«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   63

Najmiddin Kubro tariqati Movarounnahr, Xuroson, Hindiston va 
boshqa musulmon xalqlari orasida keng tarqalgan. Uning ta’limoti asosida 
kubraviya maktabi vujudga kelgan va deyarli XV asrgacha tasavvuf 
ta’limotini ifodalovchi asosiy yo‘nalishlardan biri bo‘lgan. 
Najmiddin Kubro Urganch shahrini mo‘g‘ul bosqinchlaridan himoya 
qilishda shiddatli jangda shahid bo‘lgan. O‘shanda u 70 yoshda bo‘lgan. 
Uzoq vaqt mobaynida mo‘g‘ul mustamlakachiligiga qarshi olib 
borilgan kurashlar XIV asrning ikkinchi yarmiga kelib Markaziy Osiyoda 
sohibqiron Amir Temur boshchiligidagi mustaqillik uchun urushlar 
g‘alabasi va Movarounnahrda yagona davlat barpo etilishi bilan 
yakunlangan. Islom dini bu davrda Amir Temur va temuriylar siyosatida, 
mamlakatdagi ma’naviy birlik, madaniy yuksalish, adolat o‘rnatish va 
saqlash ishiga qaratilgan. Islom dini asosida shakllangan tasavvuf, ayniqsa, 
naqshbandiya o‘sha davr ma’naviyatining g‘oyaviy asosi bo‘lib xizmat 
qilgan. Naqshbandiya islomga tayangan holda insonning axloqiy poklik, 
mehnat va bilim egallashiga keng yo‘l ochib beruvchi g‘oyalarni targ‘ib 
qilib, ma’naviy-ijtimoiy hayotda katta ijobiy ahamiyatga ega bo‘lgan. 
Bahovuddin Naqshband, Yoqub Charxiy, Xo‘ja Muhammad Porso, Xo‘ja 
Akrom kabi naqshbandiya nazariyotchilari shu davrda yashab ijod 
etganlar. 
Markaziy Osiyoda XIV asrda tasavvuf ilmi sohasida vujudga kelgan 
tariqat Xoja Muhammad Bahovuddin Naqshband (1318–1389) nomi bilan 
bog‘liqdir. Bahovuddin Naqshband 1318 yilda Buxoro yonidagi Qasri 
Hinduvon qishlog‘ida tug‘ilgan (keyinchalik Naqshband sharofati bilan 
Qasri Orifon deb atala boshlangan). 
Naqshband ta’limoti asosida ixtiyoriy faqirlik yotadi. Atoqli 
sharqshunos olim YE. E. Bertelsning yozishicha, u umr bo‘yi dehqonchilik 
bilan kun kechirgan va o‘z qishlog‘idagi uncha katta bo‘lmagan yeriga 
bug‘doy va mosh eksa-da, uyida hech qanday mol-dunyo va boylik 
saqlamagan. Naqshband bo‘yra ustida yotib kun kechirgan va butun umrini 
o‘z ixtiyori bilan faqirlikda, yo‘qchilikda o‘tkazgan. Naqshband 
tariqatining asl aqidasi – «dil ba yoru, dast ba kor», ya’ni «doimo 
ko‘ngling Ollohda, qo‘ling esa ishda bo‘lsin», degan g‘oyani olg‘a suradi. 
Naqshbandiya ta’limoti XV asrda Afg‘oniston, Eron, Hindiston singari 
musulmon mamlakatlarida keng tarqalgan. Bu ta’limot tarafdorlari 
asketizm (tarkidunyochilik)ga, boy-zodagonlarning zulmi va istibdodiga 
qarshi bo‘lganlar, faqat o‘z qo‘l kuchi, peshona teri bilan halol mehnat 
qilib kun kechirishga kishilarni chaqirganlar. Ular shu bilan birga savdo-
sotiq, dehqonchilik, hunarmandchilik, badiiy adabiyot, musiqa, ilm-
 
156


ma’rifat, xattotlik, naqqoshlik, miniaturachilik, quruvchilik kabi barcha 
foydali va xayrli yumushlar bilan shug‘ullanishga da’vat etganlar. 
Xoja Bahovuddin Naqshbandni Markaziy Osiyo xalqlari juda yuksak 
qadrlaydilar. 1993 yilda mamlakatimizda Bahovuddin Naqshband 
tavalludining 675 yilligi keng nishonlanganligi bejiz emas. Naqshbandning 
nafaqat diniy, balki dunyoviy hunarlarni ham egallashga da’vat etganligi 
mustaqilligimiz taqozo etgan xalq bunyodkorligiga g‘oyaviy madad 
bo‘ladi. Shu bois xalqimiz tasavvuf ilmining darg‘alaridan biri bo‘lmish 
Xoja Bahovuddin Naqshband ta’limotiga asrlar osha yana murojaat qilishi 
tabiiydir. Zero, tarixiy xotirasiz kelajak bo‘lmaydi. 
Islomning hozirgi zamondagi o‘rni va mavqei 
Islom dini XX asr oxirlariga kelib, o‘z nufuzi va mavqeiga ko‘ra, yer 
kurrasida xristianlikdan so‘ng ikkinchi o‘rinni egalladi. Hozir islom diniga 
deyarli 1,5 mlrd. kishi e’tiqod qilmoqda. Agar islom dini paydo bo‘lgan 
davrlarda asosan Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan bo‘lsa, XX asrning 
oxirlariga kelib Osiyo, Afrika, Yevropa va Shimoliy Amerikaning qator 
mamlakatlariga yoyilgan. Buning obyektiv va subyektiv sabablari mavjud. 
Obyektiv sababi shundaki, islom dini yahudiylik, xristianlik 
dinlarining ijobiy jihatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, diniy e’tiqod va 
sig‘inishlarni inson hayotining turli holat va vaziyatlariga moslashtira 
olgan hamda diniy e’tiqod qulayligini ta’minlaydi. Shu bois u Yevropa va 
Shimoliy Amerikaning muqaddam xristianlik yoki yahudiylik e’tiqodida 
bo‘lgan yoxud diniy e’tiqodi umuman bo‘lmagan fuqarolarining 
aksariyatini o‘ziga jalb eta olgan. Ayni vaqtda ham islom diniga kirish 
Yevropa va Shimoliy Amerikada muayyan udumga aylanib bormoqda. Bu 
hol, tabiiyki, boshqa diniy konfessiyalar rahbariyatini tashvishlantirmoqda. 
Ular islom e’tiqodini qabul qiluvchilar nufuzining ortib borishi, jahon 
ijtimoiy-siyosiy jarayonlarida islom qadriyatlarining ustuvorligiga olib 
kelishi boshqa diniy konfessiyalarning mavqeini zaiflashtiradi deb xavotir 
olmoqdalar. Aslida bunday tashvishlar o‘rinsizdir. Haqiqiy islom kishilar 
o‘rtasida mehr-oqibat, poklik, halollik, shafqat, rahmdillik, xayr-saxovat, 
adolat va insof kabi qadriyatlarni e’zozlaydi, insonni ezgulikka undaydi. 
Islom dini niqobi ostida ish ko‘ruvchilar, g‘araz maqsadli siyosiy 
kuchlar, turli ekstremistik elementlar bundan mustasnodir. Din niqobida ish 
ko‘ruvchi manfur, terrorchi kuchlar islom e’tiqodining millionlab kishilar 
qalbiga kirib borishi jarayonini aslo to‘xtata olmaydi, aksincha, iymonli, 
diyonatli dindorlar ularni uloqtirib tashlaydilar va islom olamining 
ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaydilar. Islom dini XXI asrga kelib jahon ijtimoiy-
 
157


siyosiy sahnasida yirik siyosiy-g‘oyaviy omil mavqeiga ega bo‘la boshladi. 
Agar sobiq Ittifoq tuzumi davrida jamiyatda sekulyarizm (lotinchada – 
dunyoviy degan ma’noni anglatadi) va dahriylik (ateizm) siyosati hukmron 
bo‘lgan bo‘lsa, Markaziy Osiyoning mustaqillikka erishgan yosh davlatlari 
siyosatida sekulyarizm birmuncha yumshatildi, diniy e’tiqodga erkinik 
berildi. Natijada islom dini siyosiy hayotga aralashish imkoniga ega bo‘ldi. 
Mustaqillikka erishgan yosh davlatlar o‘z siyosiy yo‘llarini tanlashda G‘arb 
demokratiyasi an’analariga murojaat qildilar. 
Hokimiyatlar taqsimlanishi, demokratiya prinsiplarining siyosiy 
islohotlar uchun asos qilib olinishi jamiyatda islom harakatlarining 
kuchayishi va hokimiyatga da’vogar kuch sifatida maydonga chiqishiga 
olib keldi. Mamlakatda diniy e’tiqodga erkinlik berilishining ayrim 
kishilar tomonidan noto‘g‘ri talqin etilishi natijasida, 1991–1992 yillarda 
Farg‘ona vodiysida ekstremistik kuchlar rasmiy hokimiyatning o‘rniga 
islom tartiblarini o‘rnatish uchun ochiqdan-ochiq harakat qilishga 
kirishdilar. Hukumat tomonidan respublikadagi faoliyati tugatilgan 
«Akromiylar», «Adolat», «Tavba», «O‘zbekiston islom uyg‘onish 
partiyasi» singari ekstremistik tashkilotlar islom dinining siyosiylashib 
borayotganligini ko‘rsatmoqda. 
Bu harakatlar endilikda mustaqillikka erishgan O‘zbekistonda yuzaga 
kelgan obyektiv qiyinchiliklar (ishsizlar sonining ko‘payishi, turmush 
darajasining pasayishi, o‘zgaruvchan sharoitlarda eskicha boshqaruv 
uslublarining davlat hokimiyati idoralarida inersiya shaklida saqlanib 
qolganligi kabilar)dan ustomonlik bilan foydalanish va mamlakat hayotini 
islom qonunlariga asoslangan o‘zanga burib yuborishga urinib ko‘rdilar. 
Buni ayrim chet el diniy ekstremistik tashkilotlarining mahalliy 
gumashtalari (Juma Namangoniy, Tohir Yo‘ldoshev singari yot unsurlar) 
amalga oshirmoqchi bo‘ldilar. Biroq rasmiy siyosiy hokimiyat hamda 
huquqni muhofaza qiluvchi xizmat xodimlarining hushyorligi va sobitligi 
natijasida diniy ekstremistik mafkuraning payi qirqildi. 
O‘zbekistondagi voqealar dinning siyosiylashuvi muammosining faqat 
bir ko‘rinishidir. XX asrning oxiriga kelib, islom dini jahon miqyosida 
yetakchi ijtimoiy-siyosiy mavqeni da’vo qildi. 
Eron islom inqilobining yetakchi rahbarlaridan Oyatullo Humayniy 
bundan deyarli 20 yil muqaddam taniqli italyan jurnalisti Oriana Fallagiga 
bergan intervyusida shunday degan: Islom adolatdir. Islom e’tiqodiga 
muvofiq, har qanday diktatura – katta gunohdir. Islom deyarli hamma 
narsa: erkinlik, demokratiya va boshqalardir. Islom siyosiy-diniy 
ta’limotdir. Unda, bir tomondan  ruhoniylik siyosatni, ikkinchi tomondan 
 
158


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə