«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   63

mukammal egallab, fiqh, ya’ni islom huquqshunosligi bobida benihoya 
chuqur ilmga ega bo‘lganligi va fundamental asarlar yaratganligi uchun 
Burhon ud-din va-l-milla
11
 va Burhoniddin al-Marg‘inoniy nomlari bilan 
mashhurdir. 
Al-Marg‘inoniyning islom taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi islom 
huquqshunosligida ayniqsa salmoqlidir. Bu uning 1178 yil Samarqand 
shahrida yozilgan «Hidoya» asari bilan bog‘liqdir. 
«Hidoya»da huquqiy masalalarning yechimi dastlab taniqli fiqh 
olimlari fikrlarining bayoni va unga boshqa mualliflarning e’tirozlari yoki 
qo‘shilishlarini izhor etish yo‘li bilan berilgan. Ana shu obro‘li mualliflar 
fikrlaridan kelib chiqib, muayyan masalada eng ma’qul yechimni tanlash 
yo‘liga amal qilingan. Shu tariqa unda qonunning aynan ifodasigina emas, 
balki mukammal sharhi ham asoslab keltirilgan. 
«Hidoya» to‘rt juzdan iborat bo‘lib, birinchi juzga ibodat masalalari, 
ya’ni tahorat, namoz, ro‘za, zakot va haj kiritilgan. Ikkinchi juzga nikoh
emizish, taloq, qullarni ozod qilish, topib olingan bolaning nasabini 
aniqlash, topib olingan narsa, qochib ketgan qul, bedarak yo‘qolgan shaxs, 
sherikchilik va vaqf mulkiga oid masalalar kiritilgan. 
Uchinchi juzda esa oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, pulni birovga 
o‘tkazish, qozilarning vazifalari, guvohlik, berilgan guvohlikdan qaytish, 
vakolat, da’vo, iqror bo‘lish, sulh, bir ishda pul bilan sherik bo‘lish, pulni 
saqlashga berish, qarz berish, sovg‘a, ijara, muayyan shart asosida 
cheklangan ozodlik berilgan qullar, vasiylik, majbur qilish, homiylik, 
qisman ozod bo‘lgan qullar va bosqinchilik xususidagi masalalar o‘rin 
olgan. 
To‘rtinchi juzda esa, meros taqsimoti, dehqonchilik hamda 
bog‘dorchilik xususidagi shartnoma, qurbonlikka so‘yiladigan jonzod, 
umuman, qurbonlik qilish, shariatga zid (yomon) narsalar, tashlandiq 
yerlarni o‘zlashtirish, taqiqlangan ichimliklar, ovchilik, garov, jinoyatlar, 
yuk haqi to‘lash, vasiyat kabi masalalar kiritilgan. 
Burhoniddin al-Marg‘inoniyning «Hidoya» asari bir necha asr 
davomida islom davlatlarida huquqshunoslik bo‘yicha asosiy manba bo‘lib 
xizmat qilgan. Markaziy Osiyoda 1917 yilgi sho‘rolar inqilobi natijasida 
shariat qonunlari bekor qilinib, sovet sud tizimi o‘rnatilguniga qadar buyuk 
allomaning «Hidoya» asari sud-huquq amaliyotida asosiy qo‘llanma 
vazifasini o‘tab kelgan. 
                                           
11
 «Милла» деганда халќ, яъни мусулмонлар тушунилади. Бу билан олимни 
улуѓлаб,  уни  ислом оламидаги халќлар  ћамда  ислом динининг далили,  исботи 
дейилади.
 
 
153


1991 yilda xalqimiz mustaqillikka erishgach, bu ulug‘ vatan-
doshimizning o‘lmas merosiga e’tibor yana tiklandi. «Hidoya» asari 
o‘zbek huquqshunosligi uchun yana shoh asarlardan biriga aylandi. 1994 
yilda «Hidoya» qayta nashr etildi. Markaziy Osiyoda islom dinining 
keyingi taraqqiyoti X–XI asrlarda tasavvuf ta’limotini shakllantirdi. 
Sharqshunos olim O. O. Usmonovning ta’kidlashicha, tasavvuf Yaqin va 
O‘rta Sharq xalqlarining ma’naviy hayoti tarixidagi eng murakkab, o‘zaro 
ziddiyatlarga to‘lib-toshgan va muhim hodisalardan biri bo‘lib, 
tarkidunyochilik, bu dunyo boyliklari va nozu ne’matlaridan voz kechish, 
Olloh vasliga yetmoq uchun pok, halol, o‘z mehnati ila yashash, ixtiyoriy 
ravishdagi faqirlik unga xos xususiyatlardan hisoblanadi. 
Tasavvuf ta’limoti XI–XII asrlarda yashab ijod etgan islom allomasi 
Yusuf Hamadoniy (1048–1140) nomi bilan bog‘liq bo‘lib, keyinchalik 
yassaviya, naqshbandiya, kubraviya, bektoshiya kabi tariqatlarni yuzaga 
keltirdi
12

Ahmad Yassaviy (1005–1166) tariqati turkiyzabon xalqlar madaniyati 
tarixida katta o‘rin tutadi. Tasavvufdagi barcha yirik tariqatlarda 
bo‘lganidek, yassaviya ta’limoti quyidagi qoidalarga amal qilishga 
asoslangan: 
1) murid hech kimsani o‘z piridan afzal ko‘rmasligi, unga doimo 
taslimiyot izhor qilmog‘i lozim;  
2) murid shunchalik zukko va idrokli bo‘lishi kerakki, to o‘z 
shayxining rumuz va ishoralarini mukammal anglay olsin;  
3) shayxning barcha akvoli (so‘zlari) va af’oli (ishlari)ga murid sodiq 
bo‘lib, unga mutlaqo mute va mu’taqid bo‘lmog‘i lozim;  
4) o‘z murshidi (piri)ning barcha topshiriqlarini chustu choloklik 
(chaqqonlik) ila sidqidildan bajarib, uni hamisha rozi qilib yurmog‘i zarur. 
Chunki rizoi Olloh uning (ya’ni shayxning) izmidadir; 
5) murid o‘z so‘ziga sodiq, va’dasiga vafoli bo‘lib, murshidi ko‘nglida 
hech qanday shak-shubha tug‘dirmasligi zarur;  
6) murid o‘z va’dasiga vafodor, so‘zida ustuvor turmog‘i lozim;  
7) murid o‘z ixtiyoridagi barcha mol-mulkini, butun bor-yo‘g‘ini o‘z 
shayxiga nisor etmoq uchun doimo tayyor turmog‘i lozim;  
8) murid o‘z murshidining barcha sir-asrorlaridan ogoh bo‘lib, uning 
ifshosini hech vaqt xayoliga keltirmasligi kerak; 
                                           
12
  Ќаранг:  Маънавият  юлдузлари / Масъул  мућаррир  М. М. Хайруллаев. – 
1999. – Б. 134.
 
 
154


9) murid o‘z shayxining barcha takliflarini nazarda tutib, uning 
mushkulotini oson qilmog‘i, pandu nasihatlarini bajo keltirmog‘i shart; 
10) murid xudo visoli uchun o‘z shayxi yo‘lida butun molu jonini 
nisor etmoqqa tayyor turishi, uning do‘stiga do‘st, dushmaniga dushman 
bo‘lib yashamog‘i shart
13

Ahmad Yassaviy o‘z tariqatini she’riy uslubda «Hikmat» nomli asarida 
bayon etgan. Yassaviy ta’limoti kishilar o‘rtasida poklik, halollik, to‘g‘rilik, 
mehr-shafqat, o‘z qo‘lining kuchi va peshona teri bilan hayot kechirish orqali 
Olloh visoliga yetish mumkin, degan g‘oyani olg‘a surgan. Yassaviya 
ta’limoti ba’zi kishilarning mol-dunyoga hirs qo‘yishini qoralaydi, 
kamtarlikka, g‘aribparvarlikka da’vat qiladi. Shunday qilib, Ahmad Yassaviy 
Markaziy Osiyoda ilk tasavvuf ilmiga asos solgan, islom dinining 
taraqqiyotiga hissa qo‘shgan. 
Islom dini taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan yana bir vatandoshimiz 
Xorazmning Xivaq shahrida dunyoga kelgan Najmiddin Kubro (1145–1221) 
hisoblanadi. Islomshunoslik ilmida uning ta’limoti kubraviya tariqati nomi 
bilan mashhurdir. Yoshligidan ilmga chanqoq Najmiddin Misr, Eron va 
Sharqning boshqa mamlakatlarida tahsil olgan. Uning islom diniga qo‘shgan 
hissasi shundaki, zikrni ovoz chiqarmasdan (xufiya) ijro etish usulini 
kiritgan. Kubraviya tariqati hadis va shariatga asoslanadi. Bu ta’limotga 
ko‘ra, inson o‘z mohiyat-e’tibori bilan kichik olamni tashkil etadi va katta 
dunyo bo‘lmish koinotdagi barcha narsalarni o‘zida mujassamlashtiradi. 
Ilohiy sifatlar yuqori samoviy doiralarda birin-ketin o‘ziga xos maqomlarda 
joylashtirilgani sababli, haqiqat yo‘lini qidiruvchilar bunday yuksaklarga 
ko‘tarilib, ilohiy sifatlarga ega bo‘lish, ya’ni kamolotga erishish uchun, 
ma’lum riyozatli yo‘llarni bosib o‘tishlari zarur. Buning uchun quyidagi 
o‘nta asosga tayanmoq lozim: tavba, zuhd fi-dunyo, tavakkal, qanoat, uzlat, 
mulozamat az-zikr, tavajjuh, sabr, muroqaba va rizo. 
Ushbu o‘nta talabning qisqacha mohiyati shundaki, kishi bu dunyo 
lazzatlari va mol-dunyoga hirs qo‘yishdan o‘zini tiyishi, sabr-qanoatli bo‘lishi, 
o‘zligidan kechib, xudoga muhabbat qo‘yishi, unga cheksiz ishonishi lozim. 
Najmiddin Kubrodan qator asarlar meros qolgan. Masalan, «Favo‘ix al-jamol 
va favotix al-jalol», «Al-usul al-ashara», «Risolat al-xo‘if al-xa’im min 
laumon al-la’im» kabilar shular jumlasidan. Uning yana bir asari – «Risolatun 
odob ul-zokirin» («Zikr aytuvchilar odobi haqida risola») fors tilida bizgacha 
yetib kelgan bo‘lib, hozir O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 
Sharqshunoslik institutining kutubxonasida saqlanmoqda. 
                                           
13
 Ўша асар. – Б. 136.
 
 
155


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə