«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent


-jadval Turli rivojlanish davrlarida bug‘doy donining mikroflora tarkibi



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə61/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

9.2.-jadval

Turli rivojlanish davrlarida bug‘doy donining mikroflora tarkibi.

Namuna

Pishganlik darajasi

Mikroorganizmlarning umumiy soni, %


Shu jumladan


bakteriyalar


mog‘or zamburug‘lari


aktinomitsetlar


Birinchi


Sut
Mum

To‘liq

100
218

126

98,0
98,5

99,9

1,4
0,8

0,1

0,6
0,7

-

Ikkinchi


Sut
Mum

To‘liq

100
67


220


90,6
95,0

96,4

1,9
4,5

3,0

7,5
0,5

0,6

Izoh: Sut pishiqlik davridagi mikroblar soni 100% deb olingan. Yuqorida keltirilgan jadval ma’lumotlari, ya’ni yangi yig‘ib olingan don uyumidagi mikroorganizmlar sonining guruhlar bo‘yicha o‘zaro nisbati meyorida yetilgan va yangi yig‘ib olingan boshqa barcha o‘simliklar uchun ham (g‘alla, dukkak va boshqa o‘simliklar) xosdir.


Boshqa turdagi mikroorganizmlar juda ham kam miqdorda bo‘ladi.
Umuman olganda, don tarkibidagi mikroorganizmlarni quyidagicha taqsimlash mumkin: xar bir o‘simlik turida o‘ziga xos bo‘lgan epifitlar; parazit mikroorganizmlar; tasodifan kelib tushgan (shamol chang, yomg‘ir vositasida) va donda muvaqqat yashovchi mikroorganizmlar shuningdek yig‘im-terim va maydalash jarayonlarida kelib tushgan mikroorganizmlar. Bu mikroorganizmlarning barchasi yaxshi pishib yetilgan, soglom don ustida ko‘p miqdorda to‘planadi. Ba’zan ayrimlari donnning aleyron qatlami murtak va endospermgacha o‘tib ketadi. Donning ichki qismidagi mikroorganizmlar subepidermal mikroflora deb ataladi.


Don mikroflorasi tavsifi va klassifikatsiyasi.
Don uyumi mikroflorasi tarkibini turli bakteriyalar va mog‘or zamburug‘lari kabi qator mikroorganizmlar guruhi tashkil etadi. Asosan, ko‘pchilik namunalarda aktinomitsetlar va unga yaqin organizmlar, shuningdek achitqilar uchraydi.
Don massasi tarkibida uchraydigan turli tuman mikroorganizmlarni yashashi va faoliyatiga ko‘ra uch guruhga bo‘lish mumkin: saprofit, fitopatogen,hayvonlar va inson uchun patogen bo‘lgan mikroorganizmlar.
Don massasidagi mavjud mikroorganizmlarning asosiy qismini saprofitlar tashkil etadi. Saprofitlarga turli bakteriyalar, achitqilar, mogor zamburug‘lari va aktinomitsetlar kiradi.
Bakteriyalar. Deyarli barcha don massasida, ayniqsa yangi o‘rib olingan donda uchraydi. Asosiy bakteriyalardan biri Psedomonas turkumidir.
Vast.herbicola auzeum –bu turning asosiy vakillaridan biridir,-mayda harakatchan, spora hosil qilmaydi 1-3 mkm kattalikdagi tayoqchasimon mikroorganizm.
Ba’zan donda ushbu turkumning yana bir vakili-Vast hericola zubzum ham uchrab turadi.
Vast herbicola mikroorganizmlari donda uchraydigan bakteriyalarning 92-95 % ni tashkil etadi.
Don tarkibida bakteriyalardan yana bir turkumi Vast fluoztsens uchrab turadi. Bu turkumga mansub bakteriyalar ham yuqoridagilar singari spora hosil qilmaydi. Yuqorida sanab o‘tilgan barcha bakteriyalar donni buzilishiga olib kelmaydi, lekin ko‘p miqdordagi faol bakteriyalarning nafas olishi issiqlik chiqaradi va donni o‘z-o‘zidan qizib ketishini boshlab berishi mumkin.
O‘simlikning yashil qismida va urug‘ida spora hosil qiluvchi rizofera bakteriyalari( Vas.mesentericu) Bac sublilis Bac mycoides (va boshka) uchrab turadi. Bu mikroorganizmlar yangi yig‘ib olingan donda va saqlanayotgan donlarda ham uchrab turadi. Bu mikroorganizmlar kuchli changlangan va qizib qolgan donlarda jadal ko‘payadi. Mazkur mikroorganizmlar un tarkibida bo‘lganda xamirda tez ko‘payadi va undan chiqadigan non sifatini pasaytiradi.
Kuyidagi 9-3-jadvalda don uyumida uchrashi mumkin bo‘lgan mikroorganizmlarning asosiy guruhlari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar keltirilgan.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə