«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   63

eng ulug‘i; 8) tora (tavrot), ya’ni injilning birinchi besh kitobi Musoga 
xudo tomonidan berilgan; 9) Musoning qonunlarini boshqa qonunlar bilan 
almashtirib bo‘lmaydi; 10) koinot xudoning irodasi bilan boshqariladi; 11) 
yaxshilarga yaxshilik, yomonlarga jazo bor; 12) Isroilga xaloskor keladi; 
13) o‘lganning tirilishi haqiqat. 
Maymond yozgan yuqoridagi aqidalar orqali iudaizmni yanada ku-
chaytirish, uning feodalizm manfaatlarini kuchliroq himoyachisiga 
aylantirish, dinni shakkoklik va kufrlardan himoya qilish, iudaizmni 
zamonaviylashtirishga urinish edi. Yangi aqidalarda iudaizmning xaloskorlik 
vazifasini kuchaytirish ham maqsad qilib olingan. 
Sionizm  Sion tog‘lari nomidan olingan. U qadim zamonda tuzilgan 
ahdnoma to‘g‘risidagi tavrot rivoyatlari asosida ishlab chiqilgan iudaizm 
dinining zamonaviy ko‘rinishidir. 
Sionizm paydo bo‘lgan vaqtdan boshlaboq iudaizmning yahudiy xalqi 
«xudoning arzandasi» degan da’vosini bayroq qilib olgan. Sionizm o‘zaro 
bog‘langan ikkita maqsadni ishlab chiqib, ularni izchil amalga oshirib 
kelmoqda. Bu maqsadlar quyidagicha: 1) tarixiy sabablarga ko‘ra turli 
tomonlarga ketib, o‘sha joylarda ko‘p asrlardan buyon yashayotgan 
yahudiylarni o‘z yurtlariga, ya’ni ajdodlarining Vataniga qaytarib kelish va 
Isroil davlatini Yer yuzidagi jannatga aylantirishga xizmat qildirish; 2) 
agar shaxs yahudiy millatiga mansub bo‘lsa-yu, ammo yashab turgan 
joyidan Isroilga ko‘chib kela olmasa, uni o‘sha yerdan turib Isroilni 
iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga hissa 
qo‘shishga da’vat qilish. 
Iudaizmda yahudiylarning kundalik turmushi bilan bog‘liq mu-
nosabatlarni tartibga solishga katta e’tibor beriladi. Masalan, har bir dindor 
taom iste’mol qilish, jinsiy munosabatlar, jamoat joylari, 
ibodatxonalardagi xulq-atvor qoidalari va hokazolarni tartibga soladigan 
365 ta taqiq va 248 ta buyruqlarni yoddan bilishi kerak.  
Mazkur dinda diniy bayramlarga alohida e’tibor beriladi. Ularning 
asosiylari quyidagilardan iborat: shabbat (shanbalik) – dam olish kuni va 
bunda har qanday ijtimoiy faoliyat taqiqlanadi; yom kippur (cheklanish 
kuni) – bir kunlik ro‘za, tavba-tazarru qilish; pesax (pasxa) – bahorning 
boshlanishi bayrami va hokazolar. 
Iudaizmda diniy tashkilot tarixiy taraqqiyot bosqichlarida o‘zgarib 
borgan. Dastlab dindorlar jamoalariga kohinlar rahbarlik qilganlar. Diniy 
hayot Yaxve (Quddus) ibodatxonasida markazlashtirilgan. Diaspora davri 
boshlanganidan keyin diniy hayotda sinagoga – ravvin (ustoz) 
rahbarligidagi dindorlar jamoasi tuzilgan.  
 
60


Hozirgi davrda iudaizm Isroil davlatida asosiy din bo‘lsa-da, davlat 
dini maqomiga ega emas. Shunga qaramasdan, u davlatning madadiga 
tayanadi. Uning ijtimoiy hayotga ta’siri juda kuchli. Diniy jamoalar 
rahbarlari ravvinlar davlat xizmatchisi maqomiga ega. Ravvinlar fuqarolik 
holatini rasmiylashtiradilar. Qurolli kuchlarda tarbiyaviy ishlarni olib 
boradilar, diniy marosimlarga rahbarlik qiladilar.  
Iudaizm diniy jamoalari Isroildan tashqari jahonning juda ko‘p 
davlatlarida faoliyat olib boradi. Jumladan, O‘zbekistonda ham rasmiy 
diniy konfessiya sifatida tan olingan.  
Xulosa sifatida qayd etish lozimki, Iudaizm yakkaxudolikka 
asoslangan eng qadimgi dinlardan biri, rivojlangan diniy marosimga ega, 
xalqning ma’naviy dunyosini boyitishga xizmat qiluvchi milliy dindir. 
Asrlar davomida takomillashtirib kelgan mazkur diniy ta’limot va 
marosimlar tizimi jahon dini maqomida xalqaro munosabatlarda faol 
ishtirok etib kelayotgan xristianlik va islom aqidalarining shakllanishga 
beqiyos hissa qo‘shgan.  
 
Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 
1.
 
Diniy tizimlarning yuzaga kelishi sabablari nimalardan iborat? 
2.
 
Diniy tizimlarga xos qanday xususiyatlarni bilasiz? 
3.
 
Qadimgi Mesopotamiya diniy tizimining o‘ziga xos xususiyatlari 
nimalardan iborat?  
4.
 
Qadimgi Shumer xudolariga sig‘inish qachon paydo bo‘lgan?  
5.
 
Qadimgi Mesopotamiya diniy ta’limoti va marosimlari nimalarda 
aks etgan? 
6.
 
Qadimgi Misrda fir’avnlar nima sababdan xudo sifatida 
ulug‘langan? 
7.
 
Qadimgi Misrning diniy marosimlariga xos xususiyatlar nimalardan 
iborat? 
8.
 
Yakkaxudolik to‘g‘risidagi g‘oya dastlab qayerda yuzaga kelgan? 
9.
 
Qadimgi Misrda nega odam o‘lganidan keyin mumiyolangan? 
10.
 
G‘arbiy Yevropa madaniyatining rivojlanishiga qaysi qadimgi din 
katta hissa qo‘shgan? 
11.
 
Qadimgi Gretsiya diniga xos bo‘lgan xususiyatlar nimalardan 
iborat? 
 
61


4-mavzu 
ZARDUSHTIYLIK DINI 
Zardushtiylikning kelib chiqishi sabablari  
va muqaddas bitigi 
Miloddan avvalgi VII–VI asrlarda Markaziy Osiyoda qabilaviy 
ittifoqlar va boshqaruvi urug‘-aymoqchilik munosabatlariga asoslangan 
Xorazm va Baqtriya qadimgi davlat birlashmalari yuzaga kelgan. Bu 
mamlakatlar mintaqada uzoq vaqt davom etgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy 
va madaniy jarayonlarning hosilasi bo‘lgan. Ular ta’sirida jamiyatda tutgan 
o‘rni, imkoniyatlari va ahamiyatiga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan 
guruhlar, tabaqalar va sinflar yuzaga kelgan. Davlat esa mavjud ijtimoiy 
munosabatlarni himoya qiluvchi siyosiy tashkilot vazifasini bajargan. 
Ijtimoiy-siyosiy hayotda yuz bergan o‘zgarishlar talablariga ibtidoiy 
madaniyat, shu jumladan diniy e’tiqod ham mos kelmagan. Shu bois, 
mavjud diniy e’tiqodni yangi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy 
munosabatlarga moslashtirish zarur edi. Zardushtiylik esa mazkur 
talablarga mos diniy ta’limot va o‘ziga xos dunyoqarash sifatida yuzaga 
kelgan.  
Zardushtiylikning yuzaga kelishi sabablari quyidagilardan iborat: 
– 
jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, sinflar va 
davlatning yuzaga kelishi natijasida eski munosabatlarni aks ettiruvchi 
ibtidoiy din shakllarning yangi davr talablariga mos kelmay qolishi; 
– tabiat kuchlari, mavjudotlar va ruhlarni muqaddaslashtiruvchi, 
vazifalari noaniq g‘ayritabiiy kuchlarni ifodalaydigan urug‘-qabilaviy din, 
o‘z qiyofasiga ega, ishlab chiqarish sohalariga homiylik qiladigan, kuch va 
imkoniyatlariga ko‘ra guruhlashgan qudratli xudolar bilan almashtirish 
zarurati; 
– ma’naviy tajribani umumlashtirish va ularga ilohiy tus berish bilan 
jamiyat va davlatni yanada mustahkamlash ehtiyoji.  
Zardushtiylikning qayerda vujudga kelganligi masalasida muta-
xassislar turlicha ma’lumot beradilar. G‘arb (Yevropa va Shimoliy 
Amerika) mutaxassislarining aksariyat qismi zardushtiylikning Eronda 
yuzaga kelganligi e’tirof etadilar. Sharqda ham ushbu masalada 
munozaralar davom etayotgan bo‘lsa-da, ko‘pchilik mutaxassislarning 
fikriga ko‘ra, zardushtiylik Xorazm yoki Baqtriya           da yuzaga kelgan. 
Sobiq Ittifoq parchalanib ketganidan keyin Markaziy Osiyoda mustaqil 
davlatlarning yuzaga kelishi bilan bu masaladagi bahslar yanada kuchaydi. 
 
62


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə