«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   63

Islomni qabul qilmagan davlatlar uning mavqeini tobora oshib 
borishidan tashvishga tushmoqdalar. Atoqli G‘arb siyosatshunoslari buni 
nazarda tutib, musulmonlarni birlashuvi butun dunyo uchun ofatga 
aylanishini tashvish bilan qayd etmoqdalar. G‘arb mafkurachilari islom 
dunyosini ichidan parchalash uchun uzoq muddatga mo‘ljallangan 
strategiyani ishlab chiqqanlar. Unga binoan, islom dini ichida mavjud 
bo‘lgan turli mazhablar va oqimlar o‘rtasida «asl islom» uchun bo‘ladigan 
o‘zaro da’vo va ziddiyatlardan foydalanish, ziddiyatlarni rag‘batlantirish, 
turli janggari tashkilotlarni tuzish kabi taktik rejalar ishlab chiqilgan. 
Bunday tashkilotlarga quyidagilar kiradi: Livanda «Hizbut-tahrir» va 
«Amal», Falastinda «Xamas», Misrda «Al-jihod-Al islomiya» va «Al-
Jamaa Al-Islomiya» kabi janggari islomiy tashkilotlar kiradi. Ayrim tash-
kilotlar esa o‘z faoliyatlarini to‘xtatgan yoki boshqa taktik yo‘llarga 
o‘tgan. Bular jumlasiga 1967 yilda tuzilgan va Misr prezidenti Jamol 
Abdul Nosirga suiqasd uyushtirgan «Takfir val xitra», «Musulmon 
birodarlar» kabi diniy terrorchilik tashkilotlari kiradi. «Al jihod al-Islom» 
tashkiloti 1981 yil 6 oktabrda Misr Prezidenti Anvar Saodatga suiqasd 
uyushtirgan. 
Markaziy Osiyoda diniy ekstremistik ruhda bo‘lgan tashkilotlar 
tayanch nuqtasini topishga, g‘oyaviy jihatdan mustahkamlanib olishga va 
bu hududda islom davlatini barpo etishga intiladilar. Bunday harakatlar 
sho‘ro tuzumi davrida ham bo‘lgan. Biroq ular, ayniqsa, sho‘ro tuzumi 
parchalaganidan so‘ng yosh mustaqil davlatlarning mafkuraviy jihatdan 
zaifligi va milliy mafkurasining hali shakllanishga ulgurmaganligidan 
g‘arazli maqsadlarda foydalanishga urinadilar. O‘ta janggari vahhobiylik 
oqimining chetdan eksport qilinishi ham aynan shu zararli maqsadlarga 
xizmat qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov diniy ekstremizm 
va islom fundamentalizmining barqarorlik, tinchlik va millatlararo 
totuvlikka xavfi haqida quyidagi fikrni bayon etgan: «Aqidaparastlarning 
maqsadi demokratiyani, dunyoviy davlatni, ko‘p millatli va ko‘p dinli 
jamiyatni obro‘sizlantirishdan iborat»
16

Diniy ekstremizm va fundamentalizm da’vatlariga ko‘r-ko‘rona 
ishonish va ularni rag‘batlantirish eski zamonni qo‘msovchi, dunyoviy 
qadriyatlar ustuvor bo‘lgan hayotni istamaydigan kimsalar dunyoqarashidir. 
Bu haqda, xususan, mamlakatimiz xalqlarining ehtiyoji va orzu-
umidlariga zid g‘ayriinsoniy aqidalarga ergashishning oqibatlari xususida 
                                           
16
 Ќаранг: Каримов И. А. Хавфсизлик ва барќарор тараќќиёт йўлида. Т. 6. – 
Т., 1998. – Б 302.
 
 
172


Prezident  I. A. Karimov  shunday  deydi: «Fundamentalistlarning adolat 
haqidagi olomonbop, jozibador, ammo baqiroq va asossiz da’vatlariga 
ko‘r-ko‘rona ergashuvchilar o‘zgalar irodasining quli bo‘lib qolishini 
anglashimiz lozim. Bu da’vatlar oxir-oqibatda bunday odamlarning 
aqligagina emas, balki taqdiriga ham hukmron bo‘lib olishini yaqqol 
anglashimiz, ayniqsa, yoshlarimiz buni aniq tasavvur qilishi lozim. 
Bunday nufuzli odamlarga bo‘ysunmay qo‘yish shaxsiy fojiaga aylanib 
ketishi ham mumkin. Qullarcha mutelik, shaxsning erksizlik asoratiga 
tushib qolishi, fikrlash, sa’y-harakat va tashabbus ko‘rsatish erkinligining 
mutlaqo cheklanishi buning eng og‘ir oqibatlaridir»
17

Respublikamizda diniy ekstremizm va islom fundamentalizmining 
qo‘li baland kelsa, quyidagi mudhish oqibatlar kelib chiqishi mumkin: 
– fuqarolar urushining boshlanishi
– iqtisodiy hayot va ishlab chiqarishning izdan chiqishi;  
– qochoqlar oqimining paydo bo‘lishi; 
– millatchilik, taraf-tarafchilikning kuchayishi; 
– jinoyatchilik,  axloqiy  buzuqlik, zo‘ravonlik kabilarning om-
maviylashuvi; 
– diniy  qarama-qarshiliklar  natijasida qurbonlarning ko‘payishi, 
begunoh qon to‘kilishi; 
– mamlakatning  qurol-aslaha  ishlab chiqaruvchi davlatlarga qaram 
bo‘lib qolishi. 
Bu oqibatlarni ko‘z oldiga keltirish, hozirgi tinchlik va osoyishtalik, 
millatlar va turli diniy konfessiyalar o‘rtasidagi o‘zaro hurmatning qadriga 
yetish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan 
qoidalarni hurmat qilish va ularga og‘ishmay rioya etish, har bir gap va xatti-
harakat uchun chuqur mas’uliyatni his etish har bir inson uchun muqaddas 
burchdir. 
Diniy va milliy nizolar qanday oqibatlarga olib kelishini qo‘shni 
mamlakatlar – Afg‘oniston va Tojikistonda vujudga kelgan holat yana bir 
karra isbotlab turibdi. Vahhobiylik, akromiylik va shu kabi boshqa diniy 
aqidaparastliklar xalqqa faqat kulfat keltirishi mumkin. Buni 
vahhobiylarning Farg‘ona vodiysidagi qilmishlari isbotladi. Ularga 
ergashish, yovuz niyatlilarni qo‘llab-quvvatlash mustaqillikka nonko‘rlik 
qilish va xoinlik bilan barobardir. 
                                           
17
 Ўша асар. – Б. 59–60. 
 
 
173


Diniy ekstremizm va fundamentalizmga qarshi kurashning 
asosiy yo‘nalishlari 
Diniy ekstremizm va fundamentalizmga qarshi kurash ongli ravishda 
olib borilishi zarur. Buning uchun, avvalambor, quyidagi muhim jihatlarni 
anglash lozim: 
– din, uni siyosiylashtirish va fundamentalizmning aynan bir narsa 
emasligi; 
– fundamentalizmning globallashuv jarayonlar bilan uzviy bog‘liqligi; 
– fundamentalizm  va  ekstremizmning terrorizm vositasida ijtimoiy 
voqelikda qaror topishi; 
– ekstremizm va fundamentalizmning maqsad va vositalari nuqtai 
nazaridan farqlanishini kabilar. 
Diniy ekstremizm va islom fundamentalizmiga qarshi kurashning 
asosiy yo‘nalishlari aynan shu jihatlarni aniqlash orqali belgilanadi. 
Buning sababi diniy ekstremizm va fundamentalizmning o‘ta jiddiy va 
qaltis mafkuraviy hodisa ekanligidadir. Diniy ekstremizm va 
fundamentalizmga qarshi kurash ko‘r-ko‘rona va bir yoqlama olib 
borilmasligi lozim, chunki diniy ekstremizm va fundamentalizmga qarshi 
kurashning samarasi to‘g‘ri ilmiy metodologiyani tanlashga bog‘liqdir. 
Mazkur mulohazalardan kelib chiqib yondashilganda, islom dini, 
siyosiy islom va fundamentalizm aynan bir narsa emas. Islom ekstremizmi 
va islom fundamentalizmi islom dini bilan emas, balki siyosiy islom va 
turli ekstremistik siyosiy kuchlar bilan bog‘liqdir. 
Siyosiy islom va uning ashaddiy janggari ko‘rinishi bo‘lmish islom 
ekstremizmi terrorizm va fanatizm bilan bog‘liqdir. Islom ekstremizmi va 
fundamentalizmiga qarshi kurashning asosiy yo‘nalishi islom diniga emas, 
balki siyosiy islomning manfur ko‘rinishlaridan biri – islom ekstremizmi 
va terrorizmga qarshi qaratilishi lozim. 
Mamlakatimiz va ayrim jahon matbuot vositalari yordamida 
tarqatilgan ba’zi manbalarda islom dini, siyosiy islom, terrorizm va diniy 
ekstremizm qorishtirib yuborilmoqda. Natijada hatto ayrim davlat 
arboblari (masalan, AQSH Prezidenti J. Bush) beixtiyor islom diniga 
siyosiy islom bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan terrorizmni ham uning 
tarkibiy elementi, deb kiritmoqda. Vaholanki, terrorizm va islom 
ekstremizmi islom dini bilan faqat konfessional jihatdan bog‘liq. 
Mamlakatimizning ichki ishlar organlari xodimlari diniy ekstremizm 
va terrorizmga qarshi kurash yo‘nalishini aniqlashda bu xatoga yo‘l 
qo‘ymasliklari, haqiqiy islom bilan islom dinini niqob qilib olgan, aslida 
 
174


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə