUSUSIYATLARI 
Buddaviylikning mohiyati va xususiyatlari 
Jahon sivilizatsiyasining qadimgi markazlaridan biri bo‘lgan 
Hindistonda miloddan avvalgi VI asrda buddaviylik (sanskrit tilida buddha 
– osoyishtalikka va buyuk haqiqatga erishgan degan ma’nolarni anglatadi) 
dini yuzaga kelgan. Yangi diniy ta’limotning vujudga kelishi turli sabablar 
bilan bog‘liq bo‘lgan. Miloddan avvalgi VI asrda o‘nlab mayda 
knazliklarga bo‘linib ketgan Hindistonda davlat hokimiyatini 
markazlashtirishga harakatlar kuchaygan. Hindiston jamiyatining juda 
ko‘p kastalar (portugal tilida casta – irq, urug‘, tabaqa)ga bo‘linib 
ketishiga sababchi bo‘lgan braxmanizm bunday jarayonlarni 
rag‘batlantirmagan. Shu bois bir-biridan sun’iy ravishda ajratib tashlangan 
kastalarni (Hindistonda varna deb ataladi) umumiy maqsad atrofida 
birlashtirishga turtki beruvchi mafkuraga zarurat tug‘ilgan. 
Miloddan avvalgi II ming yillikning o‘rtalarida Hindistonning 
Shimoliy va Markaziy qismini bosib olgan oriy qabilalarining diniy 
e’tiqodi va mahalliy qabilalar dinlarining sintezi natijasida vujudga kelgan 
braxmanizm hind jamiyatining kastalarga bo‘linishini muqaddaslashtirishi 
bilan birga, diniy ta’limotning tilsimotlarini, hukmron braxmanlardan 
tashqari boshqa kastalarni tanishtirishni istamagan. Davlatchilik 
rivojlanishining ilk bosqichlarida bunday holat hech kimni 
ajablantirmagan bo‘lsa-da, keyinchalik davlat hokimiyati timsolida o‘z 
qo‘lida kuch va moddiy boyliklarni to‘plagan tabaqalar (kshatriyalar va 
boshqalar) diniy tilsimotlar tafsiloti, ilohiy haqiqatga erishish, hayot va 
o‘lim muammolari bilan bevosita tanishishga qiziqa boshlaganlar. 
Miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmida Hindistonda turli 
tabaqalarning diniy ta’limotni o‘rganishga intilishlarining kuchliligi o‘sha 
davrda ma’naviy madaniyatning yuksak darajada rivojlanganligidan 
dalolat beradi. 
Buddaviylikka tarixiy shaxs, kshatriya kastasining vakili Siddixartxa 
Gautama (gautama so‘zi urug‘ning nomidan olingan) asos solgan. U 
Shimoliy Hindistondagi Shakya knazligining shahzodasi bo‘lgan. Diniy 
rivoyatlarga ko‘ra, Siddixartxaning onasi ilohiy ravishda unga homilador 
bo‘ladi (onasining tushida biqiniga fil kirib ketadi, farzandini ham 
biqinidan tug‘adi). Bola tug‘ilganidan keyin onasi vafot etadi. Suyukli 
xotinidan judo bo‘lgan otasi Siddixartxa Mudsxadana farzandining 
 
74


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə