«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   63

esa siyosat ruhoniylikni to‘ldiradi. Islomda diniy fatvolardan ko‘ra ko‘proq 
siyosiy da’vatlar ustuvordir. Olloh nomi bilan qasamyod qilamanki, islom 
siyosatdir1. 
Oyatullo Humayniyning bu so‘zlari diqqatga sazovordir. Darhaqiqat, 
XX asr oxiriga kelib, islomning nafaqat diniy-axloqiy, balki ijtimoiy-
siyosiy ta’limot ham ekanligi isbotlandi. U jahonning iqtisodiy, siyosiy va 
madaniy munosabatlariga ta’sir etib turuvchi vositaga aylandi. 
Ayni kunda islom dinining shunchaki bir ta’limot emas, balki g‘oyat katta 
qudrat va salohiyatga ega mafkura ekanligini Yaqin va O‘rta Sharq, Bolqon 
yarimoroli, Kavkaz, Afg‘oniston, Pokiston va Hindistonning Kashmir 
o‘lkalarida kechayotgan diniy mazmundagi ijtimoiy jarayonlar yanada yaqqol 
tasdiqlamoqda. Islom jahon miqyosida jiddiy siyosiy kuchga aylanmoqda.
 
Biroq uning haqiqiy mohiyatini buzish, undan g‘arazli siyosiy maqsadlarda 
foydalanish islomning xalqaro obro‘yiga putur yetkazmoqda, ayrim kaltabin 
siyosatchilarning islom diniga qolgan barcha dinlarni qarama-qarshi 
qo‘yishlariga sabab bo‘lmoqda. Bu bilan haqiqiy islomning insonparvarlik, 
ezgulik va adolatlilik kabi mohiyati xavf ostida qolmoqda. Bir guruh 
ekstremistlar, terrorchilar o‘z g‘arazli maqsadlari bilan islom mohiyatini 
qorishtirib yubormoqda. Bunday sharoitda islom dinining azaliy 
insonparvarlik, poklik, halollik, rahm-shafqatlilik, imonlilik tamoyillarining 
ustuvorligiga erishish, jahon ahlini bu qadriyatlarga ishontirish, uning 
umuminsoniy tabiatini ilmiy izohlab berish davr talabidir. 
 
Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 
1.
 
Islomda yo‘nalishlar va oqimlarning yuzaga kelish sabablari 
nimalardan iborat? 
2.
 
Sunniylik va shialik o‘rtasidagi tafovutlarni aniqlang. 
3.
 
Shialarning islomning muqaddas manbalariga munosabatlarini 
izohlang. 
4.
 
Nima sababdan xorijiylarning tarafdorlari juda kam sonli bo‘lib 
qolgan?  
5.
 
Nima sababdan sunniylikka e’tiqod qiluvchilar «ortodoksal» islom 
tarafdorlari deb ataladi? 
6.
 
Sunniylikda diniy ekstremizmning manbai bo‘lgan diniy-huquqiy 
maktabni aniqlang.  
7.
 
So‘fizm oqimining asosiy g‘oyalari va maqsadi nimalardan iborat? 
8.
 
Islom ilohiyotining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan 
Markaziy Osiyo mutafakkiri kim? 
9.
 
Markazi Osiyoda tasavvufning qaysi tariqatlari yuzaga kelgan? 
 
159


10.
 
Islomdagi an’anaviylik va zamonaviylik jarayonlarining o‘ziga 
xosligi nimalardan iborat? 
 
160


9-mavzu 
DINIY EKSTREMIZM VA FUNDAMENTALIZMGA QARSHI 
KURASHNING MOHIYATI, MAQSADLARI  
VA HUQUQIY JIHATLARI 
Diniy ekstremizm va fundamentalizmning mohiyati, 
maqsadlari va xavfi 
XX asrning oxirlarida xalqaro xavfsizlikka tahdid soluvchi global 
muammolar qatoriga diniy ekstremizm va fundamentalizm ofati qo‘shildi. 
Yadroviy urush xavfi, ekologik fojia kabi global muammolar insoniyat 
taqdiriga qanchalik vayronkor tahdid qilayotgan bo‘lsa, diniy ekstremizm 
va terrorizmning buzg‘unchilik ta’siri ko‘lami ulardan kam emas. 2001 yil 
11 sentabrda AQSHda yuz bergan fojia shuni ko‘rsatadiki, bu ofat nafaqat 
iqtisodiy qoloq yoki rivojlanayotgan, balki rivojlangan davlatlarga ham 
birday xavflidir.  
Jahon miqyosida diniy ekstremizm va fundamentalizmga qarshi 
kurash xalqaro darajada kuchlarning birlashtirilishini taqozo etadi. Bu 
kurashda eng avvalo diniy ekstremizmning yuzaga kelishi sabablari, 
mohiyati va xususiyatlarini o‘rganish lozim.  
Diniy ekstremizm (lotinchada – extremum eng keyingi, oxirgi degan 
ma’nolarni anglatadi) ijtimoiy hayotda yuz berayotgan jarayonlar ta’sirida 
paydo bo‘ladi va uning ildizlari uzoq o‘tmishimizga borib taqaladi. Zero, 
diniy ekstremizm diniy dunyoqarash paydo bo‘lishi bilan yuzaga kelgan 
ijtimoiy voqelikdir. Faqat u turli tarixiy davrlarda xilma-xil ko‘rinish, 
shakl va mazmunda namoyon bo‘ladi. 
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining mustamlakachilik siyosati (salib 
yurishlari, buyuk geografik kashfiyotlardan keyin jahonni bo‘lib olish uchun 
kurash), Usmoniy turk davlatining G‘arbiy Yevropaga tahdidi (XIV–XVI 
asrlar) diniy shiorlar asosida olib borilgan. Usmoniy turklarning G‘arbiy 
Yevropaga tahdidi rivojlanishi darajasi taxminan teng sivilizatsiyalarning 
to‘qnashuvi bo‘lgan. Buyuk geografik kashfiyotlardan keyin G‘arbiy 
Yevropa jahon miqyosida iqtisodiy, harbiy-texnikaviy ustunlikka erishgan. 
Mazkur ko‘rsatkichlar bo‘yicha ortda qolgan xalqlar G‘arbning tajovuziga 
diniy shiorlar asosida birlashgan. Mazkur shiorlar xalqni an’anaviylikni 
saqlab qolish, jamiyatni G‘arbda ishlab chiqilgan «qolip»larga asosan 
modernizatsiyalashga qarshi kurashga da’vat etgan. XVIII asrning ikkinchi 
yarmida Saudiya Arabistonida ijtimoiy hayotni G‘arb modeli asosida 
zamonaviylashtirishga qarshi kurash jarayonida diniy fundamentalistik va 
ekstremistik vahhobiylik mazhabi yuzaga kelgan. An’anaviy taraqqiyot 
 
161


yo‘lini saqlab qolishni talab qilgan barcha konservativ kuchlar mazhab 
atrofida birlashgan. Vahhobiylik Saudiya Arabistonida rasmiy e’tiqod 
sifatida mustahkamlangan.  
XX asrda dunyoning ikki tizimga bo‘linishi tufayli yuqoridagi 
muammo vaqtinchalik ortga surildi. XX asrning oxirida kommunistik 
tuzum va mafkuraning mag‘lubiyati sababli oldingi muammolar yana 
qalqib chiqa boshladi. Shulardan biri industrial davlatlar bilan 
rivojlanayotgan va qoloq davlatlar o‘rtasidagi ziddiyatlardir. Mazkur 
muammo turli ko‘rinishlarda, xususan din sohasida ham o‘ta keskin tus 
oldi. 
XX asrning oxirlarida diniy ekstremizm diniy-siyosiy harakat sifatida 
avj oldi. Shuning uchun ekstremistik ruhdagi diniy oqimlar o‘ta 
janggarilik, murosasizlik g‘oyalari bilan qurollangan, dunyoviy g‘oyalar 
va dindagi modernistik yo‘nalish tarafdorlarini ta’qib etuvchi, hatto 
terrorchilik vositasida jismonan yo‘q qilishgacha boruvchi ashaddiy 
aqidaparastlar harakati sifatida baholanadi. 
Ekstremizmning ilmiy adabiyotda yagona bir ta’rifi mavjud emas. 
Shunga qaramay, ekstremizm deganda radikal qarashlarga ega bo‘lgan, o‘z 
g‘oyasi yoki fikrini boshqalarga har qanday vositalar bilan singdirishga 
intiladigan kishilarning e’tiqodi tushuniladi. 
Diniy ekstremizm deganda dinning ijodiy tabiatini inkor etuvchi, 
dunyoviy xatti-harakatlarni diniy mafkura maqsadlariga bo‘ysundirishga 
urinuvchi harakat tarafdorlari nazarda tutiladi. Aslini olganda, diniy 
ekstremizm – fundamentalizmning bir ko‘rinishi. Diniy ekstremizm 
zaminida fundamentalizm yotadi. Biroq ayrim tadqiqotchilar, diniy 
ekstremizmni bo‘rttirib ko‘rsatish maqsadida, fundamentalizmdan farqlashga 
urinadilar. Aslida diniy ekstremizm va fundamentalizm bir-biridan uzoq 
hodisalar emas. Diniy ekstremizm to‘g‘risida to‘liqroq tasavvur hosil qilish 
uchun uning belgilari haqidagi tushunchalarga ega bo‘lish lozim. 
Diniy ekstremizm konfessiya ichidagi turli oqimlar va mazhablarning 
o‘zaro kurashi yoki konfessiyalararo qarama-qarshiliklar sababli vujudga 
keladi. Ma’lumki, muayyan dinda doimo yo‘nalishlar, oqimlar va 
mazhablar o‘rtasida to‘xtovsiz kurash boradi. Bu obyektiv hodisa. Zero, 
diniy tashkilotlarga rahbarlik ularning iqtisodiy resurslariga egalik qilish
siyosiy hokimiyatga ta’sir o‘tkazish imkoniyatini beradi. Lekin dindagi 
bo‘linishlarni faqat manfaatlar kurashining natijasi sifatida qarash 
masalaga xolisona yondashuvning buzilishiga olib keladi. Har bir din 
o‘ziga xos tilsimotdir. Shu bois ham dinning muqaddas manbalari tafsiri 
turli tarixiy davrlarda uning yangi qirralarini ochadi. Insoniyat ilohiy 
 
162


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə