«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63

4.
 
«Islom fundamendalizmi» iborasi qachon paydo bo‘lgan? 
5.
 
Diniy ekstremizm va fundamentalizmning mamlakatimizda yuzaga 
kelishi sabablari va maqsadlari nimalardan iborat?  
6.
 
 Fundamental  qadriyatlarga  e’tiqod qilishning ijobiy jihatlari 
nimalarda namoyon bo‘ladi? 
7.
 
Diniy ekstremizm va fundamentalizmga qarshi kurashning asosiy 
yo‘llari haqida fikr yuriting? 
8.
 
Prezidentimiz I. A. Karimov diniy ekstremistik va fundamentalistik 
ruhdagi sektalar faoliyatining milliy mustaqilligimizga tahdidini 
nimalardan iborat deb hisoblaydi? 
 
178


10-mavzu 
MUSTAQIL O‘ZBEKISTONDA VIJDON ERKINLIGI VA UNING 
HUQUQIY ASOSLARI 
Jamiyatda dinning o‘rni va ahamiyati 
Mustaqillik yillarida xalqimizning azaliy qadriyatlarini tiklash 
borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, o‘zligimizni 
angladik, tariximizga xolisona qarash, bebaho ma’naviy mulkimiz bo‘lgan 
islom diniga e’tibor kuchaydi. Xalqimizning go‘zal an’analaridan biri – 
Navro‘z bayramining tiklanishi, Ro‘za va Qurbon hayitlarining rasman 
umumxalq bayrami sifatida dam olish kuni deb belgilanishi ma’naviy 
poklanish yo‘lidagi jiddiy harakatlarning amaliy ko‘rinishdir. 
Mustaqillikka erishganimizga qadar yurtimizda faqat 87 ta masjid 
faoliyat ko‘rsatgan. Bugun O‘zbekistonda 2000 dan ziyod masjid ishlab 
turibdi. Mustaqillik yillarida jamiyat a’zolarining vijdon erkinligini 
ta’minlash, ularning o‘z diniy marosim va urf-odatlarini ado etishlari 
uchun barcha zarur shart-sharoitlar vujudga keltirildi. 
Masalan, 1980 yilda sobiq Ittifoq bo‘yicha faqat 17 kishi muqaddas 
haj ziyoratiga borgan bo‘lsa, 2001 yilning o‘zidayoq 4 mingdan ziyod 
yurtdoshlarimiz bu saodatga musharraf bo‘lganlar. Mustaqillikka 
erishganimizdan buyon o‘tgan qisqa vaqt ichida minglab yurtdoshlarimiz 
haj va umra ziyoratini amalga oshirish baxtiga muyassar bo‘ldilar. 
O‘zbekiston musulmonlari idorasining sobiq raisi muftiy Abdurashid 
qori Bahromov bu haqda shunday deydilar: «Ilgarilari yurtimizda istibdod 
mafkurasi hukmronlik qilgan davrlar, haj safariga borish juda qiyin bo‘lib, 
safar ijozati nihoyatda past darajada cheklangan edi. Taassufki, uzoq yillar 
davomida diyorimiz musulmonlarining bu boradagi orzu niyatlariga yetarli 
darajada e’tibor berilmadi. Natijada, ko‘plab ulamolarimiz va bir qancha 
imon-e’tiqodli kishilarimiz yetmish yillar mobaynida tilak va orzular qilib, 
hajga bora olmasdan, armon bilan dunyodan ketdilar. Endilikda ming-
minglab mo‘min-musulmonlar muborak haj safariga borishga musharraf 
bo‘lmoqdalar va bo‘ladilar»
19

Lekin Sovet Ittifoqi mafkurasi barham topib, konfessiyalar tizimi 
shakllanmagan davrda (hozir O‘zbekistonda 20 ga yaqin diniy konfesssiya 
faoliyat ko‘rsatmoqda) mamlakatimiz hududiga har xil yo‘nalishdagi din 
targ‘ibotchilari va mazhablar suqilib kira boshladilar. Huquqiy maqomi va 
                                           
19
  Абдурашид  ќори  Баћромов.  Мустаќиллик  ва  виждон  эркинлиги // 
Демократия ва инсон ћуќуќлари. – Т., 1999. – № 34.– Б. 47.
 
 
179


faoliyati tushunilmas darajada aralashib ketgan, ro‘yxatga olinmagan diniy 
tashkilotlar, har xil sektalar soni hududimizda bilib bo‘lmas darajada 
ko‘paygan edi. 
1992 yil 8 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 
qabul qilinganligi va bu yo‘nalishlarning huquqiy tartibga solinishi tarixiy 
ahamiyatga molik hodisa bo‘ldi. Uning 18-moddasida: «O‘zbekiston 
Respublikasining barcha fuqarolari bir xil huquq va erkinliklarga ega 
bo‘lib, jinsi, irqi millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va 
ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar», – deyilgan. 
Biroq, dinga e’tiqod qilish – har bir fuqaroning o‘z ixtiyoriga bog‘liq. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasiga binoan 
hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga 
e’tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy 
qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, 
Konstitutsiyaning 57-moddasida ta’kidlanishicha, konstitutsiyaviy tuzumni 
zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, Respublikaning 
suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy 
huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va 
diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning sog‘lig‘iga va ma’naviyatiga 
tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va 
diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining 
tuzilishi va faoliyati, maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanadi. 
1998 yil 1 mayda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 
yangi tahrirdagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi 
qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun O‘zbekistonda dinning mavqei va 
o‘rnini juda aniq va ravshan belgilab beradi, sekulyarizm prinsipining har 
qanday dunyoviy davlat uchun muhim ekanligini ko‘rsatadi. 
Qonunning 5-moddasi O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy hayotining 
deyarli barcha sohalarida mamlakatning dinga munosabatini yoritib beradi. 
Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan. Hech 
bir dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki 
cheklashlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Davlat turli dinlarga e’tiqod qiluvchi yoki hech qaysi dinga e’tiqod 
qilmaydigan fuqarolar, har-xil e’tiqodlarga mansub diniy tashkilotlar 
o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashadi, 
dindorlarning mutaassiblikka hamda ekstremizmga, munosabatlarni 
qarama-qarshi qo‘yish va keskinlashtirishga, turli konfessiyalar o‘rtasida 
adovatni avj oldirishga qaratilgan xatti-harakatlariga yo‘l qo‘ymaydi. 
 
180


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə