«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   63

Bizning fikrimizga ko‘ra, tarixiy diniy va boshqa manbalar zar-
dushtiylikning Xorazm vohasida yuzaga kelganligini ko‘rsatadi. Avestoda: 
«Birinchi muqaddas olov – Atarxurra Eran-vej (ba’zi manbalarda Ayrian 
vedja)da yoqildi deyiladi
3
. Mazkur hudud geografik va iqlimiy tavsifiga 
ko‘ra Xorazmga to‘g‘ri keladi. 
Zardushtiylikka taxminan 2700 yil oldin Xorazmda yashagan tarixiy 
shaxs Zardusht Sepitoma asos solgan. Zardusht ilohiyotshunos, faylasuf, 
shoir va tabiatshunos olim va mutafakkir sifatida jamiyat taraqqiyotiga 
to‘sqinlik qilayotgan qabilaviy diniy e’tiqodlarning o‘rniga, elatlarni 
birlashtiruvchi, yakkaxudolik belgilariga ega, yangi ijtimoiy-siyosiy va 
iqtisodiy munosabatlarga mos diniy tizimning asosini ishlab chiqqan. 
O‘zining diniy qarashlarini oddiy mehnat ahliga tushunarli tilda yozilgan 
«Gotlar» she’riy to‘plamida bayon qilgan. Mazkur to‘plam keyinchalik 
zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto»ning «Yosin» deb atalgan 
qismiga kiritilgan.  
«Zardusht» so‘zi qadimgi fors tilida ushtra – tuya, zarat – sariq, ya’ni 
keksa tuyachi, tuyachilar avlodi degan ma’nolarni anglatadi. Qadimgi 
Grek manbalarida mutafakkir zoroastr (grekcha actron  – yulduz degan 
ma’noni anglatadi), ya’ni donishmand munajjim deb yuritiladi.  
«Zardushtiylik» atamasi mazkur dinga nisbatan O‘rta asrlardan 
boshlab qo‘llanilgan. Zero, Zardushtning diniy ta’limotni ishlab chi-
qishdagi beqiyos xizmatlari inobatga olingan bo‘lsa kerak. Bungacha u 
Mazda Yasna, ya’ni mutlaq oqil zotga sig‘inish deb atalgan
4

Diniy rivoyatlarga ko‘ra, Zardusht odamlarni yangi dinga da’vat qilish 
faoliyatini boshlashdan oldin ibodatxonada kohinlik xizmatini bajargan va 
qirq yoshida ilohiy haqiqatga erishgan. Zardusht kunlarning birida (erta 
tong pallasida) muqaddas ichimlik «haoma» (hushyorlik, tiyraklik 
baxshida etuvchi muqaddas ichimlik)ni tayyorlash maqsadida daryodan 
suv olish uchun kelgan. Bu yerda unga unga porloq xilqat – Vaxumana 
ko‘ringan. Vaxumanadan taralib turgan nurdan Zardusht soya 
tashlamagan. Porloq xilqat uni ortidan ergashtirib, xudo Ahura Mazdaning 
(Avestoda Ahuro Mazdoh – qadimgi fors tilidan so‘zma-so‘z tarjimasi – 
oqil, donishmand xudo degan ma’noni anglatadi) oldiga olib borgan. 
Ahura Mazda uni odamlarga ilohiy haqiqatni yetkazishi uchun tanlaganini 
ma’lum qilgan. Shu vaqtdan u xudo Ahura Mazda hikmatlarini yoyuvchi 
vakil, ya’ni payg‘ambarlik (ezgulik haqida darak beruvchi kishi) 
                                           
3
 Ќаранг: Йўлдошхўжаев Ћ. ва бошќ. Диншунослик: Маърузалар матни. – 
Т., 2000. – Б. 38.
 
4
 Авесто: Яшт китоби / М. Исћоќов таржимаси. – Т., 2001. – Б. 36.
 
 
63


faoliyatini boshlagan
5
. Lekin avvalida Zardushtning da’vatkorlik faoliyati 
muvaffaqiyatsiz chiqqan. O‘z yurtida muvaffaqiyatsizlikka uchragan 
Zardusht maqsadiga erishish uchun vatanini tark etishga majbur bo‘lgan. 
Qo‘shni Baqtriya davlatida Zardushtga omad kulib boqqan. Baqtriya 
malikasi Xutosa va Shoh Vishtaspa zardushtiylikni qabul qilganlar. U 
Baqtriyaning davlat dini sifatida tan olingan.  
Zardushtiylikning Sharq mamlakatlarida keng yoyilishi Ahmoniylar 
imperiyasi davriga to‘g‘ri keladi. Miloddan avvalgi VI asrda Ahmoniylar 
shohi Kambiz zardushtiylikni davlat dini deb e’lon qilgan. Bu voqea 
mazkur dinning butun imperiya hududiga yoyilishiga shart-sharoit 
yaratgan. Diniy ta’limot yanada rivojlantirgan. Diniy marosim va urf-
odatlarni ishlab chiqish jarayoni yakunlangan. 
Zardushtiylik ta’limoti asoslari muqaddas Avesto (qadimgi fors tilida 
– o‘rnatilgan, qat’iy qilib belgilangan qonun-qoidalar degan ma’nolarni 
anglatadi) to‘plamida bayon qilingan. Avesto matnini to‘plash ishlari 
taxminan 2700 yil oldin boshlangan. To‘plamning matni dastlab midiya, 
baqtriya, so‘g‘diyona tillarida yozilganligi taxmin qilinmoqda. Miloddan 
avvalgi IV asrda to‘plamni tuzish ishlari yakunlangan, lekin matniga 
qo‘shimchalar kiritish asrlar osha davom etgan. Shu bois Avesto biz uchun 
o‘ziga xos yilnoma vazifasini o‘taydi. 
Bizgacha yetib kelgan Avesto matnlarining eng qadimgi qo‘lyozma-
lari milodiy III–IV asrlarda dastxat qilingan. Shuningdek, Eron va 
Hindistonda hozirgi zardushtiylar jamoalarida qo‘llaniladigan muqaddas 
to‘plamning matnlaridan ham foydalanilgan. Zardushtiylikka e’tiqod 
qiladigan har qaysi elat yoki millat Avestoga qo‘shimchalar kiritganlari 
sababli matnlarda tafovutlar bo‘lishi mumkin. Yevropa olimlari tarjima 
qilgan muqaddas to‘plamning nusxalari asosan Hindistondagi 
zardushtiylar jamoalarida saqlanib qolgan nusxalaridir.  
Tarixiy manbalarda qayd etilishiga ko‘ra, Ahmoniylar imperiyasini va 
Markaziy Osiyoning bir qismini bosib olgan makedoniyalik Iskandar 
Zulqarnayn (miloddan avvalgi 334–327 yillar) 12 ming buqa terisiga 
yozilgan Avestoning nodir nusxasini qo‘lga kiritgan. Matnlar Iskandarda 
katta qiziqish uyg‘otgan. Shu bois uning bir qismini grek tiliga tarjima 
qildirgan. Tarjima qilinmagan matnning katta qismi esa yo‘q qilingan. 
Lekin Avesto matnining keng ko‘lamda yo‘q qilinishi islomning yoyilishi 
davridan boshlangan.  
                                           
5
 Асќаров А. Ўзбекистон тарихи. – Т., 1994. – Б. 105.
 
 
64


Avesto 21 qism (nask)dan iborat to‘plam bo‘lib, bizga qadar uning 
to‘rtta qismi yetib kelgan: «Vandidot», «Yasna», «Visprat», «Yasht» 
nasklari1. 
Yasna naski xudolarga hamdu sano, munojot va qurbonlik qilish 
duolaridan tuzilgan. Uning matni 72 bobga bo‘lingan bo‘lib, bizgacha 
to‘liq yetib kelmagan. Zardushtning she’riy uslubda yozgan xatnoma 
(got)lari 17 bob hajmda shu qismga kiritilgan. 
Yashtlar naski – zardushtiylarning xudolarini madh etuvchi qo‘shiq. 
Ahura Mazda yaratgan ma’bud va ma’budalar (Avestoda yazatlar deb 
yuritiladi) sha’niga o‘qiladigan duo va alqov she’rlaridan tuzilgan. Nask 
22 bobdan iborat bo‘lib, shundan 10 tasi saqlanib qolgan.  
Visporad naski (barcha boblar degan ma’noni anglatadi) yashtlarga 
qo‘shimcha tarzda yozilgan bo‘lib, 25 bobdan iborat. Uning qismlari 
bizgacha to‘liq yetib kelmagan. Visporad namoz vaqtida o‘qiladigan oyat 
va suralardan, olamni bilishga oid pand-nasihatlardan tuzilgan.  
Vandidot (viydaivadota so‘zining o‘zgargan shakli bo‘lib, devlarga 
qarshi qonun degan ma’noni anglatadi) 22 bobdan iborat bo‘lib, ular 
bizgacha to‘liq yetib kelgan. Vandidot asosan devlarni mahv etishga 
mo‘ljallangan duolar, poklanish tartibi, Ahura Mazda va Zardushtning 
savol-javoblaridan tuzilgan. 
Avesto matnining hajmi juda katta bo‘lib, dindorlarga tushunish juda 
qiyinligi sababli, diniy ta’limotning asosiy g‘oyalarini qisqa va sodda tilda 
bayon qiluvchi kitobga ehtiyoj tug‘ilgan. Tarixiy zarurat natijasida 
dindorlar kundalik ibodatlarda foydalanadigan duolar va boshqa asosiy 
diniy marosimlardan tuzilgan «Xurda Avesto» («Kichik Avesto») to‘plami 
yaratilgan. Unda bizgacha yetib kelmagan nasklarning matnlari ham 
mavjud.  
Avestoda O‘rta Sharq davlatlarining miloddan avvalgi II ming 
yillikning boshlaridan milodiy I ming yillikning o‘rtalarigacha va undan 
keyingi tarixiy davrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud. Matnga qadimgi 
davrning xalq og‘zaki ijodi namunalari (afsonalar, rivoyatlar, ertaklar va 
matallar) kiritilgan. Unda ma’bud va ma’budalarning vazifalari, o‘zaro 
kurashlari va taqdirlari aks ettirilgan.  
Muqaddas Avesto diniy va ilmiy ahamiyatga ega yozma manbadir. 
Unda zardushtiylik qabul qilingan qadimgi davlatlarning iqlimi, geografik 
o‘rni, xo‘jaligi, ularda yashagan qabilalar va elatlarning urf-odatlari, 
an’analari, o‘zaro aloqalari to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud.  
Xulosa qilib aytish mumkinki, zardushtiylik ishlab chiqarishning 
rivojlanishi, mulkiy tengsizlik, sinflar va davlat bilan bog‘liq yangi 
 
65


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə