«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   63

haqiqatni anglash sari boradi. Bunday haqiqat esa kishining ichki dunyosi 
va ruhiy mohiyatini tushunishiga yordam beradi.  
Diniy ekstremizmning eng birlamchi xususiyati shundaki, u jamiyatda 
qabul qilingan ijtimoiy norma va qadriyatlarni inkor qiladi yoki ularga 
qarshi kurashadi. U siyosiy sahnaga chiqish, hokimiyat tepasiga kelish, 
davlat boshqaruv uslubini diniy o‘zanga burish kabilarga harakat qiladi. 
Diniy ekstremizm hodisalarni faqat yaxshi yoki yomon, qora yoki oq deb 
baholashga odatlangani uchun demokratiya va plyuralizmni inkor etadi. 
Diniy ekstremizmning manbai mutaassiblik (fanatizm)dir. 
Mutaassiblik kishilarning muayyan narsa, fikr yoxud g‘oyaga ko‘r-
ko‘rona, uning chuqur mohiyatiga yetmasdan, butun vujudi bilan qattiq 
ishonishi, uni boshqa hamma narsa va g‘oyalardan to‘g‘riroq deb bilishi 
natijasida boshqalarga ham turli vositalar bilan singdirishga harakat 
qilishidir. 
Jamiyatda mutaassiblik quyidagi sabablar natijasida vujudga keladi: 
a) aholi keng qatlamlarining iqtisodiy turmushi darajasining pastligi va 
ijtimoiy munosabatlarning yetarli darajada rivojlanmaganligi; 
b) 
fuqarolarining diniy bilimi va saviyasining yetarli darajada 
rivojlanmaganligi, diniy jaholatning ustunligi. 
Sobiq Ittifoq davrida O‘zbekiston iqtisodiyotining bir taraflama, 
asosan, xomashyo ishlab chiqarishga yo‘naltirilganligi, respublikada 
zamonaviy texnika va texnologiyalar asosida ishlovchi korxonalar va 
sanoat uchun malakali mutaxassis kadrlarni yetkazib beruvchi bilim 
dargohlarining kamligi sababli, malakali mahalliy ishchi kadrlar tayyorlash 
muammosi hal qilinmay qolgan. Respublika rahbariyati bu muammoni 
chetdan mutaxassis kadrlarni olib kelish bilan hal qilishni afzal ko‘rgan. 
Mahalliy aholi vakillari, asosan, yordamchi ishchi bo‘lib yoki yuqori 
malaka talab qilmaydigan kasblarda ishlaganlar. Zero, bunday kasblarda 
mehnat qiluvchilarning ish haqi juda kamligi sababli viloyatlardagi 
mahalliy aholi vakillarida ishchilik kasblarini o‘zlashtirishga nisbatan 
qiziqish uyg‘onmagan. Bunda milliy mentalitetimizning ta’sirini ham qayd 
qilishimiz lozim. Mahalliy aholi o‘zi uchun noma’lum bo‘lgan sanoat kor-
xonalarida murakkab kasblarni o‘zlashtirishdan ko‘ra asrlar davomida 
ajdodlaridan meros bo‘lib kelgan qishloq xo‘jaligida yoki shaharlardagi 
savdo-moliya tizimlarida ishlashni afzal ko‘rgan. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, sobiq Ittifoq davrida O‘zbekistonda 
qurilgan sanoat korxonalarining asosiy qismi xomashyoga dastlabki ishlov 
berishga mo‘ljallangan bo‘lib, ular boshqa respublikalarga tayyor mahsulot 
ishlab chiqarish uchun olib ketilgan. Xomashyo yoki yarim tayyor 
 
163


mahsulotlarning bozorlarda arzon narxlarda sotilishi aholi turmush 
darajasining boshqa mintaqalarga nisbatan past bo‘lib qolishiga sabab 
bo‘lgan. 
Mahalliy aholi vakillari orasida yuqori malakali ishchi kuchining kamligi 
va iqtisodiy turmush darajasining 
pastligi turli ekstremistik va 
fundamentalistik ruhdagi diniy oqimlarning yoyilishiga qulay shart-sharoit 
yaratgan. 
O‘sha davrda olib borilgan dahriylik siyosati oqibatida mustamlaka 
davrigacha islom dunyosining markazlaridan biri bo‘lgan Markaziy Osiyo 
o‘zining ilgarigi nufuzini yo‘qotgan. Aholining diniy bilimlari darajasi 
pasayib borgan va asosan diniy marosim hamda an’analarni bajarish 
darajasiga tushib qolgan. Buning sabablari quyidagilardan iborat: 
a) dinga qarshi kurash davlat siyosatining tarkibiy qismiga ay-
lantirilganligi, diniy ta’limotni ilmiy o‘rganish uchun yetarli shart-
sharoitlarning mavjud emasligi; 
b) sobiq Ittifoq davrida aholiga diniy ta’lim berishning yaxshi yo‘lga 
qo‘yilmaganligi; 
v) diniy tashkilotlar va ulamolarning kuch va imkoniyatlaridan aholini 
tarbiyalashda foydalanilmaganligi. 
Diniy ekstremizm va mutaassiblik diniy fundamentalizmning negizida 
(lotincha fundmehtum – asos degan ma’noni anglatadi) vujudga keladi. XX 
asrning boshlarida «fundamentalizm» atamasi dindagi modernizatsiya 
jarayonlariga to‘sqinlikni aks ettiruvchi tushuncha sifatida ilk bor qo‘llana 
boshlangan. Shu davrda AQSHda «Fundamentlar (asoslar): haqiqatga 
shahodat keltirish» nomli risolalar to‘plami nashr qilingan. Unda 
xristianlikning fundamental nazariyalarini nimalar tashkil etishi 
izohlangan. To‘plam yuzasidan boshlangan munozaralarda dindagi 
fundamental ahamiyatga ega qadriyatlarni himoya qiluvchilar 
fundamentalistlar deb atala boshlangan. 
Yuqorida qayd etilgan misollardan xulosa qilganda, «diniy 
fundamentalizm» atamasi dastlab xristianlikka nisbatan qo‘llanila 
boshlagan. Albatta, atamaning dastlab kimga yoki nimaga nisbatan 
qo‘llanilganligi muhim emas, lekin hozir diniy fundamentalizm, 
ekstremizm va terrorizm deganda G‘arb va hatto ayrim Sharq 
mamlakatlarida islomni bayroq qilib oluvchi kimsalar va guruhlar o‘tmish 
tarixni esga olib qo‘ysalar aslo foydadan xoli bo‘lmaydi. 
Diniy fundamentalizm muayyan diniy e’tiqod, tarixiy davr yoki 
birgina mintaqaga xos ijtimoiy hodisa emas. Mazkur voqelik har qanday 
 
164


dinga xos xususiyat bo‘lib, turli tarixiy davrlarda dinning ajralmas 
yo‘ldoshi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. 
XX asrning 70-yillaridan boshlab islom davlatlarida diniy tiklanish va 
jonlanish hodisalariga nisbatan «fundamentalizm» atamasi qo‘llanila 
boshlagan. Hozirgi kunda kishilarda ziddiyatli his-tuyg‘uni uyg‘otuvchi 
«islom fundamentalizmi» atamasi shu vaqtdan boshlab jahon miqyosiga 
yoyilgan. 
Diniy fundamentalizm deb diniy aqidalarni ijtimoiy hayotga 
moslashtirish, ilohiy bashorat va mo‘jizalarni juz’iy tushunishni inkor 
qiluvchi qarashlar tizimiga aytiladi. 
Diniy ekstremizm va fundamentalizmning maqsadi quyidagilardan 
iborat: 
a) dinning sofligini saqlab qolish niqobi ostida g‘araz maqsadli diniy 
tashkilotlar va guruhlarning siyosiy hokimiyatni qo‘lga olish va dindorlar 
nazoratida bo‘lgan hukumatni tuzishga intilishlari; 
b) ko‘zlangan yovuz niyatga erishish uchun dinning jamiyatdagi o‘rni 
va ahamiyatini saqlab qolish va yanada mustahkamlash maqsadida uni 
zaiflashtiruvchi har qanday jarayonlarga qarshi kurashish. 
Yuqorida qayd etganimizdek, diniy ekstremizm va fundamentalizm 
barcha dinlarga xos xususiyatdir. Hozir u ijtimoiy hayotda turli 
ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda. Masalan, G‘arb jamiyatlarida 
sekulyarizatsiya jarayonlari keng ko‘lamda ijtimoiy hayotga tatbiq etilganligi 
sababli Sharq davlatlaridagidek keskinlik kasb etmadi. Sharqda jamiyatning 
sekulyarizatsiya jarayonlari davom etmoqda va islom davlatlarida bu hali 
boshlang‘ich bosqich darajasidadir. Shuning uchun Sharqda bu 
jarayonlarning davlat xavfsizligiga tahdidini bartaraf etish maqsadida 
muayyan qonuniy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Masalan, Sharqda 
dunyoviy taraqqiyot yo‘lini tanlagan davlatlar (jumladan, Turkiya, 
O‘zbekiston singari mamlakatlar)da diniy ruhdagi siyosiy partiyalar tuzish 
qonun bilan taqiqlangan. 
O‘zbekistonda diniy ekstremizm va fundamentalizmning ijtimoiy 
hayotda faollashuvining sabablari quyidagilardan iborat: 
a) kommunistik mafkuraning yemirilishi sababli ma’naviy hayotda 
yuzaga kelgan bo‘shliq o‘rnini to‘ldirish zarurati; 
b) sobiq Ittifoq davlatida din va dindorlarning ta’qib qilinganligi; 
v) odamlarda milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usi va etnik jihatdan 
o‘zining nasl-nasabini izlashning kuchayganligi; 
g) ayrim ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotdagi o‘zgarishlar; 
 
165


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə