«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63

ma’lum siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi ekstremistik kuchlarni farqlay 
olishlari, obrazli qilib aytganda, «burgaga achchiq qilib, ko‘rpani 
kuydirmaslik»lari kerak. Bu, ayniqsa, ajdodlari va tarixiy o‘tmishi islom 
dini bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan vatandoshlarimiz uchun kechirarli 
emasdir. 
Ekstremizmga qarshi kurash davomida xalqimizning eng muqaddas 
qadriyatlaridan biri – islom diniga zarar yetkazish xunuk oqibatlarga olib 
keladi, xalqni davlatga qarshi qo‘yadi, davlatimiz tomonidan islom dinini 
rivojlantirish, islom taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk 
ajdodlarimizni ulug‘lashga qaratilgan dono siyosatga shak keltiradi, uni 
obro‘sizlantiradi. Bunga esa aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ichki ishlar 
organlari xodimlarining siyosiy ongi va siyosiy madaniyati mazkur 
masalada yetarli bilimlarni egallashni taqozo etadi. Bu esa islom dinini 
noo‘rin ayblash, unga janggari, agressiv diniy ta’limot, degan siyosiy 
tamg‘a bosilishining oldini oladi. Islom dinini agressivlikda, terrorchilikda 
ayblash jahon miqyosida islom dini nufuzi va islom mavqeining oshib 
borishidan talvasaga tushish, global iqtisodiy, siyosiy, madaniy va 
demografik jarayonlarda gegemonligini tarixan yo‘qotayotgan pos-
tindustrial jamiyatlarning siyosiy kuchlari uchun xosdir. 
Islom fundamentalizmi jahonda sodir bo‘layotgan globallashuv va 
integratsiya jarayonlariga nisbatan salbiy ta’sir shaklida maydonga 
chiqqan. Bu narsani anglamaslik islom fundamentalizmiga qarshi 
kurashning asosiy yo‘nalishini aniqlashga imkon bermaydi. 
Aytish joizki, islomda ham, xristianlik va boshqa dinlarda 
bo‘lganidek, fundamental tushunchalar kishilarning ezgulik, rahm-shafqat, 
mehr-oqibat, adolat va poklik kabi tasavvurlari asosiga qurilgan. Shu bois 
tom ma’nodagi diniy fundamentalizm ekstremistik ruhdagi 
fundamentalizmdan farq qiladi. Fundamentalizmga qarshi kurashning 
yo‘nalishi shu ma’noda din asoslariga emas, balki uning begona, yovvoyi 
tarmog‘i bo‘lgan ekstremistik ruhdagi fundamentalizmga qaratilmog‘i 
lozim. 
An’anaviy islom dini fundamentalizm bayrog‘i ostida rivojlanmoqda. 
Siyosiy islom esa islom dinini muayyan siyosiy maqsadlarga erishish 
yo‘lida o‘ziga shior yoki niqob qilib olishga urinmoqda. 
Fundamentalizm jahonda kechayotgan globallashuv (lotinchada 
globus – shar, butun yer yuzini qamrab oluvchi voqea yoki hodisa), 
 
175


standartlashuv (inglizchada standart – namuna, nusxa, me’yor, umum 
e’tirof etilgan yoki tavsiya qilinadigan namuna, nusxa, me’yor), 
vesternizatsiya (inglizchada west  – g‘arb, g‘arb dunyosiga xos turmush 
tarzini tashviqot qilish, olib kirishga harakat) va konsyumerizm (iste’mol 
erkinligini targ‘ib qilish)ga qarshi reaksiya tarzida vujudga keldi. Buni 
quyidagicha izohlash mumkin. «Sovuq urush» davri tugaganidan so‘ng, 
jahonda umumiy informatsiya tarmog‘i (internet), umumiy bozor, umumiy 
iste’mol, kollektiv hamkorlik, kollektiv xavfsizlik kabi hodisalarga 
umumiy ehtiyoj sezila boshlandi. Islom dunyosi mamlakatlari uchun islom 
an’analariga asoslangan turmush tarzi va udumlariga G‘arb standartlari, 
normalari va qadriyatlarining kirib kelishi an’anaviy tafakkurda qarshi 
reaksiya holatlarini shakllantirdi. Yo‘ldosh orqali aloqalar, elektron pochta 
va shu kabilar Sharq olamiga G‘arb qadriyatlarining tobora chuqurroq 
singib borishini tezlashtirdi. 
Islom mamlakatlari G‘arb davlatlarida shakllangan sekulyarizm 
(ya’ni, dinni davlatdan ajratish) siyosatini qabul qilmaslikka harakat qiladi, 
o‘z hukmini jahon hamjamiyatiga o‘tkazmoqchi bo‘ladi. Bu narsa islom 
fundamentalizmini xristianlikning diniy qonunlaridan biri bo‘lgan 
pravoslav fundamentalizmidan farq qilishga olib keladi. G‘arb 
texnologiyasi ilmi va texnikasi yutuqlaridan tobora ko‘p bahramand 
bo‘layotgan Sharq xristianlikdan emas, balki ko‘proq G‘arb mafkurasidan 
cho‘chiydi. 
Bu kayfiyatni Eron Islom Respublikasining sobiq rahbari marhum 
Oyatulla Humayniy Italiya gazetasi «Korryere della Sera»ning muxbiri 
taniqli jurnalist Oriana Fallachiga 1979 yilda Eronda sodir bo‘lgan islom 
inqilobidan so‘ng bergan intervyusida yaqqol ifodalaydi. Jumladan, u: «Biz 
sizlarning fanlaringizdan ham, texnikangizdan ham cho‘chimaymiz. Biz 
sizlarning g‘oyalaringizdan va odatlaringizdan cho‘chiymiz»
18
, – deydi. 
Darhaqiqat, Sharq islom dunyosining rahbarlari G‘arb texnikasi bilan birga 
kirib keluvchi G‘arb ma’naviyati, mafkurasi, odat va udumlaridan 
cho‘chishadi va Sharq musulmon aholisini islom talablariga zid qadriyatlar 
ta’siriga tushib qoladi deb o‘ylaydilar. Buning oldini olish uchun ayrim 
siyosiy islom namoyandalari islomdan o‘zga dinni tan olmaydilar, islom 
dinida bo‘lmagan barcha kishilarni o‘zlariga dushman deb hisoblaydilar. 
                                           
18
 Ќаранг: Центральная Азия и Кавказ. – Стокгольм, 2000. – С. 16.
 
 
176


Bu kayfiyatlar turli janggari siyosiy kuchlarga madad beradi, islom 
dinini himoya qilish niqobi ostida islom dunyosini qolgan butun jahon 
xalqlariga qarshi qo‘yadi. Ayrim islom mafkurachilari islom dunyosi 
mamlakatlarini birlashtirmoqchi, jahonning deyarli 50 
mamlakatini 
birlashtiruvchi islom davlati – islom xalifaligini tiklamoqchi bo‘ladilar. Bu 
ishga islom korchalonlaridan Usoma bin Lodin, Shomil Basayev, Ibn 
Xattob, Juma Namangoniy va boshqalar qattiq bel bog‘laganlar. Ular 
islom aqidalariga butunlay zid usullar – terrorizm, garovga olish va 
kishilarni dahshatga soluvchi mish-mishlar vositasida o‘zlarining qabih 
niyatlariga erishmoqchi bo‘ladilar. Xulosa qilib aytganda, janggari funda-
mentalizm terrorizm vositasida ijtimoiy voqelikda qaror topmoqchi
buning uchun ayrim yosh mustaqil davlatlarning ichki ziddiyatlari va 
iqtisodiy qiyinchiliklaridan ustomonlik bilan foydalanmoqchi, rasmiy 
hokimiyatga qarshi turuvchi kuchlarni shakllantirmoqchi, xalq birligini 
buzmoqchi bo‘ladilar. Bu sohada ular mablag‘ va kuchni ayamaydilar, real 
hokimiyatga nisbatan har qanday norozilikni qo‘llab-quvvatlaydilar. 
Bunday sharoitlarda siyosiy hokimiyatning muhim tarmog‘i bo‘lgan 
ijroiya hokimiyati, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, xususan, ichki 
ishlar organlari xodimlaridan chuqur siyosiy bilimdonlik, yuksak malaka 
va hushyorlik talab qilinadi. 
Fundamentalizmga qarshi kurash samarali olib borilishi lozim. Bu 
ishdagi savodsizlik xalqimiz e’zozlovchi buyuk qadriyat – islom diniga 
putur yetkazadi, O‘zbekistonning jahon hamjamiyati oldida obro‘yini 
to‘kadi, turli aksilinqilobchi kuchlarga esa bu narsa qo‘l keladi. Ular 
mustaqil O‘zbekiston xalqini tanlangan dunyoviy demokratik taraqqiyot 
yo‘lidan chiqib, o‘rta asr diniy davlatchilik yo‘liga kirishiga jon-jahdi bilan 
harakat qiladilar. Buni ichki ishlar idoralarining har bir xodimi to‘g‘ri 
anglashlari, islom diniga yot unsurlarga aniq zarba berish malakasiga ega 
bo‘lishlari talab etiladi. Zero, oq-qorani farqlash har bir vijdonli xodim-
ning kasbiy va vijdoniy burchidir. 
 
Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 
1.
 
Diniy ekstremizm nima? 
2.
 
«Diniy fundamentalizm» tushunchasi dastlab qaysi dinga nisbatan 
qo‘llanilgan? 
3.
 
Diniy mutaassiblik nima? 
 
177


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə