«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   63

Ajdodlar ruhiga sig‘inish va «syao» ta’limoti oilaviy qadriyatlarning 
jamiyatda mustahkamlanishiga yordam bergan. Oila jamiyatning negizini 
tashkil qilgan va shaxs manfaatlaridan oila manfaatlari ustun qo‘yilgan. 
Oilaviy munosabatlarni tashkil etishda hissiyot, tuyg‘ular muhim emas. 
Muhabbat o‘tkinchidir. Uning yo‘qligi er-xotinning asosiy burchi 
hisoblanuvchi ko‘p farzandli bo‘lish va ularga tarbiya berish vazifasining 
bajarilishiga xalaqit bermasligi lozim.  
Ajdodlar ruhiga sig‘inishning muhim jihatlaridan biri – kattalarga 
so‘zsiz bo‘ysunish. Har qanday katta kishiga, ota-ona, davlat xizmatchisi 
yoki hukmdorga kichik, xodim yoki fuqaro so‘zsiz itoat etishi lozim. 
Yoshlarni kattaga ko‘r-ko‘rona bo‘ysunishi fozillik hisoblangan. 
Xulosa sifatida qayd etish lozimki, hozirgi davrda konfusiylik Xitoyda 
oldingi mavqeini yo‘qotgan bo‘lsa-da, diniy e’tiqod sifatidagi ahamiyatini 
saqlab qolgan. 
Iudaizm dini 
Iudaizm dini Falastinda miloddan avvalgi II ming yillikning oxirlari – 
I ming yillikning boshlarida vujudga kelgan. «Iudaizm» atamasi yahudiy 
qabilalar ittifoqiga kirgan (Ruvit, Simon, Levin va Iuda singari) 12 
qabilaning eng kattasi nomidan olingan. Miloddan avvalgi X asrda ular 
Iuda qabilasi atrofida birlashtirilgan. Qabila vakili Dovud Isroil-yahudiy 
davlatining podshohi lavozimini egallagan.  
Miloddan avvalgi XIII asrda yahudiy ko‘chmanchi qabilalari Falas-
tinga bostirib kelishiga qadar totemizm, animizm va sehrgarlik avj olgan 
va ko‘pxudolik amalda mavjud bo‘lgan. Yahudiylarning diniy e’tiqodida 
yakkaxudolik g‘oyalari Falastinni bosib olganidan keyin shakllana 
boshlagan. Bu jarayon uzoq vaqt davom etgan. Dastlab bosh xudo sifatida 
Yaxve (Iyegova) tog‘lar, chaqmoq, momaqaldiroq va suv xudosi qabul 
qilingan bo‘lsa-da, aholi ko‘pxudolik an’analarini saqlab qolgan. Miloddan 
avvalgi 622 yilda podsho Iosif ko‘pxudolik amaliyotini tugatish maqsadida 
Yaxvedan boshqa xudolarga sig‘inishni bekor qilgan. Lekin 
yakkaxudolikni joriy qilish maqsadida davlat tomonidan ko‘rilgan choralar 
ham samara bermagan. Miloddan avvalgi 586 yilda Yangi Bobil podshosi 
Navuxodonosor Iudeyani bosib olganidan keyin vaziyat tubdan o‘zgargan. 
Navuxodonosorning buyrug‘i bilan Quddusdagi iudaizmning bosh 
ibodatxonasi vayron qilingan. Yahudiylarning bir qismi Mesopotamiyaga 
majburan ko‘chirilgan. Isroilda mustaqillik uchun kurash boshlangan. 
Iudaizm dini yahudiylarning davlat mustaqilligini qayta tiklash va 
majburan ko‘chirib yuborilgan yurtdoshlarini Vataniga qaytarish uchun 
 
57


kurashida (diaspora) mafkura vazifasini bajargan. Shu vaqtdan boshlab 
yakkaxudolik g‘oyasi yahudiylarni birlashtiruvchi diniy mafkura sifatida 
jamiyatda mustahkamlangan.  
Iudaizm dini aqidalari va marosimlari muqaddas manbalarda bayon 
qilingan. Ular muqaddas bitiklar (Tanak) va muqaddas rivoyatlar (Talmud 
– qadimgi yaxudiy tilida lameyd – o‘rganish degan ma’noni anglatadi)ga 
bo‘linadi.  
Tanak – xristianlikning muqaddas kitobi Injil (Bibliya)ning Eski ahd 
qismiga kiritilgan. Tanak manbalarda Tavrot deb qayd etiladi. Tavrot 
miloddan avvalgi X–V asrlarda yozilgan va quyidagi kitoblardan iborat: 
Borliq, Chiqish, Loviy, Sonlar, Ikkinchi qonun. Miloddan avvalgi V asrda 
muqaddas bitik yagona to‘plam sifatida dastxat qilingan. Tavrotning 
qismlarida Yaxvening yagonaligi, olamning yaratilishi, Adam va 
Yevaning jannatdan quvilganligi, ularning avlodlarini sarguzashtlari 
hamda xudo bilan murakkab munosabatlari tasvirlangan.  
Muqaddas manbalarda qayd etilgan rivoyatlarga binoan, payg‘ambar 
Musa (Moisey)ga Sinay tog‘ida xudo Yaxvedan vahiy kelgan. Xudo 
Yaxve uning vositachiligida yahudiy xalqi bilan ahdnoma «zavet» tuzishni 
taklif etgan. Ahdnomaning asosini ikkita shart tashkil etadi. Birinchisi – 
yahudiy xalqi Yaxveni xudolarning eng qudratlisi emas, balki yagona 
xudo, borliqning yaratuvchisi va unda yuz berayotgan hodisalarni 
belgilovchi sifatida tan olishi lozim. Ikkinchisi – yahudiylarga Yaxvega 
sodiqligini isbotlasa, xudoning nazari tushgan xalq imtiyozi beriladi va 
uning himoyasida bo‘ladi.  
Yahudiylar xudoning sevimli bandasi bo‘lib, ularga yerda inson-
parvarlik, tenglik, farovonlik, hamjihatlik va boqiy hayotga hukmron 
ilohiy jamiyatni qurish messiyasini bajaruvchi xalq mas’uliyati 
yuklatilganligi aqidasi mavjud. Binobarin, unga asoslanib ravvinlar 
(qadimgi yahudiy tilida rabbi – mening ustozim degan ma’noni anglatadi), 
ya’ni ruhoniylar miloddan avvalgi 444 yilda yahudiylarning boshqa xalqlar 
bilan quda-andachilik munosabati o‘rnatishini taqiqlovchi qonun qabul 
qilinishiga erishganlar. Masalaning diqqatga sazovor jihati shundaki, bir 
tomondan, bu qonun yahudiylarni boshqa xalqlarga qarshi qo‘yish (hatto 
ularning ta’qibi)ga sabab bo‘lsa, ikkinchi tomondan, xalqni qiyin 
sinovlarni yengib o‘tish yo‘lida jipslashtiruvchi vosita vazifasini bajargan.  
Yaxve Musaga Sinay tog‘ida «ahdnoma» bergan. Ahdnomaning maz-
muni Tavrotning «Chiqish» va «Ikkinchi qonun» qismlarida qayd etilgan. 
U o‘nta diniy aqidalar, axloqiy-huquqiy normalardan tuzilgan. Ular 
quyidagilardan iborat: 
 
58


1) faqat Yaxvega sig‘inish; 
2) Yaxvedan boshqa osmondagi, yerdagi, suvdagi yoki undan pastda 
turgan narsalar va mavjudotlarni ilohiylashtirmaslik, ularning butlarini 
yaratmaslik va sig‘inmaslik; 
3) xudoning nomini besabab tilga olmaslik; 
4) haftaning olti kunida ishlab, shanba kunida xudoga sig‘inishni 
unutmaslik (zero, xudo dunyoni olti kun davomida yaratib, yettinchi 
kunida fatvo bergan va uni muqaddaslashtirgan); 
5) ota-onani hurmat qilish
6) odam o‘ldirmaslik; 
7) zino qilmaslik; 
8) o‘g‘rilik qilmaslik; 
9) yaqin kishilarga yolg‘on guvohlik bermaslik; 
10) yaqin kishilarning haqiga xiyonat qilmaslik. 
Ahdnoma shartlari yahudiylar uchun amal qiladi va boshqa xalqlar 
vakillari bilan munosabatlarda legitimlik kuchiga ega emas. Zero, «jonga-
jon, qonga-qon» aqidasi bu muammoga ko‘proq oydinlik kiritishi 
ehtimoldan xoli emas.  
Tavrotning «Chiqish» kitobida yakkaxudolik Moiseyning yahudiy-
larni Misr qulligidan qutqarganidan keyin joriy qilinganligi to‘g‘risida 
hikoya qilingan. Tarixda yahudiylarning Misrda tutqunlikda bo‘lganligi 
qayd etilmagan. Rivoyatda aks ettirilgan hodisalar yahudiylarning 
Falastinni bosib olish uchun kurashi davri bo‘lsa kerak.  
Iudaizmning muqaddas rivoyatlari Talmud (qadimgi yahudiy tilidagi 
lameyd  so‘zidan olingan bo‘lib, o‘rganish, tahlil qilish degan ma’nolarni 
anglatadi) hisoblanadi. Diaspora davrida Tavrotning matnlariga 
sharhlardan tuzilgan. Miloddan avvalgi II–I asrlarda Talmud og‘zaki 
an’ana shaklida yoyila boshladi. Milodiy III–V asrlarda dastxat qilingan. 
Jinoiy va fuqaroviy munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar, axloq 
normalari, diniy aqidalar va qoidalarning sharhlari, oilaviy va shaxsiy 
hayot masalalari yuzasidan maslahatlardan tuzilgan. 
Diniy aqidalarni tafsir qilish keyingi davrlarda ham davom ettirilgan. 
O‘rta asrlarda iudaizm o‘zining eski mazmunini saqlab qolgan holda biroz 
o‘zgargan. XI–XII asrlarda iudaizmda hukmronlik qilgan ravvinlar uning 
ko‘p tomonlarini qayta ishlab chiqqanlar. O‘rta asrning ko‘zga ko‘ringan 
faylasuflaridan biri bo‘lgan ravvin Maymond iudaizmning 13 ta asosiy 
aqidasini tuzib chiqqan. Ular quyidagilardan iborat: 1) olamni yaratuvchi 
xudo bor; 2) u bitta; 3) u jismsiz; 4) u ibtidosiz; 5) faqat xudoning bir 
o‘ziga sig‘inish kerak; 6) tabiiy sir – haqiqat; 7) Muso payg‘ambarlarning 
 
59


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə