«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63

O‘z navbatida islom diniga erkinlik berish qator ijtimoiy va ma’naviy 
muammolarni ham keltirib chiqardi. Garchi «Vijdon erkinligi va diniy 
tashkilotlar haqida»gi qonun asosida din davlatdan ajratilgan bo‘lsa-da, 
ijtimoiy hayotda, ayniqsa jamiyatning ayrim tabaqalari orasida diniy 
mafkuraning salmog‘i ortib bordi. 
Islom dinining jamiyat hayotidagi o‘rni va salmog‘i xususida va diniy 
e’tiqodning qayta tiklanishi bilan bog‘liq tadbirlar ilmiy izlanuvchilar 
tomonidan keng yoritilgan. Dinning bugungi va ertangi mavqeining taqdiri 
to‘g‘risida mulohazalarni bayon etish ichki ishlar idoralari xodimlari 
uchun muayyan metodologik ishlanma yoki konsepsiya vazifasini ham 
o‘tashi mumkin. 
Umuman, din hozirgi sharoitda muhim ijtimoiy-madaniy hodisadir. 
Dinning jamiyat ma’naviy-ma’rifiy hayotida tutgan o‘rnini bilish uchun 
uning jamiyat va shaxs hayotida qanday o‘rin egallashini, dinning davlatga 
va shaxsning dinga munosabatini tarixan qanday o‘zgarib borganligini 
ilmiy tahlil qilish lozim bo‘ladi. 
Ilmiy jihatdan Karaganda, dinining jamiyat hayotiga ta’sir etish 
jarayonini tarixan ikki tendensiya asosida tahlil etish mumkin. Bular – 
sakralizatsiya va sekulyarizatsiya tendensiyalari. 
Sakralizatsiya (lotinchada sacer – muqaddas degan ma’noni anglatadi) 
deganda ijtimoiy hayotni, ijtimoiy institutlarni, kishilar hayoti va ongini 
muayyan diniy e’tiqod doirasida talqin qilish va izohlash tushuniladi. 
Sakralizatsiya Sharq va G‘arb madaniyatida turlicha qiyofada va 
mazmunda rivojlangan. O‘zbekistonda sakralizatsiya islom dini 
an’analarini jamiyat va inson hayotining barcha sohalarini mutlaq zabt 
etish, har qanday urf-odat, an’ana, udum va odatlarga diniy qiyofa berish 
va jamiyatni boshqarish ishlarini ham ilohiylashtirishda kuzatish mumkin. 
Masalan, o‘zbek madaniy merosini diniy va dunyoviy tomonlarga bo‘lish 
qiyin. Hatto ilmiy taraqqiyot ham diniy qobiqda rivojlanib kelgan. Diniy 
element jamiyat va kishi hayotiga shunchalik chuqur o‘rnasha olganki, 
undagi har bir xatti-harakat udum va marosimda dunyoviy element bilan 
uyg‘unlashib ketgan. Shuning uchun hozirgi o‘zbek kishisining mentaliteti 
diniy elementni yadro sifatida o‘z hayoti doirasida ushlaydi. 
Din taraqqiyoti tarixan dunyoviy taraqqiyot bilan teng kechgan, unga 
doimo moslashib kelgan. Hozirgi kezlarda din hatto dunyoviy taraqqiyotga 
ta’sir etish yoki yetakchi bo‘lishga ham da’vo qilmoqda. 
 
184


G‘arb madaniy an’analarida sakralizatsiya hodisasi Sharq madaniy 
taraqqiyotidan tubdan farq qiladi. G‘arbda sakralizatsiya jarayoni tarixan 
klerikalizatsiya (lotinchada clericalis – cherkovda oid degan ma’noni 
anglatadi) hodisasini yuzaga keltirgan. Klerikalizatsiya nafaqat shaxsiy va 
ijtimoiy hayotni tashkillashtirishni boshqargan, balki bu holatni g‘oyaviy 
asoslarini ham yaratgan. O‘rta asrlarda bu jarayon o‘zining yuqori 
nuqtasiga yetgan G‘arb ijtimoiy hayotida cherkov huquqiy va siyosiy 
institut mavqeini egallagan. Diniy qoidalardan chetlashish yoki chekinish 
cherkov tomonidan salbiy baholangan. Bu hodisani yaxshiroq tasavvur 
qilish uchun hurfikrlilik va dunyoviy tafakkur tarafdorlarini jismonan yo‘q 
qilishga qaratilgan mash’um inkvizitsiya hukmlarini eslash kifoya. 
Klerikalizatsiya o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda ham kuzatilgan. 
Insoniyat merosiga beqiyos hissa qo‘shgan, tabiatshunoslik ilmini antik 
davrdan so‘ng sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishga uringan G‘arb 
tabiatshunos olimlaridan Jordano Bruno, Nikolay Kopernik, Galileo 
Galiley va boshqalar singari Sharqda ilmiy tafakkur zahmatkashlari Abu 
Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va ayniqsa Mirzo Ulug‘bek dunyoviy 
ilmlarni rivojlantirishga uringanliklari uchun din peshvolari tomonidan 
ta’qib qilinganlar, ko‘plab G‘arb olimlari esa o‘rta asrlarda qatl etilganlar, 
Jordano Bruno, Ariel Akosto kabi siymolar esa diniy e’tiqodga shak kel-
tirganliklari uchun Rim katolik cherkovining hukmi bilan tiriklayin o‘tda 
kuydirilganlar. Bu davrlarda fan dinga bo‘ysundirilgan, falsafa va etika 
fanlari esa diniy e’tiqod normalarini ijtimoiy voqelikda 
mustahkamlanishiga xizmat qilar edi. Insonning oilaviy hayoti, bolalar 
tarbiyasi, oila-nikoh munosabatlari G‘arbda cherkov tomonidan nazorat 
etilsa, Sharqda esa islom dini misolida shariat qonunlari (musulmon 
huquqi) asosida tartibga solib turilar, jamiyat va insoning har bir xatti-
harakatiga ilohiy tus berilar va yagona Olloh amriga bog‘lanar edi.  
Sakralizatsiya Sharq mamlakatlari (musulmonchilik tarqalgan 
davlatlar)da xarizmatik hokimiyat mavqeiga ega edi. Podshoh, sulton, amir 
yoki xon bir vaqtning o‘zida ham dunyoviy ishlar, ham diniy ishlar 
bo‘yicha mas’ul edi. Qozi, hokim kabi boshqa amaldorlar odatda din 
nomidan ish ko‘rar edilar. Podshoh Ollohning yerdagi noibi, ya’ni vakili 
degan aqida xalq orasida keng tarqalgan edi. Podshohning amri vojib
ya’ni Ollohning amri kabi so‘zsiz bajarilishi lozim, degan fikr omma 
ongiga singdirilar va din peshvolari tomonidan tashviq qilinar edi. 
 
185


Sakralizatsiya Sharq tasavvur falsafasida, ayniqsa so‘fizmda yaqqol 
ko‘zga tashlanadi. Xususan, so‘fizm falsafasining yirik namoyandalaridan 
biri Ahmad Yassaviy ta’limoti to‘la-to‘kis dunyoviy hayotni ilohiy 
hayotga bo‘ysundirishga qaratilgan bo‘lib, inson hayotining mazmunini 
Olloh muhabbatiga erishish, u bilan uyg‘unlashish deb biladi. 
Sakralizatsiya diniy fanatizm va dogmatizmning yo‘ldoshi hamda 
dunyoviy tafakkurga zid tendensiyadir. 
Sakralizatsiyaga qarama-qarshi tamoyil (tendensiya) sekulyari-
zatsiyadir. Sekulyarizatsiya (lotinchada – dunyoviy degan ma’noni angla-
tadi) diniy e’tiqodning jamiyat va kishi hayotining barcha sohalaridagi 
mutlaq hukmronligiga barham berish, hokimiyatni din ta’siridan xalos 
qilish, dunyoviy taraqqiyot yo‘liga o‘tish kabilarni anglatadi. 
Sekulyarizatsiya jarayoni din va diniy tashkilotlarning jamiyat 
hayotidagi o‘rnining o‘zgarishi, dinning davlatdan ajralishiga olib keladi. 
«Sekulyarizatsiya» atamasi ilk bor 1646 yilda Vesfal sulhini tuzish 
uchun yuborilgan fransuz vakili Longvil tomonidan o‘zaro muzokaralarda 
hamda cherkov mulkini davlat va shaxs hisobiga musodara qilish, 
milliylashtirish jarayonini ifoda etish uchun ishlatilgan. 
Ma’lumki, o‘rta asrlarda cherkov va ruhoniylar yirik yer egasi edilar. 
Ularga jamiyat mulkining juda katta qismi tegishli bo‘lgan. Ijtimoiy 
taraqqiyot sekulyarizatsiya jarayonini tezlashtirgan. G‘arbda Reformatsiya 
davrida (taxminan XIV asr o‘rtalari va XVII asrning boshlarini o‘z ichiga 
oladi) davlatning cherkovdan qaramligi zaiflashgan. Sekulyarizatsiya bu 
davrda ko‘proq yuridik atama sifatida ijtimoiy mulkni cherkov tasarrufidan 
davlat va xususiy shaxslar tasarrufiga o‘tish jarayonini ifodalash uchun 
ishlatilgan.  
Sekulyarizatsiya jamiyatning siyosiy sohasiga ham ijobiy ta’sir 
ko‘rsatgan. XVIII asrlardan boshlab davlat cherkovga qaram bo‘lmay, 
o‘zining ichki va tashqi siyosatini mustaqil yurgizish imkoniyatiga ega 
bo‘lgan. Bu ayniqsa ta’lim-tarbiya sohasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Diniy 
o‘quv dargohlari bilan birga dunyoviy maktablar, gimnaziya va 
universitetlar paydo bo‘lgan. Dunyoviy bilimlar va tabiatshunoslik ilmi 
gurkirab rivojlangan, fan-texnika taraqqiyotiga keng yo‘l ochilgan. 
Ayniqsa G‘arb mamlakatlari tomonidan yangi yerlarning ochilishi, bir 
necha geografik kashfiyotlar jamiyatda sekulyarizatsiya jarayonini yanada 
 
186


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə