«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   63

d) xorijiy davlatlarning diniy ekstremistik va fundamentalistik ruhdagi 
oqim va mazhablarni qo‘llab-quvvatlashlari. 
XX asrning ikkinchi yarmida Sharq davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish sur’atlarining oshib borishi, fan va texnika taraqqiyoti ijtimoiy 
hayotda G‘arb madaniyati ta’sirining kuchayishiga sabab bo‘ldi. 
Ta’kidlash joizki, bunday jarayonlar muqarrar ravishda milliy urf-odatlar 
va an’analar, jumladan diniy an’analarning ijtimoiy hayotdagi mavqeini 
o‘zgartiradi, milliy madaniyatda va diniy ta’limotda modernizatsiya 
jarayonlarini vujudga keltiradi. Ijtimoiy hayotdagi bunday o‘zgarishlar 
diniy ekstremizm va fundamentalizm to‘sqinligiga duch keladi. Jahon 
miqyosida, xususan O‘zbekistonda diniy ekstremizm islom ekstremizmi 
shaklida o‘ta keskin ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda. Islom ekstremizmi 
vakillari quyidagi guruhlarga bo‘linadi: birinchidan, islom ekstremistlari 
(buzg‘unchilari, desa to‘g‘riroq bo‘ladi) hozirgi zamon musulmonlari 
yashaydigan davlatlarning rahbarlarida musulmonchilikdan asar ham 
qolmagan, ular dahriylardir, degan da’vo bilan chiqadilar. Shuning uchun 
diniy ekstremistlar islom aqidalarini ijtimoiy hayotda qayta tiklash uchun 
qat’iy harakatga undaydilar; ikkinchidan, ular islom, shariat qonunlarini 
mamlakat miqyosida o‘rnatishga, binobarin, ochiqdan-ochiq, islom 
davlatini barpo etish uchun kurashga chaqiradilar. 
Islom ekstremizmi va fundamentalizmining O‘zbekistonda 80-
yillarning oxirlari va 90-yillarning boshlaridan yoyilishi ijtimoiy-siyosiy 
barqarorlik va fuqarolar totuvligiga jiddiy xavf tug‘dirdi. Mazkur xavfning 
qanchalik xatarli ekanligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
I. A. Karimov 
asarlarida 
atroflicha bayon qilingan. Prezident 
I. A. Karimov  diniy  ekstremizm  va fundamentalizm birinchi navbatda 
fuqarolarning islohotchi davlatga ishonchini yo‘qqa chiqarishda 
ko‘rinayotganligini qayd etgan. Bu bejiz emas, chunki o‘tish davri siyosiy 
tizimida davlat boshqaruv organlari yangidan shakllantirilgan. Siyosiy 
hayotga rahbarlik qilish tajribasi endi shakllanayotgan bir vaqtda 
hokimiyat organlari davlat boshqaruvi jilovini mustahkam qo‘lda tutib 
turish imkoniyatiga ega emas. Diniy ekstremistlar bunday qulay 
imkoniyatdan «unumli» foydalanishga intiladilar
14

O‘zbekistonda o‘tish davrida demokratik jamiyat qurish mexanizmi 
asta-sekin, bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etib borilmoqda. 
Fundamentalistlar bunday vaziyatda o‘zlarini demokratiya uchun 
                                           
14
 Ќаранг: Каримов И. А. Хавфсизлик ва барќарор тараќќиёт йўлида. Т. 6. – 
Т., 1998. – Б. 51–62.
 
 
166


kurashuvchi fidoyilar sifatida ko‘rsatishga urinadilar. Ularning adolat 
haqidagi ommabop, jozibador, ammo baqiroq va asossiz da’vatlariga 
hayotiy tajribasi yetarli bo‘lmagan ayrim guruhlar, xususan 
yoshlarimizning ko‘r-ko‘rona ergashishlari, fundamentalistlarga qaram 
bo‘lib qolishlari kuzatiladi. Bunday xavf-xatarlarning oldini olish 
maqsadida yaratilgan milliy g‘oya asoslari, buyuk davlat qurish kabilar 
mazkur aholi qatlamlari kuchini bunyodkorlikka, vayronkor g‘oyalar 
ta’siriga qarshi immunitet hosil qilishga yo‘naltirilgan. 
O‘zbekiston ko‘p konfessiyali davlat. Hozir kunda O‘zbekistonda 
yigirmaga yaqin diniy konfessiyalar faoliyat olib bormoqda. Diniy 
ekstremistlar mamlakat mintaqalari aholisi va ijtimoiy qatlamlar o‘rtasida 
«haqiqiy» va «soxta» dindorlik belgilari bo‘yicha qarama-qarshiliklar 
keltirib chiqarishga harakat qiladilar. Dindorlik belgilari bo‘yicha 
tafovutlar millatlar o‘rtasidagi totuvlik, mintaqadagi xalqlar do‘stligiga 
raxna solishi mumkin.  
Mamlakat ichkarisida diniy konfessiyalar o‘rtasida yuzaga kelishi 
ehtimoli bo‘lgan adovat musulmon va nomusulmon davlatlar yoki ularning 
jamoatchiligi orasida ham O‘zbekiston haqida noxush tasavvurlarni 
yuzaga keltirishi yoki mamlakatimizni mojarolar girdobiga tortishi 
mumkin. 
Diniy ekstremizmning yana bir xususiyatlaridan biri shundaki, u 
ijtimoiy ongda dinni barcha iqtisodiy, siyosiy va xalqaro muammolar 
hamda ziddiyatlarni hal qilishning universal vositasidir degan noto‘g‘ri 
tasavvurni qaror toptirishi mumkin. Aslida, diniy dunyoqarash dunyoviylik 
yoki ateizm kabi borliqni aks ettiruvchi g‘oyalar tizimining tarkibiy 
qismidir. Masalan, dunyoviylik diniylik yoki dahriylikni inkor etmaydi, 
ya’ni u diniylik va dahriylik oralig‘ida joylashgan ma’naviy-madaniy 
holatdir. Din ham o‘z navbatida umummilliy madaniy yuksalish yo‘lida 
dunyoviy davlat bilan samarali hamkorlik qilishi mumkin. Fikrimizning 
isboti sifatida Amir Temur davrida islom dinining markazlashgan davlat 
tuzish uchun kurashuvchi kuchlarni jipslashtiruvchi vosita vazifasini 
bajarganligini, siyosiy barqarorlik, ijtimoiy totuvlik va taraqqiyotga xizmat 
qilganligini misol keltirishimiz mumkin. 
Dinning ijtimoiy taraqqiyot yo‘lidagi faoliyatiga an’anaviylik va 
aqidaparastlik tarafdorlari to‘sqinlik qiladi. Agar dindagi zamonaviylik va 
an’anaviylik tarafdorlari jamiyat va davlat manfaatlari yo‘lida o‘zaro 
murosaga kela olmasalar mavjud ziddiyatlar konfessiya doirasidan chiqadi, 
ijtimoiy tus oladi. Shu vaqtdan boshlab mazkur ziddiyatlar jamiyat va 
davlat uchun tahdid soluvchi kuchga aylanadi. 
 
167


Asriy mustamlakachilik changali va tutqunlikdan qutulgan yoki o‘z 
mustaqil yo‘lini tiklash yo‘lida turgan davlatlar uchun diniy ekstremizm 
o‘ta xavfli kuchga aylandi. Diniy ekstremizmning mutaassiblikni o‘ziga 
qurol qilib olgan fundamentalistik, terrorchilik tashkilotlari tomonidan 
bunday mamlakatlarga eksport qilinishi xavfi kuchaydi. 1998 yilda 
Namangan viloyatidagi Ota Valixon masjidida in qurgan ayrim «islom 
rahnamolari»ning kirdikorlari ham fikrimizning bir isbotidir. Namangoniy 
taxallusini olgan Juma Xo‘jayev pokistonlik muhojir Amjet Ali ta’sirida 
Farg‘ona vodiysida islom ekstremizmining ashaddiy oqimi – 
vahhobiylikni keng targ‘ib qildi.  
Ma’lumki, vahhobiylik XVIII asrning oxirlarida Markaziy 
Arabistonning Najd vohasida yuzaga kelgan. Arablarning Turkiya 
istibdodiga qarshi kurashi, jamiyatni modernizatsiyalashtirish va 
an’anaviylikni saqlab qolish tarafdorlari o‘rtasidagi raqobat, diniy 
ta’limotda avliyolarga sig‘inish aqidasining keng yoyilishiga to‘sqinlik 
mazkur diniy-siyosiy oqimni yuzaga kelishining asosiy sabablari edi. 
Vahhobiylar islomni Muhammad payg‘ambar davridagi asl holatiga 
qaytarish, uni soxta avliyolardan xalos qilish maqsadida Olloh va inson 
o‘rtasidagi vositachi-ruhoniylarga qarshi chiqqanlar, muqaddas mozorlar 
va avliyolarga sig‘inishni inkor qilganlar. Musulmonlarning boylikka 
haddan ortiq ixlos qo‘yishlari, spirtli ichimliklarni iste’mol qilishlari, 
nasha va sigareta chekishlari, musiqa, teatr va rassomchilik bilan 
shug‘ullanishlari, badiiy zavq-shavq olishlari kechirilmas gunoh deb e’lon 
qilingan.  
Hozirgi davrda vahhobiylik Saudiya Arabistonida rasmiy tan olingan 
oqim bo‘lsa-da, ilgarigi murosasizlik xususiyati bir qadar mo‘tadillashuvi 
bilan almashgan. Zero, Arabistondagi muqaddas qadamjolar qayta 
tiklangan va davlat tomonidan muhofaza qilinmoqda. Lekin ular islomning 
nazoratida bo‘lgan davlat tuzish, uning ijtimoiy hayotga ta’sirini 
kuchsizlantiruvchi har qanday yangiliklarga qarshi mamlakat ichkarisida 
va xalqaro miqyosda kurash maqsadidan voz kechmaganlar.  
O‘zbekistonda o‘rnashib olgan vahhobiylarning mash’um rejasi 
 
xalqni mavjud tuzumga qarshi qo‘zg‘atib, jihod, ya’ni dahriylarga qarshi 
urushga da’vat etish va kelajakda islom davlatini yoki sobiq Qo‘qon 
xonligini qayta tiklash edi. Vahhobiylik ekstremistik oqimidagilar bu 
maqsadlarini amalga oshirish uchun «Islom lashkarlari» va «Adolat» 
uyushmalarini tashkil etganlar. 1991–1992 yillarda Namangan viloyatida 
«Otavalixon» jome masjidida Abdulla O‘tayev, Tohir Yo‘ldoshev 
boshchiligida 100–200 kishidan iborat guruh tuzilgan. «Adolat» harakati 
 
168


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə