«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   63

saylangan. Agar xalifa jamoa manfaatini himoya qilmasa, egallab turgan 
lavozimidan bo‘shatilgan yoki qatl qilingan. 
Vaqt o‘tishi bilan ilohiyotga e’tiqod va amal aqidalarini kiritish taklif 
etilgan. Unga binoan, xudoga e’tiqod amaliy faoliyat bilan 
mustahkamlanishi, musulmon kishi vijdon amri bilan ish tutishi, diniy 
tartibga nafaqat so‘zda, balki amalda ham rioya etishi lozim. Diniy tartibni 
bajarmagan kishilar shafqatsiz jazolanganlar. Islom musulmonlarni 
kamtarona yashashga da’vat etadi va unda o‘yin-kulgu, musiqa, 
mayxo‘rlik va boylikka hirs qo‘yish kabilar qoralanadi. 
Xorijiylar yo‘nalishida quyidagi asosiy guruhlar mavjud: 
1) ibodiylar  guruhi  VII asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan. 
Unga Abdulloh ibn Ibod (VII asrning ikkinchi yarmida yashagan) asos 
solgan. U yo‘nalishning mo‘tadil guruhi hisoblanadi va diniy ta’limotda 
ijtimoiy shart-sharoitlarni hisobga olish va hukmron siyosiy kuchlar bilan 
murosa qilish, hatto ularga yon bosishga yo‘l qo‘yadi; 
2) sufritlar guruhi VII asrning ikkinchi yarmida Arabistonda vujudga 
kelgan. Mazkur guruh maqsadni yashirish, vaziyatga qarab kurash 
usullarini o‘zgartirish tarafdori sanaladi; 
3)
 
azrakiylar guruhi VII asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan. 
Unga Nafi ibn Azrak (685 yilda vafot etgan) asos solgan. Bu guruh e’tiqod 
masalasida har qanday murosalarni inkor qiladi. Azrakiylar guruhi 
maqsadga erishishda qat’iy harakat tarafdori hisoblanadi. 
Xorijiylar xalifa Ali va boshqa sulolalar vakillariga qarshi murosasiz 
kurash olib borganlar. Ularning ijtimoiy-siyosiy tizimga nisbatan 
murosasizligi, kishilar hayotini normativlashtirish darajasining juda 
yuqoriligi va uni qat’iy nazorat qilishga intilishi yo‘nalish tarafdorlari 
sonining kamayishiga sabab bo‘lgan. Ayni vaqtda xorijiylar juda kam sonli 
bo‘lib, Shimoliy Afrikada va ayrim arab davlatlarida saqlanib qolgan. 
Islom yo‘nalishlari qatorida avvalgi ta’siri va mavqeini yo‘qotgan. 
Islom dinidagi yirik yo‘nalishlardan biri shialikdir (arabchada shia  – 
guruh, partiya, tarafdorlar degan ma’nolarni anglatadi). U VII asrning 
o‘rtalarida xalifa Ali va uning tarafdorlarini birlashtirgan diniy-siyosiy 
oqim sifatida Iroqda vujudga kelgan.  
Shialar dastlab siyosiy hokimiyatni Muhammad payg‘ambarning 
avlodlari boshqarishi va hokimiyat otadan farzandga meros sifatida o‘tishi 
kerak degan talablari bilan chiqqanlar. Shuning uchun shialar  Ali va uning 
avlodlaridan boshqa barcha sunniy xalifalarni zo‘ravonlik bilan 
hokimiyatni bosib olganlikda ayblaydilar. Sunniy xalifalarga Ali va uning 
avlodi bo‘lgan o‘n ikki imomni qarshi qo‘yadilar. Oxirgi (o‘n ikkinchi) 
 
144


imom Muhammad Mahdiy (Olloh yo‘liga yetaklaydigan kishi) 873 yilda 
tug‘ilgan. U yoshlik chog‘ida bedarak yo‘qolgan. 
Diniy ta’limotda shialar Qur’oni karim Ollohning kalomi ekanligini 
tan oladilar, lekin xalifa Usmon uni o‘z manfaatiga moslashtirib, xalifa 
Alining hokimiyatni egallashiga oid bitta surani chiqarib tashlagan, deb 
hisoblaydilar. Shu bilan birga qur’onning haqiqiy nusxasini qiyomat kuni 
o‘n ikkinchi imom Yerga olib kelishi haqidagi aqida qabul qilingan. 
Shialar, sunniylardan farqli o‘laroq, Muhammad payg‘ambar bilan 
bog‘liq hadislarni tan olmaydilar. Ular xalifa Ali va uning avlodlari bilan 
bog‘liq maxsus hadislar to‘plamini tuzganlar va u «Axbor» deb nomlanadi. 
Shu bilan birga, shialar iymonda beshta aqida (Ollohning yagonaligi, 
adolat, oxirat va o‘lgandan keyin qayta tirilish, payg‘ambarlik, imomat)ni 
tan oladilar. 
Shialikda diniy ta’limot bilan birga urf-odat va marosimlarda ham 
farqlar mavjud. Masalan, ular Makka va Madinadan tashqari Karbalo va 
Najaf shaharlarini ziyorat qiladilar. Xalifa Alining avlodi bo‘lgan o‘n ikki 
imomning jabrdiyda va din yo‘lida shahid bo‘lganlar sifatida qabrlari 
muqaddaslashtirilgan. Imom Husaynga motam tutadilar. Bu «shaxsey-
vaxsey» marosimi deb ataladi. 
Shialikning asosiy mazhablari quyidagilardan iborat: 
1) alaviylar  mazhabiga  IX asrda Ibn Nusayr asos solgan. Shu bois 
mazhab asoschisining nomi bilan nusayriylar  deb ham ataladi. Mazhab 
a’zolari xalifa Alining shaxsini ilohiylashtiradilar va uni xudo kabi 
ulug‘laydilar. Alaviylar ta’limotida xristianlik aqidalari, oy va 
yoritqichlarga sig‘inish, ruhning ko‘chib yurishiga ishonish kabi qarashlar 
mujassamlashgan. Odamlarning ruhlari dastlab yulduzlar bo‘lgan. Ali 
ularni odamlarning jismiga joylagan. Taqvodor odamlarning ruhlari vafot 
etganlaridan keyin yana qayta yulduzlarga aylanadi. Gunohga botgan 
odamlarning ruhlari hayvonlar jismiga ko‘chadi. Alaviylar mazhabiga 
mansub kishilar namoz, ro‘za va boshqa islom marosimlarini 
bajarmaydilar va rasmiy diniy oqimlar tomonidan ta’qib qilinganligi 
sababli o‘z e’tiqodlarini sir tutadilar; 
2) zaydiylar  mazhabi  VIII asrning o‘rtalarida, ummaviylar 
sulolasining inqirozi davrida vujudga kelgan va Shialarning beshinchi 
imomi – Muhammad al-Bokirning ukasi Zayd ibn Alining nomi bilan 
atalgan. Ushbu mazhab vakillari Zaydni beshinchi imom deb hisoblab, 
undan keyingi imomlarni tan olmaydilar. Aqidalari va marosimlari 
jihatidan shialar va sunniylarning o‘rtasida turib, har ikkala oqimga 
nisbatan murosa yo‘lini tutadilar. Zaydiylar xalifa Alidan ilgarigi xalifalar 
 
145


hokimiyatini tan oladilar va o‘n ikkinchi imom – Muhammad Mahdiyning 
qiyomat kunida qaytib kelishiga ishonmaydilar avliyolar va mozorlarga 
sig‘inishni, zohidlikni inkor qiladilar; 
3) ismoiliylar mazhabi VIII asrning o‘rtalaridan shakllana boshlagan 
va IX asrning oxirlariga kelib mustaqil diniy mazhabga aylangan. Bunga 
shialarning oltinchi imomi – Jafar as-Sodiqning katta o‘g‘li Ismoil 
(ichkilik va maishatga berilganligi uchun taxt vorisligidan mahrum 
qilingan) asos solgan. Diniy-falsafiy ta’limot tizimi neoplatonizm, 
neopifagorizm, xristian gnostisizmi kabilar ta’sirida shakllangan. Ta’limot 
zohiriy (tashqi) va botiniy (ichki) qismlarga bo‘linadi. Zohiriy qismi 
shialarning umumiy qarashlaridan deyarli farqlanmaydi. U maxfiy 
ta’limotdan bexabar bo‘lgan ismoiliylar ommasiga mo‘ljallangan. Botiniy 
ta’limotda xudodan keyingi yettita quyi pog‘ona ajratiladi. Yettinchi 
pog‘onani kamolotga erishgan inson, ya’ni payg‘ambar tashkil etadi. 
Kamolotga erishgan inson o‘zida «olamiy aql»ni aks ettirgan notiq bo‘lib, 
xudo ta’limotini kishilarga yetkazadi. Ismoiliylar mazhabidan keyinchalik 
turli yo‘nalishlar ajralib chiqqan. 
4) ja’fariy mazhabi shialikning diniy-huquqiy tizimi bo‘lib, o‘n 
ikkinchi imomga e’tiqod qiluvchi imomiylarning asosiy oqimini tashkil 
etadi. Mazhabning asoschisi sifatida oltinchi imom – Ja’far as-Sodiq (700–
765) qabul qilingan bo‘lsa-da, aslida uning shakllanishida imom ishtirok 
etmagan. IX–X asrlarda bir qator mujtahid va ilohiyotchilar tomonidan 
mazhab ta’limoti ishlab chiqilgan.  
Shialik hozir Eron Islom Respublikasi, Iroq va Yamanda keng tarqalgan. 
Shia yo‘nalishiga mansub ayrim guruhlar Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, 
Suriya, Livan, Misr kabi davlatlarda ham uchraydi. Ma’lum miqdorda shia 
yo‘nalishidagi musulmonlar Ozarbayjon, Tojikiston va Markaziy Osiyoning 
ayrim hududlarida uchraydi. 
Islomdagi eng yirik yo‘nalish sunniylikdir. Sunniylar o‘zlarini asl islom 
an’analari tarafdorlari deb hisoblaydilar. Sunniylik ortodoksal (grekchada – 
dindor, e’tiqodli, ya’ni, biron-bir ta’limotga, yo‘nalishga, dinga og‘ishmay 
amal qiluvchi degan ma’nolarni anglatadi) islom yo‘nalishidir. Yo‘nalish 
islomning Muhammad payg‘ambar davrida vujudga kelgan ta’limotini tan 
oladi. Sunnat islomning ikkinchi manbai sifatida qabul qilingan va unda 
an’anaviy diniy marosimlar, maishiy turmush hamda ijtimoiy hayot 
qoidalariga amal qilinadi. 
Sunniylikda islomning muqaddas manbalarini ijtimoiy hayotda 
qo‘llashga munosabat masalasida quyidagi mazhablar mavjud: 
 
146


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə