«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   63

Vaqt o‘tishi bilan Yima odamlarga ko‘rsatgan yaxshiliklaridan 
g‘ururlanib, manmanlik, o‘zgalar dardiga befarqlik yo‘liga kirgan. 
Mansabparastlik va o‘z imkoniyatlariga ortiqcha baho berishi oqibatida 
Ahura Mazdaning nasihatlarini bajarmay qo‘ygan. Oqil xudo man etgan 
muqaddas buqani ov qilib, uning go‘shtidan taom tayyorlashni buyurgan. 
Manmanlik, o‘zboshimchalik va man etilgan ishlarni sodir etganligi uchun 
Ahura Mazda Yima va uning avlodlarini jazolangan. Odamlar jannatdan 
chiqarilgan, tirikchilik tashvishlari, yeb-ichish zarurati, kasalliklarga 
duchor etilganlar, boqiylik imtiyozidan mahrum qilinganlar. Uchinchi 
bosqichning oxirlarida Zardushtning faoliyati boshlangan va Zardushtning 
vafotidan keyin uchinchi bosqich tugagan. 
To‘rtinchi bosqichning har ming yilida dunyoga uchta xaloskor 
(payg‘ambar) keladi. Ularning oxirgisi – Oso‘shyant oxiratda dunyoga 
kelib, barcha imonlilarning ruhlarini bihishtga yetaklaydi, gunohkor 
bandalar uchun xudo Axura Mazdadan mag‘firat so‘raydi. Oxiratda yovuz 
ruh yengilib, yaxshilik yomonlikning ustidan uzil-kesil g‘alaba qiladi. 
Dunyo eritilgan temir bilan soflanib qayta quriladi. Yerdagi hayot tubdan 
o‘zgaradi. Yaxshilik tantana qiladi, yomonlik va o‘lim yo‘qoladi. 
Gunohkorlar o‘zlarining sodir etgan yomonliklari uchun pushaymon 
bo‘lib, xudodan kechirim so‘raydilar. Yangilangan dunyoda yomonlik 
yo‘q qilinganligi sababli gunohkorlar kechiriladi, abadiy rohat-farog‘at 
jamiyati barpo etiladi.  
Oxiratda ziddiyatlarga to‘la olam yo‘q qilinsa ham odamlar undan 
qo‘rqmasliklari kerak. Zero, oxiratda kishilarning azaliy orzu-istagi 
hisoblanuvchi baxt, adolat, tinchlik va tenglikka asoslangan jamiyat 
quriladi. Dunyo tamoman o‘zgaradi va undan yomonliklar butunlay 
yo‘qoladi.  
Zardushtiylik ta’limotida hayot va o‘limga munosabat to‘g‘risidagi 
qarashlar ta’sirida o‘ziga xos ko‘mish marosimi vujudga kelgan. Diniy 
aqidalarda qayd etilishiga ko‘ra, odamning vafot etishi yovuz kuchlarning 
ezgulikdan ustun kelganligi oqibatidir. Shu bois tanani yovuzlikdan xalos 
qilish kerak. Yomonliklar tananing chirishi jarayonida yo‘qoladi. 
Yomonliklardan xalos bo‘lmagan tanani muqaddas tabiat unsurlari 
sanaluvchi yerga, olovga va suvga tashlash mumkin emas. Marhumni 
so‘nggi manziliga qo‘yishdan oldin soflanish (ko‘mish) marosimi 
o‘tkazilgan. Diniy rivoyatlarga ko‘ra, odam vafot etganidan to‘rt kun 
o‘tgach uning ruhi tanani tark etib, yosh ayol qiyofasidagi farishtaning 
kuzatuvida narigi dunyoga o‘tadi. Ko‘mish marosimi ham shuncha vaqt 
o‘tganidan keyin bajarilgan. Marhumning jasadi erta tongda quyosh 
 
69


chiqmasdan oldin temir zambilga ortilib kohin va yaqin qarindoshlarining 
kuzatuvida Indamaslar minorasi  deb ataladigan mozorga olib borilgan. 
Indamaslar minorasi uncha katta bo‘lmagan bino bo‘lib, balandligi 4,5 
metrni tashkil etgan. Binoning poli marhumni ko‘mish maydoni vazifasini 
bajargan. Maydon yosh bolalar, ayollar va erkaklarning jasadi qo‘yiladigan 
qismlardan iborat bo‘lgan. Marhumning jasadi ma’lum muddatga shu 
yerga qo‘yilgan. Jasadning soflanishi (chirishi) jarayonini tezlashtirish 
maqsadida yirtqich hayvonlar (asosan itlar)dan foydalanilgan. Yirtqich 
hayvonlar jasadni g‘ajib bo‘lganidan keyin qolgan suyaklar yig‘ib olinib, 
minoraning o‘rtasida qurilgan quduqqa tashlangan yoki sopol idish 
(assuariy)ga solinib, nauslar deb ataladigan yer ostida qurilgan 
inshoatlarga ko‘milgan. 
Zardushtiylikda tabiat unsurlari tuproq, suv, havo va olov muqad-
daslashtirilgan. Ularni ifloslantirish kechirilmaydigan gunoh sanalgan. 
Muqaddas tabiat unsurlari qatorida olov alohida o‘ringa ega. Ahura 
Mazdaning ramziy belgisi ham olov bo‘lgan. Shu bois zardushtiylar ba’zan 
otashparastlar deb atalgan.  
Zardushtiylar ibodatxonalarida muqaddas olov yonib turgan. Ibo-
datxonada muqaddas olov uchun ikki metr balandlikdagi, to‘rt pog‘onali 
supa qurilgan. Olov supaning markazida misdan quyilgan o‘choqda 
yoqilar edi. Supadagi olov doimo yonib turishini kohinlar nazorat qilib 
turgan. Kohin oq matodan tikilgan ko‘ylak, bosh kiyim, buruni va og‘zini 
yopib turadigan niqob taqib (hozirgi jarroh shifokorlarning muolaja 
vaqtida kiyadigan kiyimiga o‘xshash) olovning oldiga yaqinlashishi 
mumkin edi. Ibodatxonaga sig‘inishga kelgan dindorlar muqaddas olovni 
ko‘rish imkoniyatiga ega emas edi. Ular muqaddas olovning aksini yoki 
shu’lasini ko‘rishi mumkin bo‘lgan. Muqaddas olov avvalo shahar 
ibodatxonalariga, ulardan qishloq ibodatxonalariga va undan keyin 
dindorlarga berilgan. Ibodatxonalardagi olovlar ahamiyati jihatidan farq 
qilgan. Har qaysi hukmdor o‘zining oloviga ega bo‘lgan.  
Muqaddas olovning juda ko‘p turlari bo‘lib, Eronda adolat ilohi 
Varaxram (Bahrom)ning olovi alohida ulug‘langan. Bu olov jamiyatning 
turli tabaqalari vakillarining o‘chog‘i va boshqa manbalar (o‘n olti 
olovdan)dan to‘plangan. Olovning eng qadrlisi yashin tegib yongan 
daraxtdan olingani hisoblangan.  
Tabiat unsurlari qatorida olov bilan birga suvga katta e’tibor berilgan. 
Suvning hayot manbai ekanligi aholisi asosan sun’iy sug‘orishga 
asoslangan dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi mintaqamiz uchun alohida 
ahamiyat va mazmunga ega edi. Shu bois suvni e’zozlash va undan 
 
70


tejamkorlik bilan foydalanishga ilohiy tus berilgan. Suvni ifloslantirish, 
ya’ni unga turli (notoza) narsalarni tashlash, behudaga isrof qilish og‘ir 
gunoh sanalgan. Yomg‘ir yog‘ayotgan vaqtda odamlarning yerni va suvni 
iflos qilmasliklari uchun hatto uydan tashqariga chiqishlari taqiqlangan.  
Zardushtiylikda o‘ziga xos ibodat qilish marosimi shakllangan. 
Dindorlar Ahura Mazdaga bir kunda besh marta sig‘inganlar. Ibodat janub 
tomonga qarab, toza joyda va yomon yerlardan yiroqda bajarilgan. 
Zardushtiylar erta tongda, uydan chiqish va kirish vaqtida, soflanish, 
kechki uyqudan oldin hamda diniy marosimlarni bajarish vaqtlarida ibodat 
qilganlar.  
Zardushtiylikda tozalikka e’tibor diniy aqida darajasiga ko‘tarilgan. 
Tozalik ham jismoniy, ham ma’naviy ahamiyatga ega bo‘lgan. Ma’naviy 
tozalik kishining ichki madaniyati, adolat, haqiqatni so‘zlash, 
insonparvarlik, mehr-shafqatlilik singari umuminsoniy axloq normalaridan 
iborat. Jismoniy tozalik deganda pokiza, toza va orasta yashash bilan 
birga, muqaddas narsalarni ham ifloslantirmaslik tushunilgan. Notoza 
(yovuzlik timsoli) deb qabul qilingan o‘simliklar, hayvonlar va 
hasharotlarga, o‘lgan odamning mayyitiga tegishish gunoh hisoblangan. 
Bunga yo‘l qo‘ygan kishi murakkab soflanish marosimidan o‘tkazilgan. 
Notoza ishlarni bajaradigan kishilar jamiyatda eng past tabaqani tashkil 
etganlar. Ular o‘lgan odamning mayyitini yuvish, tobutni qabrga ko‘tarib 
borish kabi «notoza» ishlarni bajarganlar. Mazkur tabaqa vakillari boshqa 
guruhlardan alohida yashaganlar. Ularning jamoat foydalanadigan suv 
manbalariga yaqin kelishlari va hatto soyalari tushishiga ham yo‘l qo‘yil-
magan.  
Zarushtiylar jonzodlarni ham notoza va toza turlarga ajratganlar. 
Notoza deb qabul qilingan hayvonlarga yaqinlashgan kishi soflanish 
marosimidan o‘tkazilgan. Toza hayvonlardan xo‘jalikda foydalanilgan. 
Qoni oqizib yuborilgan toza hayvonlarning go‘shti iste’mol qilingan. 
Jamiyatda tabaqalar o‘rtasidagi iqtisodiy ijtimoiy va huquqiy 
tengsizlikka qaramasdan xotin-qizlar uning to‘la huquqli a’zosi hi-
soblangan. Tarixiy manbalarda qayd etilishiga ko‘ra, xotin-qizlar erkaklar 
bilan bir xil huquq va erkinliklarga ega va oilada o‘z mulkini erining 
xohishidan qat’i nazar mustaqil meros sifatida qoldirishi mumkin bo‘lgan. 
Zardushtiylik ayollarning erkaklar bilan teng huquqligini mustahkamlagan.  
Zardushtiylikka e’tiqod qiluvchilar juda ko‘p diniy marosimlarni 
bajarishgan. Diniy marosimlarga esa kohinlar rahbarlik qilgan. 
Marosimlarning ko‘pligi kohinlarning moddiy jihatdan muhtojlikni bilmay 
yashashlariga imkon bergan. Kohinlarning jamiyatdagi mavqei juda baland 
 
71


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə