«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent


Donning yig‘ib olingandan keyingi yetilishi



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə58/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

Donning yig‘ib olingandan keyingi yetilishi

Yangi yig‘ib olingan don uyumini dastlabki saqlash davrida ma’lum sharoitlarda yetilish davom etadi. Bunday yetilish natijasida urug‘ning unuvchanligi, hayotchanligi va unish kuchi ortadi. Ayrim holatlarda donning ba’zi bir texnologik xususiyatlari ham yaxshilanishi mumkin. Ikkilamchi yetilish jarayonida moyli o‘simliklar donida yog‘ning sintezi davom etadi va qayta ishlash jarayonida yog‘ning chiqish foizi ortadi.

Don va urug‘larda saqlash davrida unib chiqish qobiliyati va texnologik sifatlarini yaxshilashga olib keladigan barcha jarayonlar majmui yig‘ib olingandan keyingi yetilish deb ataladi.

Donning keyingi yetilishi natijasida texnologik sifatining yaxshilanishi ham quyi namlikda don to‘qima va hujayralarida kechadigan bir qator biokimyoviy jarayonlar majmui bilan izohlanadi.

8.4.-jadval


Bug‘doy donining yetilishida biokimyoviy o‘zgarishlar(V.L. Kretovich va G.A. Akimochkina ma’lumoti.)


Tekshirish mud-dati


Lyutessens 62


Milturum - 321


Namligi, %


Unish kuchi,%


Unuvchanligi,%


Oqsilsiz azot, %


Amilaza faolligi


Namligi, %


Unish kuchi,%


Unuvchanligi,%


Oqsilsiz azot, %


Amilaza faolligi


Bevosita yig‘ib olingandan keyin


16,1

0,6

19,5

10,0

150

16,0

21

81

12,6

148

20 sutkadan so‘ng


12,7

78,0

98,0

7,5

136

11,5

63

92

9,3

131

60 sutkadan so‘ng


11,3

99,0

99,0

5,7

140

10,5

99

99

5,7

140


Donning yig‘ib olingandan keyingi yetilishida harorat ham muhim ahamiyatga ega. Havoning harorati maqbul bo‘lgandagina don yetila boshlaydi. 15-300C va undan bir oz yuqori haroratda donlarning jadal yetilishi kuzatiladi.
Quyidagi jadvalda (8.5-jadval) yangi yig‘ib olingan donga haroratning ta’siri aks ettirilgan.
8.5-jadval


Saqlash sharoitlarga bog‘liq holda yangi yig‘ib olingan don unuvchanligining o‘zgarishi,%

Saqlash sharoiti


Undirish muddati


Namuna raqami

1

2

3

4

5

Sovuq ombor

21 noyabr


38

85

14

23

26

Sovuq ombor

9 yanvar


35

89

32

30

31

Labora
toriya

9 yanvar


99

99

93

93

87



Saqlash davrida don (urug‘) ning unishi
Don uyumini saqlash amaliyotida ko‘pincha alohida donlarning yoki uyumning ba’zi qismlarda yalpisiga unishi kuzatiladi. Saqlash davrida donning unishi ruxsat etilmaydigan holatdir. U qachonki donlarni ehtiyotsizlik bilan saqlashda yoki saqlash tartibotlari buzilganda yuzaga keladi.
Ma’lumki donning unishini yuzaga keltiruvchi asosiy omillar havo, namlik va issiqlikdir.
Urug‘ning unishi bo‘rtish bilan boshlanadi, ya’ni fizik jarayon vujudga kelib, gidrofil kolloidlar, xususan oqsil va kraxmal vositasida suv shimiladi. Bunda donning hajmi sezilarli orta boshlaydi. Bo‘rtish darajasi, shuningdek uning jadalligi donning kimyoviy tarkibi, qobig‘ining singdiruvchanligi va boshqa bir qator sharoitlarga bog‘liq.
Shunday qilib, saqlash davrida donning unishi natijasida quyidagi holatlar vujudga keladi:
quruq moddalarning yo‘qolishi;
Katta miqdorda issiqlikning ajralishi, bu issiqlik don uyumi haroratining ko‘tarilishi va unda barcha hayotiy jarayonlarning kuchayishiga sabab bo‘ladi;
don sifatining pasayishi.
Begona o‘t urug‘larining hayot faoliyati.
Ma’lumki don uyumida ko‘p miqdorda begona o‘t urug‘lari yoki asosiy donga taalluqli bo‘lmagan boshqa madaniy o‘simliklar urug‘lari bo‘lishi mumkin. Saqlash davrida bunday urug‘lar ham jadal nafas oladi, shuningdek ma’lum sharoitlarda ularda ham yig‘ib olingandan keyingi yetilish jarayoni kuzatiladi. Umuman olganda asosiy donga xos bo‘lgan barcha qonuniyatlar bular uchun ham xosdir.
Yuqoridagi barcha holatlar don uyumini begona o‘t urug‘laridan tozalash nechog‘li ahamiyatli ekanligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun, donning sifatini hamda chidamliligini oshirish maqsadida don uyumlarini yig‘ib olingandan so‘ng darhol yoki don mahsulotlari tizimiga qabul qilish vaqtida begona o‘t urug‘laridan tozalash lozim.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə