«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   63

1) hanafiya mazhabiga Imom Abu Hanifa (Imom A’zam) asos solgan. 
Mazhabning mafkurasi islom aqidalarini ijtimoiy hayotga tatbiq etishda 
ijodiy yondashuvga asoslanadi va bunda qiyos (arabchada – solishtirish, 
taqqoslash, o‘xshatish degan ma’nolarni anglatadi) qoidalarini qo‘llash 
bilan musulmon jamoasi yoki davlat manfaatlariga ko‘proq mos keluvchi 
yechimni tanlashga intiladi. Hanafiya mazhabiga sunniylarning 1/3 e’tiqod 
qiladilar; 
2) molikiya  mazhabiga  Malik ibn Onas (713–795) asos solgan va 
Muhammad alayhissalom hayotligi davrida vujudga keltirilgan diniy-
huquqiy tartibotga asoslanadi. Molikiya mazhabi Qur’on va sunnatni aqlga 
asoslanib (ratsional) talqin qilishga qarshilik qilsa ham, qiyosni ijtimoiy 
hayotda qo‘llashni to‘liq inkor etmaydi. Hozirda ushbu mazhabning Tunis, 
Jazoir, Marokash singari davlatlarda tarafdorlari bor
3) shofi’iy  mazhabiga  Imom ash-Shofi’iy (767–820) asos solgan. 
Shafi’iy mazhabi hanafiya va molikiya mazhablarini o‘zaro murosaga 
keltirish tarafdori. U diniy mafkurasiga ko‘ra, qiyos va ijmo (birdamlik, 
yakdillik bilan qabul qilingan qaror)larni ijtimoiy hayotda qo‘llashda 
cheklashga yo‘l qo‘yganligi uchun molikiya maktabiga yaqin turadi. 
Shofi’y mazhabi hozirda Suriya, Misr, Sharqiy Afrika mamlakatlarining 
ba’zilarida va janubiy Arabiston davlatlarida saqlanib qolgan;  
4) hanbaliya  mazhabiga  Imom Ibn Hanbal (780–755) asos solgan. 
Ushbu mazhab ijtimoiy hayot masalalarini hal etishda faqat Qur’on va sunnat 
qoidalariga asoslanib qaror chiqarish tarafdori hamda qiyos va ijmolarni 
qo‘llashda faqat sahobalarning birgalikdagi maslahati bilan qabul qilingan 
hukmlarni tan oladi. Mazhab diniy masalalarda erkin fikrni inkor qiladi va 
ta’limoti ijtimoiy hayotdagi zamonaviy talablardan ortda qolganligi, erkin 
fikrni rad etishi sababli, islom mamlakatlarida uning tarafdorlari ko‘p emas. 
Sunniylikdagi mavjud diniy huquqiy mazhablar e’tiqod 
qiluvchilarining miqdori jihatidan bir-biridan farq qilsa ham, huquqda 
tengligi e’tirof etiladi va din asoslariga zid deb hisoblanmaydi. 
X asrga kelib, islom dinida ortodoksal mavqega ega hisoblanuvchi 
kalom (arabchada – so‘z, nutq degan ma’nolarni anglatadi) ta’limoti paydo 
bo‘lgan. Uning tarafdorlari mutakallimlar deb ataladi va ilk namoyandalari 
– al-Ash’ariy (873–935), Maturidiy (944 yilda vafot etgan) islom 
aqidalarini ijodiy tafsir etishga qarshi chiqqanlar. Mutakallimlar musulmon 
ruhoniylarining an’anaviy davomchilari tomonidan tanqidga uchraganlar. 
Mutakallimlar barcha narsa va hodisalar asosida Olloh irodasi yotganligini 
ta’kidlaydilar. Ular, jumladan, Qur’oni karimning yaratilishiga oid ayrim 
fikrlarni ham olg‘a suradilar. Qur’oni karimning ilohiy kelib chiqishi 
 
147


to‘g‘risidagi g‘oyani himoya qilib, muqaddas kitobni emas, balki uni ifoda 
etuvchi harflarni, siyoh va qog‘oznigina inson tomonidan yaratilgan deb 
hisoblaydilar.  
Mutakkalimlarga qarama-qarshi mu’taziliylar (arabchada – ajralib 
chiqqanlar, uzoqlashganlar degan ma’nolarni anglatadi) oqimi VIII asrda 
yuzaga kelgan. Oqimga Vosil ibn Ato (699–748) asos solgan. Uning a’zolari 
falsafa va mantiqning metod va tushunchalarini ilohiyotga tatbiq etib, 
mistikaga qarshi chiqqanlar, qur’on va sunnatni aql-idrokka mos talqin etish 
hamda islomga ratsionalistik elementlarni kiritish tarafdorlari bo‘lganlar. 
Mu’taziliylar ta’limoti VIII asrning birinchi yarmida rasmiy e’tiqod sifatida 
qabul qilingan. VIII asrning o‘rtalaridan boshlab ortodoksal e’tiqod 
tarafdorlarining hokimiyatda ustunlikni qo‘lga kiritganliklari sababli, bu 
oqim taqiqlangan va ta’qib qilingan. U hukumat tomonidan to‘xtovsiz taqib 
qilinganligi sababli O‘rta Sharqda XI–XII asrlarda, Markaziy Osiyoda XIII–
XIV asrlarga kelib yo‘q bo‘lib ketgan. Mazkur oqimning mintaqadagi 
so‘nggi vakillaridan biri – Zamahshariydir. 
Islom dinida mistik va tarkidunyochilik g‘oyasiga asoslangan so‘fizm 
oqimi ham mavjud bo‘lib, u taxminan VIII asrda arab mamlakatlarida 
vujudga kelgan. Uning keng yoyilishi XI asrga to‘g‘ri keladi. So‘fizmning 
(arabchada – jun, qo‘pol jun kiyim, jun kiyim kiyib yuruvchi degan 
ma’nolarni anglatadi) asosiy g‘oyasi barcha musulmonlarning Olloh oldida 
tengligi to‘g‘risidagi aqidaga asoslanadi. So‘fiylar odamlarni halol pok 
bo‘lishga, kasb hunar egallab o‘z mehnati bilan yashashga, boshqalarning 
mehnatidan foydalanmaslikka, tenglik va ijtimoiy adolat qoidalariga amal 
qilishga da’vat etadilar.  
So‘fizm ta’limotida buddizm va neoplatonizm elementlari ham 
mavjud bo‘lib, ular so‘fizmning panteistik ta’limotida yaqqol ko‘rinadi. 
Panteizmning mohiyati shundaki, unda barcha narsa va hodisalar jonli 
hisoblanib, Olloh irodasining ifodasi deb ta’kidlanadi. So‘fiylarning asosiy 
g‘oyasiga ko‘ra, kishi bu dunyodagi faoliyatini faqat bir maqsadga – Olloh 
bilan uyg‘unlashishga, birlashishga safarbar etmog‘i lozim. Ilohiy 
haqiqatga kishi asta-sekin, bosqichma-bosqich erishadi. 
So‘fiylar ta’limotining ayrim elementlari keyinchalik ortodoksal islom 
tarkibiga ham kiritilgan. Bu ishda islom ruhoniylaridan al-Fazzoliyning 
hissasi salmoqli bo‘lgan. U so‘fizmning mistik muroqaba (intuitsiya), 
ya’ni Ollohni hissiy idrok etish g‘oyasini qabul qilgan va so‘fizmdan farqli 
o‘laroq, barcha musulmon udumlarini bajarishni farz deb hisoblagan. 
Biroq u so‘fizmning panteistik g‘oyalarini qabul qilmagan. Fazzoliyning 
tashqi voqelikni passiv idrok etish haqidagi g‘oyasi musulmonlarda tashqi 
 
148


olam narsa va hodisalariga nisbatan yuzaki qarash odatini shakllantirgan. 
Bu keyingi asrlarda o‘z natijasini bera boshlagan. Al-Fazzoliyning mazkur 
ta’limoti o‘rta asrlarda ilm-fan, jumladan tabiatshunoslik ilmining 
rivojlanishi va Markaziy Osiyoda ilmiy taraqqiyotga beqiyos hissa 
qo‘shgan mutafakkirlarning yetishib chiqishiga to‘sqinlik qila olmagan. 
Islom dinining asosiy yo‘nalishlari va oqimlari xususida to‘xtalganda 
undagi ikki asosiy tamoyil yoki yo‘nalish haqida gapirmaslik mumkin 
emas. U islom dini paydo bo‘lganidan buyon o‘tgan 1400 yillik ijtimoiy 
taraqqiyot davomida shakllangan. Shu o‘tgan davr mobaynida insoniyat 
feodalizmdan kapitalizmgacha, bozor munosabatlari shakllangan 
davrlargacha teokratik davlatdan respublika, prezidentlik boshqaruviga 
asoslangan davlat tuzilishigacha bo‘lgan tarixiy bosqichlarni bosib o‘tgan. 
Islomdagi bu ikki yo‘nalish fanda traditsionalizm va modernizm nomi 
bilan mashhur. 
Traditsionalizm «ortodoksal islom» nomi bilan ham yuritiladi. U 
o‘zbek tilida ilk islom ta’limoti, Qur’on va sunnalarda qayd etilgan 
g‘oyalarning asl mohiyatini saqlab qolish, zamon, davr o‘zgarishi bilan 
ayrim islom aqidalarining ham o‘zgarishi mumkinligi haqidagi fikrlarni 
inkor etuvchi ruhoniylar faoliyati bilan bog‘liqdir. Traditsionalistlar nuqtai 
nazaricha, islom dinining aqidalari, olam haqidagi Olloh ta’limoti abadiy 
va mutlaqdir. Zamonda va tarixda bo‘ladigan har qanday o‘zgarish Olloh 
tomonidan oldindin belgilangan va hukm qilingan bo‘lib, barcha narsa va 
hodisalar uning irodasi bilan sodir bo‘ladi va mavjuddir. Traditsionalizm 
islom dinida hurfikrlilik va erkinlik bo‘lishiga tish-tirnog‘i bilan qarshi 
chiqadi, islomdagi o‘zgarishlarni tanqid qiladi. Buning yorqin ko‘rinishi 
XVIII asr oxirlarida paydo bo‘lgan va hozirgi kunda jahonning qator 
mintaqalarida ortodoksal islomni targ‘ib qiluvchi o‘ta janggari oqimlardan 
biri vahhobiylik hisoblanadi. 
Vahhobiylar islom dinidagi modernistik tamoyilga qarshi chiqadilar, 
fundamentalizm da’vosi bilan dindagi har qanday o‘zgarishlarga qarshi 
kurashadilar, ekstremistik da’vatlar bilan din ahlini bir-birlariga qarshi 
qo‘ymoqchi, hattoki davlat ishlariga ham aralashmoqchi bo‘ladilar va o‘z 
g‘oyalarini qaror toptirish maqsadida diniy davlat tuzishga ham da’vo 
qiladilar.  
Modernizm, ya’ni islom dinini ijtimoiy taraqqiyot, fan va texnika 
yutuqlari bilan uyg‘unlashtirishga urinish muayyan darajada mafkuraviy 
yo‘nalish yoki ta’limot mavqeiga egadir. Islom modernizmi asosan XIX 
asrlarda paydo bo‘lgan. U islom dunyosining ilg‘or fikrli ziyolilari 
tomonidan yaratilgan. Ular G‘arbda burjua munosabatlarining rivojlanishi 
 
149


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə