«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63

iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni aks ettiruvchi diniy ta’limot 
vazifasini bajargan. Uning yuzaga kelishida Zardushtning xizmati katta 
bo‘lgan va diniy ta’limotida adolat, axloq, mas’uliyat, mustaqil fikrga 
hurmat, soflik kabi qadriyatlar ustuvorligi sababli u katta hududga 
yoyilgan, asrlar osha odamlar ongida saqlanib qolgan.  
Mustaqillik yillarida mazkur bitikning ahamiyatiga munosib baho 
berildi. Avestoning 2700 yilligiga bag‘ishlab xalqaro ilmiy anjuman 
o‘tkazildi. Ommaviy axborot vositalarida qator ilmiy va ilmiy ommabop 
maqolalar chop etildi, turkum ko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar 
tayyorlandi. 
Zardushtiylik ta’limoti va marosimlari 
Zardushtiylik ta’limotiga binoan, borliq yorug‘lik va zulmat, hayot va 
o‘lim, adolat va adolatsizliklar kabi qarama-qarshiliklardan tashkil topgan. 
Bu qarama-qarshiliklar tabiat va jamiyatda turlicha ko‘rinishda namoyon 
bo‘ladi. Tabiatda ular hayot va o‘lim, issiqlik va sovuqlik, yorug‘lik va 
zulmat kuchlarini ifoda etadi. Ijtimoiy hayotda ular adolat va adolatsizlik, 
qonunga itoatkorlik va qonunlarga bo‘ysunmaslik singari ko‘rinishlarida 
namoyon bo‘ladi.  
Qarama-qarshiliklar voqea va hodisalarning manbaidir. Yaxshilik va 
yomonlik, issiqlik va sovuqlik kabi kuchlar o‘rtasida to‘xtovsiz kurash 
boradi. Bu kurash xudolar darajasida ham mavjud. Donishmand xudo 
Ahura Mazda – ezgulik va yaxshilik timsoli. Ahura Mazdani Avestoda 
yigirma sifatga ega iloh deb ta’riflanadi. Bu Ahura Mazdaning go‘zal 
ismlaridir.  
Ahura Mazda borliqni yaratuvchi va hamma narsani biladigan oliy 
xudodir. U o‘zini yaxshi ishi va yaxshi so‘zlari bilan namoyon qiladi. 
Ahura Mazda odamlarga yomonlik qilmaydi, ularni faqat ezgu ishlarga 
da’vat etadi. Zardushtning talqinida Ahura Mazda oliy ibtido bo‘lib, uning 
turmushi odamlarnikidan farq qiladi. Uni hech kim yaratmagan, oilasi 
yo‘q, dunyodagi barcha voqea-hodisalardan xabardor, ular Ahura 
Mazdaning xohishi bilan sodir bo‘ladi. 
Ahura Mazdaga dunyodagi barcha yomonliklarning timsoli – Axriman 
(yovuz ruh) qarshi turadi. Ahura Mazda Axriman (Anxra Maynyu)ni 
odamlarning ibrat olishlari uchun o‘z jismidan yaratgan. Shu bois u Ahura 
Mazdaga qarshi turadi, dunyoda yomonlik, zulm va zulmatning yaxshilik 
va yorug‘lik ustidan g‘alaba qilishi uchun kurashadi. Donishmand xudo 
dunyo va undagi hayotni, yorug‘likni, umuman, barcha ijobiy voqeliklarni 
 
66


yaratgan bo‘lsa, yovuz ruh o‘lim, zulmat, sovuqlik va odamlarga ziyon-
zahmat yetkazuvchi jonzodlarni yaratgan.  
Ezgulik ilohi Ahura Mazda va yovuzlik ruhi Axriman o‘rtasidagi 
kurash faqat ularning o‘zlariga xos emas. Bu kurashda ularning 
yordamchilari ham ishtirok etadi. Ahura Mazda avvalo olti nafar eng yaqin 
yordamchilariga tayanadi. Jumladan, Voxu Manah (ezgu fikr) poda va 
chorvani, Asha Vahishita (yuksak haqiqat) olovni, Hashatra Varya 
(munosib qudrat, hokimiyat) ma’danlarni, Sienta Armati (muqaddas itoat) 
yerni, Ameretat (mangulik) o‘simliklar dunyosini boshqargan. 
Shuningdek, u o‘ziga yo‘ldosh ilohlarni yaratgan. Ular Mitra, Anahita, 
Saroshi (itoatkorlik, intizom), Ashi (taqdirni belgilovchi xudo) va 
boshqalardan iborat bo‘lib, Ahura Mazdaning yovuzlikka qarshi kurashida 
unga yordam bergan. Ahura Mazda yaratgan xudolarning ayrimlari 
keyinchalik diniy tizimda katta nufuzga ega bo‘lgan. Masalan, Mitra 
(quyosh xudosi) odamlarning himoyachisi sifatida Eronda Ahura 
Mazdaning o‘rnini egallagan. U zardushtiylikdan tashqari boshqa dinlarda 
ham qabul qilingan. Masalan, Qadimgi Gretsiya va Qadimgi Rimda Mitra 
keng tarqalgan. 
Yovuz ruh Axriman ham Ahura Mazdaga qarshi kurashda yolg‘iz 
emas. Unga yovuz ruhlar (devlar), sehrgarlar, yomon hukmdorlar yordam 
beradi. Ular tabiatning to‘rt unsuri – olov, yer, suv, va osmon (havo)ga za-
rar yetkazadilar. Yovuz hukmdorlar birovni ko‘rolmaslik, yalqovlik, yol-
g‘on, nifoq singari boshqa illatlarni jamiyatda mustahkamlashga, 
kishilarga tarqatishga intiladi. 
Zardushtiylik ta’limotida axloqqa katta e’tibor beriladi, kishining 
ma’naviy barkamolligi qadrlanadi, odamlarni imon-e’tiqodli bo‘lishga 
da’vat etiladi. Faqat imonli odam ezgulikni yovuzlikdan farqlay oladi. 
Zardushtiylik imoni fikrlarning sofligi, so‘zning sobitligi, amallarning 
insoniyligiga asoslanadi.  
Odamlar tozalikka va tartib-intizomga qat’iy rioya qilishlari kerak. 
Kishilardagi mehr-shafqat, ota-ona, oila va Vatanga muhabbat, 
minnatdorlik his-tuyg‘ulari ulug‘lanadi. Ota-onadan farzand oldidagi 
burchini bajarishlari talab qilinadi. Bitta dinga e’tiqod qiladigan odamlar 
bir-birlariga yordam berishlari, hamjihatlikda va ahillikda yashashlari 
lozim. Ahura Mazda odamlarni mehnatni sevish, yerga ishlov berish va 
chorvani ko‘paytirishga da’vat etadi. Dunyoda moddiy boyliklarning 
ko‘payishi zulm va yovuzlikning yo‘qolishiga xizmat qiladi.  
Zardushtiylik ta’limotida ma’naviy qadriyatlarni jamiyatda qaror 
toptirish muammosi alohida ahamiyatga ega. Din kishilarni halol 
 
67


yashashga da’vat etsa-da, o‘z hayot yo‘llarini erkin tanlashlariga to‘sqinlik 
qilmaydi. Odamlar axloqiy tanlov erkinligiga ega. Xudolar darajasida 
yaxshilik va yomonlik tarafdorlari o‘rtasidagi kurashning natijasiga 
odamlarning qaysi tarafni tanlashlari ham ta’sir etadi. Zardushtiylikda 
insonlar xudolar o‘rtasidagi kurashning ojiz kuzatuvchisi emas, balki bu 
jarayonning muhim ishtirokchilari bo‘ladi. Har bir kishi hayot yo‘lini 
mustaqil tanlaydi va axloqiy tanlovi uchun narigi dunyoda va oxiratda 
shaxsan javobgar bo‘ladi. Odam hayot yo‘lini erkin tanlasa-da, uning 
taqdiri azaldan belgilangan.  
Diniy aqidalarda g‘ayridinlar va ularni ta’qib qilish yoki qilmaslik 
to‘g‘risida ham hech nima deyilmagan. Diniy e’tiqodi turlicha bo‘lgan 
odamlarning tinch-totuv yashashlari rag‘batlantirilgan. Jamiyatda diniy 
murosa va hamkorlik hukmronlik qilgan.  
Diniy ta’limotda dunyoning tuzilishi to‘g‘risidagi qarashlar katta 
ahamiyatga ega. Insoniyat tarixi 12 ming yildan iborat va to‘rt bosqichga 
bo‘linadi. Ularning har biri 3 ming yil davom etgan.  
Birinchi bosqichda ruh, g‘oya va narsalar bo‘lmagan. Asta-sekin ib-
tidoiy bo‘shliqdan keyinchalik yerda yuzaga kelgan narsa va hodisalarning 
dastlabki belgilari shakllangan. 
Ikkinchi bosqichda Donishmand xudo (Ahura Mazda) osmon, yulduz, 
oy, quyosh, tabiat, Odam Ato (Yima) va birinchi muqaddas buqa (Geush 
urvan) kabilarni yaratgan. Yima (Firdavsiyning «Shohnoma» dostonida 
Jamshid deb atalgan) xudo Ahura Mazdani ilk bora tan olgan kishi. Yima 
insoniyatning ajdodi bo‘lib, barcha odamlar undan tarqalgan. Muqaddas 
buqadan hayvonot dunyosi vujudga kelgan. Axriman ham Ahura Mazdaga 
qarama-qarshi koinotda planetalar va kometalarni, yerda cho‘llar, vahshiy 
hayvonlar, kasallik qo‘zg‘atuvchi jonzodlarni yaratgan. Qarama-
qarshiliklarning koinotdagi va yerdagi to‘qnashuvidan butun borliq 
harakatga kelgan.  
Uchinchi bosqichda Avestoda qayd etilgan personajlarning faoliyati 
boshlangan. Yima odamlar va chorvani olamning suv bosishi falokatidan 
qutqargan hamda Ahura Mazda yordamida odamlarga rahbarlik qilgan. 
Dunyoda yaxshilikning tantanasiga xizmat qilgan. Yima podsholigida 
odamlar sharaf uyi (jannat)da yomonlik, adolatsizlik, yovuzlik, kasallik va 
o‘limning nima ekanligini bilmay, baxtli hayot kechirganlar. Shu bois 
Yimaning hukmronlik davri Avestoda «oltin asr» deb ataladi. Yima 
davrida odamlar yer haydab, dehqonchilik qilganlar va chorva 
urchitganlar.  
 
68


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə