«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63

Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni ko‘llab-
quvvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga 
qaratilgan xatti-harakatlar (rozelitizm), shuningdek har qanday 
missionerlik faoliyati man etiladi. Ushbu qoidani buzgan shaxslar qonun 
hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar. 
Davlat diniy tashkilotlar zimmasiga o‘zining hech qanday vazifasini 
bajarishni yuklamaydi, ularning qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan 
faoliyatlariga aralashmaydi. Diniy tashkilotlar davlatning vazifalarini 
bajarmaydi. Davlat diniy tashkilotlarning faoliyatlarini va dahriylik 
targ‘ibotiga oid harakatlarini mablag‘ bilan ta’minlamaydi. 
O‘zbekiston Respublikasida diniy mohiyatdagi siyosiy partiya va 
jamoat harakati, shuningdek respublikadan tashqarida tuzilgan diniy 
partiyalarning filiallari va bo‘limlarini tuzishga va ularning faoliyat 
yuritishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Diniy tashkilotlar amaldagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishlari 
shart. Dindan davlatga va konstitutsiyaviy tuzumga qarshi targ‘ibot olib 
borish, dushmanlik, nafrat, millatlararo adovat uyg‘otish, axloqiy negizlar 
va fuqaroviy totuvlikni buzish, bo‘hton, vaziyatni beqarorlashtiruvchi 
uydirmalarni tarqatishda, aholi o‘rtasida nizo chiqarish hamda davlatga, 
jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa xatti-harakatlarda 
foydalanishga yo‘l quyilmaydi. Terrorizm, narkobiznes va uyushgan 
jinoyatchilikka ko‘maklashadigan, shuningdek, g‘arazli maqsadlarni 
ko‘zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar va boshqalarning faoliyati 
qat’iyan man etiladi. 
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga, mansabdor shaxslarga 
tazyiq o‘tkazishga qaratilgan har qanday urinish, shuningdek yashirin 
diniy faoliyat qonun bilan taqiqlanadi. 
O‘zbekistonda dinning ta’lim tizimiga munosabati ham umumjahon 
taraqqiyoti taqozo etgan, o‘zini tarixan oqlagan tamoyillarga asoslangan. 
O‘zbekiston Respublikasida sekulyarizm prinsipiga rioya qilinadi, ya’ni 
ta’lim tizimi dindan ajratilgan. Ta’lim tizimi  o‘quv dasturlariga diniy 
fanlarning kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Respublika fuqarolarining 
dunyoviy ta’lim olish huquqlari dinga munosabatlaridan qat’i nazar 
ta’minlanadi. 
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun 
O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy tashkilotlar tuzishning huquqiy 
maqomini belgilaydi. Ushbu qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi 
fuqarolarining dinga e’tiqod qilishdan iborat rasm-rusumlar va 
marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan ko‘ngilli 
 
181


birlashmalari (diniy jamiyatlar va o‘quv yurtlari, masjidlar, cherkovlar, 
sinagogalar, monastirlar va boshqalar) diniy tashkilotlar deb e’tirof etiladi. 
Diniy tashkilot o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi 
hududida doimiy yashayotgan yuz nafardan kam bo‘lmagan fuqarolarning 
tashabbuslari bilan tuziladi. 
Tegishli konfessiyaga qarashli diniy tashkilotlarning faoliyatini 
muvofiqlashtirish va yo‘naltirib borish uchun ularning O‘zbekiston 
Respublikasi bo‘yicha yagona markaziy boshqaruv organlari tuzilishi 
mumkin. 
Diniy tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki 
uning joylardagi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin yuridik 
shaxs maqomiga ega bo‘ladilar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
tartibda o‘z faoliyatlarini amalga oshirishlari mumkin. 
Tegishli diniy ma’lumotga ega O‘zbekiston fuqarosi diniy tashkilot 
rahbari bo‘lishi mumkin. Diniy tashkilot rahbarligiga O‘zbekiston fuqarosi 
bo‘lmagan shaxslarning nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi qoshidagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan kelishib olinadi. 
O‘zbekistonda diniy tashkilotlarning huquqiy maqomi 1991 yil 14 
iyunda (mustaqillikkacha) qabul qilingan «Vijdon erkinligi va diniy 
tashkilotlar to‘g‘risida»gi dastlabki qonunda juda zaif belgilangan bo‘lib, 
diniy tashkilotlar tuzish osonlashtirilgan edi. Natijada ayrim viloyatlarda 
diniy tashkilotlarning soni benihoyat ortdi, diniy tashkilotlarga g‘arazli 
maqsadli shaxslar ham suqilib kira boshladilar va turli siyosiy davolar 
bilan haqiqiy din ahlini ekstremistik yo‘llarga torta boshladilar. 
Jamiyatning ma’naviy sohasida sodir bo‘layotgan islohotlardan ustomonlik 
bilan foydalanmoqchi bo‘lgan turli diniy ekstremistik kuchlar yangi 
tahrirdagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunda 
belgilangan huquqiy asoslar bilan cheklandilar va bizning hududimizda 
diniy davlat qurish haqidagi xom xayollaridan mahrum bo‘ldilar va 
xalqimizning nafratiga duchor bo‘ldilar, ayrim janggarilar esa o‘z 
qilmishlariga yarasha jazo ham oldilar. 
O‘zbekistonda diniy e’tiqod erkinligi deyarli yigirmaga yaqin diniy 
konfessiyalar faoliyati uchun sharoit yaratdi. Hozir O‘zbekistonda turli 
mazhablar, sektalar ham o‘z maslakdoshlariga ega. Bular adventistlar, 
krishnachilar, baptistlar, yevangelistlar, iyegovachilar, shialar, 
buddaviylar, katoliklar, yahudiylar, lyuteranlar va hatto baxailar bo‘lib, o‘z 
diniy urf-odatlarini erkin amalga oshiradilar. O‘zbekistonda diniy 
mazhablar va oqimlar ko‘p bo‘lishiga qaramay, o‘z nufuzi va mavqeiga 
 
182


ko‘ra ikki asosiy konfessiya mamlakat ijtimoiy hayotida salmoqli o‘rin 
tutadi. Bular islom diniy boshqarmasi va rus pravoslav cherkovidir. 
1995 yil Toshkentda «Yagona osmon ostida birgalikda yashayman» 
deb nomlangan xalqaro xristian-musulmon konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. 
Unga Markaziy Osiyoning musulmon va pravoslav ruhoniylari, BMT 
vakillari va umumjahon cherkovlar kengashi delegatlari qatnashdilar. 
Xorijdan kelgan mehmonlar O‘zbekistonda hukm surayotgan dinlar va 
konfessiyalararo o‘zaro hurmat va totuvlikni ko‘rib mamlakatda 
demokratik davlat shakllanayotganiga amin bo‘lishdi. Darhaqiqat, 
dinlararo hamjihatlik yuksak ma’rifat va axloqni taqozo etadi. Barcha 
dinlarga xos bo‘lgan ezgulik, mehr-shafqat va tinchliksevarlik g‘oyalari 
ayrim din niqobida yurgan ekstremist unsurlar da’vatlariga tamomila zid 
ekanligini hayotning o‘zi isbot etmoqda. Ayrim din arboblari ham 
O‘zbekistondagi istiqomat qiluvchi g‘araz maqsadli shaxslarni tanqid 
qilishmoqda. Masalan, Toshkent va O‘rta Osiyo arxiyepiskopi Vladimir 
(Ikim): «Din 

samoviy ishdir, siyosat 
– 
dunyoviy ishdir, din 
peshvolarining siyosatga aralashishlari kerak emas, ular ta’lim-tarbiya 
berishlari lozim»
20
, – deb ta’kidlaydi. 
Shunday qilib, mustaqil O‘zbekistonda dinning mavqei sobiq sho‘ro 
davridagi holatdan butunlay farq qiladi. Din taraqqiyoti uchun davlat 
barcha sharoitlarni yaratmoqda va diniy e’tiqod qonun yo‘li bilan 
kafolatlangan. Din mamlakatimiz hayotida muhim o‘rin tutadi. U 
xalqimizning ma’naviy poklanishi, ajdodlarimiz merosining vorisi 
bo‘lishligi, asrlar davomida orzu qilgan mustaqilligimizni mustahkamlash 
va farovon hayot qurishimiz uchun xizmat qiladi.  
O‘zbekistonda dinning mavqei va o‘rni bundan buyon ham mustah-
kamlanib boradi. Hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy-
madaniy va ma’rifiy siyosat bu borada muhim qadam bo‘lmoqda. 
Jamiyat ma’naviy hayotida dinning  
o‘rni va ahamiyati 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, sobiq sho‘ro tuzumida hukmron 
bo‘lgan ateizm (dahriylik) mafkurasi ham barham topdi. Islom dini asriy 
tutqunlikdan so‘ng yana o‘zining mavqeini tiklab, jamiyatning ma’naviy 
hayotida ahamiyatga ega bo‘la boshladi. 
                                           
20
  Владимир  (Иким).  Маънавиятнинг  гуллаши.  Мустаќиллик  ва  динлараро 
тотувлик // Демократлаштириш ва инсон ћуќуќлари. – 1999. – № 41. – Б. 45.
 
 
183


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə